Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud. Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida, aktin



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə1/6
tarix04.06.2022
ölçüsü2,26 Mb.
#88708
  1   2   3   4   5   6
Mushak fiziologiyasi


Mushak fiziologiyasi
Skelet mushaklari
Struktur birligi- miofibrilla
Sarkoplazmatik reticulum – sarkotyubulyar sistema deyiladi.
Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud.Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida , aktin – ingichka oqsil bo’lib 3000gacha uchraydi.( Bir dona miofibrillada).
Mushak chiziqlari( liniyalari) – mikroskopda qaralganda mushakda och va to’q qismalar farqlanadi.

To’q qismi- A tasma ham deyiladi. A tasma markazida yorqin zona – H zona mavjud . H zona markazida M-liniya bor . M- liniya muskul qisqarishida kata ahamiyatga ega.
Och qismi- I tasma deyiladi . U yorug’lik mikroskopida izotrop polyarizatsiyaga ega bo’ladi. Faqatgina aktin filamentlaridan iborat bo’ladi. I tasmani Z chiziq chegaralab turadi.
SARKOMER – ikki Z chiziq orasidagi qism . 0,5 I tasma+ A tasma+0,5 I tasma

MIOFILAMENTLAR – targ’il mushaklarda qisqaruvchi apparatini hosil qiladi. 3 tip oqsillar farqlanadi:
1.Qisqaruvchi oqsillar-aktin va miozin;
2. Regulyator oqsillar- tropomiozin, troponin;
3. Mustahkamlovchi oqsillar- alfa aktinin, titin, nebulin, distrofin;

MIOZIN – 2ta og’ir zanjirdan( ular miozinning dumi va tanasini hosil qiladi) va 4ta yengil zanjirdan( boshini hosil qiladi) iborat.Skelet mushagidagi miozinning ikkita boshi mavjud va u myosin II deyiladi( bir boshli miozin tananing boshqa bir qancha hujayralarida uchraydi- miozin I deyiladi). Miozin boshlarida 2ta sayt mavjud:

Aktin –biriktiruvchi sayt;
ATF fosforillovchi – katalitik sayt.
Tripsin ta’sirida miozin 2 fragmentga ajraladi:

  • Yengil meromizin (Light meromysin-LMM)- mizonning dum qismidan kelib chiqadi;

  • Og’ir meromizin( Heavy meromysin- HMM)globulyar bosh qismidan kelib chiqadi va u yana papain ta’sirida 2 qismga ajraladi:HMM- S1- ATF-aza aktivlovchi va aktin biriktiruvchi qobiliyatga ega bo’ladi, HMM-S2- hech qanday qobilyati yo’q.



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə