Mst 71 Xakimov Xusan



Yüklə 22,47 Kb.
tarix10.11.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#132845
Xakimov Xusan


MST 71 Xakimov Xusan

1. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga obyektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi:


• barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amal harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Moliyaviy nazorat nazorat qiluvchi faoliyatning boshqa sohalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning obyekti va predmeti, nazorat subyektlari (hokimiyat va agentlar) va boshqariladigan subyektlarning tarkibi, maqsadlari va vazifalari, shakllari va usullari mavjud. Moliyaviy nazorat obyektlari bo‘lib iqtisodiyotdagi barcha subyektlarning pul jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, shuningdek moddiy, mehnat va boshqa resurslarni jalb qilish jarayonidagi pul oqimlari yoki munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:
• turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
• soliq to‘lovlarining hajmlari;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;
• tannarx va foyda;
• uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari va boshqalar.
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘rsatkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi. Moliyaviy nazorat subyektlari bo‘lib vakolatli davlat organlari, shuningdek, moliyaviy qonunlarga rioya qilinishini tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan nodavlat tashkilotlar va muassasalari hisoblanadi. Nazorat ostida bo‘lgan subyektlarga davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va moliyaviy bitimlarni bajaruvchi jismoniy shaxslar kiradi. Davlat moliyaviy nazoratining maqsadi davlat moliyaviy faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash sifatida belgilanishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish
shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi
(klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
-soliq shaklidagi daromadlar;
-soliq bo’lmagan daromadlar;
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji,
penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
 davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq
va yig’imlardan so’ng);
 davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli
xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar
to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq
to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
 fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni
qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar,
musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar
va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
 moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari
ham hisobga olinishi mumkin:
 davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara
haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
 kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mablag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida
olinadigan mablag’lar;
 davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki
ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;
 qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat
byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;
 davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav
kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga
to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
 davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq
va yig’imlardan so’ng);
 davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida
olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri
davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan
dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va
tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday
moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat
byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik
shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan
qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan
shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari
tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari
quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda72
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
o davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan
olingan daromadlar;
o meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
o yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə