Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27


O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv 

xo‘jaligi vazirligi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



MIKROBIOLOGIYa 

 

 



 

(Ma’ruza matnlari) 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent-2005 




 

Sizga tavsiya etilayotgan «Mikrobiologiya» fani bo‘yicha ma’ruza 

matnlari tezislari tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, 

ushbu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqa bayon etilgan. 

Fanni chuqur va mukammal egallash uchun ko‘rsatilgan adabiyotlardan 

foydalanishni tavsiya qilamiz.  

 

Sizga taqdim etilayotgan ma’ruza matni tezislari fanni o‘rganishda ilmiy 



va uslubiy yo‘llanma beradi degan umiddamiz. Qo‘llanma  Agrokimyo va 

tuproqshunoslik, Agronomiya, O‘simliklarni himoya qilish, Meva-

sabzavotchilik bakalavr yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan. 

 

 



TUZUVChILAR:

 Biologiya fanlari nomzodi, dotsentlar: 

 M.A.Zuparov; 

E.A.Xolmurodov, 

N.T.Xakimova, 

 

 



 

 

 



TAQRIZChILAR:  

 

J.Toshpo‘latov

 – O‘zRFA Mikrobiologiya institutining 

laboratoriya     mudiri, biologiya fanlari doktori, professor. 

 

R.Sh.O‘lmasboyeva

 – O‘simliklarni himoya qilish 

kafedrasi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent  

 

 



 

 

Ma’ruza tezislari «Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi va fitopatologiya» 



kafedrasining  - sonli va Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish 

fakulteti o‘quv uslubiy hay’atining  - sonli hamda Universitet o‘quv uslubiy 

kengashining 2005 yil – sonli qarorlari bilan ma’qullangan.  

 

 



 

ToshDAU nashr tahririyati bo‘limi 

Toshkent 2005  

Mikrobiologiya fani bo‘yicha ma’ruzalar matnlari mavzulari 

 

 

№ MA’RUZA 



MATNLARI 

SOAT 


1 Kirish. 

2 Mikroorganizmlar 



morfologiyasi, 

anatomiyasi va sistematikasi 




Mikroorganizmlar hayot faoliyatiga mikroorganizmlar ta’siri 



Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi 



Karbon birikmalarning mikroorganizmlar tomonidan boshqa 



moddalarga o‘zgartirilishi 

6 Tarkibida 



azot 

saqlovchi 

birikmalarning mikroorganizmlar 

tomonidan o‘zgarishlarga uchrashi 

7  Oltingugurt, fosfor, temir va boshqa birikmalarning 



mikroorganizmlar tomonidan boshqa birikmalarga aylanishi 



Tuproq unumdorligini oshirishning mikrobiologik asoslari 



Mikrobiologiyaning dehqonchilikda va chorvachilikda ahamiyati. 

 JAMI: 



18 

 

 



 

 

 



 ADABIYoTLAR: 

1. 


O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish dasturi (1999-

2000 yy). T., «O‘zbekiston»1988. 

2. 

G.D. Mustakimov «O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari». T, 1995. 



3. G.D. 

Mustaqimov«O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy 

mashgulotlar». T. 1967. 

4. 


M.F.Fyodorov . «Mikrobiologiya», T.1966. 

5. N.Valker 

(V.V.Navinov 

tajrimasi) 

«Pochvennaya mikrobiologiya», M, 1979. 

6. 


A.Ya.Pankratov  «Mikrobiologiya», M.1962. 

7. Ye.N.Mishustin; 

V.T.Emsov «Mikrobiologiya», M.198. 

8. 


 K.Xasanov  «Mikrobiologiya», M.1997. 

 

1-MAVZU: KIRISh. 



Reja: 

1.  Mikrobiologiya fani haqida. 

2. Mikrobiologiyaning tarmoqlari. 

3. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi 

4. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlari. 

5. Xulosalar. 

 

Adabiyotlar 2,3,4,6,7. 



1.  Mikrobiologiya fani haqida. 2. Mikrobiologiyaning tarmoqlari. 

Mikrobiologiya ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik mavjudodning 

shaklnini, katta-kichikligini, o‘sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil 

usullar yordamida o‘rganadigan fandir. Mikrobiologiya fanining 

tarmoqlariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarqalishi, hayot kechirish tarzi 

qanday jarayonlardan iboratligidan kelib chiqadi. Chunki mikroorganizmlar 

havoda, suvda, tuproqda, o‘simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud. 

Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng ko‘lamdagi 

foydali ishlari ham juda xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni 

ham amalga oshira oladilar. Shuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir 

xilda yondoshmasdan alohida tarmoqlari bo‘yicha o‘rganish samaralidir. 

Shu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi 

geologik mikrobiologiya tibbyot mikrobiologiyasi, sanitariya 

mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuproq yoki qishloq xo‘jaligi 

mikrobiologiyasi kabi tarmoqlarga ajratilgan. 



   

Texnik (sanoat) mikrobiologiyada – pivo pishirish, vinochilik, 

nonvoychilik, qishloq va boshqa sut maxsulotlarini ishlab chiqarish. 

Shuningdek sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil, 

vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va xokazolarni olishda ham 

mikroorganizmlardan foydalanish usullari o‘rganiladi. 

 

Suv mikrobiologiyasida – okean, dengiz, daryo, ko‘l, suv 



xavzalari, ariqlar suvi, botqoq yerlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va 

xillarini o‘rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi 

zaxarli chiqindilarni tozalash yo‘llarini, suv hayvonlariga ozuqa zaxirasini 

tayyorlashda mikroorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa ko‘p 

muammolarni o‘rganadi. Ichimlik suvlarini tozalash ham shu soxa bilan 

uzviy bogliqdir. 

    

Geologik  mikrobiologiyada  – tog jinslari yemirilishlarida 



mikroorganizmlar faoliyati, turli xil madanlarning hosil bo‘lishida, 

madanlardan metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bo‘lishidagi 

mikroorganizmlarning faoliyatlarini o‘rganiladi. 

   


Tibbiyot mikrobiologiyasida – turli xildagi yuqumli kasalliklarni 

keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi 

kurash choralarini ishlab chiqarish muammolarini o‘rganiladi. 

  

Chorvachilik mikrobiologiyasi – bunda qishloq xo‘jaligi 



hayvonlarida kasallik tugdiruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora-

tadbirlari ustida, teri, mo‘yn mikroorganizmlari, hayvonlarning ovqat xazm 

qilish va turli organizmlaridagi mikroorganizmlar faoliyatini o‘rganish 

maqsad qilib qo‘yilgandir. 

   

Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi – bu soxa atrof 



muhitda insonlarga, hayvonlarga, foydali hasharotlarga zarar keltiruvchi 

turli xildagi mikroorganizmlarning tarqalishining oldini olish choralari bilan 

shugullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqatuvchilarga va ularni 

keltirib chiqaruvchi manbalarga qarshi kurashadi. 

  

Qishloq 


xo‘jalik 

mikrobiologiyasi 

- qamrovi juda katta bo‘lgan fan 

soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bo‘lgan 

mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shugullanib qolmasdan, shu 

mikroorganizmlar bilan o‘simlik o‘rtasidagi, tabiatda atmosfera va tuproq 

o‘rtasidagi boglanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma’lumotlar bilan 

ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq 

unumdorligini oshirishdagi roli, o‘simliklarning suvda erimaydigan 

moddalarni o‘zlashtirishdagi mikroorganizmlar ahamiyati ham shu soxaga 

taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi,  fosfor 

va oltingugurt birikmalarning, kaliy, temir va xokazo elementlari 

birikmalarning aylanishi va o‘simliklarga o‘zlashtiriladigan holatga 

o‘tishligini ham bilib olamiz. Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos 

tayyorlashda, biologik faol moddalar hosil bo‘lishida, mikrobiologik ya’ni 

bakterial ugitlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari 

va faoliyati bilan tanishiladi. Shunga asosan tuproqni unumdorligini 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə