Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy 
 
IHYOU ULUMID-DIN
 
(Din ilmlarini jonlantirish)
 
 
Ilm kitobi 
Birinchi kitob 
 
Toshkent 
«Movarounnahr» 
 
Qalb oynasiga keling 
 
Parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz, payg‘ambarimiz Muhammad 
Mustafoga, u zotning ahliga, sahobalariga va ularga qiyomatgacha go‘zal suratda 
ergashganlarga salovot va salomlar yo‘llaymiz. 
 
Assalomu alaykum, aziz O‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob Islom olamida 
mashhur va mo‘’tabar manbalardan sanaladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. 
Musulmon xalqimiz orasida Imom G‘azzoliyning nomlarini, u zotning «Ihyou ulumid-din» 
asarlarini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Lekin, afsuski, ba’zi bir parcha tarjimalarni, 
og‘izlarda yurgan rivoyatlarni aytmaganda, «Ihyo»dan bexabarmiz. 
 
Alloh taologa yana ming bor hamdu sanolar aytamizki, ana shu mashhur, ammo 
notanish asar bugun o‘zbek kitobxoniga o‘zbek tilida taqdim etilayotir. Bu katta ishning 
boshida yurtimizning muborak ilm dargohlaridan biri – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent 
Islom instituti ahli turibdi. Kitobning tarjimonlari – shu dargohning mudarrislaridir. 
 
Imom Abu Homid G‘azzoliy ushbu kitoblarini «Ihyou ulumid-din» (ya’ni, din ilmlarini 
jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o‘tishi bilan tub ma’nosidan o‘zgacha 
anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo‘li asli qanaqa ekanini, payg‘ambarlar, salafi 
solihlar ularni qanday tushunishganini va  hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon 
qilishni xohladilar. O‘zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir 
pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo‘ydilar va har kimga 
nafsini tortib ko‘rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks 
ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro‘para qildilar. 
Shuning uchun ham «Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. 
Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining 
tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan 
sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur 
mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. 
Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi 
uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning 
so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan 
aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon 
o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan 
o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib 
o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so‘ngiga yetmay to‘xtashi, 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
mashaqqatli mehnat ortidan erishilajak ne’matlar – fikriy, qalbiy, amaliy o‘zgarish va 
yuksalishlar qo‘lga kiritilmay qolishi mumkin. 
 
«Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki 
bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, 
«berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak. 
«Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina 
kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi 
sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina 
uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan 
yetishiladi. 
 
Shuningdek, «Ihyo»da ayrim mulohazalar borki, ulardan umumlashtiruvchi xulosa 
chiqarish lozim bo‘ladi. Masalan, fiqh ilmi va olimlari haqidagi fikrlar (ayni masalada 
o‘sha zamondagi holatni ham nazardan qochirmaslik kerak). Ulardan Imom G‘azzoliy 
fiqhni va faqihlarni yomon ko‘rar ekan, degan xulosa chiqmaydi. Balki muallif  
zamonasining olimlarini tanqid qilar ekan, haqiqiy faqih qanday bo‘lishini tushuntiradi
fikrini ulug‘ imomlarning holatlarini bayon qilish ila isbotlaydi. 
 
«Ihyo»ni o‘qiyotgan kishidan yana xolisnazar va sergak bo‘lish talab etiladi. Aks holda 
ixtilofli fikrlar uyg‘onishi mumkin. Chunki Imom G‘azzoliy yashagan davr ila bugungi 
kunning diniy-dunyoviy hayotida ham, tushunchalarida ham tafovutlar mavjud, u paytda 
muhim bo‘lgan ba’zi narsalar bugun eskirgan, u paytda rad qilingan ba’zi narsalar bugun 
muhimga aylangan bo‘lishi mumkin. 
 
«Ihyou ulumid-din» nafaqat din ilmlarini, balki o‘lik, mudroq, g‘ofil dillarni ham 
tiriltiruvchi asardir, qalblardagi narsani kashf etuvchi oynadir. Uni o‘qib-tushunganlar 
bunga amin bo‘lajaklar. 
 
Endi, bevosita kitob va uning tarjimasi haqida. 
 
Imom Abu Homid G‘azzoliy «Ihyo»da to‘rtta katta mavzuni jamlaganlar: ibodatlar 
haqidagi qism, urf-odatlar haqidagi qism, halok qiluvchi va najot beruvchi narsalar 
haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Bu haqda 
Imom hazratlari muqaddimalarida xabar berganlar. 
 
Imom G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekanlar, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab 
unga tegishli oyatlarni keltiradilar, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat 
etadilar, keyin esa, sahobalar, tobe’inlar va boshqa ulug‘larimizning so‘zlaridan, 
siyratlaridan dalillar keltiradilar, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadilar, lozim 
o‘rinlarda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydilar. Muallif hadislarning izohini keltirmagan 
bo‘lsa-da, keyinchalik alloma Zayniddin Abu Fazl Abdurrahim ibn Husayn Iroqiy (hijriy 
806 yilda vafot etganlar) tomonlaridan bu jihat to‘la ishlab chiqilgan, ya’ni har bir 
hadisning asosi keltirilgan, izohi berilgan. Shunga ko‘ra, tarjimada hadislar raqamlandi 
va kitobning oxirida ularning izohi ilova qilindi. 
 
«Ihyo»ning ibodatlarga bag‘ishlangan birinchi qismi Ilm kitobi bilan ochiladi. Biz uni 
alohida holida chop etayotgan ekanmiz, bunda o‘zimizning ham, bugungi o‘zbek 
kitobxonining ham holi-sharoitiga qarab yo‘l tutildi. Keyingi kitoblar qay holatda – 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə