Musiqa san'ati va uni xususiyatlari. Annotatsiya



Yüklə 30,82 Kb.
səhifə1/2
tarix10.05.2023
ölçüsü30,82 Kb.
#109509
  1   2
7-mavzu


Musiqa san'ati va uni xususiyatlari.
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz musiqaning hayotimizdagi o‘rni, hususiyatlari va ahamiyati haqida bilimlarga ega bo‘lasiz. Qadimgi zamondan hozirgi kungacha musiqa sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobiliyatlarga ega bo'lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san’atini boyitganlar. Shu sababdan uning xusisuyatlari va bu san’at turning tarixi boy va biz uchun kerakli manba xisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Musiqa, folkorchilik, musiqiy ta‘lim, epik, dramatik, madaniyat, hayot, inson, marosim.
Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichkayoʻgʻonligi, uzun qisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi.
Kompozitorlik musiqadada (ayniqsa, 20- asrda rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan. Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi.
Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan: anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi. Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi.
Shuning uchun musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi musiqa turlariga birlashadi.
Tarixiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang Avangardizm, Barokko, Klassitsizm, Ogʻzaki anʼanadagi musika, Romantizm, Sentimentalizm). Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalanishadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musikasi, Kino musiqasi, Teatr musikasi).
Musiqa shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Masalan: opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi. Insonning musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi.
Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi. Turli (kompozitorlik va ogʻzaki anʼanadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida Musiqa koʻpincha badiiy asarlarni ijro etadigan sanʼatkorlar faoliyati orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun Musiqa ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida oʻrgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida musiqa namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qoʻshiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Musiqa ijrochiligi musiqa cholgʻulari hamda inson ovozi vositasida amalga oshiriladi.



Yüklə 30,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə