Menejmentning «klassik» maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting



Yüklə 26,49 Kb.
tarix21.03.2022
ölçüsü26,49 Kb.
#84647
6 amaliy mashg\'ulot


  1. Menejmentning «klassik» maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting.

  2. F. Teylor nazariyasining moxiyati nimada?

  3. G. emerson qanday ilmiy printsiplarini ishlab chiqqan?

  4. O`zbekistonda boshqaruv rivojlanishining asosiy yunalishlarini ayting

Boshkarish nazariyasi asosini tashkil etgan konun-koidalar xususiyatiga boғliq ravishda xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruxlarga bulinadi. Ular jumlasiga:

-     boshqaruvning «klassik» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi;

-     «insoniy munosabatlar» maktabi;

-     boshqaruvning «emperik» maktabi;

-     «ijtimoiy tizimlar» maktabi;

-     boshqaruvning «yangi» maktabi kiiradi.

Klassik maktab namoyondalari amerikalik muxandis va tadkikotchi F. Teylor, frantso`z olimi A.Fayol’, ingliz L.Urvin, nemis iktisodchilari M.Veber, G. Ford, G.Emersonlardir.

Boshqaruvning klassik maktabi turt muxim unsur - mexnat taksimoti, boshqaruv tabakalanuvi va ko`p bo`ғinliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bo`lgan chegaralarini urganadi.

Garvard universiteti professori e.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi. Uning goyalarining moxiyati shundaki, mexnat jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar etakchi axamiyatga ega. SHu sababli, Meyo fikriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuktai nazaridan karash lozim. Bu nazariya insonning ma`lum ijtimoiy va psixologik extiyojlarini kondirish yuli bilan uni yanada unumli mexnat qilishi mumkin degan goyaga asoslangan.

Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishga 2 xil yondoshuv mavjud:

1)  majburlash va ragbatlantirish usullari;

2)  tashabbuskorlik va mustakilliikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit yaratish

Lekin bu nazariyaning asosiy jixati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi vakillari ijtimoiy muammolarni butun jaiyat mikyosida emas, balki aloxida korxona mikyosida xal etadilar. Mexnatkashlar ijtimoiy axvoliga kompleks ravishda xal etilish lozim bo`lgan ijtimoiy-iktisodiy muammo sifatida emas, balki kishilarning guruxiy munosabatlari sifatida karalgan.

«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochik emperzmni targibot kiladi. U boshqaruvning maksadi - raxbarlik qilish buyicha ijobiy tajriba va ank xatolarni urganishdan iborat, deb ta`kidlaydi. Bu maktab vakillari kamrok nazariy maslaxatlar berib, ko`prok anik vaziyatlarni taxlil etish bilan shugullanish kerak deydilar, albatta, tajriba urganish juda muxim. Lekin fakat amaliyotga asoslanib menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorkin namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.N’yuman, D.Miller va boshkalardir.

YUkorida sanab utgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi xar tomonlama chukur urganilmaganligidir. Bu yangi yunilish «Ijtimoiy tizimlar» maktabi vujudga kelishiga turtki buldi. Uning eng tanikli namoyondalari D.March, G.Saymon, A.Ettsioni va boshkalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib, korxonaga o`zaro boғliq va o`zaro ta`sir kursatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim sifatida karab, inson bu omillarni biri deb xisoblaydi. Sotsiologlarning katta guruxi sanoat sotsiologiyasi soxasida tadkikot olib boradilar. «ijtmoiy tizim» maktabi o`zidan avvalgi maktablarga nisbatan keng kulamdagi muammolarni xal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit xolga keltirishga intiladi. Lekin boshqaruv nazariyasini to`zishga intilish uni xozirgi kapitalistik dunyo sharoitidan o`zoklashib ketishga va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi.

50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi» maktab katta ta`sir kursatdi. U menejmentga anik fanlar uslub va usullari - qarorlar qabul qilishni matematik modellashtirish, matematik mantik, davturlash, iktisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usullarini joriy qilish bilan ajralib turadi. «YAngi» maktabning eng yorkin namoyondalari - R.Akkof, L.Kleyn, V.Lyus va boshkalardir. Bu maktabning shakllanishi kibernetika va jarayonlarni urganish rivojlanishi bilan boғliqdir. Jarayonlarni urganish zaxiralar, resurslar taksimti, eskirgan uskunalarni almshtirish, maqbul ravishda rejalash tirishni boshkarishni matematik modellashtirish bilan boғliqdir. Keyinchalik «yangi» maktab tarkibida mustakil fan - boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyasi shakllandi. Xorijiy menejment rivojlanishining kiska tavsifi boshqaruvni takomillashtirish yangi usullari va shakllarini izlash o`zluksiz davom etganligidan  dalolat beradi.

«YAngi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantikiy davomidir.


Amerika Qo'shma Shtatlarida menejment fan va mustaqil faoliyat sifatida shakllanmoqda. Ilmiy menejment kontseptsiyasining asoschisi Frederik Teylor. U "Ilmiy menejment tamoyillari" kitobini yozdi, nashr etilganidan keyin menejment mustaqil tadqiqot sohasi sifatida ko'rila boshlandi. Teylor menejment ishi ma'lum bir mutaxassislik ekanligi va agar xodimlar guruhi uni eng yaxshi bajaradigan narsaga qaratishsa, bu tashkilotga umuman foyda keltiradi degan xulosani asoslab berdi.

Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo‘lgan boshqaruv mehnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asosini yaratilishida ehtiyoj o‘sishi yuz berdi.

Menejment nazariyasining asoschilari Тeylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo‘nalishi „klassik“ (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tad­qiqotchi  Frederik Тeylorning xizmati katta.

Тeylor xizmat pog‘onasining barcha darajalarini AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmat­chisidan boshqaruvchisigacha bo‘lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondashishni qo‘lladi. Uning „Korxonani ilmiy boshqarish asoslari“, „Bosh­qarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari“, „Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish“ kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo‘yicha adabiyotlarning katta to‘plamiga asos soldi. Тeylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy  mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan tomonidan ishlangan sxemada o‘lda-jo‘lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan o‘ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida aniq, belgilangan bo‘lishi aks ettirilgan.

Тeylor kishining aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi to‘qqiz sifatga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan:

· aql-zakovatga;

· ma’lum ma’lumotga;

· ish tajribasiga;

· odobga;

· g‘ayratga;

· ziyraklikka;

· halollikka;

· to‘g‘ri fikr yuritishga;

· yaxshi salomatlikka.

Shu bilan birga Тeylor bu sifatlarning barchasiga ega bo‘lgan kishini topish juda mushkul ekanligini aytgan. Ko‘pchilik faqat uchta sifatga ega bo‘ladi — ular oddiy ish haqi to‘lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to‘rttasiga ega bo‘lgan kishi nisbatan ko‘p haq to‘lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o‘zida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo‘lmaydi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan to‘qqiz sifatga ega bo‘lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Тeylor ayniqsa ish joylarini tashkil etish-u ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash, kishilarni to‘g‘ri tanlash va ishga qo‘yishga alohida ahamiyat berardi. U tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo‘yicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko‘rsatgan:

1. Ishlarni bajarish va taqsimlash tartibi;

2. Chizmalar va qo‘llanmalarni tuzish;

3. Vaqtni me’yorlash va mehnatga haq to‘lash;

4. Intizomga rioya qilish;

5. Ish uslublarini belgilash;

6. Uskunalar ish tartibiga rioya qilish;

7.  Uskunalarni ta’mirlash va saqlash;

8.  Sifatni nazorat qilish.

Тeylorning funksional boshqaruv tizimi hozirgi davrda sanoatda qo‘llanmasada, boshqarish jarayonini funksional taqsimlash g‘oyasidan boshqarishning tartibli (lineyniy) tizimidan ham foydalaniladi. Тeylor ma’muriyat va ta’minlovchi ijtimoiy jihatlarni hisobga olish muhimligini ta’kidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim tamoyillaridan biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay, ulardan foydalanishni tavsiya qilgan. U ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasida „sinfiy hamjihatlik„ni ta’minlash, ular o‘rtasida muno­zaraga yo‘l qo‘ymaslik zaruriyatiga tayangan va uni menejmentning eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. Тeylorning fikricha, bunday vazifani faqat ilmiy jihatdan tashkil etilgan boshqaruv tizimi — menejment nazariyasigina hal etishi mumkin.

Тeylorizm ilmiy boshqaruv harakatini boshlab berdi. Bu harakat AQShni qamrab olib, boshqa kapitalistik mamlakatlarga ham yoyildi. Тeylor tizimi ilmiy menejment rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazari­yotchisi — Garrington Emerson (1853—1931) edi. U „Unumdor­likning o‘n ikki tamoyili“ asarini yozib, bu asarda u birinchi bo‘lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi.

1.  Aniq belgilangan g‘oya va maqsadlar;

2.  Aqli rasolik;

3.  Asosli maslahat;

4.  Qat’iy intizom;

5.  Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;

6.  Markazlashtirish;

7.  Тezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va doimiy hisob;

8.  Me’yor va tartib;

9.  Sharoitni normallashtirish;

10.  Operatsiyalarni  me’yorlash;

11.  Yozma standart qo‘llanmalar;

12.  Unumdorlik uchun rag‘batlantirish.

O‘z xulosalariga qo‘shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik konsepsiyaga salmoqli hissa qo‘shdi.

Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini o‘rgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866—1936) o‘z diqqat e’tiborini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli o‘laroq G.Cherch tayyor qonun - qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko‘rsatib berdi. O‘zining „Ishlab chiqarishni boshqarish asoslari“ kitobida u boshqarish vazi­falarining quyidagi turlarini bayon qilib bergan: loyiha­lashtirish, uskuna bilan ta’minlash, buyuruvchilik, hisob va amalga oshirish. G.Cherch kitobining ayrim nazariy qoidalari hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir.

Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqan Genri Gant (1861—1919) va ishini maq­bullashtirish uchun standart harakatlarni qo‘llab, ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868—1924) salmoqli hissa qo‘shganlar. Shuningdek, menejment nazariyasiga fransuz muhandisi Anri Fayol muhim hissa qo‘shgan, u boshqaruv vazifalarini maqbullashtirish — oldindan ko‘ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916- yilda uning „Umumiy  va sanoat boshqaruvi“, 1924- yilda „Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish“ va „Ijobiy boshqaruv“ asarlari chop etildi.

Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy  tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi o‘sishida ham yangi bosqich bo‘ldi. Ford ham Тeylor singari kam harajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsada, unga boshqa yo‘l bilan erishishga harakat qildi. Тeylor inson mehnatini tashkil etishga alohida e’tibor bergan bo‘lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga e’tibor bergan.

Shunday qilib, Тeylor va uning izdoshlari burjua boshqaruv nazariyasi rivojlanishining boshqaruv konsepsiyasi vujudga kelgan XIX—XX asrlar chegarasidan asrimizning 20-yillarigacha davom etgan davrni qamrab olgan birinchi bosqichi namoyondalaridir.

XX asrning 20- yillaridan menejment rivoj­lanishining yirik kapitalistik ishlab chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Тeylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning sotsiologik va psiхologik jihatlariga e’tibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.

Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g‘oya rivojlanishiga hissa qo‘shgan yirik alloma va davlat arboblari — Forobiy, Abu Ali ibn Sino (IX—X asr), Yusuf Xos Xojib (XI—XII asr), Amir Тemur, Ibn Xoldun (XIII—XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir G. Fordning fikriga kora. Odamlar Forddan ishlash uchun ketishdi. Kadrlar tanlashda u faqat ishlashga tayyorligini baholadi:

"Bu odamning qayerdan kelgani menga ahamiyat bermaydi - Sing Sing yoki Garvarddan. Biz hikoya emas, balki odam yollayapmiz ”.

Zavodda tartib-intizom qattiq bo'lsa ham, xodimlar almashinuvi bilan bog'liq muammolar bo'lmagan. "Vaqt behuda sarflashni yoqtirmaydi."- dedi Ford o'ziga ham, ishchilariga ham dam olishga ruxsat bermay. U bunga ishonch hosil qildi: "Faqat ikkita rag'bat odamlarni ishlashga majbur qiladi: ish haqiga chanqoqlik va uni yo'qotishdan qo'rqish."

Ford ushbu korxonada ushbu tamoyilni joriy qildi "Ish hayotidagi ma'muriy ruh kamroq va boshqaruvda ko'proq ishbilarmonlik ruhi."

Qog'oz bilan ishlash mashinalar ishlab chiqarishni sekinlashtiradi, degan qarorga kelib, Ford o'z fabrikasida - yurishga boring! - statistika bekor qilindi. Ford kompaniyasida ishlab chiqarish uchrashuvlari o'tkazilmadi, qo'shimcha hujjatlar saqlanmadi va bo'limlar o'rtasida aloqa yo'q edi.

Teylorizm — ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy ragʻbatlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; amerika menejment nazariyasining bir yoʻnalishi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida AQSH muhandisi va olimi F.U. Teylor (1856—1915) tomonidan ishlab chiqilgan. Teylor mehnatni ratsional tashkil etish qonuniyatlariga asoslangan qatʼiy ilmiy bilimlar tizimini taklif etdi. Uning tashkiliy unsurlari: tannarxni hisoblashning matematik usuli; mehnatga haq toʻlashning tabaqalashgan tizimi; vaqtni va mehnat harakatlarini oʻrganish usuli (xronometraj); mehnat jarayonini qismlarga boʻlish va ratsionalizatsiyalash; funksinal maʼmuriyat; instruksion kartochkalar va boshqa (keyinchalik ular amerikacha "ilmiy menejment" tarkibiga kirdi). Teylorning fikricha, ishlab chiqarish.ning samaradorligini oshirishga faqatgina mehnat jarayonini, usullarini, asboblarini standart lashtirib erishish mumkin. Ishchilar oʻz vazifalarini mutlaqo mexanik tarzda bajarishlari lozim, ishlab chiqarish. boshqaruvi esa yetarli bilim va malakaga ega boʻlgan tashabbuskor maʼmuriyat tomonidan amalga oshirilishi kerak. Teylor moddiy manfaatdorlik tamoyilini oʻz nazariyasiga asos qilib oldi, yaʼni ish haqi yordamida ishchi mehnatini maksimal ravishda intensivlashtirish mumkin, degan fikrni olgʻa surdi. Teylor ijtimoiyfalsafiy konsepsiyasining markaziy tamoyiliga koʻra ish haqi oxiroqibat ishchining ishlab chiqarish.ga qoʻshgan hissasiga moye boʻlishi hamda ishlab chiqarish.ni kengaytirishga olib kelishi lozim. Oʻz konsepsiyasini ishlab chiqarish.da Teylor tadqiqot oʻtkazishning aniq usullari — intervyu, anketa, kuzatish usullaridan foydalandi.



Teylorizm asosida 4 ta ilmiy tamoyil (boshqaruv qonunlari) yotadi: eski, oʻta amaliy ish uslubini, mehnat faoliyatining har bir alohida turini ilmiy boshqaruv uslubiga almashtirish; ishchi va menejerlarni ilmiy mezonlar asosida professional tanlash; mehnat jarayonini ilmiy tashkil etish masalalari boʻyicha maʼmuriyatning ishchilar bilan hamkorligi; ishchilar va menejerlar oʻrtasida masʼuliyatning tekis va adolatli taqsimlanishi.

T. tamoyillari dastlab AQShda, soʻngra Buyuk Britaniyada mehnatni tashkil etish tarzida amaliyotga joriy qilingan. T. keyinchalik amerikacha menejment falsafasining asosiy manbalaridan biriga aylandi.
Yüklə 26,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə