Muayyan masala boʻyicha toʻgʻridan- toʻgʻri ovoz berish orqali fikr bildirish



Yüklə 74,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü74,42 Kb.
#133094
  1   2
Referendum - Vikipediya



Referendum
muayyan masala boʻyicha toʻgʻridan-
toʻgʻri ovoz berish orqali fikr bildirish
Referendum (
lotincha
referendium) bu
fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy
koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha
ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini
bevosita bildirishlaridir. Umumxalq ovoz
berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va
davlat ahamiyatiga molik eng muhim
birmasalalarni hal qilish shakli. Bevosita
demokratiyaning muhim vositasi.
Referendumning saylovlardan asosiy


farqi shundaki, referendum
oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga
nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun
ovoz berilmaydi, balki unda muayyan
masala — qonun, qonun loyihasi,
konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar,
shaxslar vakolatlari (prezident
muddatlari misol),mamlakat, xalqaro
maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga
oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov
natijalari majoritar tizim boʻyicha ham,
proporsional tizim boʻyicha ham
aniqlanishi mumkin boʻlsa, referendum
natijalari faqat majoritarizm (mutlaq
koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari
asosidagina aniqlanishi mumkin.
Referendum ning oʻziga xos shakli


plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar
(Mas, Fransiya)da plebissit referendumga
nisbatan birmuncha kengroq tushuncha
hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlar (Mas,
AQSH)da esa plebissit bilan
referendumni farqlamaydilar. Hozirgi
zamon davlatlarining konstitutsiyaviy
huquqi referendum va uni oʻtkazishning
turli xil koʻrinishlarini nazarda tutadi.
Referendumlar butun davlat hududida
oʻtkaziladigan umumilliy referendum va
alohida federatsiya subʼyektlari yoki
maʼmuriyhududiy birliklarda
oʻtkaziladigan mahalliy referendumga
boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga
taallukdi referendum oʻtkazilishi mumkin.
Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi


yoki konstitutsiyaga qilinadigan
oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha
referendum oʻtkazilsa, ikkinchi holatda
qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun
boʻyicha referendum oʻtkaziladi. Huquqiy
ahamiyati jiqatdan maslahat
referendumlari (xalq soʻrovi deb ham
ataladi) va hal qiluvchi referendumlar
boʻladi. Maslahat referendumlari biron bir
masala yuzasidan saylovchilarning
irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib,
ana shu asosida davlatning boshqa
organlari qaror chiqaradi (bunday
referendumlar Shveysariya, Ispaniyada
oʻtkaziladi). Hal qiluvchi referendumlarda
biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish
uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi.


Shuningdek, majburiy va fakultativ
referendumlar boʻladi. Referendumlar
oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki
boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda
koʻrsatilgan boʻlsa (Mas, konstitutsiya
oʻzgartiriladigan holda) majburiy
referendum oʻtkaziladi. Fakultativ
referendumlar tegishli davlat organi yoki
saylov korpusi irodasiga bogʻliqholda
oʻtkaziladi.
„Oʻzbekiston Respublikasining
referendumi toʻgʻrsida“gi qonun (dastlab
1991-yil 18 noyabrda qabul qilingan,
2001-yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul
qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston
Respublikasining referendumi Oʻzbekiston


Respublikasining qonunlarini va boshqa
qarorlarini qabul qilish maqsadlarda
jamiyat va davlat hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan fuqarolarning
umumxalq ovoz berishidir. Referendumda
qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga
ega boʻladi va faqat referendum yoʻli
bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi
mumkin. Referendum Oʻzbekiston
Respublikasining butun hududida
oʻtkaziladi. Referendumni oʻtkazish
tashabbusi bilan: Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin.
Referendumda ishtirok etish huquqiga
ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan)


Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining
kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar
imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan
fuqarolar miqdori har bir
maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir
tekis va mutanosib ravishda
taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi
bilan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan
referendum oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi
masalalar referendum predmeti boʻlishi
mumkin emas: Oʻzbekiston
Respublikasining hududiy yaxlitligini
oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi
davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va


afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va
xavfsizligini taʼminlash boʻyicha
favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar
oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalaridan kelib
chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va
vazifasidan ozod etish. Referendum
yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta
1991-yil 29 dekabrda referendum boʻlgan.
Bu referendumda „Oʻzbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari toʻgʻrisida“ UzR Oliy
Kengashining 1991-yil 31 avgustdagi
Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul
qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir


ovozdan maʼqulladi. 2002-yil 27 yanvarda
Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik
parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining
konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5
yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan
referendum boʻlib oʻtdi. Bu referendumlar
Oʻzbekistonda demokratiya
mustahkamlanib borayotganini
koʻrsatadi
[1]
.
Referendum — bevosita 
demokratiyaning
muhim instituti boʻlib, umumdavlat
hamda har bir fuqaro uchun muhim
boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida
jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi.
Referendumning oʻtkazilish jarayonining


qoida va shartlari har bir davlatning
konstitutsiyasi
va 
qonunchiligi
tomonidan
belgilanadi.
1. Akmal Saidov, Davron Ahmedov.; 

Yüklə 74,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə