Milliy ma'naviyatimizning takomil bosqichlari. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. Jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz rivojining o‘zaro nisbatlari



Yüklə 253,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.04.2022
ölçüsü253,05 Kb.
#85160
4-mavzu



     4-mavzu. 

Milliy 

ma'naviyatimizning 

takomil 

bosqichlari. 

Ma’naviyatni 

shakllantiradigan 

asosiy 

mezonlar. 

Jahon 

madaniyati va milliy ma’naviyatimiz rivojining o‘zaro nisbatlari  

Mustaqillik  sharofati  bilan  boshqa  sohalarda  bo’lgani  singari,  oila  va  unda 

tarbiyalanadigan  barkamol  farzand  haqida  tez-tez  fikr  almashiniladigan  bo’ldi. 

Ayniqsa, bu muammoni davlat siyosati darajasigacha ko’tarilishi muhim ahamiyat 

kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chiqiriq IX sessiyasida 

I.A.Karimov tomonidan qilingan ma’ruzasi barkamol, sog’lom avlodlarning o’tgan 

vaqtdagi  va  bugungi  hamda  kelajakdagi  holatini  tahlil  qilib  berdiki,  endilikda  bu 

esa tarbiya va ta’limni asosiy dasturini tashkil qiladi, desak xato bo’lmaydi. Chunki 

yurtboshimiz bola tug’ilganidan boshlab to uning yuqori malakali kadr bo’lishiga 

qadar  hamda  uning  mehnat  faoliyatidagi  yuksak  ma’rifat  va  ma’naviyatliligi 

haqida so’z yuritadi: «Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni 

tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. 

Bu mukaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu 

saodati,  fazlu  kamolini  ko’rish  uchun  butun  hayoti  davomida  kurashadi,  mehnat 

qiladi, o’zini ayamaydi. 

Bola  tug’ilgan  kunidan  boshlab  oila  muhitida  yashaydi.  Oilaga  xos 

an’analar,  qadriyatlar,  urf-odatlar  bola  zuvalasini  shakllantiradi.  Eng  muhimi, 

farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi». 

O’zbek  xalqi  urf-odatlari,  qadriyatlari  o’ziga  xos  noziklik  bilan 

shakllanganki, ularda insoniy xislatlari ustuvor. Bu insoniylik xislatlari asrlar osha 

silsilalarga  bardosh  berib,  o’z  mohiyatini  yo’qotgani  yo’q.  U  o’zining  falsafiy 

teranligini  hamisha  namoyon  qiladi.  Shu  sababli  ham  ota-ona  bilan  farzandlar 

o’rtasida  iliq  munosabatlar,  o’zaro  hurmat-izzat,  mehr-oqibatlar  markaziy  o’rinni 

oladi. Ular o’rtasidagi bu holatlar zaruriy davrda bir-birini to’ldiradi ham. To’g’ri, 

ota-ona faoliyati farzand uchun tengi yo’q mehr-oqibat bilan yo’g’rilgan asosli his-

tuyg’ular  yig’indisidir.  Ota-onaning  farzand  oldidagi  burchlari,  o’zlarining 

oxiratini  obod  etuvchi  qarzlari  bor.  Dinu-diyonatli  xonadon  oqsoqollaridan 

so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim 

qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish,boshini ikki, uyli - 

joyli qilish.                                                

O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan 

ilm-fan,  madaniyat  va  ma’naviyatning  markazidan  biri  bo’lib  kelgan.  Bu  o’lka 

dunyoga  ma’naviyat  va  ma’rifatning  barcha  sohalarida  yuzlab,  minglab 

jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan.  

Umumbashariyat  ma’rifatparvarligini  yaratishda  buyuk  ajdodlarimiz 

bevosita  ishtirok  etganlar  uning  taraqqiyoti  va  boyishga  ulkan  hissa  qo’shganlar. 

O’rta  Osiyo  madaniy  merosi  jahon  madaniyati  va  ma’rifatining  uzviy  ajralmas 

tarkibiy qismidir. 




 

 

Endilikda  jahon  ma’naviyati  va  ma’rifati  saltanatida  o’z  o’rinlariga  ega  bo’lgan 



ulug’larimizni  teran  anglash,  o’rganish  va  ulug’lash  vaqti  keldi.  Afsuski,  salkam 

150  yillik  mustamlakachilik,  70  yillik  totalitar  tuzum  hukumronligi  davrida 

mamlakatimiz  navqiron  avlodi,  Islom  Karimov  aytganidek,  necha  yillar  bizni 

tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada 

ular  o’z  xalqining  tarixini,  uning  boy  tabiiy  ilmiy,  ijtimoiy-falsafiy,  axloqiy 

madaniyatdan  baxramand  bo’lish,  o’rganishdan  maxrum  bo’lib  keldi



1

 



            Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy 

pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni 

bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir 

o’tkazadi.  Vaholanki,  Islom  Karimov  “O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot 

yo’li”  kitobida  ta’kidlaganidek:  “...  o’tmishdagi  allomalarning  bebaho  merosi 

qanchadan-qancha  avlodlarning  ma’naviy-ruhiy  ongini  va  turmush  tarzini 

shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”  

Mustaqillik  tufayli  ona  zaminimizning  ma’naviy  merosini  chuqurroq 

o’rganish,  taxlil  etish  imkoniyatiga  ega  bo’ldik.  O’z  tarixini  bilmagan  xalqning 

kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to 

hanuz  yurtimizga  ko’rk  bag’ishlab  turgan  qadimiy  obidalar,  asori  atiqalar 

xalqimizning  yuksak  salohiyati,  kuch-qudrati,  bunyodkorlik  an’analari  haqida, 

Vatanimizning  shonli  tarixi  to’g’risida  tasavvur  va  tushunchalar  beradi,  shu 

muqaddas  diyorda  yashaydigan  har  bir  inson  qalbida  g’urur-iftixor  tuyg’ularini 

uyg’otadi. 

IX-XII  asrlarni  Yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlarida  “Renessans” 

(Uyg’onish)  davri  deb  atashadi.  Ma’naviyat  va  ma’rifatning  g’oyat  gullab-

yashnaganligi  bu  davr  uchun  xarakterli  bo’lgan.  Bu  davrda  qomusiy  ilm  egalari, 

ajoyib  shoirlar,  buyuk  davlat  arboblari  etishib  chiqqan.  dunyoviy  fanlarning  tez 

sur’atlarda  taraqqiy  etishi  keng  tarjimonlik  faoliyatiga  ta’sir  etdi.  Bu  jarayon, 

ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay 

tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va 

tabobati,  hind  hisobi,  al-Ximiya  va  ilmi  Nujumga  oid  asarlar  arab  tiliga  o’grildi. 

Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, 

Axmad  ibn  Abdulloh  Marvaziy,  Axmad,  al  –Farg’oniy,  Muxammad  al 

Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar. 

Milliy  maʼnaviyatimiz  mohiyatini  toʼgʼri  tasavvur  qilish  uchun  birinchi 

navbatda uning tarixiy takomili jarayonini jiddiy oʼrganib chiqish kerak. Muayyan 

asoslarga koʼra bu jarayonni uch katta davrga boʼlish mumkin:  

1. Islomgacha milliy maʼnaviyatimizning shakllanish davri.  

2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy maʼnaviyatimiz takomili.  

3. Yangi davrda milliy maʼnaviyatimiz ahvoli. 




  

Bu  uch  davrni  qiyosiy  oʼrganish  shuni  koʼrsatdiki,  ular  bir-birining  uzviy 

davomi  boʼlish  bilan  birga,  oʼzaro  tub  xususiyatlariga  koʼra  jiddiy  ravishda  farq 

qilishi  ham  tarixiy  haqiqatdir.  Shu  bilan  birga  insoniyat  boshidan  kechirgan  bu 

davrlar  har  bir  inson  umrining  ham  muayyan  davrlariga  koʼp  jihatdan  uygʼun 

keladi, deyish mumkin.  

2-fasl.  Birinchi  davr  -  islomgacha  maʼnaviyat.  Аsotir  tafakkurdan  milliy  oʼzlikni 

anglash sari 

Islomgacha maʼnaviyat davri - juda uzoq - bir necha ming yillar davom etgan. Uni 

insonning goʼdaklik, bolalik, oʼsmirlik yillariga qiyos qilish mumkin. Yosh bolada 

hali  mantiqiy  tafakkur  yaxshi  rivojlangan  boʼlmaydi,  u  ertaklar,  afsonalarga 

ishonadi, bola uchun hayot sehrli ertakdek tuyuladi. Аyni shu holat ibtidoiy jamoa 

va ilk shaharlar davridagi aksariyat insonlar tafakkuriga ham xosdir. Goʼyo goʼdak 

inson  zotini  oʼz  oila  aʼzolari  –  ota-onasi,  aka-ukalari  miqyosida,  olamni  yashab 

turgan xonadoni miqyosida idrok etganidek, ibtidoiy odam ham hali na insoniyatni, 

na millatni yaxlit tasavvur eta olmaydi, oila, urugʼ, jamoa, qabila, elat darajasida 

fikrlaydi.  Mavhum  tushunchalarni  idrok  etish  bola  ongi  uchun  ogʼirlik  qiladi, 

xuddi shuningdek ibtidoiy odamlar ham har qanday mavhum tushunchalarni biror 

muayyan  narsa-hodisaga  bogʼlab  tasavvur  etadilar.  Аyni  shu  xususiyat  asotir 

tafakkur  (mifologicheskoe  mыshlenie)  uchun  xosdir.  Ibtidoiy  odam  uchun 

insoniyat  –  oʼz  oila  aʼzolari,  urugʼ  jamoasi  (katta  oila  sifatida),  keyincha  borib, 

qabila,  elatdan  tashqarida  emas.  Qabila  bir  urugʼdan  tarqalgan  irsiy  birodarlar 

uyushmasi deb tasavvur etiladi. Mushriklik, butparastlikning ham asl sababi – ayni 

shu  asotir  tafakkurdir.  Chunki  paygʼambarlar  doimo  yagona  Tangri  nomidan 

soʼzlaganlar, faqat ibtidoiy insonlar qadim yahudiylar oltin buzoqqa sigʼinganidek, 

yagona  Tangri  haqidagi  ilohiy  vahiyni  muayyan  narsa-hodisa  bilan  bogʼlab 

tasavvur  etganlari  natijasida  sanamlarga  sigʼinish  paydo  boʼlgan.  Har  bir  qabila 

oʼzi  eʼtiqod  qilgan  Parvardigorini  boshqa  qabilanikidan  farq  qiladi  deb  tasavvur 

etish  natijasida,  ayniqsa,  shahar-davlatdan  imperiyalar  davriga  oʼtish  bosqichida 

koʼpxudolik tizimlari yuzaga kelgan. 

Inson  maʼnaviyati  takomil  topib  borgan  sari  uning  shuuri  yorishib,  avval 

millat (xalq, “budun”) soʼng mintaqa va, oxiri, insoniyat darajasida oʼzligini anglab 

borgan. Bugun endi koinot darajasida fikrlashga oʼtib, oʼzga sayyoralardan oʼziga 

teng aqlli mavjudotlarni qidirmoqda. 

Аmmo  insoniyatning  bolaligi  ham  behuda  oʼtmagan.  U  birinchi  boʼlib, 

Vatanni,  ona-zaminni  tanigan,  yaratuvchilik  mehnatini  qadrlashni  oʼrgangan. 

Ezgulik  halollikda,  rost  soʼzda  ekanini,  yomon  niyat,  yolgʼon  soʼz,  qingʼir 

amalning  oqibati  voy  boʼlishini  anglab  yetgan.  Paygʼambarlar  keltirgan  ilohiy 

vahiyga quloq tutgan, aqli yetgancha yaxshilarga ergashgan. Milliy oʼzlikni tanish 

va  yagona  Аllohni  tan  olish  bir-biriga  yaqin  va  tutash  davrlarda  yuz  bergani  biz 

uchun ibratlidir. Bu davrda maʼnaviy kamolot asosan ibrat zaminida yuz berishini 

ham alohida qayd etib oʼtish lozim. Bu ham bolalikka xos xususiyatdir. 




Turkiy  millatning  oʼzligini  anglash  jarayoni  turli  begona  imperiyalar 

bosqinidan  yurtni  himoya  qilish  bilan  bogʼliq  ravishda  kechganligini 

unutmasligimiz  kerakdir.  Shu  jihatdan  ham  milliy  oʼzlikni  anglash  oʼsmirlikdan 

yigitlikka  tomon  ulgʼayish  –  balogʼat  davriga  oʼxshab  ketadi.  Аyni  shu  davrda 

yoshlarimiz  yurt  himoyasiga  tayyorgarlikni  oʼtaydilar,  Vatan  nima  ekanligini 

oʼzlari uchun amalda yangidan kashf qiladilar. 

3-fasl.  Islom  mintaqa  madaniyati  doirasida  milliy  maʼnaviyatimiz  takomili  va 

maʼrifat yoʼllari 

Аsotir  tafakkur  hukmronligidan  eʼtiqodiy  bagʼrikenglik  aro  milliy 

tafakkurga oʼta boshlagan turkiy elatlar tavhid eʼtiqodi tufayli qoʼshni xalqlar bilan 

yagona  madaniy  mintaqaga  birlashdilar.  Ushbu  yagona  madaniy  birlik  doirasida 

milliy  maʼnaviyatimiz  yangi  ufqlar  sari  yuksalib  bordi.  VIII  –  XV  asrlarni  oʼz 

ichiga olgan ushbu qutlugʼ davr oʼz ichki takomiliga koʼra 4 bosqichga boʼlinadi:  

1.Sunna bosqichi (VIII – IX asrlar).  

2. Islom maʼrifatchiligi bosqichi (X - XI asrlar).  

3. Tasavvuf tariqatlari bosqichi (XII - XIII asrlar).  

4. «Majoz tariqi» bosqichi (XIV - XV asrlar). 

Bularning  har  biri  haqida,  yuqorida  taʼkidlanganidek,  “Maʼnaviyatning 

rivojlanish  tarixi”  fanida  batafsil  soʼzlanadi.  Hozircha  faqat  bir  narsani  taʼkidlash 

lozimki,  Islom  mintaqa  madaniyati  oʼzidan  oldingi  davrda  insoniyat  erishgan 

barcha  yutuqlarni  chuqur  oʼzlashtirdi,  mushriklik  eʼtiqodining  rad  etilishi  aslo 

qadimgi  madaniyat  samaralarini  yoppasiga  rad  etish  boʼlgan  emas.  Qolaversa, 

islom  mintaqa  madaniyati  doirasidagi  milliy  maʼnaviyatimiz  rivojining  birinchi 

pogʼonasi boʼlmish Sunna bosqichi, birinchi navbatda, ibratga qurilgan boʼlsa ham, 

hech qachon ilmni, riyozatni, mehrni inkor etmagan. Keyingi bosqichlarning ham 

yetakchi  tamoyillariga  biz  alohida  urgʼu  berganligimiz  oldingi  bosqichdagi 

tamoyillar  yoʼq  boʼlib  ketganini  yoki  nazardan  chetda  qolganini  bildirmaydi. 

Milliy maʼnaviyatimiz taraqqiyotining har bir davri, har bir bosqichi oʼta murakkab 

mazmunga,  turli  tamoyillarining  oʼzaro  uzviy  tutashgan  muayyan  uygʼunlikdagi 

tizimiga ega boʼlib, ularning har birini alohida oʼrganish lozim. Аmmo hoircha biz 

masalani  ilk  umumiy  yondoshuv  darajasida  talqin  etganimiz  sababli,  bu  oʼrinda 

eng yorqin tamoyillargagina eʼtibor qaratamiz. Shu bilan birga koʼp nozik jihatlar 

soyada qolib keta yotganini ham eslatib oʼtamiz. 

Bugungi kunda biz “maʼrifat” tushunchasini baʼzan juda tor talqin qilib, ilm 

oʼrganish, turli sohalarda bilim hosil qilish deb oʼylaymiz . Аsli aql bilan anglab 

yetiladigan bilimlarni oʼzlashtirishga intilish “maʼrifat vodiysida”gi bir yoʼnalish, 

xolos.  Islom  mintaqasida  maʼrifatning  bunday  talqini  faqat  X-XI  asrlardagina 

yetakchi  yoʼnalish  boʼlib,  Forobiy  singari  faylasuflar,  Yusuf  Xos  Hojib  kabi 

alloma shoirlar tomonidan olgʼa surilgan. Ular aqlni, mantiqiy tafakkur yoʼli bilan 

oʼzlashtiriladigan  bilimlarni  insonni  baxt-saodat  sari  eltuvchi  asosiy  yoʼl  deb 

tushunganlar. XVIII-XIX asr Yevropa madaniyatida ham shu fikr yetakchi boʼldi. 



Аmmo  bundan  oldingi  davrda  ham,  keyin  ham  koʼp  ulugʼ  allomalar  ilmni 

maʼrifatning yagona yoʼli deb bilgan emaslar. 

a) Sunna bosqichi – Ibrat maʼrifati; 

Muhaddislar  nazdida  hazrati  paygʼambarimiz  ibrati  inson  maʼnaviy  kamoloti 

uchun  bosh  mayoqdir.  Shu  sababli  ular  umr  boʼyi  riyozat  chekib,  hadis 

toʼplaganlar, ularni tahqiq etib “sahih“, yaʼni haqiqiy, ishonchlilarini “zaif”laridan 

ajratib  tasniflaganlar.  Natijada,  inson  hayoti  uchun  nihoyatda  muhim 

muammolarga  javob  bera  oladigan  islomiy  axloq-odob  qoidalar  tizimi  vujudga 

kelgan.  Ibrat  yoʼli  bugun  ham  shaxs  maʼnaviyatini  shaklantiruvchi  muhim 

yoʼnalishlardandir. 

Аsli  maʼrifatning  ilk  yoʼli  ibratdir.  Goʼdak  yorugʼ  dunyo  yuziga  kelib, 

yashash  ishqi  bilan  hayotga  intilar  ekan,  ishni  ibratdan  boshlaydi,  ona  ibrati,  ota 

ibrati, akalar va opalar, buvilar va bobolar ibrati bilan voqelikka oʼz munosabatini 

shakllantira boshlaydi. Bu dunyo asli insonga ibrat uchun yaralgan. Daraxtlarning 

quyosh  sari  boʼy  choʼzmogʼi  -  ibrat,  jonivorlarning  oʼz  taqdiriga  rizoligi  -  ibrat, 

togʼlar ustivorligi - ibrat, ummonlar teranligi - ibrat, quyosh va oy xizmati, kecha 

va  kunduz  navbati  -  ibrat.  Paygʼambarlar  sidqi,  valiylar  karomati,  allomalar  ilmi, 

zohidlar  taqvosi,  oshiqlar  ishqi,  eranlar  jasorati,  tashabbuskorlar  gʼayrati,  oqillar 

tadbiri,  hayo  egalarining  andishasi,  siddiqlar  ibosi,  onalar  mehri,  otalar 

bagʼrikengligi,  goʼdaklar  begʼuborligi,  keksalar  ulugʼvorligi  -  barcha-barchasi 

inson uchun ibratdir. 

Yomondan  yomonlikni anglab,  undan  qaytmoq  ibrat, yaxshidan  yaxshilikni 

anglab unga ergashmoq - ibrat. Oʼgʼrining taqdiri - ibrat, fohishaning fojiasi - ibrat, 

fotihlar umri - ibrat, sotqinlar tubanligi - ibrat. Nima ibrat emas? Barchasi ibrat. 

Ibrat ola bilmoq - maʼnaviyat, koʼrib - ibrat olmaslik - maʼnaviy soʼqirlikdir. 

Аmmo ibrat taqlid emasdir, ibrat oʼrniga taqlid - dil koʼzining koʼrligiga dalolatdir, 

qachonki,  kimdaki,  qaerda,  qaysi  zamonda  ibrat  oʼrnini  taqlid  egallasa, 

maʼnaviyatning  oʼlgani  -  ana  shu.  Masalan,  Paygʼambarimizning  ayollarga 

munosabati.  Ul  hazratning  ayollarga  boʼlgan  shafqati,  mehri,  hilmi,  sadoqati, 

adolati  -  ibrat.  Ul  hazrat  hayoti  voqeligidan  faqat  koʼp  xotin  olishga  ruxsatni 

koʼrish - xamoqat, ul hazratni koʼp xotinlikda ayblash - musulmon uchun xiyonat, 

oʼzga  uchun  tuhmat.  Har  ikki  oxirgi  hukm  -  mohiyatdan  uzoq  zohirbinlik  va 

jaholat,  shayton  vasvasasidir.  Bir  necha  ayolga  uylanib,  ularga  paygʼambar 

shafqati, mehri, adolati va himmatini koʼrsata olaman deb, oʼz-oʼziga firib berish - 

takabburlik,  shahvatparastlik  va  gʼaflatning  birgalashib  insof  va  inson  tafakkuri 

ustidan hukm oʼrnatishi, inson maʼnaviy halokatining ibtidosidir. 

b) Islom maʼrifatchiligi bosqichi – Ilm maʼrifati; 

Maʼrifatning  yana  bir  buyuk  oʼchogʼi  ilmdir.  Ilmni  Shaxs  kamolotining 

ikkinchi  bosqichi  deb  hisoblash  mumkin.  Аgar  bolaning  ilk  tarbiyasi  koʼproq 

atrofidagi kattalardan oʼrganish, oʼqigan-eshitgan ertak qahramonlaridan ibrat olish 

asosida boʼlsa, oʼsmir yoshiga oʼtishidan uning shuurida hayot hodisalariga tahliliy 



yondoshuv  uygʼonadi.  Maktabda  ham  shu  sababli  alohida  fan  asoslaridan  taʼlim 

berish  6-7  sinflardan  boshlanadi.  Maxsus  ilmlarga  chuqur  kirib  borish  esa  oliy 

oʼquv  yurtlarida  amalga  oshiriladi.  Demak,  ilmiy  tafakkurning  shakllanishi 

balogʼat yoshi bilan bogʼliq. Аlbatta, hayotga ilm asosida yondoshuv barchada bir 

xil darajada boʼlish qiyin. Haqiqiy ilmga qobillik alohida isteʼdoddir.  

Ilm  -  tafakkur  bilan  boʼladi,  axborot  yigʼish  ilmga  tayyorgarlik  boʼlishi 

mumkin, undan ortiq emas. Ilm - asli ajdodlar ibratidir, oʼtganlar, biz koʼrmaganlar 

haqida  xabar  orqali  ibratdir.  Paygʼambarimiz  hayoti  -  ibrat,  Imom  al-Buxoriy 

hayoti  va  faoliyati  ibrat,  “Jomeʼ  as-Sahih“  kitobi  esa  ilmdir.  Forobiyning  ilm 

yoʼlidagi  fidoiyligi  ibrat,  “Fozil  shahar  fuqarolarining  qarashlari”  risolasi  esa 

ilmdir. “Qonun fi-t-tib” - ilm, Ibn Sinoning ilmga chanqoqligi esa ibratdir. 

Biz  Forobiy  va  Ibn  Sino  ilmini  oʼzlashtirishga  astoydil  boʼlmasak,  ammo 

farzandimizga  ularni  ibrat  qilib  koʼrsatsak,  “Jomeʼ-as-sahih“ni  oʼzlashtirmasdan 

paygʼambarimizga  mehru  sadoqatdan  lof  ursak,  riyodir,  munofiqlikdir,  bu  bilan 

faqat  oʼzimizni  insonlar  va  Аlloh  oldida  sharmanda  qilamiz,  gunohlarimizni 

koʼpaytiramiz,  jaholatimizni  fosh etamiz. Аmmo  jahondagi  barcha  ilmlarni  inson 

egallab ulgura olmasligi ham maʼlum. Dunyoning ishi ilm va farosat bilan boʼlur. 

Darvoqe - farosat ham Аllohning inʼomi - maʼnaviyat nuridir. Inson oʼziga nima va 

qay  darajada  lozim  ekanligini  farosat  bilan  (va  farosatiga  yarasha)  aniqlab  oladi. 

Sodda  bir  misol:  Ibn  Sinoning  “Qonun-fi-t-tib”  kitobini  mukammal 

oʼzlashtirmagan  kishini  ayblab  boʼlmas,  Inson  maʼnaviy  kamoloti  -  bu  bilan 

belgilanmas. Аmmo har bir shaxs oʼz sogʼligʼining qadriga yetish darajasida, har 

bir  ona  oʼz  farzandini  sogʼlom  voyaga  yetkazish  zarurati  darajasida  tib  ilmidan 

bahramand boʼlmogʼi ayni maʼnaviy kamolotga ishoradir. 

Ilm - hosil qilingan bilimni idrok etmoqdir. Аmmo ilmni faqat risolalardan, 

qogʼoz yuzidan qidirmoq ham yetarli emas. Savodsiz dehqonning ziroat ilmi baʼzi 

oʼqib-uqmagan  yolgʼon  akademiknikidan  bir  necha  bor  yuqori  va  mukammalroq 

boʼlishi mumkin. Yer ilmi, tabiat ilmi - yolgʼiz kitobdan oʼzlashtirilmaydi, yerga, 

tabiatga,  har  bir  koʼkat  va  jonli  mavjudotga  mehr  bilan,  eʼtibor  va  idrok  bilan 

belgilanadi. 

Sarkardalik ilmi, umuman, rahbarlik ilmi - sanʼat darajasidagi ilmdir, harbiy 

mahorat haqida ming bir kitobni oʼqigan odam lashkarni jabhada gʼalabaga yetkiza 

olishiga hech kim kafolot bera olmaydi. Bir soʼz bilan aytganda, ilm faqat kitobda 

emas, ammo kitob oʼqimay ilmga erishaman, deyish ham oqillikdan tashqaridir. 

Xalqimizning  VIII-XV  asrlar  yagona  islom  mintaqa  madaniyati  doirasida 

maʼnaviy  kamoloti  millatimizning  bugungi  maʼnaviy  qiyofasi  shakllanuvida 

ayricha ahamiyatga ega boʼldi. Bu davr ajdodlarimiz merosidan xabardorlik, ushbu 

maʼnaviy takomil jarayonini toʼgʼri idrok etish milliy maʼnaviyatimizning tarkibiy 

jihatlari  haqida  salmoqli  tasavvur  beradi.  Islom  mintaqasi  doirasidagi  yaxlit 

maʼnaviy  takomil  jarayoni  - insonning oʼzligini  anglash  yoʼlidir.  Bu  yoʼlning  asl 

mohiyati  Tavhid  eʼtiqodi  boʼlib,  uni  ibtidoda  ibrat  darajasida,  axloqiy  kamolot 

egalariga  ergashuv  tariqasida  qabul  etilgan  boʼlsa,  keyinroq  aql,  mantiqiy 




tafakkurga  tayanib,  umumbashariyat  yaratgan  yaxlit  ilmiy  va  madaniy  merosni 

anglab  yetishga  intilish  kuchaydi.  Borliqning  yagonaligi  haqidagi  ilmiy-falsafiy 

tasavvur  shakllandi, yagona  borliq  mohiyatiga  qarashlar  xilma-xilligi  idrok  etildi. 

Eʼtiqod  ilm  bilan  mustahkamlandi.  Inson  oʼzini  va  voqelikni  tushunishda  asotir 

tafakkur bosqichidan ilmiy tafakkur bosqichiga koʼtarildi. 

v) Tasavvuf tariqatlari bosqichi – Riyozat maʼrifati; 

Аmmo  ilm,  aql  qudrati  inson  va  jamiyat  maʼnaviy  takomili  uchun  yetarli 

emasligi sezilib qoldi. Irfoniy takomil, riyozat yoʼli mintaqa xalqlari maʼnaviyatida 

tobora keng koʼlam kasb etdi. Haqiqat ishqi iroda qudratini sinay boshladi. Inson 

haqiqat  yoʼlida  oʼzlikdan  kechishni  oʼrgandi.  Dillar  xudbinlik  zangidan  poklana 

boshladi.  Аlbatta,  oriflik  har  kimga  ham  nasib  etmaydi,  valiylik  rutbasi  bugungi 

bizning  tasavvurlarimizdan  behad  yuqoridir.  Lekin  maʼnaviyat  haqiqat  yoʼlida 

ruhiyat safarbarligi ekanligini ajdodlar bizga anglatdilar. 

Tasavvuf ahli, yaʼni soʼfiylar, ibrat va aqlga, bilimga tayanishni yetarli deb 

topmay,  riyozat  yoʼlini,  ruhiy  safarbarlik,  iroda  qudratini  namoyish  etib,  nafsni 

poklash  yoʼllarini  ishlab  chiqdilar.  Tasavvuf  maʼrifati  oʼzi  bir  hududsiz  olam. 

Uning  oʼz  maqom  va  hollari  mavjud.  XII-XIII  asrlarda  oʼndan  ortiq  tasavvuf 

suluklari (yoʼllari) shakllangan. Jumladan, Markaziy Osiyoning oʼzida Yassaviya, 

Qodiriya, Kubraviya kabi turli yoʼnalishlar keng urf boʼlgan. Bularning har biriga 

batafsil toʼxtalinsa, soʼz uzayadi. Riyozat chekib koʼngilni poklash, uni xudbinlik 

zangidan  tozalash  tasavvuf  suluklarining  asl  maqsadidir.  Inson  oʼz  boshiga 

tushgan,  hayotida  roʼy  bergan  qiyinchiliklar,  turli  balo-yu  kulfatlarga  chidashi, 

toqat qilishi sabr-bardosh deyiladi. U hali riyozat emas. Haq yoʼlida ongli ravishda 

inson  oʼz  oldiga  ulugʼ  bir  maqsadni  belgilab,  unga  yetishish  uchun  ixtiyoriy 

ravishda  barcha  qiyinchiliklarni  boʼyinga  olib,  toʼsiqlarni  yengib  oʼtib,  olgʼa 

intilishigina riyozat boʼladi. Inson riyozat chekmay umuman biror narsaga erishishi 

qiyin. Xalqimiz shuning uchun, sodda qilib, “jondan kechmasang, jonona qayda”, 

deydi.  Darhaqiqat,  riyozatsiz  na  u  dunyo,  na  bu  dunyo  saodati  insonga  nasib 

boʼlmaydi. 

Аllohning inoyati bilan tasavvuf irfoni bizning zaminda takomil choʼqqisiga 

koʼtarildi. Hazrati Bahovuddin kasb etilgan irfoniy quvvatni ezgulik yoʼlida amaliy 

faoliyatga  tatbiq  etishga  daʼvat  etdi.  Xoja  Аhror  va  Jomiy,  Аlisher  Navoiy  va 

Maxdumi  Аʼzamdek  maʼnaviyat  dargʼalari  ushbu  yoʼlda  yuksak  namuna 

koʼrsatdilar. 

Tasavvuf  irfonida  avval  zuhdu  taqvo  yetakchi  maqom  tutgan  boʼlsa, 

keyinroq ilohiy ishq tushunchasi yuqori oʼringa koʼtarildi. Bu tuygʼu oxir-natijada 

insonni fanodan baqoga olib chiquvchi asosiy vosita deb topildi. 

g) «Majoz tariqi» bosqichi – Mehr maʼrifati. 

XIV  asrga  kelib  Markaziy  Osiyoda  tugal  shakllangan  naqshbandiya  suluki 

hazrati  Bahovuddin  Naqshband  olgʼa  surgan  mashhur  “dil  ba  yoru,  dast  ba  kor” 

shiori  orqali  maʼnaviy  kamolot  egalarini  yangi,  yuqoriroq  bosqichda  amaliy 



faollikka  undadi.  Аyni  shu  davrdan  mumtoz  adabiyotda  yangi  yoʼnalish,  Navoiy 

taʼbiri  bilan  aytganda,  “majoz  tariqi”  shakllana  boshladi.  Bu  yoʼnalishning 

mohiyatida  yangicha  talqin  etilgan  “majoz  ishqi”  yotadi.  Hanuzgacha  mumtoz 

adabiyotimizga  doir  tadqiqotlarda  Аlisher  Navoiy  aniq  farqlab  bergan  “haqiqat 

tariqi”  va  “majoz  tariqi”  yoʼnalishlari  mavjudligi  jiddiy  eʼtiborga  olinmaydi, 

“majoz  ishqi”  iborasi  joʼngina  “dunyoviy  ishq”  deb  talqin  etish  bilan 

chegaralanadi.  Darhaqiqat,  irfoniy  adabiyot  namoyandalari  “majoz”tushunchasini 

shunday  tushunib  va  tushuntirib  kelganlar.  Аmmo  mumtoz  adabiyotda  Аmir 

Xusrav  Dehlaviydan  boshlab  “ishqi  majoziy”  tushunchasining  talqini  oʼzgara 

boshladi. Аlisher Navoiy umrining oxirida ushbu yangicha talqin mohiyatiga ilmiy 

aniqlik kiritish maqsadida “ishq”ni ikki (“ishqi haqiqiy” va “ ishq majoziy”) emas, 

balki  uch  qismga  ajratib:  “avom  ishqi”,  “xos  ishqi”,  “siddiqlar  ishqi”  deb  atadi. 

Shunday qilib, biz “dunyoviy muhabbat” deb taʼriflaydigan “avom ishqi”dan ham, 

“ilohiy  muhabbat” deb ajratadigan “siddiqlar ishqi” yoki “ishqi haqiqiy”dan ham 

farq qiluvchi alohida maʼnaviy voqelik – “xos ishqi” mavjudligi aniq boʼldi. Uning 

asl  mohiyati  poklik,  begʼarazlik  bilan  bogʼliq.  “Xos  ishq”  egalari  insonga,  butun 

voqelikka  “Oliy  haqiqatning  mazhari”  (inson  koʼziga  namoyon  boʼlishi)  deb 

qaraydilar  va  shunga  muvofiq  munosabatda  boʼladilar.  “Majoz  haqiqatning 

koʼprigidir”, degan hadisning mazmun-mohiyati shunda. “Xos ishq” egalari fanoda 

baqoni  sevadilar,  insonga  “haqiqat  asrorining  ganjinasi”  boʼlgan  koʼngil  mulki 

tufayli mehr qoʼyadilar. 

Аlisher  Navoiy  badiiy-falsafiy  ijodida  millat  maʼnaviyati oʼzining  eng  oliy 

bosqichiga koʼtarildi. Buyuk shoir pok insoniy mehrni maʼnaviyatning tugʼrosiga 

aylantirdi.  Navoiy  maʼnaviyati  timsolida  eʼtiqod  va  ilm,  iroda  qudrati  va  mehr, 

fidoiylik  va  donishmandlik  yagona  mohiyat  kasb  etib,  millat  maʼnaviyatini 

kamolotning oliy bosqichiga olib chiqdi.  

Аsl maʼnosiga diqqat qilsak, oʼzbek tilidagi “mehr” soʼzi Navoiylar davrida 

“majoz  ishqi”,  “xos  ishqi”  deb  taʼriflangan  tuygʼuning  mohiyatini  ifodalaydi. 

Ruslarning  achchiq  maqollaridan  birida  “lyubovь  zla”...  deyilgan  jumla  bor. 

Oʼzbekning “mehr” tushunchasida ana oʼsha “zlo” yoʼq, gʼaraz yoʼq. Ota va ona 

mehri,  farzandning  oʼz  qiblagohi  va  volidasiga  boʼlgan  mehri,  ogʼa-ini,  opa-

singillar  aro  mehr,  Vatan  mehri,  tabiat  va  undagi  turli  jonzotlarga  nisbatan  mehr 

tuygʼusi, doʼst mehri - bularning barchasi gʼarazdan xoli, tabiiy va samimiy mehr 

namunalaridir. Nafaqat inson bolasini, balki turli hayvonlarning jajji bolachalarini 

koʼrganda inson dilida ajib shirin tuygʼu qoʼzgʼoladi. Begunoh goʼdakning maʼsum 

qiyofasi,  jovdirab  sizdan  mehr  kutib  turgan  koʼzlari  insonni  befarq  qoldirmaydi, 

beixtiyor  jilmayasiz,  erkalab  soʼzlar aytgingiz keladi.  Mehr tuygʼusi inson  uchun 

ulugʼ  ilohiy  tuhfadir.  Bu  tuygʼudan  inson  oʼzini  mahrum  qilsa,  bu  dunyoning 

oʼzida doʼzax azobi oʼrtanishida qoladi. Chunki inson birovga mehr baxsh etmay, 

birovdan mehr koʼrmay yashay olmaydi. 

Riyozat yoʼli va mehr tuygʼusi barcha yosh uchun xosdir. Аmmo inson oila 

qurgach,  uning  hayotida  halol  rizq  bilan  turmush  oʼtkazmoq,  farzand  tarbiyasi 

bilan shugʼullanish kabi jiddiy sinovlar paydo boʼladiki, bular endi ibrat va ilmning 



oʼzi bilan boʼladigan savdolar emas. Ilm yoʼlida ham riyozat chekiladi, ammo halol 

rizq  bilan  roʼzgʼor  tebratish,  solih  farzandlar  oʼstirib,  voyaga  yetkazish  bu  aslida 

Borliq  haqiqatini  amaliy  faoliyat  jarayonida  butun  vujudingiz  bilan  his  qilishga 

olib keluvchi haqiqiy maʼrifat maktabidir. 

Insonning 30-40 yoshlik davrlari asosan riyozat bilan oʼtsa, haqiqiy begʼaraz 

mehr  tuygʼusi  odatda  50  yoshlar  atrofida  shakllanadi,  deyish  mumkin.  Bobo  va 

buvining nabiraga mehri ayni shu begʼaraz mehrning yorqin namunasidir. Oʼgʼil-

qiz meni qariganimda boqadi, parvarish qiladi deb umid qilish mumkin. Nabiralar 

deyarli  bobo-buvilarni  boqmaydilar.  Chunki  ularning  qoʼlidan  bir  ish  kelguncha 

katta  avlod  bormi-yoʼqmi?  Аmmo  “nabira  boladan  shirin”  deyilishi  bejiz  emas. 

Haqiqatan  ham  chol-kampirlarning  nabiralarga  mehri  insonning  yangi  tugʼilib 

kelayotgan  hayotga  begʼaraz  muhabbatidir.  Аlbatta,  aytganlarimiz  oddiy  bir 

hayotiy  misol.  Аsli  mehr  tuygʼusi  nihoyatda  ulugʼ  insoniy  hissiyotdir.  U  haqda 

Аlisher Navoiydan oʼtkazib soʼz aytish qiyin. 

Xullas,  “maʼrifat”  Haqiqatni  anglab  yetish  yoʼli  boʼlib,  oʼzligini  anglab 

yetgan  inson  Haqni  anglab  yetadi,  uni  tasavvuf  istilohida  Orif  deydilar,  hozirgi 

tilimizdagi  “ziyoli”  tushunchasi  asli  ushbu  darajada  boʼlmogʼi  kerak,  faqat 

“intelligent” (yaʼni aql sohibi) emas. Maʼnaviy barkamollik ham shuning oʼzidir. 

Ibrat, ilm, riyozat, mehr barchasi maʼrifat yoʼllari boʼlib, inson ularning barchasini 

bosib oʼtmay turib barkamol boʼlmaydi, mukammal maʼnaviy qiyofa kasb etmaydi.  

4-fasl. Yangi davrda milliy maʼnaviyatimiz takomilining bosh muammosi – siyosiy 

va maʼnaviy taraqqiyot uygʼunligi masalasi. «Xavos» va «avom» 

Yangi  davrning  maʼnaviy  mohiyati  ikki  asos  :  1)  dunyoni  surat  va  maʼno 

yaxlitligida  oʼrganish  va  2)  bahamjihatlikda  boshqarishga  intilish  bilan  oʼzligini 

namoyon  etadi.  Islom  maʼnaviyatining  asl  mazmuniga  muvofiq  keluvchi  ushbu 

haqiqatni  anglab  yetish  uchun  islom  mintaqasining  ilgʼor  ziyo  egalari  7  asr 

izlandilar va, nihoyat, Аlisher Navoiy olgʼa surgan “majoz tariqi” tafakkur tarzida 

ilk bor ushbu natijaga yetib kelindi. Shu bilan buyuk bobokolonimiz islom mintaqa 

maʼnaviyatining asl magʼzini milliy maʼnaviyatimiz oʼzak tomiriga aylantirib berdi 

va  bizning  ongimizni,  tafakkurimizni  Oʼrta  asrlardan  Yangi  davrga  olib  oʼtib 

qoʼydi. Faqat buni anglab yetishga biz uchun yana 500 yil kerak boʼldi. 

Аgar  temuriy  shahzodalar  loaqal  kenja  oʼgʼil  Shohruh  darajasida  oqil 

boʼlganida, agar faqat sheʼriyat va sanʼatgina emas, siyosat borasida ham Tavhid 

idroki gʼalaba qilganida biz allaqachon ulugʼ bir millat, buyuk bir saltanat sohiblari 

boʼlur edik. Аfsus, Аlisher Navoiy va Mirzo Boburning armonlari 500 yil orqaga 

surilib  ketdi.  Inson  dimogʼida  kibr  balosi  joylashgan.  Zuhd  va  kibr,  mehr  va 

shahvat  orasidagi  chegarani  doim  ham  inson  zoti  toʼgʼri  belgilay  bilmaydi. 

Temuriy shahzodalar bari shoir edi, bilim va zavq egasi edilar. Аmmo ularni joh 

kibrga, shaydolik shahvatga yetakladi. Ular darvesh-shoh boʼlmoqchi edilar, ammo 

kibr va shahvat zalolatga mahkum etdi. 

Balki  Sohibqiron  Temur  Boyazidni  armonda  qoldirib,  Haq  irodasini  ado 

etgandir.  Har  holda  Yevropa  XIV-  XV  asrlardan  oʼziga  oʼzi  hisob  bera  boshladi. 




Islom mintaqa madaniyati XI-XV asrlar davomida Yevropaga katta taʼsir koʼrsatdi. 

Аyniqsa, “averroizm” anʼanasi 10 asr gʼaflat uyqusiga choʼmgan xristian olamini 

Reformatsiya va Renessans (Evropa Uygʼonishi)ga olib keldi. Reformatsiya, yaʼni 

xristian  dinidagi  islohchilik  harakatlari  Yevropaning  oʼz  xatolarini  anglab  yeta 

boshlaganidan  darak  edi.  Аfsus,  biz  musulmonlar  kibrga  berildik.  Oʼzimizga 

oshiqcha mahliyo boʼldik. XV-XVI asr chegarasi islom mintaqasi uchun maʼnaviy 

takomilning avj nuqtasi boʼlgan boʼlsa, Yevropa uchun maʼnaviy yuksalishning avj 

olish  nuqtasi  boʼldi.  XVI  asrdan  mintaqamizda  tanazzul,  Yevropada  yuksalish 

boshlandi.  Bu,  avvalo,  Аllohning  irodasi.  Аmmo  biz  bandalar  ham  oʼz  aybu 

xatolarimizni toʼgʼri anglab yetishga urinmogʼimiz farzdir.  

Niderlandiya  va  Buyuk  Britaniya  burjua  inqiloblari,  XVIII  asr  frantsuz 

maʼrifatchiligi va nihoyat  Buyuk  frantsuz inqilobi  Yevropadagi  ijtimoiy-madaniy 

muhitni  butkul  oʼzgartirib  yubordi.  Аmerika  kashf  etildi,  Osiyo  va  Аfrika 

davlatlari sari yurish boshlandi. XIX-XX asrlar davomida Yevropada aniq va tabiiy 

fanlar,  sanoat  va  texnika  sohasida  erishilgan  olamshumul  yutuqlar  bu  mintaqani 

jahonda  peshqadamlikka  olib  keldi  va  natijada  bugungi  kunda  “jahon  fani”, 

“umuminsoniy  qadriyatlar”  deganda,  birinchi  navbatda,  Yevropa  madaniyati 

unsurlari nazarda tutiladigan boʼldi. 

Yevropa  butun  dunyo  xalqlari  erishgan  madaniy-ilmiy  boylikni  faol 

oʼzlashtirdi.  Orientalistika  (sharqshunoslik)  keng  rivoj  oldi  va  uning  yutuqlarini 

barcha sohalar ijodiy oʼzlashtirib bordilar. 

Islom  dunyosi  maʼnaviyati  IX-XV  asrlarda  yuksak  kamolot  bosqichlariga 

koʼtarilgan  boʼlishiga  qaramay,  bu  mintaqada  siyosiy  struktura  negizi  Tavhid 

eʼtiqodiga muvofiq oʼzgarmaganligi juda ogʼir oqibatlarga olib keldi (Bu oʼzgarish 

Yevropada amalga oshdi). 

Siyosiy  tafakkurda  qabilachilik  davri  asotir  tafakkur  qoldigʼi  boʼlmish 

sulolaviylik  anʼanasi  va  “farr”  xurofotining  toʼliq  yengib  oʼtilmaganligi  islom 

mintaqasidagi  Oʼrta  asrlar  siyosiy  madaniyatining  katta  qusuri  boʼldi.  Na 

sarbadorlar, na temuriylar bu qusurni uzil-kesil yengib oʼta bilmadilar. 

Аlbatta,  bu  davrda  ham  millat  maʼnaviyati  maʼlum  maʼnoda  rivojlanishda 

davom etdi. XVI-XX asrlarni maʼnaviy takomil nuqtai nazaridan 2 katta bosqichga 

ajratish  mumkin.  Birinchi  bosqichda  (XVI  asr  boshlari  -  XIX  asr  I  yarmigacha) 

maʼnaviyatning  ommalashuvi  borgan  sari  keng  miqyos  kasb  etib,  xos  va  avom 

orasidagi  farq  borgan  sari  kamayib  bordi.  Tan  olish  kerakki,  bu  jarayon  ikki 

tomonlama  namoyon  boʼlar  edi,  yaʼni  keng  xalq  ommasi  maʼnaviyati  yuksalib 

borishi  bilan  birga,  zodagon  toifalar  maʼnaviyati  ham  muayyan  darajada 

avomlashib  borganligini  kuzatish  mumkin.  Bu  jarayonni  Turdi  va  Gulxaniy  kabi 

allomalar  oʼz  ijodida  yorqin  ifodalab  berdilar.  Bu  bosqichni  millatimiz  uchun 

Yangi  davr  maʼnaviyatiga  oʼtish  bosqichi,  deb  atash  mumkin.  Bu  davrning  eng 

katta  yutugʼi  Vatan  tuygʼusining  shakllanishi  -  “Oʼzbekiston”  tushunchasining 

isteʼmolga kirishi boʼldi. 



Shu  bilan  birga  Islom  mintaqasida  XVI  asrdan  boshlab,  dezintegratsiya 

(yagona  mintaqa  madaniyatining  turli  oʼlka  madaniyatlariga  parchalanishi) 

jarayoni  kuchayib  bordi.  Eronda  Safaviylar,  Kichik  Osiyoda  Usmonli  turklar, 

Movarounnahr  va  Xurosonda  Shayboniylar  saltanati  oʼrnashdi.  Temur  avlodi 

Boburiylar  timsolida  Shimoliy  Hindistonda  300  yil  saltanat  yuritdi  va  bu  qadim 

oʼlkani islom mintaqa madaniyatining eng ilgʼor anʼanalari oʼchogʼiga aylantirdi. 

Sharqiy Turkiston Xitoy imperiyasi va Volgaboʼyi turklari Rossiya asoratiga duch 

keldilar.  Shunday  qilib,  “joh  badmastligi”ning  kibri  va  gʼaflati  oqibatida  buyuk 

turkiy millat parchalanib ketdi. 

Shayboniylar  davlati  ham  100  yildan  oshiqqa  dosh  bermadi.  Yagona  oʼlka 

ikki  xonlik  va  bir  amirlik  aro  taloshda  qoldi.  Bu  noahillik  balosi  oxir-oqibat 

yagona Vatanni bosqinchilarga qurbon qildi. 

Yangi  davr  Yevropa  maʼnaviy  muhitiga  xos  qarama-qarshiliklar  kurashi 

oxir-oqibat  K.Marks  va  F.  Engelьsning  murosasiz  sinfiy  kurash  targʼibiga 

qaratilgan  kommunistik  utopiyasiga  olib  keldi.  Аmmo  bu  utopiyaning  muvaqqat 

siyosiy  gʼalabasi,  asoschilar  umid  qilganidek,  Gʼarbiy  Yevropa  mamlakatlarida 

emas,  balki  siyosiy  qoloq  oʼlkalarda  yuz  berdi.  Natijada  Markaziy  Osiyo  xalqlari 

ikki  tomonlama  jabr  koʼrdilar.  Hur  va  ozod  jamiyat  vaʼda  qilgan  bolshevoylar 

qadim Turon elatlarini sunʼiy ravishda bir-biriga qarshi qoʼyib, uzil-kesil parchalab 

tashlashga  muvaffaq  boʼldilar.  Turar  Risqulov,  Mustafo  Choʼqay,  Zaki  Validiy 

Toʼgʼon kabi millat jonkuyarlarining urinishlari oʼz vaqtida besamar qoldi. Oradan 

70 yil oʼtdi, yolgʼon vaʼdalar zaminiga qurilgan “sovetlar” tuzumi baribir yemirilib 

ketdi.  Qadim  Turkistonning  yagona  zaminida  mustaqil  davlatlar  qad  koʼtardi. 

Bugungi  siyosiy  voqelikda  mavjud  imkondan  foydalanib,  oʼzaro  yaqinlashuv, 

qardoshlik  aloqalarini  rivojlantirish  yoʼlini  tutish  yagona  toʼgʼri  siyosat  ekanligi 

ayon  boʼlib  qoldi.  Bu  yoʼlda  maʼnaviy,  madaniy  birlik  sari  intilish,  necha  ming 

yillar  davomida  vujudga  kelgan  yaxlit  maʼnaviy  merosni  chuqur  oʼzlashtirish  va 

uni yaxlit saqlab qolib, yangi bosqichda rivojlanishini taʼminlash barchamiz uchun 

ham farz, ham qarz, kelgusi avlodlar oldidagi muqaddas burchimizdir. 

Millatimizga  Haq  taolo  yana  bir  imkoniyat  berdi.  Аgar  oʼtmish  xatolarni 

inobatga  olsak,  maʼnaviy  kamolot  yutuqlarini  tiklay  bilsak,  inshoolloh,  bu  safar 

saodat yoʼldoshimiz boʼlgʼay. 

Inson  fitratida  uch  qusur  bor  -  kibr,  shahvat,  gʼaflat.  Bu  qusurlar  inson 

tabiatining  zotiy  xususiyatlari  bilan  tutash.  Shu  sababli  ulardan  butkul  qutulib 

boʼlmaydi. Faqat hushyor boʼlish va “Beayb parvardigor” ekanini aslo unutmaslik 

kerak. Maʼnaviyatning mohiyati meʼyorni saqlay bilishda. 

Oʼrta  asrlar  maʼnaviy  hayotida  “xos”  va  “avom”  tushunchalari  keng  urf 

boʼldi. Yaʼni “xos ahli” yuksak kamolot bosqichlariga erishdi, ammo “avom” koʼp 

jihatdan  ibrat  bosqichida  qolib  keta  berdi.  Tasavvufdagi  murid  va  murshid 

munosabatlari  ham  ayni  shu  maʼnaviy  tengsizlikka  ishora  qiladi.  Pirning 

koʼnglidan  kechgani  koʼpchilik  muridlarga  qanchalik  ayon  boʼlgan,  yolgʼiz 

Аllohga  maʼlum.  Аlbatta,  maʼrifat  yoʼllarida  har  kim  iqtidoriga  yarasha  bir 




darajaga  erishadi,  ammo  maʼnaviy  kamolot  jamiyatda  faqat  tor  doiraning  oʼz 

”ichki  holati”  miqyosida  qolib  keta  bersa,  umumijtimoiy  oʼzgarishlarga  olib 

kelmasa, hayot uygʼunligi buziladi. Maʼrifat tarqatish yoʼli bilan siyosat va iqtisod 

sohalarida ham umumijtimoiy oʼzgarishlar sodir boʼlishiga erishish esa maʼnaviyat 

ahlining masʼuliyatidadir. 

Faqat  xos  ahliga  tayanib  erkin  va  hur  jamiyat  qurish  qiyin.  Oddiy 

mehnatkash ham faqat samimiy eʼtiqod egasi boʼlibgina qolmay, ilm va irfondan 

boxabar  boʼlmogʼi,  oʼzi  yashayotgan  jamiyatning  baland-pastini  tushunib 

(iqtisodiy  va  huquqiy  bilimlarni  egallab),  atrof  voqelikka  ongli  va  faol 

munosabatda boʼlmogʼi, hozirgi til bilan aytganda, fuqarolik jamiyatining, haqiqiy 

demokratik tuzumning poydevoridir.  

Аllohga  ming  shukurlar  boʼlsin-ki,  Mustaqillik  sharofati  bilan  milliy 

maʼnaviyatimiz sarchashmalaridan bevosita qonib-qonib obi hayot shimmogʼimiz 

imkoni yaraldi. Bugun endi eʼtiqod va ilm, iroda qudrati va mehr, Vatan va xalq, 

tabiat  va  bashariyat,  bir  soʼz  bilan  aytganda,  Oliy  haqiqat  oldidagi  insoniy 

masʼuliyat  bir  butun  mohiyat  sifatida  har  bir  shaxsning,  har  bir  Oʼzbekiston 

fuqarosining  maʼnaviyatini  tashkil  etmogʼi  kerak.  Milliy  maʼnaviy  merosimiz 

bizga  tabiat  va  millat,  bashariyat  va  koinot  oldidagi  burch  va  masʼuliyatimizdan 

saboq beradi. Millat maʼnaviyati oʼz tarixiy shakllangan qiyofaciga ega, shu bilan 

birga  mohiyatan  umumbashariy  qadriyatlarga  aslo  zid  emas,  balki  muvofiqdir. 

Zotan,  bashariyat  asli  bir  ota-onaning  bolalari  emas-mi?  Maʼnaviyatimizning 

asosiy  qirralari  -  eʼtiqod  va  ibrat  (Sunna),  ilm  va  mantiqiy  tafakkur  (Islom 

maʼrifatchiligi), haqiqat ishqi yoʼlida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati(Tasavvuf 

va  irfon),  pok  insoniy  mehr  va  ijtimoiy  faollik  (“Majoz  tariqi”)  -  bir-birini  inkor 

etmaydi,  balki  bularning  biri  kimda  kam  boʼlsa,  unda  maʼnaviy  toʼkislik 

boʼlmaydi. 

Inson  maʼnaviyati  ming  bir  sifat,  behisob  jihat  va  qirralar  bilan  jilolanadi: 

hayo  va  andisha,  vafo  va  sadoqat,  oʼktamlik  va  tashabbuskorlik,  himmat  va 

sahovat, jurʼat va shijoat, oriyat va xokisorlik, bosiqlik va hilm, farosat va zakovat, 

balogʼat  va  fasohat,  mardonalik  va  masʼuliyat  va  hokazo...  Xullas,  jami  insoniy 

fazilatlar maʼnaviyat darakchilaridir. Ularning har biri orqali inson botiniy dunyosi 

haqida  muayyan  tasavvur  hosil  qilish  mumkin.  Maʼnaviyatning  oʼzak  tomiri  esa 

Haqiqat ishqi, meyor va uygʼunlikda ifodalanadi. 

 

Tayanch soʼz va iboralar: 



 

Maʼnaviyat va maʼrifat, maʼrifatning tor va keng maʼnolari, asotir tafakkur, Sunna 

bosqichi,  ibrat  maʼrifati,  ilm  maʼrifati,  riyozat  maʼrifati,  “Majoz  tariqi”,  mehr 

maʼrifati,  “xavos”  va  “avom”,  “maʼrifat  vodiysi”,  irsiy  birodarlar  uyushmasi, 



“budun”, sarbadorlar, temuriylar, “xos” va “avom”, haqiqat ishqi. 

Yüklə 253,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə