Menejer fazilatlari va faoliyatlari menejer xususiyatlari



Yüklə 41,77 Kb.
səhifə1/5
tarix11.01.2022
ölçüsü41,77 Kb.
#82791
  1   2   3   4   5
Menejer fazilatlari va faoliyatlari menejer xususiyatlari 1 Mene


Aim.uz

MENEJER FAZILATLARI VA FAOLIYATLARI
Menejer xususiyatlari
2.1.1. Menejerning vazifalari
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.

Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:



  • rahbar - boshqaruvchi;

  • rahbar - diplomat;

  • rahbar - murabbiy, tarbiyachi;

  • rahbar - inson;

  • rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.

Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo’tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:

  • boshqaruv uslubi;

  • ish uslubi;

  • rahbarning ish uslubi.

Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuasidir.

Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuasidir. Masalan:



  • mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;

  • vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi;

  • sud, prokuraturalarning ish uslubi;

  • korxona, tsexlarning ish uslubi;

  • ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuo’tai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.



Yüklə 41,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə