Mustaqil ish javob: Moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish



Yüklə 19,97 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#106296
Mustaqil ish javob Moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’mat


MUSTAQIL ISH
1.Javob:
Moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

2.
Javob: Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:


1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.

3.
Javob:



  1. Mehnat unumdorligi deb, ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning /iste’mol qiymatining/ sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.

  2. Mehnat qurollarining takomillashuvi, sanoatda inqilob (to‘ntarish) yuz berishi natijasida mehnat unumdorligi ortadi.



2--ilova.
Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Ishlab chiqarish – kategoriyasiga xarakteristika berish Sinkveyn sxemasi:
1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.

  1. Ishlab chiqarish

  2. Takomillashtirilgan, foydali

  3. Yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish

  4. Ishlab chiqarishda tovar yaratiladi

  5. Tovar

3-ilova
Assesment topshirig’i
Test:
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
a) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
b) ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
c) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag’lar bilan taqqoslanadi;
d) barcha javoblar to’g’ri.


Simptom:
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikni ishlab chiqarish funktsiyasi deb atashadi.
Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə