Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub o’zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo’lib qolganligini eslaylik



Yüklə 3,13 Mb.
səhifə1/3
tarix05.06.2022
ölçüsü3,13 Mb.
#88876
  1   2   3
9 Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar


Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub o’zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo’lib qolganligini eslaylik. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, er-suv, o’rmon va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qaerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emasdi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o’rinlardan biri meros bo’lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi erning nihoyat darajada sho’rlanishi, havo bo’shlig’i va suv zahiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
«Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotgamarkazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi».
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulum, mutelikdan ozod etdi, o’z eri, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon tsivilizatsiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan o’z yo’lini tanlab oldi. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’lning asosiy qoidalari birinchi Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida, ma’ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo’lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shaklllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo’yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
  • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
  • ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
  • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
  • jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;
  • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shaklllantirish.


Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə