Mustaqil ish mavzu: pul tizimi va uning shakllari



Yüklə 9,58 Mb.
səhifə1/9
tarix20.06.2022
ölçüsü9,58 Mb.
#89814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish mavzu pul tizimi va uning shakllari


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Bank hisobi va audit fakulteti
Pul va banklar fanidan

MUSTAQIL ISH
MAVZU: PUL TIZIMI VA UNING SHAKLLARI


Bajardi:HBA-81 guruh talabasi
Ahmadov A


Toshkent-2021


REJA:


  1. Pul tizimining mohiyati va elementlari

2.Pul tizimining turlari va shaklllari.
3.O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi.
4. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining


rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi.
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda
mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati
muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2. pul birligi;
3. baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari pul tizimini tashkil etishning asosiy
elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul
tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki,
bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini
emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda
pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari
mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan.

Yüklə 9,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə