Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TALIM VAZIRLIGI 
 
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH 
 KAFEDRASI 
 
 
 
 
fanidan maruzalar matni 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2007 


 
2
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: 
Saparov A., Kurbanova A., Matmurtov M., Sherimbetov V., Xabibullaev A. 
(Universitetlarning barcha fakultetlari talabalari uchun) 
 
Ushbu maruzalar matnida umumiy ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish 
masalalari bilan bog’lab o’rganiladi. Tabiat bilan jamiyatning o’zaro tasirining ekologik oqibatlari
tabiiy muhit sharoitlarini nazorat qilish va ularni boshqarish printsiplari, tabiatni muhofaza 
qilishning barcha yo’nalishlarini umumiy printsiplari, ekologik tizimni sanoat chiqindilaridan 
ximoya qilish yo’llari. Shuningdek Respublikamizda ekologik jixatidan toza maxsulot etishtirish, 
atrof-muhitdagi salbiy ko’rinishlarining oldini olish tadbirlari haqida so’z yuritiladi. 
Maruzalar matni universitetlarining barcha fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
3
 
 
MA’RUZA  –  1  
 
Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar 
 
Reja: 
Kirish  
1. Ekologiyaning xozirgi  zamon tushunchasi  va uning  vazifalari. Ekologik muammolarni kelib 
chiqishining asosiy sabablari.   
2. Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr. 
3. Ekologiya fanining asoslari. 
4. Ekologiyaning tarixi. 
 
Ekologiyaning xozirgi zamon tushunchasi  va uning  vazifalari. Organizmlarning yashash sharoiti va 
ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekotizmlar, biosfera va 
boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Shu bois, umumiy ekologiya, asosan, to’rt 
bo’limga bo’lib o’rganiladi. Bular: autoekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera 
haqidagi talimot  
Bugungi kunda ekologiya nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi. 
Ekologiya o’rganadigan yangi sohalar ko’paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo’nalishlari 
paydo bo’ldi. 
«Ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bo’lib nemis olimi E.Gekkel tamonidan 1866 yil kiritilgan. 
(«Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida.) 
Hozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha so’z bo’lib, «Oykos» - uy-joy; «logos» - fan degan 
manoni beradi. 
Ekologiya biologik fan bo’lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muhit sharoiti bilan o’zaro 
munosabat qonuniyatlarini o’rganadigan fan hisoblanadi. 
Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya) ni o’rganish sifatida bundan 100 yil avval shakllangan hozirgi 
zamon ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. U 
o’ziga xos predmetga, vazifalarga hamda izlanish usullariga egadir. 
Ekologiya antropogen va har xil omillar tasirida tabiatdagi bog’lanishlarning buzilishi to’g’risida 
malumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos 
bo’lib xizmat qiladi. Masalan; har yili o’rmon xo’jaliklari tabiatda o’suvchi dorivor o’simliklarni yig’ib olib 
dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yigib olinayotgan o’simliklar miqdori qayta o’sib chiqayotgan 
o’simliklar miqdoridan oshsa unda o’simliklar sekin-asta yo’qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor 
o’simliklarni yig’ish faqatgina ilmiy asoslangan meyorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu meyorlar va 
yig’ish mudadtlari o’simliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bo’lishi kerak. 
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog’lanishlarning tuzilishini, 
unga bog’liq bo’lgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini; tirik tabiat qanday 
tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson tasiriga qanday javob beradi, - bularning 
hammasi Ekologiyaning predmeti hisoblanadi. 
Hozirgi paytda Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha tariflash mumkin: 
-  Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson tasirini hisobga olgan holda o’rganish; 
-  Insonning xo’jalik faoliyati tasirida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni oldindan bilish; 
-  Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o’rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni 
saqlab qolish; 
-  Buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo’jaligi    ekin 
maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning tuproq hosildorligini, suv havzalari va 
boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash; 
-   Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar. 
Ekologik muammolarni kelib chiqishining asosiy sabablari. Bizning ona sayyoramiz nisbatan yosh 
samoviy jism hisoblanadi. Uning yoshi taxminan 4,6 million yilga teng. Olimlarning fikricha, moddiyatning 
tadrijiy takomili qonuniyati natijasida bundan uch milliard yil ilgari Erda hayot vujudga kelgan va biologik 
qatlam rivojlana boshlagan. Turli populyatsiyalar hamda turlardan tashkil topgan flora va faunalar paydo 
bo’lgan, o’simlik va hayvonat olami turlari hamda populyatsiyalari o’rtasida malum munosabatlar shakllangan. 
Erdagi hayot tadrijiy takomili (evolyutsiyasi)ning dastlabki bosqichi yakunida o’simliklar va hayvonlar 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə