Mustabid Sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari



Yüklə 264,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.03.2023
ölçüsü264,67 Kb.
#102524
  1   2   3


Mustabid Sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va 
uning oqibatlari 
XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora 
tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta
-sekinlik bilan 
o’zining yakka 
hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. 20
-yillar oxirlarida Stalin 
tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustakamlanib borgan 
sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib b
oradi» degan g’oya qonuniy hatti
-
harakatlharning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofdagilari mamlakat va partiya 
hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur yetib har qanday 
muolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv yetib bordilar. Su tariqa, 
mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada 
kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va 
buyruqbozlik harakterida bo’ladi. Ijtimoiy, iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalhari 
ustidan qattiq nazorat o’rnatildi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muolifatchilik 
harakatlarida bo’lish qat’iyan man etildi, siyosiy yorqinliklar taqiqlanadi. Ayni chog’da 
demokratiya buzildi, ilg’or, taraqqiyparvar kuchlar qatag’onlikka maxkum etiladi. Hukmron 
partiyaning yagona irodasi, o’zboshimchaligi, chegara bilmas zo’ravonligi avjiga mindi. 
Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham 
dahl qilib, ularning butun 
inon ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu 
O’zbekiston timsolida ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Avvalo, respublika hokimiyati, 
boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSSR organlariga bo’ysundirildi. 
Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot 

O’zbekiston Kompartiyasi ham 
VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni viloyat bo’limi maqomiga tushirildi. Binobarin, 
hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar 
respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha 
ma’muriy
-
buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan 
O’zbekistonni o’z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa 
chiqargan edi. Uning m
ahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy
-
ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, 
huquqli emas edi. 
Mustabid tuzum markazdan O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli xodimlari, 
vakillarin
i rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib turdi. Ular yordamida o’lka 
hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lib, mahalliy 
kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi. O’z xalqi, yurtining milliy manfaatlar
ini 
himoya qilib, uning istiqbolini ko’zlab, o’zida kuch iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur’at 
qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-
g’azabiga duchor bo’ldi. 
Qatag’onlik zulmkorlari, ularning gumashtalari bir imo
-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini 
oradan olib tashlash, faoliyatini og’machilik, buzg’unchilikda ayblash, sha’niga millatchi, 
xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz bo’htonlar bilan la’nat 
tamg’asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buni
ng yorqin ifodasini sovet mafkurachilari 
tomonidan to’qib chiqarilgan va o’zbek milliy kadrlari sha’nini bulg’ashga qaratilgan «18lar 
guruhi», «inog’omovchilik», «Qosimovchilik» degan siyosiy ishlar misolida ko’rish mumkin. 
Mazkur guruhlar faoliyatiga oid 
tarixiy hujjatlarni ko’zdan kechirib, tahlil etar ekanmiz, bu 
insonlar hatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga hech bir asosli ashyo-dalillar 
bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi» –
bu o’z millati dardi, 
tashvishi va manfaati
ni ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal 
etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi, holos. Ho’sh, «18lar guruhi» tarkibi kimlardan 


iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh kilgan edilar? 
Respublikaning taniqli arboblaridan tashkil topgan bu guruh (I. Hidiraliyev, M.Saidjanov, 
U.Ashurov, R.Rahimboboyev, R.Rafiqov va b.) ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan 
bo’htonga ko’ra, go’yo uning a’zolari hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va shovinistik 
siyosatiga, 
milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo’liga qarshi chiqib, adolat va 
haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. «O’n sakkizlar guruhi» bolsheviklar 
tomonidan boy-
quloq deb nomlangan o’ziga to’q xo’jaliklarning yer
-suv islohoti jarayonida 
belgilangan me’yordan ortiqcha mol
-mulki tortib olinishiga qarshi chiqdi. Shuningdek 
sovetlarga saylovlar vaqtida, «quloq» deb tadbirkor, to’q xo’jaliklarning saylov huquqidan 
mahrum qilinishi bilan kelisha olmadi. Ular tijorat, hunarmandchilikni yo’q
otishga 
qaratilgan og’ir soliqlarni kamaytirishni talab qildilar, o’zbek ayollarini ozodlikka 
chiqarishda shoshma-
shosharlikka yo’l qo’ymaslik, qon to’kilishiga olib kelmaslik zarurligini 
ko’rsatdilar. Ularning bu talab va istaklari O’zbekistondagi markaz 
vakillariga yoqmadi. Shu 
bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va uning a’zolari 
o’z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy jazolarga giriftor etildilar.
«Inog’omovchilik» guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan 
barcha ayblarning 
to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. Ma’lumki Rahim Inog’omov O’z KP(b) MK 
Matbuot bo’limi mudiri va O’zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. 
Shuningdek, R. Inog’omov o’zining bir qator nutqlarida O’z
bekiston Kompartiyasining 
mustaqil faoliyat yurita olmayotganligiga, Markazning nazoratchi organlarining o’lka 
hayotidagi zo’ravonligiga ham alohida e’tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahalliy 

Yüklə 264,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə