Multimediali tarmoqlar uchun xizmatlarni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156254
  1   2   3   4
multimediali-tarmoqlar-uchun-xizmatlarni-ta-minlash (1)



ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) 
__________________________________________________________________________________ 
 

O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov

 
 
MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI 
TA’MINLASH 
Ushbu maqolada multimediali aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan 
ma’lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga 
nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga 
kiruvchi xizmatlar, ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlash usullari 
keltirilgan. 
 
Kalit so‘zlar: 
 abonent, manzil, kanallar kommutasiyasi, tranzit, kadr, 
trafik, sarlavha. 
Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha sinflanadi va bunday 
xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN (
Virtual Private Network)
, DSL (Digital Subscriber Line), telefon aloqalarini 
ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan sinflanishi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga 
olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko‘p o‘lchamli tuzilishini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga 
asoslanib, sinflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ularning asosiylari muhimlik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan: 
- uzatilayotgan axborot turi tartibi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi (kontenti); 
- mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlarning sinflanishi; 
- mijoz turi bo‘yicha xizmat sinflanishi; 
- axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan sinflanishlardan tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar 
bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlik darajasi bo‘yicha – asosiy va qo‘shimcha xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan 
qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi; 
- marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga 
tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mijozlarni e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan foydalanishi 
hisobiga foyda olinadi). 
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni sinflash asosiy hisoblanadi. Biroq sinflashining boshqa 
usullari ham kerakli hisoblanadi. Chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi. Bunda u 
uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi.
Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash (Kontenent).
Ushbu usul bilan mos ravishda 
xizmatlarni sinflanishi quyidagilarga bo‘linadi: 
- telefon (va videotelefon) xizmatlari; 
- ma’lumot uzatish xizmatlari
- keng eshittirishli xizmatlar; 
- ajratilgan kanallar xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar); 
- infrastrukturali xizmatlar. 
Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida 
boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual mijozlar 
bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin. 
Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish hizmat turi ajralib 
chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi.
Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi 
chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan 
ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni 
kommutasiyasi bilan bog‘liq. 
Ma’lumotlar yetkazib berish xizmati o‘z navbatida IP (Internet Pratacol), ATM (
Asynchronous Transfer 
Mode)
, Frame Relay (FR), X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bular abonentni kommutasiya bilan 
bog‘lab beradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Hisob 
kitoblar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan xolda, bilvosita yoki bevosita xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha 

© O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov, 2022. 


ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə