O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
"RO’YXATGA OLINDI"
№ VM-343-51409-3.02
"1" iyul 2003 y.
"TASDIQLANDI"
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi
____________________
"8" iyul 2003 y.
PSIXOLOGIYa
fanidan
DASTUR
Oliy ta’limning 140000 - "O’kituvchilar
tayyorlash va pedagogika" ta’lim sohasidagi
5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun
Toshkent - 2003
Tuzuvchilar:
dots. Primov M.,
o’q. Xolyigitova N.
Taqrizchilar:
dots. Haydarov F.,
dots. Babashev F.
"Psixologiya" fani bo’yicha tuzilgan ushbu dasturda mustaqillikning bizga bergan
ijodiy va mustaqil tafakkur qilishdan iborat cheksiz imkoniyatlari asos bo’lib xizmat
qiladi. Dasturda psixologik bilim asoslari muxtasar tarzda bayon etilgan bo’lib, u yoshlar
o’zini, o’zgalarni bilishi, turli psixologik vaziyatlar va guruhlarda muomala qilish
sirlarini, erkin, mustaqil fikrlash omillarini, psixik hodisalarning qonuniyatlarini bilishlari
uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Shu bilan birga Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta’lim tizimi oldiga
qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri-malakali mutaxassislarning o’zligini, o’z
qobiliyatlarini, individualligini, shaxsiy fazilatlari hamda xislatlarini bilgan holda
atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha
sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishni ta’minlashdir.
Благодаря независимости нашей Республики перед нами открылись
безграничные возможности в области науки и свободного мышления. Данная
программа по предмету " Психология" составлена на основе требований
Национальной программы по подготовке кадров.
В ней предоставлены важные теоретические и практические знания по основам
психологии. Особое внимание уделено на познание самого себя и других, как
мыслить свободно и вести себя в различных ситуациях, в коллективе, в обществе.
В этой программе отражена одна из важных задач, поставленных национальной
программой по подготовке кадров, перед высшем образованием- как воспитать
свои возможности, индивидуальность, зная свои достоинства, разумно оценивать
труд окружающих, правильно организовывать социально полезную деятельность
профессионалов.
We are open boundless possibilities in the field of sciences and free thinking due to
independence of our Republic. To example provided to students a program on subject
"Psychology". In this program are afford important data and rules on bases of psychology
and their regulation, for instance cognition itself and other how to behave in different
situations and group in society, liberally in different psychological situations. Needed to
emphasize purposes put (deliver) before formation a personnel (frames) by national
program of preparing a personnel (frames). As their own possibilities, knowing their own
value, value labour surround, correctly organizine ocial labor profit of capable and
experienced professionals their own action.
Dastur Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga
tavsiya etilgan (2003 yil 25 aprel 9-sonli bayonnoma).
Dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o’quv
yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash majlisida
muhokama qilingan hamda nashrga tavsiya etilgan (2003 yil 1 iyul 37-sonli majlis
bayoni).
1. SO’Z BOShI
Ushbu fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob beradigan iqtisodchi-
bakalavrlarni tayyorlashda "Psixologiya" fanini o’rganish o’ta muhim ahamiyatga ega.
Chunki iqtisodchi-bakalavrlar etuk malakali mutaxassis bo’lib etishishlari uchun
psixologiya sohasida muayyan bilimlarga ega bo’lishlari kerak.
"Psixologiya"da fanning predmeti, umumiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi,
pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, oila va oilaviy
munosabatlar psixologiyasining nazariy jihatlari o’rganiladi.
Fanni o’qitishning asosiy maqsadi-bo’lg’usi iqtisodchi-bakalavrlarga o’quvchi,
talaba psixologiyasi va iqtisodiy jarayonlardagi psixologik xususiyatlar, psixologik
jarayonlar to’g’risida bilimlar berishdan iboratdir. Psixologiya fanini samarali o’rganish
uchun talaba iqtisodiyot nazariyasi, pedagogika, falsafa, sotsiologiya kabi fanlarni yaxshi
o’zlashtirgan bo’lishi lozim.
"Psixologiya" fani iqtisodiy faoliyat sohasiga oid referatlar, mustaqil ishlar yozishda,
ushbu sohalardagi zaruriy psixologik xususiyatlarni o’rganishda katta ahamiyat kasb
etadi.
O’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va mahoratga qo’yiladigan talablar
Iqtisodchi-bakalavrlar ta’lim jarayoni va iqtisodiy faoliyat jarayonidagi o’ziga xos
psixologik xususiyatlarni bilishlari zarurdir.
Talabalar psixologik kuzatish, psixologik diagnostika va psixologik testlar vositasida
voqe’likni tahlil qilish asosida tegishli xulosalar chiqarish ko’nikmasini egallashlari
lozim.
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlarning minimal miqdoriga talablar
Iqtisodchi-bakalavrlarning amaliy mashg’ulot darslari bahs, munozara,
breynshtorming va treninglar orqali amalga oshiriladi. Talabalar oldiga qo’yiladigan
asosiy talablar ularning turli qobiliyatlarini ayniqsa, mustaqil fikrlash ko’nikmasini
rivojlantirish, mashg’ulot mavzusini shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog’liq holda
o’zlashtirishga erishishdan iborat.
Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi bo’yicha tavsiyalar
"Kasb ta’limi" yo’nalishida "Psixologiya" fani bo’yicha namunaviy o’quv rejasiga
ko’ra jami 135 soat ajratilgan bo’lib, ulardan ma’ruza darslari uchun 36 soat, amaliy
mashg’ulotlar uchun 54 soat, mustaqil ta’lim uchun 45 soat mo’ljallangan.
Bakalavrlar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori
Bakalavrlar bilimini baholash uchun ma’ruza darsida oraliq baholash to’rt marta,
seminar mashg’ulotida joriy baholash to’rt marta, yakuniy baholash ikki marta
o’tkaziladi.
Semestrlar oxirida esa yakuniy baholash birinchi marta og’zaki va ikkinchi marta esa
yozma tarzda o’tkaziladi. Yozma ishdagi so’zlar miqdori 1200 dan kam bo’lmasligi
lozim.
Har bir semestrda barcha nazorat turlari (JB, OB, YaB) umumlashtirilib, o’rtacha ball
qo’yiladi.
Kompyuter, informatsion va boshqa zamonaviy o’qitish texnologiyalarini qo’llash
Bakalavrlarga bilim berish mobaynida kompyuter sinflaridan, multimediadan hamda
bahs-munozara, breynshtorming va treninglar, monolog, dialog, polilog va muammoli
vaziyatlardan chiqish kabi usullardan foydalaniladi.
O’quv dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar
"Kasb ta’limi" yo’nalishida "Psixologiya" fani namunaviy o’quv rejasi bo’yicha 3-4-
semestrda o’qitiladi.
2. FAN DASTURI
"Psixologiya" fanining predmeti va vazifalari
Yangi davr va psixologiya. Inson omili. Psixologiyaning predmeti. Psixika.
Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi. Psixologiyaning
fanlar tizimidagi o’rni. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va h.k.
bog’liqligi. Kibernetika fani. Psixologiyaning texnika fanlari, iqtisodiyot bilan aloqasi.
Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning vazifalari.
Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish
Psixologiyaning asosiy usullari. Kuzatish usuli. So’roq usuli. Testlar usuli.
Eksperiment. Modellashtirish. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. Amaliy
psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Siyosat
sohasidagi psixologiya. Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar. Maorif sohasidagi
amaliy ishlar. Huquqbuzarlikning oldini olish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida
psixologik bilimlarning ahamiyati. Psixologiyaning tadbiqiy yo’nalishlari. Psixologik
testlar va ularning imkoniyatlari.
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi
Shaxs-ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida. Nativizm yo’nalishi. Empirizm tarafdorlari.
Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar. Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo
munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir. Sanktsiyalar
va shaxs. Rollar. O’spirinlik davrida shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs autodialogining
muhim belgilari. Ijtimoiy institutlar. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining
shakllanishi. Mas’uliyat tushunchasi. Maqsadlar va ideallar. Qiziqishlar va dunyoqarash.
Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlar.
Ma’naviyat va ma’rifat. Oila. Mafkura. Ijtimoiy ustanovkalar.
Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish. Ijtimoiy hulq
motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar
Shaxs va uning faolligi. Tashqi faollik. Ichki faollik. Jismoniy va aqliy harakatlar.
Malaka. Ko’nikmalar. Faoliyat turlari: muloqot, o’yin, o’qish, mehnat. Ijtimoiy xulq
motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motivlarning turlari. Motivlarning anglanganlik
darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi. Inson faoliyatining o’ziga
xosligi. Professional malaka va ko’nikmalarning shakllanishi. Motivatsion nazariyalar va
ularning qisqacha ta’rifi. Muvaffaqiyatga erishish motivlarini shaxsda o’rganish.
Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi.
Bilish jarayonlari va professional faoliyat: idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur,
iroda va hissiyotlar. Idrok va idrok qilish qonunlari. Figura va fonning ilgariligi harakatga
bog’liqligi qonuni. Idrokning konstantligi qonuni. Kutishlar va tahminlarning idrokka
ta’siri. O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Anglanganlik qonuni.
Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Xotira va shaxs tajribasining boyligi.
Idrokning inson hatti-harakatlari bilan aloqasi. Idrok obrazlarining shakllanishiga olib
keluvchi omillar. Idrokning anglanganligi. Idrok va tafakkur. Xotiradagi individual
farqlar. Psixologiyadagi xotira nazariyalari. Xotirani o’stiruvchi psixologik omillar.
Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari. Ijodiy va mantiqiy fikrlash-sog’lom
ma’naviyat va e’tiqodni tarbiyalash omili sifatida
Tafakkur turlari. Tafakkur shakllari va operatsiyalari. Tushunchalar. Xulosalar.
Mustaqil fikrlash-sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida. Tafakkurni rivojlantirish.
Tafakkurning boshqa psixik jarayonlar bilan aloqasi. Tafakkur xususiyatlari: autistik va
realistik tafakkur. Tafakkur va fikrlashdagi individual farqlar. Mustaqil fikrlashning
tabiiy asoslari.
Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va
qobiliyatlarni bilishning ahamiyati
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi: qobiliyatlar, temperament,
xarakter, irodaviy sifatlar, emotsiyalar va motivatsiya. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar
diagnostikasi. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. Layoqat, iqtidor, iste’dod.
Qobiliyatlarning psixologik tarkibi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi.
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar
O’zbekiston Respublikasining suveren, demokratik taraqqiyot yo’lini tanlanganligi
natijasida chet el psixologiyasidagi nazariy va amaliy maktablar g’oyalariga nisbatan
munosabatning o’zgarishi.
Funtsional psixologiya nazariy qarashlarning umumiy mazmuni. Funktsional
psixologiya vujudga kelishining ijtimoiy va nazariy asoslari. Bixeviorizm oqimi vujudga
kelishidagi asosiy ehtiyojlar. Bixeviorizm oqimining ong tushunchasi va introspektsiya
usuliga qarshi chiqishi, uning o’rniga hulq-atvor tushunchasini ilgari surishi. Geshtalt
psixologiya oqimi to’g’risida umumiy tushuncha. Geshtalt psixologiyada idrok
jarayonlarida konstantlik (doimiylik), tarkibiy tuzilishga egalik, predmet obrazining uni
o’rab turgan atrof-muhit bilan bog’liqlik qonunlarini kashf etilishi. Geshtalt psixologiya
oqimi asosiy vakillari M. Vertxeymer, V. Kyoler, Xoffko va "Fi-fenomen" maktabining
qarashlaridagi nazariy g’oyalar. Freydizm oqimining mohiyati. Inson ongidan siqib
chiqarilgan affektlarning xulq-atvorga ta’siri o’rganilishi. Gumanizm psixologiyasida
insonlarga "ochiq imkoniyatlarga ega va o’z-o’zini takomilga etkaza oluvchi , noyob
tizim" sifatida qaralishi. Gumanizm psixologiyasi vakillari G. Olport, A. Maslou, K.
Rodjers qarashlarining mazmuni.
K. Yung ongsizlik tabiati to’g’risida
Pedagogik faoliyat psixologiyasi
Jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy
sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirish. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi munosabat.
Bilim berish-bilim olish. O’rgatish-o’rganish maylida kechadigan munosabatlar. Ta’lim-
tarbiya berishning muayyan usul va uslublari, ta’lim-tarbiya beruvchining ma’rifiy
tamoyillari. Shaxsning har tomonlama kamolga etishi, ta’lim va tarbiyaning insoniyligi,
ta’lim-tarbiya bilan bog’liq muloqot. Kasbga yo’naltirish. Ta’limda engillik va faollik
tamoyillariningpsixologik xususiyatlari, o’qituvchi shaxsiga nisbatan kasbiy va insoniy
talablar. Pedagogik faoliyatni shakllantiruvchi omillar. Pedagogik faoliyatni yuritishda
Imom Buxoriy, Iso-at-Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad
Yassaviy, Naqshbandiy, Behbudiy, Avloniylar xizmatlarining psixologik tahlili.
Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari
O’qitishning mohiyati va uning qonuniyatlari. Ta’lim tizimini boshqarish.
O’zlashtirishning psixologik komponentlari. Ta’lim olishda bilish jarayonlarining roli.
Individual psixologik xususiyatlarning ta’lim jarayonlari bilan bog’liqligi. Ta’lim olishda
ongning roli. Aqliy rivojlanishning mezonlari. Ta’limni intensivlashtirish. Aktiv,
mustaqil fikr, ijodiy tafakkur, mustaqil bilish faoliyatini tarkib toptirish. Ta’limni
indiviluallashtirishda qobiliyatning ahamiyati.
Psixologik xususiyatlarning ta’limni rivojlantirishdagi o’rni. Matematik hamda
adabiy qobiliyatlarni tadqiq qilish usullari.
Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri
Shaxsni tarkib toptirishning umumiy psixologik qonuniyatlari. Bolalik va maktab
yoshida tarbiyaning shaxsga ta’siri. Bilimlarni ma’naviy xulq-atvor amaliyotisiz
o’zlashtirib olishning mohiyati. Ma’naviy bilim va ma’naviy hulq-atvorning bog’liqligi.
Tarbiyaning motivlarga bog’liqligi. Tarbiyaviy ish uslublari. Bilimlar ahloqiy tasavvurlar
va tushunchalar sifatida. Jamoadagi tarbiyaviy ta’sir.
Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari
psixologiyasi
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotip omillar. Shaxs taraqqiyotini davrlarga
bo’lish. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
O’smirlik davri. O’spirinlik davri. Yoshlardagi attraktsiya va yuksak his-tuyg’ular.
Insoniy fazilatlar. Yosh davrlar psixologiyasida shaxs va taraqqiyot muammosi. Turli
yosh davrlarni o’rganish usullari. Attraktsiyaning psixologik tahlili. O’spirinlardagi sevgi
va sadoqat mezonlari. Yoshlarni yuksak ahloqiy munosabatlarga tayyorlash va ularda
Vatan tuyg’usini tarbiyalash masalasi.
Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir
sirlari
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi
o’rni. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Psixologik ta’sirning uch
vositasi: verbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir. Muloqot va uni o’rganish
muammolari. Professional tinglash texnikasi. Ijtimoiy -psixologik trening. Inson va
hayvon muloqotining o’ziga xos tomonlari. Bolalar va kattalar muloqotining o’ziga
xosligi. Amaliy muloqot texnikasi va strategiyasi. Ta’sirchan muomala sirlari. Sharq
allomalari muloqot etikasi va mahorati haqida. Bozor munosabatlari sharoitida
shaxslararo munosabatlarni takomillashtirish muammosi.
Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Guruhiy o’zaro moslik, liderlik va
konformizm hodisalari
Shaxs va guruh. Guruhlarning turlari. Referent guruh. Normativ guruh. Qiyoslash
guruhlari. Negativ guruhlar. Guruh o’lchamlari va uning tizimi. Jamoalarda psixologik
o’zaro moslik. Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o’zaro ta’sir masalasi. Guruhdagi
psixologik muhit va uni o’rganish. Jamoa faoliyatining samaradorligi. Jamoalarda ro’y
beradigan psixologik hodisalar. Jamoaning shaxsga ijobiy va salbiy ta’sirlari. Jamoani
boshqarishning samarali usullari. Mehnat jamoalarining konkret shaxsga ijobiy ta’siri.
Jamoadagi ma’naviy muhitni shakllantiruvchi omillar.
Menejerlik psixologiyasi
Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha. Boshqaruv faoliyati muammolari.
Boshqaruv muammolari haqida falsafa, tarix, iqtisod, xuquqshunoslik fanlarining talqini.
Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti. Boshqaruvning qoida va usullari. Guruhlarda rahbarlik va
etakchilik. Etakchilik uslublari haqida tushuncha. Avtoritar, demokratik va liberal
uslublar. Rahbarlik sifatlari. Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoaning rivojlanish
bosqichlari. Rahbarlarga qo’yiladigan talablar. Rahbarlarning muammoli vaziyatni
bartaraf qilishi.
Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari
Tadbirkorlik va biznes faoliyati psixologiyasi haqida. Tadbirkorlik va biznes
faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy -psixologik (ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy, siyosiy va
psixologik) omillari.
Tadbirkorlik faoliyatida shaxs psixologiyasi. Layoqat, iste’dod va qobiliyatlar.
Muomala psixologiyasi va tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik faoliyatida nizolar va
ularning oldini olishning psixologik yo’llari. Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish.
Tadbirkorlik va tashabbuskorlik. Tadbirkorlik va biznes faoliyatida reklama va
marketingning o’rni. Tadbirkorlik va biznes faoliyatida shaxsning ma’naviy qiyofasi.
Tadbirkorlik va biznes faoliyatini boshqarish.
Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi
Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari. Oilaning shaxsni shakllanishidagi
roli. Oilaning ijtimoiy-tarixiy kelib chiqishi. Oilaviy hayotda bo’ladigan o’zgarishlar,
muammolar, qonuniyatlar. Oilaviy hayotning o’ziga xos xususiyatlari. Oila muloqoti.
Oilani rejalashtirish. Oilaning asosiy funktsiyalari. Nikohga etuklik xususiyatlari. Nikoh
yoshi xususiyatlari. Oilaviy nizolar. Ota-onalar obro’si va shaxsiy namunasi tarbiya
samaradorligini oshiruvchi omil sifatida. Oilaviy tarbiyani takomillashtirish vazifalari.
Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Monolog. Dialog. Polilog.
Faol o’qitish usullari va ularni tashkil etish. Darsda munozara, breynshtorming va
treninglar o’tkazish texnologiyasi. Bahs turlari. Yozma bahs o’tkazish usullari. Ta’lim
jarayonida pedagogik muloqotning o’ziga xos jihatlari. Munozara usullarining ijtimoiy-
psixologik ahamiyati. Katta va kichik guruhlarda munozaralarni tashkil etish qoidalari.
Bahsda samarali ishtirok etish tamoyillari.
3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI
Psixologiya fanining predmeti va vazifalari
Yangicha tafakkur va milliy mafkura shakllanishi sharoitida psixologik bilimlarning
jamiyatdagi o’rni.
Psixologiya fanining fanlar tizimidagi o’rni. Psixologiya fanining tarmoqlari va
ularning vazifalari. Psixologiya rivojlanayotgan fanlar tizimida. Markaziy Osiyo
mutafakkirlari ta’limotida psixologik qarashlarning o’rni.* Psixologiya fanining
vazifalari.
Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish.
Psixologiyaning asosiy usullari: kuzatish, so’roq, test, eksperiment, modellashtirish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda psixologiya fanining ahamiyati
va uning vazifalari. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etilishda faol ishtirok etuvchi shaxsning
ma’naviy kamolotida psixologiyaning o’rni.
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi.
Shaxs tushunchasi. Shaxs va shaxsga ta’sir etuvchi kuchlar. Shaxsning o’z-o’zini
anglashi va "men" obrazi. Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning ijtimoiylashuvi.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi. Shaxsda e’tiqod,
dunyoqarash, qiziqishning rivojlanishi.
Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish
Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Shaxs faoliyati va uning psixologik tuzilishi.
Faoliyat va psixik jarayonlar. Ish-harakatlar inson faoliyatidan biri ekanligi. Tashqi
(amaliy), ichki (aqliy) ish-harakatlar. Ko’nikma va malakalar, ularning asosiy turlari.
Etakchi faoliyat haqida tushuncha.
Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi
Diqqatning inson hayoti va faoliyatidagi o’rni va xususiyatlari. Ta’lim jarayonida
diqqatning roli.
Sezgilar va ular to’g’risidagi nazariyalar. Sezgi turlari. Sezgilarning Ch. Sherington
klassifikatsiyasi Angliyalik nevrolog X. Xedning sezgilar to’g’risidagi genetik
klassifikatsiyasi xususiyatlari.
Idrok jarayonlari. Idrokning fiziologik va psixologik xususiyalari.
Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur jarayon sifatida.
Tafakkurni tadqiq etishning ijtimoiy ahamiyati. Yoshlarda yangicha tafakkur yuritishni
shakllantirish. Tafakkur motivatsiyasi va fikrlash operatsiyalari Mustaqil fikrlashning
tabiiy asoslari.
Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish
Temperament shaxsning emotsional qo’zg’aluvchanligi va harakatchanligidagi
individual xususiyatlar yig’indisi sifatida.
Xarakter to’g’risida tushuncha. Xarakterning faoliyat va muomala jarayonida
shakllanishi.
Qobiliyat turlari. Qobiliyatlar shakllanishida senzitiv davrlar.
Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar
Funktsional psixologiya vujudga kelishining ijtimoiy va nazariy asoslari. Funktsional
psixologiyada ongga munosabat masalalari.
Bixeviorizm oqimi vujudga kelishidagi asosiy omillar.
Bixeviorizm oqimida ongga va xulq-atvorga munosabat.
Geshtalt psixologiya oqimi to’g’risida umumiy tushuncha. Geshtalt psixologiyada
predmet va fazo munosabatlarini idrok etish masalalari.
Freydizm oqimining mohiyati. Freydizmda nevrozlar kelib chiqish manbaiga
munosabat.
Z. Freyd klassifikatsiyasiga ko’ra ruhiyatning uch xil tuzilishi darajasi. Shaxsning
tarkibiy tuzilishi. Gumanizm psixologiyasida inson va inson resurslariga yangicha
munosabat.
Pedagogik faoliyat psixologiyasi
O’qituvchi va talaba hamkorligi ta’lim samaradorligining muhim omili. Bo’lg’usi
o’qituvchining o’quv faoliyatini boshqarishi. O’qituvchining psixologik xususiyatlari.
O’z-o’zini nazorat qilish. Keng ko’lamdagi bilimlar, ta’lim usullarini sistemalashtirish.
Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari
Umumiy ta’lim masalalarini hal qilishda va shaxsni ma’naviy tomondan kamol
toptirishda pedagogik psixologiyaning tutgan o’rni. Ta’limni individullashtirishda
qobiliyatning ahamiyati. Aqliy rivojlanish mezonlari. Psixologik xususiyatlarni ta’limni
rivojlanitirishdagi o’rni.
Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri.
Shaxs tarkib topishining umumiy psixologik qonuniyatlari. Ta’lim jarayonida fikr
yuritish operatsiyalarining ahamiyati. Ma’naviy bilim va ma’naviy xulq-atvorning tarbiya
motivlarga bog’liqligi.
Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari
psixologiyasi
Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari. Talabalar psixologiyasi va o’quv
faoliyati. Psixologlar M. G. Davletshin, I. I. Ilyasov, A. V. Dmitrieva, V. A. Tokareva, E.
G’. G’ozievlarning talabalik davriga doir psixologik qarashlari.
Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari
Shaxs-ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Muloqot turi va shakllari. Insoniy
munosabatlarning o’zaro ta’sir jarayonlari. Psixologik ta’sir vositalari: verbal,
paralingvistik, noverbal. Professional tinglash texnikasi.
Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish
Shaxslararo munosabatlarning yuzaga kelishi. Shaxs taraqqiyotida odamlar
guruhining o’rni. Referent guruh. Referent guruhlar turlari: normativ, qiyoslash, negativ.
Psixologik moslik mezonlari.
Menejerlik psixologiyasi
Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti.
Boshqaruv qoidalari va usullari. Boshqaruvda avtoritar, demokratik va liberal uslublar.
Rahbarning axloqiy tamoyillari. Ustuvor iqtisodiy boshqaruv usullaring axloqiylik kasb
etishi.
Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari*
Tadbirkorlik va biznes faoliyati psixologiyasi haqida. Tadbirkorlik faoliyatida shaxs
psixologiyasi xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida muloqot jarayonining ahamiyati.
Tadbirkorlik faoliyatida nizolar va ularni oldini olishning psixologik usullari.
Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi*
Oilada shaxs shakllanishi va rivojlanishi. Oilada shaxslararo munosabat. Oilaviy
nizolarning bola ruhiyatiga ta’siri. Nikohga etuklik xususiyatlari. Oila-ijtimoiylashuvning
asosiy va muhim o’chog’i. Yurtimizda oila davlat himoyasida.
Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Monolog. Dialog. Polilog.
Faol o’qitish usullari va ularni tashkil etish. Darsda munozara, breynshtorming va
treninglar o’tkazish texnologiyasi. Bahs turlari. Yozma bahsni o’tkazish usuli. Ta’lim
jarayonida pedagogik muloqotning o’ziga xos xususiyatlari. Munozara usullarining
ijtimoiy psixologik ahamiyati. Katta va kichik guruhlarda munozaralarni tashkil etish
qoidalari. Bahsda samarali ishtirok etish tamoyillari.
4. INFORMATsION-TEXNIK VOSITALAR
Aqliy taraqqiyot testi, Raven testi, Burdon jadvali, Kettel testi, Ayzenk
so’rovnomasi, K. Yungning xarakter tipini aniqlash usulikasi, differentsial-diagnostik
so’rovnoma.
Bakalavriatlarga internent tarmog’i orqali quyidagi saytlardan o’quv filmlari olinadi:
1. e-mail:
sales@piter-press.ru
2. e-mail:
piter-t@lincom.kharko.ua
3. e-mail:
root@top-book.nsk.su
4. e-mail:
postbook@piter-press.ru
Ma’ruza va seminar mavzulari bo’yicha tarqatma materiallar.
5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI
Fanga ajratilgan maksimal ball-90, bundan joriy baholash 37,8, oraliq baholashga
25,2 yakuniy baholashga 27,0 ball ajratilgan. Joriy, oraliq va yakuniy baholashlar
talabalar bilimini og’zaki, yozma shakllarda nazorat qilish hamda referatlarni tekshirish
usulida o’tkaziladi. Saralash ball – 49,5 ball.
O’quv yili davomida "Psixologiya" fanidan 56-70% to’plaganlar "qoniqarli", 71-85%
to’plaganlar "yaxshi", 86-100% to’plaganlar "a’lo" baholar bilan baholanadi.
6. ADABIYoTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.:
O’zbekiston, 1996.
3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O’zbekiston, 1996.
4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O’zbekiston, 1996.
5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4. – T.: O’zbekiston, 1996.
6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O’zbekiston,
1997.
7. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. - T.: O’zbekiston, 1998.
8. Karimov I.A. Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. – T.:
O’zbekiston, 1999.
9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.
8. – T.: O’zbekiston, 2000.
10. Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T. 9. – T.: O’zbekiston,
2001.
11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – T.: O’zbekiston,
2002.
12. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997.
13. Karimova V. M, Akramova F. A Psixologiya. Ma’ruzalar matni. - T.: O’qituvchi,
2001.
14. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. -T.: O’qituvchi, 1998.
15. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O’zbekiston, 2000.
16. G’oziev E. Psixologiya.-T.: O’qituvchi, 1999.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Anikeeva N. P. Jamoada ruhiy muhit. -T.: O’qituvchi, 1997.
2. Andreeva G. M. Sotsialnaya psixologiya. -M.: 2000.
3. Adizova T. M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi.-T.: 2000.
4. Bodalev A. A. Myagkost i obshchenie. -M.: Nauka,1998.
5. Vigotskiy A.S. Voprosi teorii i istorii psixologii.- M.: Misl, 1996.
6. Do’stmuxammedova Sh. A. O’quvchilarga o’quv faoliyatlarini boshqarish
psixologiyasi.- T.: 2000.
7. Karimova V. M. Sotsial psixologiya. - Farg’ona, Farg’ona davlat universiteti, 1996.
8. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya. -T.: O’qituvchi, 1996.
9. Kvinn V. Prikladnaya psixologiya. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg, izd-vo Piter Kom,
1998.
10. Leontev A.N. Problemi razvitiya psixiki. -M.: MGU, 2000.
11. Munavvarov A. Q. Oila pedagogikasi.-T.: O’qituvchi, 1997.
12. Mayers D. Sotsialnaya psixologiya. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.
13. Psixologiya. Qisqacha izohli lug’at.-T.: 1998.
14. Pod. red. Krilova A. Psixologiya. Uchebnik.-M.:1998.
15. Prakticheskaya psixodiagnostika. Usulika i testi.-M.: 1999.
16. Prikladnaya sotsialnaya psixologiya.-M.: 1999.
17. Safaev N.S, G’afforov B. T. Muomala sirlari. Deyl Karnegi tizimi asosida tuzilgan
maslahatlar.-T.: O’qituvchi, 1997.
18. Sotsialnaya psixologiya. Istoriya. Teoriya. Empiricheskie issledovaniya.- L.: 1999.
19. Strelyats Ya. Rol temperamenta v psixologicheskom razvitii.-M.: 2000.
20.
Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati. -T.:
O’qituvchi, 1999.
21. Toshimov R, Mamatov M, G’oziev E. G’. Aqliy kamolingizni aniqlay olasizmi? -T.:
1997.
22. Teoreticheskaya i prikladnaya sotsialnaya psixologiya.
23. Otv. red. A.I. Uledov.-M.: Misl, 1998.
24. Umumiy psixologiya.- T.: O’qituvchi, 1999.
25. Xell L, Zigler D. Teorii lichnosti. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.
26. Shoumarov G’. B. Oila psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 2000.
27. Shpalinskiy V. A. Psixologiya menejmenta. Ucheb. Posobie. –M.: Izd. vo URAO,
2000.
28. Chaldini R. Psixologiya vliyaniya. -M.: 1999.
29. Eydmiller E. G, Yustitskiy V. V. Psixologiya i psixoterapiya semi. Perev. s angl. -
Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.
30. Yaroshevskiy M.T. Istoriya psixologii.-M.: Misl, 1999.
31. G’oziev E. G’. Tafakkur psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 1997.
32. G’oziev E. G’., Azimov N, Usmonova E. Diqqat psixologiyasi. Universitet talabalari
uchun o’quv qo’llanma.-ToshDU.: 1998.
33. G’oziev E. G’., Usmonova Sh. Intellekt psixologiyasi.-T.: 2000.
34. G’oziev E. G’., Xasanov B. Psixologiya nazariyasi.-T.: 1998.
35. G’oziev E. G’. Inson psixologiyasining rivojlanishi.-T.: 1999.
36. G’oziev E. G’. Oliy maktab psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 1999.
37. G’oziev E. Muomala psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 2001.
Document Outline - O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- "RO’YXATGA OLINDI"
- № VM-343-51409-3.02 "1" iyul 2003 y.
- "TASDIQLANDI" O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- ____________________ "8" iyul 2003 y.
-
- PSIXOLOGIYa fanidan DASTUR
- Oliy ta’limning 140000 - "O’kituvchilar tayyorlash va pedagogika" ta’lim sohasidagi 5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun
- 1. SO’Z BOShI
- Ushbu fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
- O’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va mahoratga qo’yiladigan talablar
- Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlarning minimal miqdoriga talablar
- Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi bo’yicha tavsiyalar
- Bakalavrlar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori
- Kompyuter, informatsion va boshqa zamonaviy o’qitish texnologiyalarini qo’llash
- O’quv dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar
- 2. FAN DASTURI
- "Psixologiya" fanining predmeti va vazifalari
- Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish
- Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi
- Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish. Ijtimoiy hulq motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar
- Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi.
- Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishning ahamiyati
- Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar
- Pedagogik faoliyat psixologiyasi
- Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari
-
-
- Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri
- Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari psixologiyasi
- Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari
- Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Guruhiy o’zaro moslik, liderlik va konformizm hodisalari
- Menejerlik psixologiyasi
- Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari
- Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi
- Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
- 3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI
- Psixologiya fanining predmeti va vazifalari
- Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish.
- Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi.
- Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish
- Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi
- Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari
- Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish
- Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar
- Pedagogik faoliyat psixologiyasi
-
- Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari
- Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari psixologiyasi
- Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari
- Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish
- Menejerlik psixologiyasi
- Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari*
- Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi*
- Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari
- 4. INFORMATsION-TEXNIK VOSITALAR
- 5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI
- 6. ADABIYoTLAR
- Asosiy adabiyotlar
- Qo’shimcha adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |