Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy h olati. Reja



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#108594
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- ¼áóºÒ



1-MAVZU. MENEJMENTNING RIVOJLANISH TARIXI VA 
ZAMONAVIY 
H
OLATI. 
Reja: 
 
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari 
1.3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi 
1.4. Menejmentning xorijiy modellari 
Tayanch iboralar: menejment, tarixiy sharoitlar, ilmiy maktablar, xorijiy 
modellar, Amerika modeli, Yaponiya modeli, O‘zbek modeli 
 
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 
 
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va 
kooperasiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning 
ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan 
asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning 
tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo‘ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 
6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil 
qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda 
boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qo‘yganlar. 
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo‘shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv 
va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini 
qo‘llagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l 
ko‘ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan. 
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat 
bitimlari haqidagi ma’lumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda 
boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi. 
Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo‘shilgan, bizning eramizdan 400 yil 
avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi
Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivasiyani maxsus tadqiqot 
qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab 
chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Biroz keyinroq Gresiyada 
mehnat operasiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan 
shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan. 
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar 
harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq: 

Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o‘sishi, mulk
egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir 
emasligi; 

Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o‘sishi va bozor 
aloqalarini kuchayishi; 

Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va 
bozor iqtisodiyotining barqarorligi; 

Yirik korporasiyalarni paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus 
apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko‘payishi,. Xuddi 


korporasiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay 
ajraladi; 

Mulkni aksiyadorlar o‘rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik 
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘ladi; 

Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan 
foydalanishga harakat qilishlari

Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini 
yaratish istagi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə