Mikroiqtisodiyot



Yüklə 120,05 Kb.
tarix01.04.2018
ölçüsü120,05 Kb.
#35561

IQTISODIYOT NAZARIYASI’’ kafedrasi

MIKROIQTISODIYOT” fanidan





Mavzu:” Ish haqi stavkasining aniqlanishi. Monopol va monopsonik mehnat bozori

Guruh: 0-2a-11

Bajardi: Xayrilloyev Sur`at

Tekshirdi: Qurbanbayeva Nodira

Toshkent-2012



Ish haqi stavkasining aniqlanishi. Monopol va monopsonik mehnat bozori

Reja:

Kirish……………………………………………………………………………………….…3

Asosiy qism:

  1. Ish haqi stavkasini aniqlash…………………………………………………….4



    1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni……………………………….…4



    1. Ish haqi belgilashda kasaba uyushmalarining o’rni…….7

1.3 Ish haqi stavkasi va uni hisoblash……………………………..9

  1. Monopol va monopsonik mehnat bozori………………………………13



    1. Mehnat bozori………………………………………………………….13



    1. Monopol mehnat bozori…………………………………………..18



    1. Monopsonik mehnat bozori……………………………………..21

    2. O`zbekistonda demografik jarayonlar va mehnat bozori……………………………………………………………………….22

Xulosa……………………………………………………………………………………..24

Kirish

Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo'lib, iqtisodchilar e'tiborini jalb etib hamda ular o'rtasida turli tortishuvlarga sabab bo'lib keladi. Shunga ko'ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda siz ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini nimaligi va uni aniqlashni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi.

Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

I-bob. Ish haqi stavkasini aniqlash.

1.1.Ish haqining iqtisodiy mazmuni.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida olib borilayotgan iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili bu inson omilidir. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarning iqtisodiyotida faol qatnashishlari mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan baquvvat bo’lishini ta’minlaydi. Mehnatga yaroqli shaxslarni ishga jalb etishning asosiy yo’li, ularinng mehnatlari darajalariga qarab ish xaqi to’lovini to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Ish xaqi bozor iqtisodiyoti sharoitida jami daromadlar qismida asosiy qismini tashkil etadi. Ish xaqi iqtisodiy kategoriya bo’lib yollanma ish kuchi xodimini ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashganligini mehnat darajasiga qarab yaratilgan yalpi mahsulotdan pul shaklida o’z mehnat qiymatini ish xaqi sifatida olinishiga aytiladi. Ish xaqi - insonning ishlab chiqarish jarayonida jismoniy va ruhiy kuch yig’indisini sarflanishiga to’langan xaqdir. Ish xaqi ishchining qiymatini qoplanishini ta’minlashi lozim. Ish xaqining ishchi kuchi qiymatini qoplashi quyidagilarni qoplashi zarur. Ish xaqi ishlab chiqarish faoliyatini olib borayotgan xar bir ishchini shaxsiy va ijtimoiy talablarni qondira olishi zarur. Bu talablar ishchi kuchini mehnat qilish faoliyatida doimiy ravishda qatnashishini ta’minlashi zarur. Ya’ni uning iqtisodiy va ma’naviy talablarini qondirish zarur. Ish beruvchi esa yollanma mehnatni ish bilan ta’minlashidan maqsad ma’lum darajada foyda olish asosida o’zining iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlashdir. Ish xaqini quyidagi yo’nalishlarda ko’rib chiqish maqsadga to’g’ri bo’ladi. Ish xaqi bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida ish kuchi qiymati shaklida ifodalanadi, ishlab chiqarish jarayonida esa ish kuchining mehnati xaqi sifatida uning mehnatini miqdorini va qiymatini ifodalashi kerak, ish xaqi ishchining shaxsiy oilaviy daromadining asosiy qismi shaklida ifodalanadi. Ish kuchi bozorda tovar sifatida sotiladi. Ishchi o’z kuchini sotadi xaridor esa uni sotib oladi. Xaridor ish kuchini sotib olishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida undan foydalanish natijasida ma’lum bir foyda (daromad) darajasini o’zlashtirishdan iboratdir. Ishchi kuchi tovar ekan uning qiymati qanday belgilanishini bilish zarur.

Uning qiymati quyidagilarga bog’liq:

- ish kuchini mehnat qilish qobiliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar qiymatiga;

- ish kuchi o’z qiymati evaziga o’zining oila a’zolarini boqish darajasiga ega bo’lishiga;

- ish kuchini malakasini, kasbiy mahoratini oshirishga bo’lgan talablarini qondirishi kerak.

Ish kuchini sotuvchi sub’ekt bilan uni xarid qiluvchi ish beruvchi sub’ekt o’rtasida ishchi kuchini sotish va sotib olish bo’yicha bitim tuziladi. Bu bitim o’zida talab va taklifni bir biriga muvofiq kelishini ifodalaydi. Ishlab chiqarish sub’ektlaridagi mehnat jarayonida ish xaqi mehnatga to’lanayotgan xaq sifatida nomoyon bo’ladi. Buning asosiy sababi quyidagilardan iborat:

- ishlab chiqarish sub’ektlarini ish kuchini nafaqat mehnat qilish darajasi qiziqtiradi balki uning mehnatini haq olmagan xolda yaratgan foydasi qiziqtiradi;

- ish xaqi ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchini qiymati ekanligi bilan ish beruvchi sub’ektini qiziqtirmaydi balki ishchi kuchi qanday qiymat va sifatiga teng mehnat qilish darajasi qiziqtiradi;

- ish xaqini ish kuchi qiymati shaklida ifodalanishining asosiy sababi, u ma’lum bir ish vaqtida bajarilgan ish uchun olgan ish xaqqi bo’lib ko’rinishidadir. Chunki ish xaqi ish bajarilgandan so’ng to’lanadi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimov – 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisdagi ma’ruzasida «aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish masalasini xal etish borasida salmoqli ishlar qilindi»…, aholining real pul daromadlari bir yilda 27 foizdan ziyod ko’paydi…, aholining ish xaqi va daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, mamlakatimiz iste’mol bozorini, rag’batlantirish siyosati…, joriy yil uchun ko’zda tutilgan inflyasiya ko’rsatkichlari doirasidan chiqmagan holda, o’rtacha ish xaqi miqdorini kamida 1,5 barobar oshirishni ta’minlash uchun tegishli manbalarni izlab topish muhim vazifa qilib qo’yilmoqda» degan edilar. 1

Ish xaqini tashkil topishi to’g’risida fransuz olimi J.B.Sey nazariyasida birinchi marotaba ko’rilgan. Uning fikricha ishlab chiqarish jarayonida uch omil, mehnat, er va kapital faol qatnashib, ular daromad yaratadilar.

Ya’ni bu uch omil daromad manbaini tashkil etadi. Bu nazariyani amerikalik J.V.Кlark yanada rivojlantirib ishchi kuchi unumdorligi qo’shilgan omil unumdorligi g’oyasini vujudga kelishiga asos bo’ldi. J.B.Sey ishlab chiqarish omillarini o’zining «Boyliklarining taqsimlanishi» nomli asarida ishlab chiqarishda yaratilgan boylik uchchala omil o’rtasida taqsimlanadi deb fikr bildirgan.

To’g’ri bu omillar ishlab chiqarishda yangi yaratilayotgan boylikni yaratishning asosiy manbai xisoblanadi. Ammo bu boylik taqsimoti bu uch omil o’rtasida tenglik darajasida taqsimlanmaydi. Aks xolda ishlab chiqaruvchi sub’ekt o’zining tadbirkorlik faoliyatidan foyda olmagan bo’lur edi.

Tadbirkor sub’ekt foydasi ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan ish kuchining ma’lum mehnatini qiymatiga haq to’lanmasligi oqibatida foyda oladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish xaqi ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ish xaqi ishchi kuchi qiymatini o’zida ifoda etadi. Xozirgi davrda ish xaqi to’lashning quyidagi turlari keng qo’llaniladi. Bu ish bay va vaqt bay ish xaqi to’lashdir. Uning turlarini quyidagi (rasm) da ko’rish mumkin.

Ishlab chiqarishda ish xaqi to’lashni qaysi shaklda olib borilishi ish beruvchining ixtiyorida bo’ladi. U ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqqan xolda ish xaqi to’laydi. Respublikada ish xaqi to’lashning asosan ikki usuli ish bay va vaqt bay usuli iqtisodiy rivojlanishining tarmoqlari xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda qo’llanilmoqda.

Xozirgi erkinlashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’tara bitim asosida xam ish xaqi to’lash qo’llanilmoqda. Ish xaqi to’lashning bu shakli ma’lum ish xajmini ish kuchlari bilan kelishilgan xolatda ularga bajarish uchun topshiriladi. Ish xaqi odatda tarif tizimi tarmoqlar va mamlakat mintaqalariga qarab tartibga solinadi. Ish xaqi xodimlar malaka ma’lumotlari e’tiborga olingan xolda to’lanadi.

Tarif tizimi tarif malaka so’rovnomasidan, ta’rif jadvaldan va tarif ish haqi darajalaridan tashkil topadi. Tarif tizimi malaka ma’lumotlarini va ish xaqi to’lash bilan bog’liq bo’lgan koeffisientlarni o’z ichiga oladi. Ish xaqi to’lash koeffisientlari ishning oddiyligidan murakkablik darajalariga qarab belgilanadi.

Ish haqi shakllari va tizimlari:2


Ish bay ish haqi

Ish xaqi shakllari va tizimlari



Vaqt bay ish haqi

Oddiy ishbay

Oddiy vaqtbay

Mukofotli ishbay

Mukofotli vaqtbay

1 sutkali ishbay

Soatbay

Кunlik ishbay

O’sib boruvchi ishbay

Jamoa tartibdagi ishbay
прямая соединительная линия 18 прямая соединительная линия 19 прямая соединительная линия 20 прямая соединительная линия 21
Xaftalik ishbay

Oylik ishbay
прямая соединительная линия 30 прямая соединительная линия 29 прямая соединительная линия 31 прямая соединительная линия 32 прямая соединительная линия 26 прямая соединительная линия 25 прямая соединительная линия 3 прямая соединительная линия 2 прямая соединительная линия 27 прямая соединительная линия 14 прямая соединительная линия 5 прямая соединительная линия 7 прямая соединительная линия 9 прямая соединительная линия 13

Yakka tartibdagi ishbay




    1. Ish haqi belgilashda kasaba uyushmalarining o’rni

Кasaba uyushmalari ishchilarining assosiasiyalari bo’lib, ular o’z a’zolarining manfaatlarini ifoda etish uchun tuziladi. Кasaba uyushmalari o’zlarining a’zolari talablari asosida, ularning ish xaqlarini oshirish bo’yicha, ularga zarur bo’lgan mehnat qilish sharoitlarini yaratish, ularning dam olishlari va sog’liqlarini ta’minlash yo’lida asosiy ximoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi.

Кasaba uyushmalari ishchilarning ish vaqtlarini, ularga beriladigan dam olish ta’tillarini to’g’ri tashkil etilishini, ishga qabul qilish, ishdan bo’shatilishni mehnat kodekslariga rioya qilingan xolda amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Кasaba uyushmalarining asosiy faoliyatlari bu ishchilarning mehnatlarini muxofaza qilish va ish xaqlarini o’sib borishini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun kasaba uyushmalari mehnat bitimlarini ish kuchiga talabgor sub’ektlar bilan tuzishda faol qatnashadi. Unda bajariladigan ish turlari va ish xaqlari to’g’risida kelishiladi. Кasaba uyushmalari ish joylarini ko’paytirish uchun ko’rashadilar. Кasaba uyushmalari ish kuchlaridan mehnat bitimlariga rioya qilishni ish beruvchilardan talab qiladi. Ayollar va mehnat qilish yoshiga etmagan yoshlarni asossiz mehnatlaridan foydalanishga qarshi kurashadilar. Кasaba uyushmalar ish kuchi mehnatini taklif qiluvchi monopol xuquqiga ega bo’lgan jamoa tashkilotidir.

Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish sur’atlarining tezlashganligi natijasida xodimlarning mehnat qilish va yashash sharoitlari o’zgarib bormoqda. Bunday sharoitda asosiy masala ishchi va xodimlarning mehnat qilish sharoitlarni engillashtirish, mehnat faoliyatlarini yanada rag’batlantirishdan iborat. U ma’lum ijtimoiy muhitda yuzaga kelib mehnati uchun to’lanadigan hamma to’lovlarni va muhit sharoitlarini o’z ichiga oladi va ijtimoiy qonunlarda yoritiladi. Bu qonunlarga asoslangan holda davlat kasaba uyushmalari va mehnat jamoalari mehnat munosabatlarini takomillashtirib beradilar.

Biz bilamizki, korxonaning asosiy maqsadi ko’proq foyda olish bo’lib, ish haqi esa ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ishga yollovchilar va yollanuvchilar o’rtasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu ziddiyatlarni esa ma’lum davrga kelishuvlar asosida jamoa bitimlarini imzolash orqali hal etish mumkin.

Ishga yollovchilar va xodimlar o’rtasidagi mehnat ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjat jamoa bitimi deyiladi. Bitimda ikki taraf ya’ni korxona ma’muriyati va xodimlarning o’zaro majburiyatlari, ish haqi stavkasi me’yoridan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar aks ettiriladi.

Tarixan ishlarning o’z huquqlarini, shu jumladan, mehnatlarini to’g’ri baholash uchun kurashi kasaba uyushmalarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Bu maqsadga esa turli yo’llar bilan erishish mumkin.

Birinchidan mehnatga bo’lgan talabni kengaytirish orqali, ya’ni ish kuchiga talab oshsa, o’z-o’zidan ish haqi stavkasi ham, bo’sh ish o’rinlari ham oshib boradi. Bunda kasaba uyushmalarining vazifasi talabni belgilovchi bir necha omillarni o’zgartirishdan iborat:

- ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talabni oshirish.

- mehnat unumdorligini oshirish.

- boshqa ishlab chiqarish omillari bahosini o’zgartirish.



Ikkinchidan, ish haqi stavkasini oshirishning yana bir yo’li - ish kuchi taklifini qisqartirish. Bunda kasaba uyushmalarining vazifalari:

1. Bolalar mehnatini qisqartirish.

2. Immigrasiyani cheklash.

3. Ish haftasini qisqartirishga yordam berish

4. Nafaqaga muddatida chiqishni ta’minlash.

Uchinchidan, kasaba uyushmalarining yana bir vazifasi, korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilarni aniq ko’rsatilgan talablarga javob bergandagina ishga qabul qilishlarini nazorat qilishdir. Bu talablarga ishga bo’lgan ta’lim darajasi talabi, mutaxassislik bo’yicha ish staji, shaxsiy tavsiflarini kiritish mumkin.

1.3 Ish haqi stavkasi va uni hisoblash.

Mehnatga haq to'lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma'lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to'lashni tashkil etish biri - biriga bog`lik bo'lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to'lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to'lash shakillari bilan aniqlanadi.

Ishchilar mehnatiga haq to'lashda ta`rif setkasi asos bo'lib hisoblanadi. Tarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to'lash shakli va mazkur sohaning halq xo'jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi.

Tarif tizimiga quyidagilar kiritiladi:

- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;

- haq to'lashda ish va ishchilarning (malakasi)turli razryadlari orasidagi munosabatlarini ko'rsatuvchi tarif setkasi;

- tarif - malakaviy ma'lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchilarning razryadi aniqlanadi.

Oddiy ishlar 1 - razryadli ishchining tarif stavkasi bilan to'lanadi.mehnat malakasi darajasiga, ya'ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffisientiga, qarab kelgan razryadlarning tarif stavkalari bu razryaddan ortiq bo'ladi. Tarif razryadi har bir ishlab chiqarish operasiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi,shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.

O'zbekiston Respublikasining “Korxonalar to'grisida” gi qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan “mehnatga haq to'lash shakli, mukofotlar, qo'shimcha haqlar, rag`batlantirish to'lovlari, kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilingan kolektiv shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.” 3

O'zR Vazirlar mahkamasining 2000 yil 20 iyuldagi 280 - sonli qarori bilan mehnatga haq to'lash bo'yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo'lib, unda mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlar va 0 - razryadga nisbatdan tarif koeffisientlari belgilangan. Tarif stavka va akladlar tizimi tuzilishini asosi bo'lib 0 - razryadga belgilangan minimal oylik so'mmasi hisoblanadi. quyida 2000 yili Vazirlar Mahkamasining 20 iyuldagi 280 - sonli qarori bilan qabul qilingan yagona tarif stavkasini keltiramiz.

Mehnatga haq to'lash bo'yicha yagona tarif stavka.


Mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlar

Nolinchi razryadga nisbatdan tarif koeffisientlari

Mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlar

Nolinchi razryadga nisbatdan tarif koeffisientlari

0

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10

11



1,000

2,014


2,216

2,439


2,681

2,937


3,205

3,484


3,773

4,064


4,361

4,663


12

13

14



15

16

17



18

19

20



21

22


4,973

5,288


5,606

5,931


6,259

6,593


6,930

7,273


7,620

7,973


8,328

Ishchining ish haqi oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to'lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razryadning koeffisientiga ko'paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini byudjetdan moliyalashtirilgan muassasalar, tashkilot va korhonalar qo'llashga majbur.

O'zining moliyaviy faoliyatini xo'jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, davlat - aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif - malakaviy razryadlarni belgilashlari zarur.

Boshqa mulk shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif - malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.

Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo'lgan nolinchi razryadning minimal ish haqisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xususan nolinchai razryadning minimal ish haqiga va qonunchilik bilan belgilangan o'rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o'rtacha oy fondi) qarab 1 - razryadning soatlar tarif stavkalarning minimal o'lchami aniqlanadi.

Nolinchi razryadning minimal ish haqisi 3430 so'm va (40 soat lik ish haftasi) ish vaqtining o'rtacha oylik fondi 169,2 soat bo'lgan taqdirida soatlik tarif stavkasining o'lchami 20,27 so'm bo'ladi (3430 : 169,2).

1 - razryad stavkalarini mehnatga haq to'lash shakillari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari uch guruh stavkalar) bo'yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to'lash bo'yicha tarif setkasini ishlab chiqarishi mumkin.

Har bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko'rsatkichlarga qarab o'zining tarif koeffisientlariniishlab chiqardi.

Mehnatga haq to'lashni tashkil etishning asosiy elementi bo'lib, mahsulot birligini ishlab chiqarishga yoki ma'lum tashkiliy - texnik sharoitlarida berilgan ish hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o'lchamini belgilovchi, mehnatni normalashtirish hisoblanadi.

Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosida tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va normasini o'z ichiga oladi.

Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo'ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna) ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma'lum tashkiliy - texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo'ladigan vaqti (min., soat) nazarda tutadi.

Korxonalarga mehnatga haq to'lash shakl va tizimlarni mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to'lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to'langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoiti hisobga olgan holda, ishbay chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog`liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, hodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagin) vaqtning miqdoriga bog`liq.

Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg`or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to'lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat`iy tekshirish zarur.

Mehnatga haq to'lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to'lash tizimlariga bo'linadi: to'g`ri ishbay, ishbay - mukofot, akkord, ishbay - progressiv, egri ishbay tizim.

To'g`ri ishbay tizimida ishchilarning mehnat haqlarining ko'payishi ularning ishlab chiqargan mahsulotlar miqdoriga bog`lik, ya'ni har bir ishlab chiqarilgan mahsulot uchun haq bir xil bahoda baholanadi.

Ishbay - mukofot tizimida ishbay ish haqi summasidan tashqari, mahsulot sifati yoki ishchilarning ishlab chiqarish faoliyatini boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha ularga mukofot hisoblanadi.

Akkord tizimida barcha ishlarni bajarish muddati va so'mmasini ko'rsatib ularni kompleksi baholanadi.

Ishbay-progressiv tizimda belgilangan norma doirasida ishlab chiQarilgan mahsulot uchun hak to'g`ri (o'zgarmas) bahoda tulanadi, normadan ortiqcha ishbay chiqarilgan mahsulot uchun haq belgilangan shkala bo'yicha oshirilgan bahoda to`lanadi, lekin bu ishbay bahoning ikki hissasidan oshmasligi kerak.

Egri ishbay tizim asbob - uskunalarga va ish joylariga hizmat ko'rsatayotgan ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishini rag`batlantirish uchun qo'llaniladi. Ularning mehnat haqi ular xizmat qilgan asosiy ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga qarab egri ishbay bahoda to'lanadi.

Mehnatga vaqtbay shaklida haq to'langanda ish haqi hisoblash bo'yicha asos qilib ishchining sarflangan vaqti va tarif stavkasi olinadi.

Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to'lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay - mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog`liq. Vaqtbay - mukofot tizimida odiy vaqtbay tizimi bo'yicha hisoblangan ish haqiga qo'shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, materal, yoqilg`ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to'xtovsiz ishlashi va boshqa ko'rsatgichlarga qarab mukofot hisoblanadi.

Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to'lashlar yakka va ummumiy bo'lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo'shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog`liqlik (ishni brigada shaklida tashkil etish) zaruriyati bo'lsa, mehnatga haq to'lash umumiy bo'lishi mumkin.



II-bob. Monopol va monopsonik mehnat bozori

    1. Mehnat bozori.

Mehnat bozori barcha bozor turlari ichida eng asosiy bozor xisoblanadi. Mehnat bozori o’zining maxsus xususiyatlariga ega. Bu bozorda oddiy mehnat tasirida yaratilgan tovarlar bilan savdo qilish emas balki iste’mol va ishlab chiqarish vositalarini yaratuvchi inson mehnati bozori ekanligi bilan ajralib turadi.

Mehnat bozorini rivojlanishi bozor talablari asosida uning tashkil topishi insonlarning psixologik qarashlari, ijtimoiy xususiyatlari xamda mehnat qilish faoliyati bilan bog’liq.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni motivasiyalashtirish ya’ni uning turli shakllarida, bozor talablari asosida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Mehnat bozorida inson va uning oila a’zolarini to’liq davr talablari asosida kamolotga etkazish uchun zarur bo’lgan moddiy omil ish xaqi shakllanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori ko’p qirrali bozor bo’lib, u jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy xolatini ifoda etadi.

Mehnat bozorida ish beruvchilar bilan ish kuchlarini sotuvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar xam tovar va pul shaklida amalga oshiriladi, sababi bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchi tovar bo’ladi. Bu maxsus tovar, foyda keltiruvchi tovar xisoblanadi, bu tovarning maxsusligi shundan iboratki ish kuchidan uning mehnat qilish, tadbirkorlik xususiyatlarini ajratib bo’lmaydi.

Ishchi kuchi tovar deganda asosan ishchini mehnat qilish qobiliyati darajasi tushunilishi kerak. Ishchi kuchini mexnat qilish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa uning qiymati shunchalik yuqori bo’ladi. Mehnat bozorida ish kuchini ishlab chiqarishning ma’lum yo’nalishlari bo’yicha qo’llash uchun oldi sottisi amalga oshiriladi.



Mehnat bozorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-ish kuchi egalari bilan unga talabgor bo’lgan ishlab chiqarish sub’ektlari o’rtasida iqtisodiy munosabat tovar pul shaklida amalga oshiriladi;

-mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklif shakllanadi;

-mehnat bozorida ish kuchini tanlash va ishga yollanish sub’ektlarning ixtiyorida bo’ladi;

-ish kuchining xarakati erkin xarakat bo’lib u istagan soxa va korxonalarida ishlash xususiyatlariga ega;

-mehnat bozori maxsus yo’nalishlarga qarab uning kaspiy malakaviy maxoratlaridan kelib chiqqan xolda shakllanadi;

-mehnat bozori ish kuchi mehnatiga to’lanadigan ish xaqini belgilashni ta’minlaydi;

-mehnat bozor real iqtisodiy rivojlanish muxitlarni e’tiborga olgan xolda ish kuchi mehnat bozorini shakllantirishni ta’minlaydi.



Mehnat bozorining xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:

-ish kuchlarini sotuvchi sub’ektlar bilan uni xarid qiluvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar maxsus bitimga asoslanadi;

-mehnat bozorida ish kuchi uchun uning mehnat qilishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy muxit katta ahamiyatga ega;

-mehnat bozori mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi;

-mehnat bozori doimiy ravishda davlat va uning turli institutlari, kasaba ittifoqlari ta’sirida bo’ladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning asosiy siyosatlaridan bir ishsizlikka qarshi kurash darajasini oshirish yo’lida mehnat bozorini tartiblashdan iboratdir. Agarda 2006 yilda mehnat birjasida ishsiz sifatida hisobga olinganlar 29,1 ming kishini tashkil etgan bo’lsa,bu ko’rsatkich 2007 yilga kelib 27,4ming kishini tashkil etgan. 2007 yilda mehnatga joylashtirish tashkilotlariga ishga joylashish bo’yicha murojat qilganlar 557,4 ming kishini tashkil etgan. Bu ko’rsatkich 2006 yildagiga nisbatan 42,4 foizni tashkil etgan yoki 165,9 ming kishiga ko’paygan.

2007 yilda ro’yhatga olingan ish qidiruvchilarning 75 foizi qishloq aholisini tashkil etgan bo’lib, uning 0,8 foizi 16 -18 yoshgachan, 50,9 foizi 18-30 yoshgachan , 47,0 foizi 30 -50 yoshgachan bo’lganlarni tashkil etgan. 2007 yila ishga joylashtirish tashkiloti orqali ishga joylashtirilganlarning soni 486,5 ming kishini tashkil etgan. Bu ishga joylashish uchun murojat qilganlarning 87,3 foizini tashkil etadi. Ishga joylashtirish 2006 yiga nisbatan 5,4 foizga ko’paygan.

Umumiy ishga joylashganlarning 52,2 foizi 16- 30 yoshdagilar tashkil etgan. 2007 yilda ishga joylashish to’g’risida murojat qilganlarning 88,5 foizi ish bilan ta’minlanganlar. Shulardan 89,8 foizi ayollar, 89,5 foizi erkaklar, 84,6 foizi ni esa qishloqda istiqomat qiluvchi aholi tashkil etgan. Mehnat bozori mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy xolatiga ta’sir etadi. Mehnat bozorining talab darajasida ishlashi mamlakat barqarorligini asosidir. Shuning uchun xam xar bir davlat o’zining ijtimoiy-iqtisodiy xolatdan kelib chiqqan xolda mehnat bozorini rivojlantirish uni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqadi.

Davlat mehnat bozorini tashkil etish va uni boshqarish davlat tomonidan qabul qilingan maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Mehnat bozorini boshqarish dasturi quyidagi maslalarni qamrab oladi:

-bandlik darajasini oshirishni rag’batlantirish;

-mehnat xodimlarini malakalarini oshirish va qayta tayyorlash asosida kaspiy mahoratlarni oshirish;

-ish kuchlarini ishlab chiqarishga joylashtirishni ta’minlash;

-ish bilan ta’minlanmagan ishlashni xoxlovchilarni ishga joylashtirish;

-ish bilan ta’minlanmagan mehnat qilishga layoqati bo’lgan shaxslarni ijtimoiy ximoya qilishini ta’minlash.

Shu bilan birga davlat qo’shimcha ravishda qiyosiy usullar orqali mehnat bozorini rivojlantirish uchun chora va tadbirlar ko’radi. Jumladan mamlakatdagi iqtisodiy xolatni, biznesni rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlashda pul-kredit va soliq undirish tizimlari orqali tartiblash asosida ishsizlik darajasini kamaytirish va ularga bo’lgan talab va takliflarni muvofiqlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni bo’lishiga erishadi. Erkinlashtirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti turli mulkchilik shakllariga asoslangan ishlab chiqarish sub’ektlari o’rtasidagi raqobat asosida mehnat bozori shakllanadi. Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ish kuchini sotuvchi va uni xarid qilib oluvchi sub’ektlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar erkin ravishda ikala sub’ektlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Erkin raqobatga asoslangan mehnat bozori quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:

-ish kuchlari yollash ishlab chiqarish sub’ektlari o’rtasidagi erkin raqobatga asoslanadi;

-ish kuchini mehnat bozoriga taklif qiluvchilarning asosiy qismi malakasiz, mutaxasis bo’lmagan sub’ektlar tashkil etadi;

-ishlab chiqarish sub’ektlaridagi mehnat qilish sharoitlarini deyarlik birday bo’lishi ish kuchiga bo’lgan tovar-pul munosabatlarini tengligiga va uni ish haqiga ta’sir qilmasligida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchiga bo’lgan talab bilan taklif o’rtasidagi muvozanat ijtimoiy iqtisodiy axamiyatga ega. Ish kuchlariga bo’lgan talab va taklif muvofiqligi iqtisodiy rivojlanishning xamma tarmoqlarini qamrab olishi kerak, shundagina iqtisodiyot inqirozsiz barqaror rivojlanadi.

Ish kuchiga bo’lgan talab ishlab chiqarish jarayonini, xajmini va uning turlarini o’sib borishiga bog’liq. Demak ish kuchiga talab moddiy va nomoddiy tarmoqlarini rivojlanish darajasiga bog’liq ekan, ish kuchini yollovchi tadbirkor sub’ekt uni ishga jalb qilishi unga qanday foyda keltirishini va uning qiymatini qoplab olishini bilishi zarur. Shunga qarab ish kuchiga talab(D) va taklif (S)shakllanadi. Ishlab chiqarish sub’ekti bo’lgan tadbirkorni ish kuchini mehnat qilish qobiliyati va ish kuchi mehnati asosida yaratiladigan yangi qiymat ham qiziqtiradi. Xulosa qilib aytish mumkin ish kuchiga bo’lgan talabningo’sishi ish xaqiga nisbatan teskari proporsional nisbatda bo’ladi.

Ish kuchiga talab va taklifni shakllanishi:4



U S D

M

O Q



U- Ish kuchi qiymati;

Q- Mehnat miqdori;

S- Mehnatni taklif qilish egri chizig’i;

D- Ish kuchiga bo’lgan egri talab

M-Mehnat bozori muvozanati

Ish xaqini o’sishi ish kuchiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Ish kuchiga bo’lgan talab iqtisodiy rivojlanishning siklik bosqichlariga, fan va texnika taraqqiyotida foydalanish darajasiga va iqtisodiy mintaqalarda mehnat bozorlarini xususiyatlariga bog’liq.Ish kuchini mehnat bozorida taklif qilishga quyidagi omillar ta’sir etadi:

- iqtisodiy mintaqalarning demografik jarayonlari, ishlab chiqarishda qatnasha oladigan mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lganlar;

- ayollarning tadbirkorlik faoliyatlarida ularning faolligini o’sib borishi;

- aholining malakaviy va kaspiy maxorat darajalarini oshib borishi;

- aholining migrasiya jarayonlari darajasi;

- ish xaqlarining o’sib borishi va mehnat sharoitlari darajalariga xam bog’liq.

Ish kuchini ishlab chiqarish jarayonida bandligi davrida ishlab chiqargan mahsuloti uning pulda ifodalangan qiymati ish o’rnini egallash samaradorligini bildiradi. Demak ish vaqtidan unumli foydalanish zarur. Foyda samaradorligi esa ishlab chiqarishda band bo’lgan ish kuchi xodimi ma’lum ishlab chiqarish darajasiga erishgandan keyingi vaqtlar ichida u foyda (daromad) keltiradi.

Foyda samaradorligini o’sishi ishlab chiqarishda bandlik vaqtini qisqartirishda ifodalangan xolda ish xaqi darajasini kamayishiga ta’sir etmaydi. Foyda samaradorligi odatda mehnat tejamkorligini ifodalanishi mumkin. U ish vaqtiga nisbatan bo’sh vaqtini ko’payishida ifodalanadi.

Tarmoq darajasida esa foyda samaradorligini o’sishi ishlab chiqarishda band bo’lgan ish kuchlarini qisqarishiga olib keladi. Mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklif doimiy ravishda o’zgarib turadi. Mehnat bozorini o’rganishda mehnat bozori modellarini o’rganish zarur.

Mehnat bozori modellarini quyidagi turlari mavjud:

- erkin raqobatga asoslangan mehnat bozori, bu erda ishlab chiqarish sub’ektlari o’rtasida ish kuchiga bo’lgan talablarini qondirish erkin raqobat asosida amalga oshiriladi;

- monopsoniya mehnat bozori. Bu mehnat bozori takomillashmagan bozor bo’lib, unda yagona monopsoniya monopoliya sub’ekti tomonidan ish kuchi mehnati xarid qilinadi;

- monopoliya mehnat bozorida ish kuchini xarid qilish bir necha turli yo’nalishdagi firmalar tomonidan amalga oshiriladi;

- oligopoliya mehnat bozorida odatda ish kuchi mehnati bozorida, odatda bir necha monopoliyalar ish kuchlarini ishga yollash bilan shug’ullanadilar;

- sof oligopoliya mehnat bozorida yirik monopoliyalar ish kuchi xaridorlari bo’ladi.



2.2.Monopol mehnat bozori.

Monopolistik mehnat bozori. Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o’z ta’sirini o’tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar.

Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist. Ushbu holat quyidagi rasmda keltirilgan.





Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta’siri.

Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat nuqtada o’rnatiladi va ishchi ish bilan ta’minlanib, ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo’lganligi uchun, u band bo’lgan ishchilar sonini dan ga qisqartirib, ish haqini dan ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan alternativ foyda (iqtisodiy renta) to’rtburchak yuziga teng.5



Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. Bunday bozorda monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist (kasaba uyushmasi) turadi.

Ikki tomonlama monopolistik bozordagi holat quyidagi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.





Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya.

Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Bu nuqtada mehnatga bo’lgan talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatda ishchi ish bilan band bo’lib, ish haqi oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan band bo’lgan ishchilar sonini dan gacha qisqartirib, ish haqini dan gacha qisqartirishga harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini qisqartirib, ( gacha), ish haqini gacha ko’tarishga harakat qiladi.

Shunday qilib, ish bilan band bo’lgan ishchilar sonining nisbatan kichik o’zgarishga ish haqlarining (ushbu yondashishda) bir-biridan juda katta farq qilishi to’g’ri keladi . Ushbu vaziyatda ish haqining qanday bo’lishi, qarama-qarshi turgan monopolistik va monopsonik kuchlarga bog’liq. Ko’rinib turibdiki, ish haqi muvozanat ish haqi ga ham yaqinlashishi mumkin.6

2.3.Monopsonik mehnat bozori.

Mehnat bozorida monopsoniya bo’lgan hol. Monopsoniya - xaridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor. Monopsoniya asosiy xususiyatlari ma’lum bir yo’nalishda ish kuchlarini asosiy bandligi tashkil etadi. U mehnat turiga nisbatan alternativ mehnat deyarlik bo’lmaydi. Bunday mehnat turlari odatda iqtisodiy mintaqalar xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda uni o’zgartirishining qiyinchiligidadir. Jumladan, qishloq joylarida dehqon yoki chorvador mehnati yoki duradgor mehnati va boshqalar.

Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo’ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko’rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko’payadi. Bunday hol ko’proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo’lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam o’lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo’ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo’lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o’rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi.

Quyida monopsonik mehnat bozorid ish haqi stavkasi va mehnat miqdori o`rtasidagi munosabatni ko`rishingiz mumkin:



Monopsonist mehnat bozori.7

Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat nuqtada o’rnatiladi. nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida ishchi miqdordagi ish haqi bilan ta’minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to’lagani uchun taklif chizig’i o’rtacha xarajat chizig’idan iborat bo’ladi. Chekli mehnat xarajatlari chizig’i o’rtacha xarajat chizig’idan yuqorida yotadi. va chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band bo’lishini aniqlaydi. Bu yerda monopsonik muvozanat holati sharti. Demak, monopsonist ishchilar sonini dan qisqartirib, ish haqini dan ga qisqartirishga erishadi. Shunday qilib, monopsonist bir vaqtning o’zida ham ishchilar sonini qisqartirib, ham ish haqini pasaytirib, o’z foydasini to’rtburchak yuziga teng bo’lgan miqdorda oshiradi.



2.4.O`zbekistonda demografik jarayonlar va mehnat bozori

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning I-choragida o‘rtacha doimiy aholi soni 27124,0 ming kishini tashkil qilib, ularning 17409,2 ming nafari (umumiyga nisbatan 64,2%) qishloq aholisini va 9714,8 ming nafari esa (35,8%) shahar aholisidan iboratdir. Respublika aholisi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5% ga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq joylarda 101,7% ni tashkil etgan.

Respublikada 2008 yilning I-choragida ish bilan band aholi soni 10701,9 ming kishini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning hisobot davriga nisbatan 309,7 ming kishiga yoki 103,0% ga oshgan. Yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Samarqand (47,3 ming kishi yoki 104,5%), Qashqadaryo (37,3 ming kishi yoki 104,4%), Namangan (35,3 ming kishi yoki 105,1%), Sirdaryo (34,2 ming kishi yoki 104,9%), Toshkent (33,5 ming kishi yoki 103,3%) va Andijon (30,7 ming kishi yoki 103,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, respublika bo‘yicha jami mehnatda band aholining yuqori ulushi asosan Farg‘ona (11,9%), Samarqand (10,6%), Toshkent (10,0%), Andijon (9,7%), Qashqadaryo (8,6%) viloyatlari hamda Toshkent shahri (10,8%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yilning I-choragida yangi ish o‘rinlari yaratish hududiy dasturlariga muvofiq jami 169,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan, shulardan:

Ish bilan bandlikning o‘sishiga mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda Prezidentimizning farmon va qarorlari doirasida amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar natijasida erishilgan. 
Yangi ish joylarini yaratishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish, ayniqsa, ishchi kuchi ortiq bo‘lgan qishloq joylarida uy mehnati va servis sohasini rivojlantirish hisoblanadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi PQ-3706-sonli Farmoni va 2006 yil 6 apreldagi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq, joylarda korxonalar bilan kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Hisobot davrida uy mehnati va oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga jami 55 mingga yaqin yangi ish joylari yaratilgan bo‘lib, ularning 27,3 mingtasi korxonalar bilan mehnat shartnomasi asosidagi kasanachilik o‘rinlaridir. 
Qayd etilgan natijalar yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan yirik korxonalar uchun mo‘ljallangan imtiyozlarning iqtisodiyotning boshqa yirik tarmoqlari va kichik sanoat korxonalariga ham tadbiq etilishi hisobiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 may PQ-640-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”8gi qaroriga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi sub’yektlarni mikrokreditlash bo‘yicha ishlar olib borildi. 2008 yilning I-choragida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish hisobiga 67 ming ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami yaratilgan ish o‘rinlarining 40% ini tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida kichik va mikrokorxonalarni moliyalashtirish uchun ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘arma tomonidan hisobot davrida 1,52 mlrd. so‘m miqdorida mikrokredit ajratildi.

Xulosa

Mahsulot va daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo'lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan, mulkchilik munosabatlariga bog'Iiq bo'ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya'ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan, yerga esa, davlat mulki bo'lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo'lgan ishchi-xizmatchilar o'rtasida taqsimlanadi.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi-xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir.

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi — bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O'z-o'zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog'liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo'lganda, nominal ish haqiga to'g'ri mutanosibdir va iste'mol buyumlari hamda xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.

Ish haqi oshganda, ko’pchilik ko’proq ishlab, ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo’sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o’sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o’sishi o’z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko’proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar. Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o’sgandan keyingi ish haqining o’sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o’rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo’ladi.

O’zbekistonda bosqichma – bosqich va ijtimoiy yo’naltirilgan tarzda amalga oshirilayotganligi, iqtisodimizning ijobiy tarafga o`zgarishi, avvalo aholi jon boshiga o’rtacha to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar va xalq turmush darajasining muntazam oshib borayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda har yili ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirib borish siyosati qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari har yili yuzminglab yangi bo`sh ish o`rinlari yaratilmoqda va birinchi navbatda ularga yoshlarni joylashtirish yo`lga qo`yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o’sishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratmoqda.



Adabiyotlra

  1. Karimov I.A. «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» Toshkent 1995.

  2. Karimov I.A. «Hozirgi bosqichda demoko’ratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari». Prezidentt I.Karimovning Oliy Majlis oltinchi sessiyasida so’zlagan nutqi. «Xalq so’zi» gazetasi 30.08.96.

  3. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo’raev T. «Iqtisodiyot nazariyasi» o’quv qo’llanma. 2002 yil.

  4. D.Tojiboeva «Iqtisodiyot nao’zariyasi» (o’quv qo’llanma) Toshkent-2003 yil

  5. I.A. Karimov “Inson manfaatlari ustuvorligini ta`minlash-barcha islohot va o`zgarishlarimizning bosh maqsadi”. -Toshkent. 2008-yil

  6. Insoniy rivojlаnish bo’yichа hisobot. O’zbеkiston. Toshkеnt. 1995-2000  (o’zbеk, rus, ingliz  tillаridа).

  7. S.G’ulomov Ijtimoiy yo’nаltirilgаn bozor iqtisodiyoti. O’quv  qo’llаnmа. T., Mеhnаt,1997.

  8. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990 – 2010 yillar) asosiy tendensiya va ko’rsatkichlari. Toshkent .2011.

  9. “Inson taraqqiyoti to’g’risida ma’ruza.”Saidova Galina.Toshkent.2007-2008.

  10. O’zbekiston Respublikasining 2010 yanvar-iyun Statistik axborotnomasi.

  11. Mikroiqtisod . Robert Pindayk.2002.

  12. Iqtisodiyot nazariyasi.Sh. Shodmonov.2005.

  13. Mikroiqtisodiyot . S.S.G’ulomov. 2001.

  14. Makroiqtisodiyot . Hakimov.

  15. Iqtisodiy talimotlar tarixi “Salixov J.Sh”

  16. Mankiw N.G. Principles of Economics (5th). AQSh 2010

INTERNET SAYTLARI

  • www.stat.uz

  • www.aist.tj

  • www.gov.uz

  • www.ehow.com



1 Dekabr 2007 yil “2007 yilda mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlari”ga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzadan


2 A.Qodirov.Iqtisodiyоt nazariyаsi.II – bo’lim. Mikroiqtisod


3 O`zbekiston Respublikasa Mehnat kodeksi 153 - modda

4. Ч.Т. Хорнгрен., Дж. Фостер “Финансы и статистика”


5 Mikroiqtisodiyot G`ulomov.S.S

6 Mikroiqtisodiyot G`ulomov.S.S

7 Mikroiqtisodiyot G`ulomov.S.S

8 Gov.uz internet sayti


Yüklə 120,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə