Moslikni aniqlash bo‘yicha topshiriqlar: Mavzu bo‘yicha yo‘nalishlar



Yüklə 32 Kb.
tarix05.08.2023
ölçüsü32 Kb.
#120353
1y8dMwi3VjDKaU44MoEbYO7FMrUme7vJoYWtp97x


Moslikni aniqlash bo‘yicha topshiriqlar:

Mavzu bo‘yicha yo‘nalishlar

Ko‘rsatkichlari

Dars tahliliga kirgungacha

- dars o‘tkazuvchi o‘qituvchi faoliyati bilan tanishish;
- dars mavzusi, dars jadvali, tinglovchilar (o‘quvchilar) guruhi faoliyati bilan tanishish;
- oxirgi marotaba qachon, kimlar, nima maqsadda shu o‘qituvchi darsiga kirishgani, ularning tahlili, xulosalari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish;
- so‘ngra darsga kirish haqida fikr bildirish hamda maqsadni belgilab olish va o‘qituvchini ogohlantirish, maqsadni tushuntirishi kerak.

Dars tahliliga kirish vaqtida

- dars o‘tiladigan o‘quv xonasiga qo‘ng‘iroq chalinishidan oldin kirib joylashib olish;
- dars tahlilini o‘qituvchini darsga qanday kirib kelishini kuzatishdan boshlash;
- darsga kechikib kelish, egnida ortiqcha kiyim, qo‘lida ortiqcha narsalar bilan kirib kelish madaniyatsizlik hisoblanadi;

Dars jaraѐnini kuzatish vaqtida

- o‘qituvchini darsga kirib kelishi (kayfiyati, ishonchli qadam tashlashi, samimiylik holati, birinchi so‘zi, tashqi qiѐfasi, kiyimi va b.) ni kuzatish;
- darsga qo‘yilgan maqsad asosida dars jaraѐnini kuzatib borish;
- kerakli ѐzuvlar, taklif va tavsiyalarni daftarga qayd qilib borish;
- chiqib ketmaslik, o‘qituvchiga tikilib qaramaslik, uyali telefon bilan so‘zlashmaslik, o‘qituvchini e'tiborini chalg‘itmaslik, halaqit bermaslik va h.

Darsdan keyingi tahlil

- avval dars o‘tkazgan o‘qituvchini eshitish;
- maqsaddan kelib chiqib tahlil qilish;
- kamchiliklarni taklif va tavsiya sifatida bildirish, shaxsga tegmaslik;
- o‘qituvchini obro‘sini ko‘tarish, unda keyinchalik yanada samarali mehnat qilishiga imkoniyat va xohish uyg‘otish.

Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə