Mirzo Ulugʻbek Nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti neft va gaz kimyosi 18-01 guruh talabasi



Yüklə 14,86 Kb.
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü14,86 Kb.
#88767
  1   2
Hisobot


Mirzo Ulugʻbek Nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti
Kimyo fakulteti neft va gaz kimyosi 18-01 guruh talabasi
Abdulboqiyev Abdullohning bitiruv malakaviy
Amaliyoti boʻyicha

HISOBOTI


Amaliyot oʻtalgan joy: O’zRFA Noorganika ilmiy tekshirish intituti.
Reja:
1. O’zRFA Noorganika instituti tarixi.
2. Amaliyot davomida bajarilgan labaratoriya ishlari.
3. Neft va uning mahsulotlari tahlili.
4. Neft va gaz sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan qurilmalar
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti — ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1933-yil Toshkentda Kimyo instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1998-yildan shu nomda. Institut negizida bir qancha ixtisoslashtirilgan ilmiy tadqiqotlar institutlari, jumladan, institutning alkaloidlar kimyosi, gʻoʻza kimyosi hamda polimerlar kimyosi va fizik kimyo laboratoriyalari asosida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti ajralib chiqdi (1956), 1959-yilda Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi instituti, 1965-yilda neft kimyosi laboratoriya asosida Oʻrta Osiyo Neftni qayta ishlash instituti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Oʻzbekiston Kimyofarmatsevtika instituti) tashkil etildi. Institut olimlari tomonidan 1934-yilda aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alkillash reaksiyasi ochildi. 1938-yilda kislotaasos nazariyasi eʼlon qilindi (M.I. Usanovich). Institutda soʻnggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, jumladan, neft va neft mahsulotlarini suyultiruvchi moddalar, gaz kondensatlari asosida erituvchilar, "K9" preparati, suvda va moyda eruvchi sirt faol moddalar olish texnologiyasi, chigitni tozalash, koʻp maqsadli katalizatorlar, gʻovakli vermukulit, neft va gidrotermal suvlardan yod ajratib olish, Markaziy Qizilqum fosforitlaridan oddiy superfosfat, tarkibida fosfor, kaltsiy, azot saklovchi murakkab va organomineral oʻgʻitlar ("Azobiokom" va boshqalar), "Hosil" turkumidagi stimulyatorlar, "Sihat", "Sardor" defoliantlari ishlab chiqarish texnologiyalari kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat sanoatlarida, yogʻmoy zavodlarida, burgʻilash texnikasida, qishloq xoʻjaligida, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilindi. Institutda 17 laboratoriya boʻlib, ularda 145 xodim ishlaydi, shulardan 3 akademik (B.M. Beglov, 3. S. Salimoye, S. Toʻxtayev), 16 fan doktori, 30 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi. Institut xodimlarining 2 ilmiy ishi Beruniy nomidagi Uzbekistan Davlat mukofotiga (K.S. Ahmedov, B. M. Beglov, S. A. Zaynutdinov, M.N. Nabiyev, A. A. Vishnyakova, M. R. Odilova) sazovor boʻlgan.

Amaliyot davri davomida neft va uning mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha bir qancha lobaratoriya idhlari amalga oshirildi. Hususan Neftni haydab fraksiyalarga ajratdik, turli hududlarda olingan neftlarni benzinini qovushqoqligi, zichligi va yana boshqa hususiyatlarini aniqladik. Neftni haydaganimizda olingan fraksiyalarni xromotografik tahlilini koʻrib chiqdik. Bundan tashqari suvni qattiqligini oʻlchashni oʻrgandik. Turli katalizatorlar bilan ishladik.


Bugungi kunda uglevodorodlarning asosiy tabiiy manbai neft hisoblanadi. Birinchi neftni qayta ishlash zavodlari aynan ishlab chiqarish joylarida qurilgan, ammo transport vositalarini texnik modernizatsiya qilish neftni qayta ishlashni neft qazib olishdan ajratishga sabab bo'ldi. Neftni qayta ishlash markazlari ishlab chiqarish maydonlaridan uzoqda, neft mahsulotlarini ommaviy iste'mol qilinadigan hududlarda yoki neft quvurlari bo'ylab tobora ko'proq qurilmoqda.

Neftni qayta ishlash jarayoni


Neftni qayta ishlash uchta asosiy bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda neft xom ashyosi qaynash nuqtasi oralig'ida farq qiluvchi fraktsiyalarga bo'linadi (birlamchi qayta ishlash)


Olingan fraksiyalarni keyingi qayta ishlash ular tarkibidagi uglevodorodlarni kimyoviy transformatsiyalar yordamida sotiladigan neft mahsulotlari (ikkilamchi qayta ishlash) komponentlarini hosil qilish orqali amalga oshiriladi.
oxirgi bosqichda komponentlar, agar kerak bo'lsa, har xil qo'shimchalar qo'shilishi bilan, belgilangan sifat ko'rsatkichlari (tijorat ishlab chiqarish) bilan tovar neft mahsulotlarini shakllantirish bilan aralashtiriladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida motor va qozon yoqilgʻisi, suyultirilgan gazlar, neft-kimyo korxonalari uchun har xil turdagi xom ashyo, shuningdek, moylash, gidravlik va boshqa moylar, bitum, neft koksi, parafinlar ishlab chiqariladi. Amaldagi neftni qayta ishlash texnologiyasi asosida neftni qayta ishlash korxonalari 5 dan 40 nomgacha bo'lgan tovar neft mahsulotlari ishlab chiqaradi. Neftni qayta ishlash uzluksiz jarayon bo'lib, hozirgi sharoitda kapital ta'mirlash o'rtasidagi ishlash muddati taxminan 3 yilga etadi.

Yüklə 14,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə