Melaneziya va yangi gvineya xalqlari



Yüklə 24,81 Kb.
tarix04.02.2018
ölçüsü24,81 Kb.
#24223

Aim.uz

Melaneziya va yangi gvineya xalqlari
R e j a:
1.Etnogenezi, tili va irki.

2. Xujalik-madaniy tipi va ijtimoiy tuzumi.

3. Moddiy va ma'naviy madaniyati.

Tayanch suzlar:

Etnik guruxlarning joylashuvi. Tili va irki. Etnogenez va migrasiya muammosi. Xujaligi. Tropik dexkonchilik shakllari va tiplari. Chorvachilik, ovchilik, balikchilik va terib-termalashning axmiyati. Manzilgoxlar va turar joylar. Kiyim-kechaklar va bezaklar. Transport vositalari va ozik-ovkatlar.

Oila va nikox munosabatlari. Juft nikox. Urug jamoasi. Ona va ota lokal urugi. Erkaklar itifoki va uyi. Yashirin ittifoklar. Ibtidoiy jamoa munosabatlarining yemirilishi jarayoni va sinfiy munosabatlarning vujudga kelishi. Yulboshchilar roli.

Diniy e'tikodlar. “Manu” kuchi va u xakdagi rivoyatlar. Tabu kilish. Marosimlar. Xalk san'ati va oddiy bilimlar. Yevropaliklar mustamlakachiligi va xozirgi zamon.

ADABIYOTLAR:

Jabborov I.M. Jahon etnologiyasi asoslari. T.2005.

2.Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001.

3.Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.

4.Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T., 1982.

5. Salimov T.S. Avstaraliya va Okеaniya xalqlari. T., 2003.

6. Puchkov P.I. Nasеlеniе Okеanii. Etnografichеskiy obzor.M. 1967.

7. Volnеvich Ya. U aborigеnov Okеanii. M. «Nauka», 1976.

8.Puchkov P.I. Formirovaniе nasеlеniya Mеlanеzii. M., 1968.

9. Bruk S.I. Nasеlеniе mira.M.,1981.

10. O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi milliy nashriyoti 2001-2006. 1-11 jildlar.

11. Jahon mamlakatlari. Qisqa ma'lumotnoma. T., Sharq. 2006.

Melaneziya (“Kora orollar”) ga papuaslar ulkasi – Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshka orollar kiradi.

Melaneziyaga dastlab odamlar Janubiy-Sharkiy Osiyodan neolit davri (mil.avv. 7-5 ming yillik) boshlarida kelgan. Antropologik jixatdan yagona tipga ega melaneziyaliklar (kora tanli, jingalak sochli) Okeaniyaning eng kadimiy axolisi xisoblanadi.

Tirikchilik asosan dexkonchilik maxsulotlari – ildizmevali usimliklar va mevali daraxtlar ustirishdan iborat bulgan. Kuruk joylarda emas, namrok yerda taro, kokos xurmosi, non daraxti, banan, keyin paydo bulgan kofe, kakao, sholi, choy va xokazo xozirgacha xam asosiy ekinlar xisoblanadi. Yil buyiyerga ishlov berilib, tropik iklimga xos ekinlar ekilgan. Yerni oddiy yogoch bilan kovlab, kesagini yogochga bel bilan xamda kulda maydalangan va urug sochilgan. Yerga ishlov berishda erakak-ayol teng ishlagan. Ekish, yaganalash va yigim-terim asosan ayollar zimmasida bulgan. Soxillarda yashovchi balikchilar bilan savdolashib dexkonchilik maxsulotlarini ayirboshlashganlar. Balik ovlash bilan erkaklar shugullangan. Balikchilikda suyak va chiganokdan yasalgan turli karmoklar, tur va savatlar, eni ikki metr, uzunligi 300 metrli turlar, sanchki va xatto uk yoylardan foydalanilgan. Chorva kam bulib, uy xayo'vonlaridan it, chuchka, tovuk saklangan va ularni asosan bayramlarda suyganlar. Gushtni “yer uchogida” toshni kizdirib yoki olov yokib kulida pishirganlar, ba'zan kaynatib xam yeganlar. Terib-termachlash bilan shugullanganlar. Uchli yogochni chakmok toshga ishkalab yoki burov usuli bilan olov xosil kilingan.

Melaneziyaliklarning asosiy kurollaridan toshbolta, nayza, chukmor, uk-yoy, poloxmon kabilar keng tarkalgan. Mudofaa uchun ba'zan yogoch yoki tukima kalkon xam ishlatilgan. Idish-tovoklarni yogoch va bambukdan, kokos yongogi kobigidan yoki kovokdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik , savat, buyra, xalta, yelpigich kabi buyumlar tukish keng rivojlangan. Ammo gazlama tukishni bilmaganlar, tapa(maxsus daraxt kobigi) dan va usimlik yaprogidan etakli belbog va xokazo tikilgan.

Melaneziyaliklar va papuaslar asosan utrok bulib, urug jamoa shaklida kichik kishloklarda istikomat kilganlar. Ularning uylarida odatda xar xil tipdagi yengil ustunlarga kurilgan, tugri burchak yoki doirasimon shaklda chukaytirilgan bulib, tomlari palma yoki boshka daraxt yaproklari bilan kalin kilib yopilgan. Soxillarda ba'zan kozioyoklarda urnatilgan uylar xam uchraydi. Oddiy uylardan tashkari xar bir kishlokda erkaklar bush vaktlarida tuplanadigan ba'zan turdli nakshlar bilan bezatiladigan xashamatli jamoa uyi (“erkaklar uyi”) kad kutargan. An'anaviy transport vazifasi kema bulgan. Ular bir-ikki odam sigadigan kayikchadan tortib, 40 taga yakin odam sigadigan balansirli yogoch kemalargacha ega bulganlar. Kemalar eshkakli va ba'zan uchburchak chipta yelkanli bulgan.

Papuas va melaneziyaliklarning kiyimlari tropik iklisga moslashgan bulib, asosan erkaklar fartukli belbog va ayollar esa usimliklardan tikilgan kalta yubka, ba'zi joylarda yakin davrlargacha taylok xam kiyib yurganlar. Ammo kiyimlarga nisbatan turli bezaklar kup bulgan. Ayniksa, erkaklar bezaklarni kuprok osgan, sochlarini turli xilda taragan. Bambukdan yoki chuplardan taroklar yasab, ba'zan ularni xam bezak sifatida ishlatganlar.

Mustamlaka arafasida ijtimoiy munosabatlar ona urugining oxirgi davriga tugri keladigan tuzum darajasida bulgan. Yangi Gvineyada, masalan, urug-jamoa munosabatlari mustaxkam bulsa, Fidja orollarida sinfiy jamiyat endi kurtak otgan. Katta orollarning axolisi kabilalarga bulingan, urug jamoasi esa uning asosini tashkil kilgan.

Mulk formasi bir oz murakkab: yer jamoaniki bulsa-da, undan foydalanish individual xarakterga ega, xar kim, xatto bola xam, uzi ekkan mevali daraxtiga ega bulgan. Uy va uning jixozlari, kurollar shaxsiy mulk , katta kemalar esa jamoaga tegishli bulgan. Boylik orttirish uziga xos xususiyatga ega bulgan: kimda ildizmevali ekinlardan yams, buyra yoki chuchka podasi bulsa, shu kishi boy xisoblangan va jamiyatda xurmati baland bulgan. Meros ona urugi tomonidan va kabilalararo munosabatlar natural savdo va nikox shaklida amalga oshirilgan.

Janubiy va sharkiy orollarda yashovchi melaneziyaliklar jamoasida ijtimoiy tabakalanish natijasida badavlat shaxslar, zodagonlar va urug boshliklari pay do bulgan. Ular jamoa mulkining bir kismini egallaganlar, ayrim jamoa a'zolarini uzlariga karam kilib olganlar, urushlarda asirlarni kul kilganlar, buysundirilgan kabilalarga solik solganlar.

“Erkaklar ittifoki” xukmron zodagonlarning kudratli kuroli xisoblangan. Mazkur ittifok turli tabakalarga bulingan va eng yukori tabakadagi itifokka a'zo bulish uchun katta badal tulashi va maxsus boy marosimlar utkazishi shart bulgan. Chunki yukori tabkadagi ittifok a'zolari katta imtiyozlarga ega bulib. uziga xos mustabid xokimiyat vazifasini bajarganlar, axolini kurkitib, boyliklarini tortib olganlar. Butun Melaneziyada keng tarkalgan mashxur Duk-duk nomli erkaklar ittifoki aslida inisiasiya marosimlari bilan boglikdir.

Inisiasiya marosimi Yangi Gvineya va melaneziyaliklarda tarbiyaviy axamiyatga ega bulgan. Erkaklar katoriga kabul kilinish uchun yoshlikdan tayyorgarlik kurilgan, uspirinlar maxsus ajratilgan tarbiyachilar kulida topshirilgan, turli ogir sinovlardan utkazilgan: masalan, dupposlangan, badani taturirovka kilingan, ovkat va uykudan maxrum etilgan. Uspirinlarfakat “erkaklar taomi” – banan, shakarkamish va urmon mevalarini iste'mol kilishlari shart bulgan. Ayollar kulidan ovkat yeyoish, ular ustirgan daraxt mevasini tamaddi kilish kat'iyan man kilingan. Xullas, butun marosim ugil bolani onasidan umuman ayollardan ajratib, erkaklar dunyosiga jalb kilishdan iborat bulgan. ba'zan sinov va udumlar turli kushik va rakslar surnay navolari ostida utkazilgan.

Koko kabilasida marosimning oxirida uspirinlarga kabilaning odat va odob tartiblarini urgatish bilan birga turli nasixatlar xam berilgan. Masalan, ularga: “Ugirlama! Foxishalik katta gunox, unga berilgan tez uladi! Xotiningni urma! Birovning polizidan meva olma!

Adolatli bulsang – uzok yashaysan!”, deyilgan. Torresova bugozidagi orollarda kuyidagicha nasixat dikkatga sazovor: “Birov sendan bir narsa surasa, yuk dema! Agar unga taom, suv yoki yana boshka narsa zarur bulsa. ayama, yarmini bergil! Shunda sen yaxshi odam bulasan! Agar sen va xotining ota-onangdan xech narsa olmagan bulsanglar xam ularga gamxurlik kilishni unutmangiz! Onagga xech vakt kupollik kilma! Ota va onang sening korningdagi taoming, agar ular ulsa, sen och kolasan! Togang va boshka kavmi-karindoshlaringga xam gamxurlik kilishni unutma…!”. Marosim nogoralar ovoziva surnay kuylari, urtaga boshiga konus shaklida baland nikob kiygan, ustiga katma-kat yaproklar yayopingan tuya kushga uxshash daxshatli arvox obrazidagi Duk-duk uyini bilan tugaydi. Shunday kilib ugil bolalar erkaklar guruxiga utadi va uz vaktini asosan oiladan va xotinlardan tashkari, “erkaklar uyi”da utkazishga majbur buladi.

Ayrim tadkiklotchilarning erkaklar ittifokining paydo bulishi ona urugi xukmronligiga karshi karatilgan uziga xos kurol xam xisoblangan, ya'ni matriarxat urugidan patriarxatga utish davri bilan boglik.

Inisiasiya natijasida bir oilada tugilib usgan uspirin ona uyini tashlab, erkaklar uyiga, ya'ni urug ixtiyoriga utadi va yangi oila tashkil kiladi. Ammo, uning axvoli ikkilanma va karama-karshi bulgan, bir tomondan u urug a'zosi, ikkinchi tomondan oila boshi, bir kecha erkaklar uyida yotsa, ikkinchi kecha uz uyida yotadi, uz vaktining bir kismini umumiy urug ishlariga sarflasa, ikkinchi kismini oilasiga ajratadi.

N.A.Butinov ta'rificha, Yangi Gvineyadagi Maklay soxilida utkazilgan inisiasiya tantanalari 10-15 yilda bir marta nishonlanib, xayotga yangi mexnatkash avlod kirib kelganligini namoyish kiladi. Mazkur marosimni nishonlashdan maksad uspirinlarni oilasidan ajratib urug a'zoligiga utkazibgina kolmay, balki eng muximi ularni uylanib, yangi oila va uyga ega bulgandan keyin xam erkaklar uyida saklab kolishdan iboratdir. “Bunday marosimlar, - deb xulosa kiladi avtor,- ikki vazifani bajarai. Birinchidan – oiladan begonalashtrish xar bir erkak tomonidan individual xolatda turli udumlar orkali amalga oshiriladi.

Ikiknchidan – urugga mustaxkam berkitish ayollardan maxfiy saklangan urugning mukaddas joyi erkaklar uyida butun urugdoshlar tomonidan kollektiv ishtirok kilmaydigan urugchilik bayramlari orkali namoyish kilinadi”.

Melaneziyada patriarxal kuldorlik paydo bulgan. kullar xarbiy asirlar xisobiga tuldirilgan. Patriarxal tipdagi juft nikox uncha mastaxkam bulmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshkarib turuvchi kami-karindoshlik munosabatlari katta kuch xisoblangan.

Tabakalanish natijasida nikox munosabatlari ancha uzgargan, katta kalin tulash, kupxotinlik paydo bulgan. Gvineyaga borgan YA.Volnevich sungi un yillikda kelin baxosi un xissa oshganligi tufayli boy tabakadagilar bir necha xotin olishga kodir bulib kambagal yigitlarga uylanish kiyinlashganligini kayd kiladi. Okibatda poligom nikox kuchaygan.

Eri ulganda xotini ancha vakt motam kilgan, keyin erining jasadini kabrdan kovlab olib arikda yuvgan, kalla suyagini maxsus tur xaltaga solib uzi bilan olib yurgan. Kukuku kabilasida kishi ulgandan keyin jasadni uyga maxsus ustunga yotkizib bir oycha dudlatib kururganlar, sung chiptaga urab kabristonga eltib kuyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba'zi bir sklet suyagini takib yurish umrining oxirigacha chuzilishi mumkin. Fakat kaynagasi yoki kaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush kurishi mumkin bulgan. Ilgari ayrim kabilalarda bolasi ulgan ayol bir barmogini motam belgisi sifatida kesib tashlagan va buyniga osib yurgan.

Papuas va melaneziyaliklarning diniy e'tikodida mana tushunchasi muxim rol uynagan. Mana tabiatning turli xodisalari, arvoxlar, boy kishilar bilan boglik kandaydir bekiyofa kuch xisoblangan. Eng kuchli mana, odatda, kabila boshliklari,erkaklar ittifoki raxbarlari va ularning arvoxlarga xos bulib. ularga siginish keng tarkalgan. Yangi

Gebrid orollarida tabiat ruxlariga itoat kilish kuchli bulgan. Ajdodlari arvoxlariga siginish e'tikodi uliklarning kalla suyagini maxsus mukaddas joylarda saklash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy utish davriga xos turli animistik tasavvurlar, sexrgarlik e'tikodi, daxshatli arvoxlar obrazi va u bilan boglik marosimlar melaneziyaliklarning ma'naviy madaniyatiga ta'sir etgan.

Bayramlarda kuy va rakslar ijro etilgan, ayniksa erkaklar raksi turli xilda va dramatik mazmunda xarbiy xarakatlar, eshkak eshish kabilarda tasvirlangan. Dekorativ san'at, uymakorlik rivojlangan. Ammo amaliy bilimlar ancha past, fakat ba'zi dexkonchilik bilan boglik tomonlarigina uziga xos xususiyatga ega bulgan xalk medisinasi bir oz rivoj topgan: massaj kilish, kon chikarish, suyakni joyiga solish, trepanasiya kilish, utlardan dori tayyorlashni yaxshi bilganlar.

Melaneziyaning kup kismi issik nam iklimni urmonlardan iborat bulganligi tufayli mustamlakachilik bu yerda Avstraliya va Polineziyadan keyinrok boshlanadi. Fakat Yangi Kaledoniya va Fidja orollariga yevropaliklar oldinrok kela boshlagan. Ayniksa utgan asrning oxirlarida kazilma boyliklar ochilgandan keyin plantatorlar va tog konchilari Osiyodan kup sonli ishchilar kuchini keltira boshlaydi.

Albatta Melaneziyani mustamlaka kilish maxalliy axolining jiddiy karshiligida ruy bergan edi. Tish-tirnogi bilan kurollangan istilochilarga karshi kurashda Yangi Gvineya va Melaneziyani imperialistlar ikki marta kayta bulishgan. Lekin ozodlik kurashi tuxtamagan.

Migrasiyaning kuchayishi natijasida ayrim orollarning etnik tuzilishi ancha uzgargan, tub axoli soni kamayib , kelgindi kupayib ketgan. Eski kabilaviy tuzum asta-sekin yemirilib, kabila boshliklari mustamlakachilarning ma'muriy malaylariga aylangan. Fidja orolida serunum yerlarni egallagan mustamlakachilar plantasiya xujaligini tuzib shakarkamish eka boshlaganlar. Ular ishchi kuchiga muxtoj bulib, kushni orollardan va Xindistondan juda kup yollanma ishchilarni olib kelganlar. Orol axolisining deyarli 50 foizini xozirda xindlar tashkil kiladi, tub axoli esa undan xam oz kolgan.

Yangi Gvineyada xozir papuaslar va melaneziyaliklar 2,8 milliondan ortik. Ammo ularning kupchiligi ibtidoiy tuzum darajasida – nokulay sharoitda, tropik urmonlarda va botkoklik kirgoklarda yashaydilar.



Axolining 40 foizi natural xujalik bilan band. Chet el kompaniyalarijuda kup kazilma boyliklarni egallab olishmokda. Maxalliy tub axolining ozodlik kurashi natijasida papuaslar Yangi

Gvineyasi uz-uzini boshkarish xukukiga ega buldi va 1975 yilda mustakil deb e'lon kilindi.
Yüklə 24,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə