Me'yorlashgan til



Yüklə 74,5 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#116704
ADABIY TIL VA S-WPS Office


Me'yorlashgan til.
Umumxalq tili va adabiy til. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tili bo‘lib, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bir tilga mansub barcha sheva va lahja umumxalq tilini tashkil qiladi. O‘zbek umumxalq tili uch lahjadan tashkil topgan. Umumxalq tili milliy til ham deyiladi. Adabiy til esa umumxalq tilining olim va adiblar tomonidan qayta ishlangan, me’yorga solingan, hamma uchun umumiy bo‘lgan, yuqori darajada sayqallashgan shakli. Davlat muassasasi, matbuot, radio, televideniye va ta’lim, madaniyat va ilmda adabiy tildan foydalaniladi. Adabiy til umumxalq tilidan tashqarida bo‘lmaydi. Adabiy til bo‘lishi uchun umumxalq tili:
– yozuv bilan ta’minlangan bo‘lishi;
– qonun-qoidasi aniqlangan bo‘lishi;
– mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo‘lishi lozim.
Dunyodagi ko‘pgina tilning hozir ham adabiy shakli yo‘q. Adabiy tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi mavjud. Og‘zaki shakl so‘z, tovush, gap, ohang, pauza (to‘xtam) bilan, yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgisi bilan ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli o‘z me’yoriga ega. Uning og‘zaki shakli kishi uchun bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi. Chunki yozuvda qog‘oz, ruchka, yorug‘lik bo‘lishi kerak. Og‘zaki muloqotda bu shart emas.

Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash, belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari me’yor (norma)ni ifodalaydi. Me’yor (norma) – kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli ravishda qo‘llanish majmui. Me’yor tushunchasi adabiy til tushunchasi bilan chambarchars bog‘liq. Ko‘pincha adabiy til me’yorlashgan til ham deyiladi. Me’yor nimaning to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til vositalari va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an’analariga zid bo‘lgan usullarni inkor qiladi. Masalan, olib berdi (oberdi); tog‘ + -ga = toqqa.


Adabiy tilning eng muhim xususiyati shundaki, unda qat’iy belgilangan qoidalar – normalar mavjud; masalan, so‘zlar kilometr, shartnoma oxirgi bo‘g‘indagi stress bilan talaffuz qilinishi kerak. Normalar – bu jamiyatda namunali deb qabul qilingan til birliklaridan foydalanishning nisbatan barqaror qoidalari. Normalarga rioya qilish barcha ma’lumotli odamlar uchun majburiydir. Adabiy til normalari turli xil til birliklarini qamrab oladi; talaffuz va stress qoidalarini o‘z ichiga oladi (orfoepik normalar), so‘zlarni ishlatish qoidalari va barqaror birikmalar (leksik normalar), so‘zlarni shakllantirish qoidalari (lotin me’yorlar), grammatik shakllarni shakllantirish qoidalari (masalan, jinsi, soni, holati) va so‘zlarni birlashtirish va ularni jumlalar va jumlalarga birlashtirish qoidalari (grammatik normalar), nutq uslubiga muvofiq til vositalaridan foydalanish qoidalari (stilistik normalar), nihoyat, so‘zlarni yozish va tinish belgilarini o‘rnatish qoidalari (imlo va tinish belgisi normalar). Shunday qilib, normalar adabiy tilning barcha darajalarida ishlaydi.
Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilmagan. Adabiy til uchun sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi. Boshqa tildan so‘z olib rivojlanish tashqi manbadir. Faqat muayyan hududga xos til shakli sheva, bir-biriga yaqin bo‘lgan sheva yig‘indisi lahja deb yuritiladi. Dialekt so‘zi gohida sheva, gohida lahja atamasi o‘rnida keladi: Toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi. Adabiy til shevadan, shuningdek, bir lahja ikkinchi lahjadan, bir sheva boshqa shevadan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi-ko‘pmi farq qiladi.
Fonetik farq deganda tovush jihatidan (pabrika – fabrika, man – men, jila – yig‘la kabi), leksik farq deganda so‘z jihatidan (kalapo‘sh – do‘ppi, go‘sala – buzoq kabi), grammatik farq deganda so‘z shakli yoki qo‘shimchadagi
(borayapti – borvotti – borutti kabi) farqlanish tushuniladi. Shevaning faqat og‘zaki shakli mavjud.
O‘zbek umumxalq tili tarkibida uchta lahja bor:
1) qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh);
2) qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh);
3) o‘g‘iz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).
Qarluq lahjasi, asosan, shahar shevasini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro). Bu lahja shevasining muhim fonetik va grammatik belgisi quyidagi:
– so‘z oxiridagi k tovushi у tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray kabi;
– о lashish yuz beradi: aka – oka, Akram – Akrom, bahor – bohor, boramiz – borovuz;
– qaratqich kelishigi yo‘q va uning o‘rnida ham tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.
Qipchoq lahjasi shevasi O‘zbekistonning barcha viloyatida mavjud, asosan qishloqda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevasi). Belgisi:
– у o‘rnida j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;
– g‘ o‘rnida v ishlatiladi: tog‘ – tov, sog‘ – sov;
– k, q tushuriladi: eshi(k), sari(q), quru(q).
O‘g‘iz lahjasi janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumani) bir qancha shevani o‘z ichiga oladi. Belgisi:
– unli qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism);
– t tovushi d, k tovushi esa g tarzida aytiladi: tog‘ – dog‘, keldi – galdi.
-ning qo‘shimchasi -ng tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: akamning – akaming, yorimga – yorima, qo‘liga – alina.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan.
Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo‘ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Me’yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me’yor uzoq yillar davomida o‘z barqarorligini saqlaydi33.
P. fon Polens me’yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida “me’yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til sistemasi imkoniyatlarining bir qismini tushunadi34. Biroq real turmushda til me’yori tilni qo‘llash bilan to‘ldiriladi, ya’ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me’yorga va me’yoriy shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘rinda me’yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya’ni u xalq nutqidagi barcha yorqin, sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, mujmal, o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi. Adabiy me’yor muhim ijtimoiy va madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me’yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me’yorlashgan tilsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Adabiy til me’yori dialekt yoki jargon me’yorlaridan farqli o‘laroq, ongli ravishda madaniylashadi: lug‘atlarda, grammatikalarda qayd qilinadi, maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va televidenieda targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti odatda adabiy til me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Nutqiy muloqot” termini “nutqiy kommunikatsiya” terminiga sinonim hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har ikkala sinonim ham ikki taraflama jarayonni, ya’ni muloqot chog‘ida kishilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi. Nutqiy muloqotning holatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

ADABIY TIL VA SHEVALAR


“Ma’rifat”ning ushbu soni o‘zbek tiliga bag‘ishlanishini bilganimdan so‘ng o‘zim uchun an’anaviy bo‘lgan mavzuga to‘xtalishga qaror qildim: adabiy til va sheva masalasi. Bu haqida ko‘p gapirganman, bahslarda fikr aytganman, lekin hech maqola shaklida yozmagan ekanman. Keling, bugun shu kamchilikni to‘ldirishga urinib ko‘raman.

“Sening shevang adabiy tildan uzoq, mening shevam adabiychaga yaqin”, “Shevada gapirma, adabiycha gapir”, “(Faloncha so‘zning) to‘g‘risi mana bunday bo‘ladi, shevangda noto‘g‘ri”. Shu kabi ta’kidlarni, ushbu masalalar atrofidagi bahslarni bolaligimdan beri ko‘raman. Odamlarning shevaga va adabiy tilga munosabati mana shu bahslarda namoyon bo‘ladi. Til — sheva mavzusi atrofidagi asosiy stereotiplar quyidagilardir:

— adabiy til — tilning “to‘g‘ri” varianti;

— adabiy tilga yaqinroq shevalarning mavqeyi balandroq;

— shevada hamma joyda ham gapirish mumkin emas.

Shevalar atrofidagi bahsning mudhishroq tomoni ham bor. Bu ham bo‘lsa ayrim (masalan, “j”lovchi) sheva vakillariga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lish, “qoloq”, “qishloqi” deb hisoblash va hokazo.

Adabiy til va sheva munosabatlarini ko‘rib chiqishdan avval “tilning o‘zi nima?” degan savolga javob qidirib ko‘raylik. Bu ko‘pchilik o‘ylagandek oddiy savol: nima?

Til nima? Uning shevadan farqi nima?

Bugungi kunda tilshunoslikda “til” tu­shunchasining aniq ta’rifi yo‘q. Bunga sabab — turli xalqlarda, turli davlatlarda, umuman odamlar orasida til har xil tushuniladi, jahon tilshunosligida qabul qilingan tillarning chegaralari turli kriteriylar asosida belgilangan va aniq, konkret ilmiy omillarga asos­lanmagan.

Ko‘pchilik tilshunoslar bugungi kunda tilni siyosiy hodisa deb biladi. Ya’ni muayyan til ma’lum siyosiy chegaralar ichida shakllanadi va uning atrofdagi qardosh til-shevalardan farqi biologik emas, siyosiy bo‘ladi. Bu haqida birinchi bo‘lib amerikalik germanist Maks Vaynrayx 1945-yili Yahudiy ilmiy institutining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan XIX xalqaro konferensiyasida hazilomuz aytib o‘tgan edi. “Til armiyasi va floti bor shevadir”, degandi u. Uning bu ta’rifi bugun ham eslab turiladi.

Shu bois ba’zi davlatlarda bir-biridan ancha uzoqlashib, o‘zaro tushunarsiz bo‘lib qolgan shevalar jamlanmasi yagona til deb hisoblanadi, ba’zi joylarda esa, aksincha, bir-biridan farq qilmaydigan tillar alohida til hisoblanadi. Bu holat tilshunoslikda “til — sheva” muammosini keltirib chiqargan. Ya’ni til bilan sheva o‘rtasida aniq chegara, ularni farqlovchi aniq ilmiy kriteriylar yo‘q. Misollar keltiramiz:

— Xitoyda o‘nlab qarindosh, lekin bir-birini tushunmaydigan tillar bor, lekin ularning bari xitoy tilining shevalari hisoblanadi;

— Yaponiyaning Ryukyu orollarida yapon tiliga qarindosh, lekin yaponlarga tushunarsiz tillar bor. Ularni ham yapon olim­lari yapon tilining shevasi deb baholaydi, lekin jahon olimlari alohida til sifatida ko‘radi;

— Polshada silez tili, ukrainlarda rusin tili, Latviyada latgal tili shevami, alohida tilmi — siyosiy bahslarga sabab bo‘ladi;

— italyan tili, kurd tili, aslida, bir-biridan uzoq ko‘plab tillardan tashkil topgan birlashmalardir;

— rumin va moldavan tillari bir-biridan farq qilmaydi, lekin alohida tillar hisob­lanadi;

— serb, xorvat, boshnoq, qoratog‘ (chernogor) tillari deyarli farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi;

— bolgar, makedon, pomak tillari farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi.

Shunday qilib, tilshunoslikda til va sheva farqlanmaydi. Ilmiy tadqiqotlarda terminologiyani tartibga solish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan:

— yozma adabiy me’yoriga ega gapirish tipiga “til” atamasi qo‘llanadi;

— yozuvi yo‘q til “dialektal kontinuum” deyiladi;

— til yoki shevaligi noaniq gapirish tipi “idiom” deb yuritiladi.

Demak, til til bo‘lishi uchun, avvalo, uning yozma me’yori bo‘lishi kerak. Lekin yozma me’yor so‘zlashuv tilidan uzoq bo‘lishi mumkin. Bu holda nima qilish kerak? Til­ning qaysi variantini “to‘g‘ri” deb qabul qilish lozim? Buning uchun, avvalo, adabiy tilning funksiyalarini tushunib olishimiz zarur.

Adabiy tilning vazifasi nima?

Adabiy til, avvalo, yozma tildir. Ba’zan uning og‘zaki versiyasi ham ishlab chiqiladi, lekin doim emas. Yozma tilning asosiy vazifasi — turli uzoq-yaqin shevalar vakillari tushunadigan umumiy me’yor bo‘lib, u fuqarolar manfaatiga xizmat qilish lozim. Hamma hujjatni o‘z shevasida yozsa, bu xaos keltirib chiqaradi. Shunaqa xaosning oldini olishga adabiy til xizmat qiladi.

Xitoyda adabiy tilning ahamiyati yanada muhimroq. Xitoy tilining shevalari bir-biridan uzoq bo‘lib, amalda har biri alohida tilga aylanib bo‘lgan. Lekin xitoylarning bari bir xil iyerogliflardan foydalanadi, belgilarni har xil o‘qib, bir xil tushunadi. Shu bois

iyeroglif yozuvini saqlab qolish Xitoy uchun favqulodda muhim siyosiy ahamiyatga ega: xitoylar yozuvda bir-birini tushunadi, bu esa, o‘z navbatida, barcha bir millatligi haqida tasavvur hosil qiladi (ya’ni ayirmachilikning oldini oladi).

Adabiy til qanday shakllanadi?

Vazifasidan kelib chiqib adabiy til sheva­lar asosida ishlab chiqiladi: u shevadan bir nima, bu shevadan bir nima olinib, barchaga tushunarli umumiy shakl hosil qilinadi.

Shundan kelib chiqsak, adabiy me’yorni tilning “to‘g‘ri” varianti deb hisoblash xatodir. Bu — shunchaki jamiyatga xizmat qilish uchun ishlab chiqilgan sun’iy konstrukt. Uni “to‘g‘ri” deb hisoblash kerak emas. U tilning shartli, konkret vazifaga ega shakli ekanini unutmaylik.

Buni bilsak, “yozma tildagi to‘g‘ri, shevadagi noto‘g‘ri” deb hisoblanishiga hamda shevalarning adabiy tilga yaqinligi bo‘yicha iyerarxiyasi mavjud bo‘lishiga chek qo‘ygan bo‘lamiz, ya’ni barcha shevalarning mavqeyi bir xil bo‘ladi. Bunday qilsak, “qay­si sheva adabiy tilga yaqinroq?” bahsi ham tugaydi. Sheva — tilning jonli, tabiiy rivoj­langan shakli, adabiy me’yor esa muayyan funksiyaga ega, funksional shakli. Shu

tushunchani qabul qilsak, shevaning mavqeyi va “to‘g‘ri”ligi uning adabiy tilga yaqinligiga qarab belgilanmaydi.

Sheva muhimmi, adabiy tilmi?

Nafaqat tildan uzoq vatandoshlar, balki ziyolilar ham ba’zan shevadan qutulib, “to‘g‘ri” gapirishga chaqirishini, shevalar iste’mol doirasini toraytirishga urinishini ko‘ramiz. Umuman, adabiy tilga ko‘r-ko‘rona ishtiyoqni, uning me’yorlariga qat’iy yopishib olishni bugungi kun ziyolilari orasida tendensiya o‘laroq ko‘rsata olamiz.

Lekin adabiy til shartli ekanini bilsak, unga munosabatimiz biroz yengillashadi. Imlo qoidalariga rioya etish kerak, albatta, lekin yozma til isloh etilmasa, qotib qoladi va og‘zaki tildan uzoqlashib boradi. Shu bois ba’zan adabiy tilni revizitsiya qilish, uni shevalarga moslab borish lozim. Misol uchun, biz maktabda o‘qiganimizda ingliz tilida “to be” fe’lining kelasi zamon yasashda ishlatiladigan ikki shakli bor edi — shall va will. Shall shakli og‘zaki tildan chiqib ketishi ortidan bugungi darsliklarda u yozma tildan ham olib tashlandi. Bizdagi konservativ yondashuv bilan til bunday yangilanmaydi. Yangilanmagan til esa zamonaviylashmaydi, u bilan zamonaviy tushunchalarni ifodalab bo‘lmaydi. O‘zbek tilining bugungi ayrim muammolari shundan kelib chiqadi.

Shunday ekan, shevalar adabiy tilga emas, adabiy til shevalarga moslashib borishi lozim. Zero, sheva tilning jonli shakli va adabiy tilning asosiy boyish manbayidir.

Adabiy tilga e’tibor qaratib, ba’zan sheva­larni unutib qo‘yamiz. Aslida, jamiyatda adabiy tilning ham, shevaning ham o‘rni bo‘lishi lozim. Sheva o‘zida tarixiy xotirani, madaniy ko‘nikmalarni va lug‘at boyligini saqlaydi. Uning bu kapitalini adabiy tilga o‘tkazish kerak.

Yana bir masala — shevaning ham, adabiy tilning ham o‘ziga yarasha o‘rni, ahamiyati, iste’mol doirasi bor. Hech biridan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Shevalarni asrash, kundalik hayotda, folklorda, san’atda, TVda, internetda, kinoda, musiqada ulardan faol foydalanish lozim. Adabiy til­ning o‘rni — hujjatlarda, ta’limda, OAVda. Shu bois kinoda, ayrim telekanallarda, internetda shevadan foydalanilishini salbiy holat deb baholamayman. Sheva o‘z iste’mol doirasini kengaytiryapti, xolos va bu ijobiy holat.


Kreol tillar
Passiv ikki tillilik (ma'ruzachi faqat chet tilida nutqni tushunadi);

Tabiiy ikki tillilik (tillarni bilish doimiy ravishda turli xil til muhitlariga ta'sir qilish orqali olinadi)

Sun'iy ikki tillilik (ma'ruzachi chet tili muhitiga kirmasdan tilni o'rganadi)

Subordinativ ikki tillilik (ikki tilda yangi boshlanuvchilar orasida ikkinchi tilni to'liq bilmaslik)

Koordinativ ikki tillilik (ma'ruzachining fikridagi ikkala til ham antonimdir.)

Aralash ikki tillilik (ma'ruzachi tillar orasidagi chegaralar qayerda ekanligini biladi)

Mavrikiy Konstitutsiyasida rasmiy til haqida hech qanday eslatma yoʻqligiga qaramay, mamlakat aholisining 90% Mavrikiy kreol tilida soʻzlashadi. Albatta, qonunda aytilishicha, parlamentda ular ingliz yoki, agar xohlasa, frantsuz tilida gapirishlari kerak. Biroq, bu kreol tili ona tili hisoblanadi va ko'pincha Mavrikiyda norasmiy sharoitda qo'llaniladi.

Mavrikiydagi kreol tilining tarixi juda qiziq: u qandaydir tarzda bir-birlari bilan muloqot qilishlari va Afrika tillarini tushunmaydigan frantsuz xo'jayinlari bilan muloqot qilishlari kerak bo'lgan qullar tomonidan ishlab chiqilgan. Shunday qilib, kreol frantsuz tiliga asoslangan aloqa tili bo'lib, so'z boyligi va talaffuzi jihatidan unga juda yaqin. Ammo farqlar mavjud: masalan, kreol tilida postalveolyar va frikativ undoshlar yo'q va umuman olganda, grammatika va fonetika jihatidan ancha sodda.

Qanday bo'lmasin, Mavrikiydagi odamlar vaziyatga qarab muloqot tilini o'zgartiradilar. Agar kreol tili kundalik hayotda ko'p gapirilsa, frantsuz tili biznes muhitida ham ishlatilishi mumkin. Ko'pgina gazetalar frantsuz tilida chop etiladi va ommaviy axborot vositalarida ko'rsatiladi, ko'plab ingliz tilidagi teledasturlar frantsuz tiliga dublyaj qilinadi. Ammo hukumat va davlat tuzilmalarida ingliz tili ko'proq tarqalgan. Maktablar va boshqa ta'lim muassasalarida ham ta'lim ingliz tilida olib boriladi.

Mavrikiyda ko‘pchilik ikki yoki uch tilni yaxshi biladi. Afsuski, biz hammamiz maktabda frantsuz tilini olmaganmiz, shuning uchun agar siz Mavrikiyga boradigan bo'lsangiz, sizga talaffuz bilan asosiy so'zlar va iboralarni o'z ichiga olgan qisqa kreol so'zlashuv kitobimiz kerak bo'ladi.

Pinjin tillar
Pijin tillar ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so’zlashadigan jamiyat yo’q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.

Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug’aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog’liq.


Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi.

XIX asrning o’rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charliz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish kuchayadi.

Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu nazariya tarafdori edilar. To’g’ri, fiziologik jihatdan til umurtqali hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og’iz bo’shlig’ida joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat yeyish, uning ta’mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda muhim vazifalarni, ya’ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi—kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi.

Shuni uqtirib o’tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog’liq bo’lmagan holda, masalan, yangi tug’ilgan go’dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o’saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So’zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo’lishi shart. Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:

Birinchidan, til tabiiy biologik hodisa emas; ikkinchidan, tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog’liq emas; uchinchidan, til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog’liq emas; to’rtinchidan, faqat jamiyat bo’lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo’lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo’lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy hodisadir.

Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo’linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo’ladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo’lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.

Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo’lmagan va bo’lishi ham mumkin emas.

Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun jamiyatga xizmat qiladi.

Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o’z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan.

Til birliklari – fonema, morfema, so’z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-tuyg’u, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog’liqdir.

Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi :

1. Aloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa - munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog’liq. Kishilar o’z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta’sir ko’rsatadilar .

2. Tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko’rsatishi uning hissiy - ta’siriy vazifasi hisoblanadi . Xabar, sezgi va hayajon , xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal so’zlar , javob talab qilmaydigan so’roq , tartibni o’zgartirish kabilardan foydalaniladi.

3. Tilning to’plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo’lib qolmay , to’plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to’plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi . Bevosita aloqa - munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo’ladi. Mustaqil so’zlar, qo’shma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko’rinishlari fikr fodalovchi birlik hisoblanadi.

Tilning kishilik jamiyatidagi o’rnini , madaniy – ma’naviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to’g’ri ta’riflashga asoslanadi .

Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo’ladi. Mustaqil so’zlar, qo’shma nomlar, iboralar, atama nomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko’rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi.

Insоn tilining pаydо bolishi mаsаlаsi o‘tа munоzаrаlidir. Bu mаsаlа аntik dаvrdаn bоshlаb bizning dаvrimizgаchа shundаy bo‘lib kеlmоqdа.

Tilning pаydо bo‘lishi muаmmоsi nаfаqаt tilshunоslаrni, bаlki аntrоpоlоglаrni, zооpsiхоlоglаrni, biоlоglаrni, etnоgrаfiya mutахаssislаrini, fаylаsuflаrni, tаriхchilаrni hаm qiziqtirib kеlmоqdа. Аmmо shu nаrsа аniqki, tilning-insоn nutqining pаy­dо bo‘lishi mаsаlаsini jаmiyatning, оngning, shuningdеk, insоnning pаydо bo‘lishi singаri muаmmоlаrdаn аjrаtib o‘rgаnib bo‘lmаydi

Аlbаttа, nutq tоvushlаrini tаqоzо etuvchi insоn tili birinchi gаldа оdаmning pаydо bo‘lishi bilаn uzviy bоg‘liqdir, zеrо, jоnli mаvjudоtlаr ichidа fаqаt insоngаginа so‘zlаshuv imkоniyati bеrilgаn. Yaqin dаvrlаrgаchа оdаm mаymundаn pаydо bo‘lgаn, dеgаn аqidаgа ishоnib kеldik. Хususаn, F.Engеlsning «Mаymunning оdаmgа аylаnishidа mеhnаtning rоli» dеgаn аsаri shundаy nаzаriya bilаn sug‘оrilgаn edi. Оdаmning tаkоmillаshuvidа mеhnаtning rоlini inkоr etib bo‘lmаydi, аlbаttа. Birоq mаymunning оdаmgа аylаnishi mаsаlаsini ilmiy аsоslаngаn dеyish qiyin. Оdаmsimоn mаymunlаr bo‘lmаgаn, аmmо ibtidоiy оdаmlаr аyrim jihаtlаri bilаn mаymungа o‘хshаgаn bo‘lishi mumkin. Ehtimоl, bundаn milliоn yillаr аvvаl yashаgаn оdаmlаr turmush tаrzigа ko‘rа mаymunlаrdаn kаm fаrqlаngаndir. Lеkin insоnning nutq оrgаnlаri fаqаt uning o‘zigаginахоsdir. Dаstlаb bu оrgаnlаr rivоjlаnmаgаn bo‘lishi shubhаsizdir, chunki оdаmning tаbiаtgа, jаmiyatgа munоsаbаti uzоq yillаr dаvоmidа uning nutq оrgаnlаrining аstа-sеkin tаkоmillаshuvigа sаbаb bo‘lgаn. Bundа mеhnаt vа u оrqаli vujudgа kеlgаn jаmiyatning аhаmiyati yuksаkdir. Аnа shulаrgа аsоslаnib, tilning pаydо bo‘lishi muаmmоsi ikki оmil bilаn - biоlоgik vа ijtimоiy (sоtsiаl) fаktоrlаr bilаn bоg‘lаsh mumkin. Biоlоgik fаktоrlаr insоn miyasining, tаfаkkurining vа ulаr bilаn bоg‘liq hоldа nutq оrgаnlаrining ko‘p yillаr dаvоmidа o‘sishini tаqоzо etsа, ijtimоiy fаktоrlаr insоnning mеhnаt fаоliyatini vа jаmiyat sаlmоg‘ining rоlini tаqоzо etаdi.

Biоlоgik fаktоrlаr ichidа tоvushgа tаqlid hаmdа undоv fаrаzlаri muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Bоshqаchа аytgаndа, tilning pаydо bo‘lishi bundа аnа shu fаrаzlаr оrqаli izоhlаnаdi.

Tilning pаydо bo‘lishi ko‘prоq qаdimgi yunоn оlimlаri tоmоnidаn tоvushgа tаqlid fаrаzi bilаn bоg‘lаb o‘rgаnilаdi. Mаzkur fаrаz ХIХ аsr, hаttо XX аsr bоshlаridа hаm tа’sir kuchini yo‘qоtgаni yo‘q. Nеmis оlimi V.Fоn Gumbоldt hаm uning tаrаfdоri edi.


TILLARNING CHATISHUVI — muayyan bir til yoki lahja tizimidagi unsurlarning ikkinchi bir til yoki lahja tizimidagi unsurlar bilan qoʻshilib ketishi; maʼlum tarixiy davrlarda harbiysiyosiy jihatdan gʻolib boʻlgan xalqning tili bilan magʻlub boʻlgan xalq tili urtasidagi munosabatlar majmui. Bunda baʼzan gʻolib xalqning tili magʻlub xalq tilidan ustunlik qiladi va magʻlub til, muayyan iz qoldirgan holda, gʻolib tilga singib ketadi, baʼzan gʻolib xalq tili, maʼlum iz qoldirgan holda, magʻlub xalq tiliga singib ketadi. Mac, mil. av. 2—1-a. larda rimliklar Galliya, Iberiya kabi hududlarni boʻysundirganlarida, bu hududlar aholisini oʻz tillarini (xalqona lotin tilini) oʻrganishga majbur qilganlar. Aksincha, german qabilalaridan franklar Fransiyaning shim. hududlarini bosib olganlarida, oʻzlari «fransuzlashib», ularning tillari magʻlub til boʻlib qolgan. Turkiyzabon bulgʻor qabilalari 10-a. da Bolqrn slavyan qabilalarini boʻysundirgan («Bolgariya» atamasi xam shu qabila nomidan olingan), lekin Tillarning chatishuvi tufayli oʻz tillarini yoʻqotib yuborgan. 13-a. dagi moʻgʻul istilosidan soʻng moʻgʻul tilining Oʻrta Osiyodagi holati gʻaqida ham shunday deyish mumkin. Tillarning chatishuvida 2 tushuncha: substrat va superstrat oʻzaro farqlanadi; ularning har ikkalasi ham magʻlub tilning gʻolib tildagi unsurlarini anglatadi.

Tillarning chatishuvini oddiy soʻz oʻzlashtirishdan, tillarning oʻzaro bir-birini boyitishidan farklash kerak. Chunki boshqatildan soʻz oʻzlashtirgan tillar oʻziga xos xususiyatlarini saklab, ichki imkoniyatlari asosida rivojlanadi: bu holatda maʼlum til leksikasining boyishi haqida gapirish mumkin. Xususan, oʻzbek, uygʻur, ozarbayjon, tatar tillariga islom dini, Qurʼon matnini oʻrganish munosabati bilan koʻplab arabcha lugʻaviy birliklar kirib oʻzlashgan boʻlsada, bu tillar oʻziga xos xususiyatlarini, asosan, toʻliq saqlab qolgan. Tillarning chatishuvida esa tillar rivojining ichki qonuniyatlari buziladi yoki batamom yoʻqoladi; fonetika va fammatika sohalarida bir qator tub oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə