Mustahkamlash uchun "Keys" topshiriqlari



Yüklə 5,93 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü5,93 Kb.
#147077
Hujjat (14) (17) ..


Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari
1-vaziyat. Shahlo o‘qiydigan maktabda bolalarning chiroyli kiyinish va ko‘pgina qimmatbaho
narsalari bilan maqtanishlari odat tusiga aylangan edi. Ularning ota-onalari bozor
iqtisodiyotining yangi sharoitlariga moslashib olgan va katta miqdorda pul ishlab
topadiganlardan edilar. Shu sababli, ularning bolalari har kuni yangi kiyim kiyib kelishlari va
ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynashlariga imkoniyatlari mavjud edi. Shahlo esa, modaga mos
kelmaydigan, onasi yoki buvisi tikib bergan eski ko‘ylaklarni kiyib yurardi. Nima uchun
boshqalarda shunday chiroyli narsalar bor, unda esa – deyarli yo‘q? Uning ba’zi dugonalari
maktabga katta miqdorda pul olib kelishar va uyga ketayotgan vaqtda do‘kon oldida to‘xtab,
shokolad yoki boshqa shirinliklar olishar edi. Uning eng yaxshi maktab dugonasi endilikda
gaplashmas edi. U faqat “tanlanganlar” bilan muloqotda bo‘lar edi. Ba’zan Shahlo maktabga
borishni xohlamasdi. Uning ota-onasiga nima bo‘ldi? Nima uchun uning ota-onasi
dugonalarinikiga o‘xshab tijorat bilan shug‘ullanisha olishmaydi? Balki, ular yetarlicha tadbirkor
emasdirlar yoki dangasami? Kunlardan bir kuni kechqurun, ularning oilasi mehmonga borishga
shaylanayotgan vaqtda, keskinlik o‘z chegarasiga yetdi. Oila a’zolarning hammasi katta qizining
kiyinishini kutar edilar. Shahlo o‘zining xonasida kiyimini o‘ziga o‘lchab, oynada qarab, bir
soatdan ko‘proq vaqtini o‘tkazdi. Kechga qolishdan qo‘rqib, nihoyat, ota uning xonasi eshigini
taqillatdi.
— Nima?!! — deb Shahlo eshik ortidan qattiq qichqirdi.
— Shahlo, hammamiz seni kutayapmiz, tayyormisan? Biz kechga qolishimiz mumkin, — dedi
ota.
— Men bormayman! — qichqirdi Shahlo.
— Nima uchun? Nima gap? — ma’yus so‘radi ota. — Bu lash-lushlar jonimga tegdi. Men unda xuddi kampirga o‘xshab qolaman. Kiyadigan hech
nima bo‘lmaganidan charchadim. Nima uchun onam bilan hech qachon hech narsa olib
bermaysizlar? Men o‘zimning kiyimlarimni ko‘rgani ko‘zim yo‘q! Men ulardan nafratlanaman!
U xo‘rsinib yig‘lay boshladi. Davomli sukunat. Ota-ona unga nima deyishni bilmas edi.
Haqiqatan ham, ular nima deyishlari mumkin? Ular bolalariga doim yaxshilik qilishga harakat
qilganlar, lekin endi bu yetarli emas ekan. Ularning qizi baxtsizligidan, yuraklari tars yorilay deb
turibdi. Ular o‘zlarining qizlariga boshqa hech nima berolmaydigan va nima qilishni
bilmaydigan omadsiz insonlar deb his qilar edilar.
Savol va vazifalar:
1. Inson tarbiyasida ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘rni qanday?
2. Shahlo va uning ota-onasi xulq-atvorini tahlil qiling.
3. Ushbu nizoni qanday hal qilish mumkin? Bunday vaziyatlarda ota-onalarning maqsadga
muvofiq bo‘lgan harakatlari qanday bo‘lishi kerak?
2-vaziyat. Kech soat 2300 bo‘lishiga qaramay, qizi hali k
Yüklə 5,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə