Naturol sonni miqdorlarini o'lchash natijasi sifatida qaralishi Reja: Naturol sonni miqdorlarini o'lchash natijasi sifatida qaralishi



Yüklə 91,92 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü91,92 Kb.
#151430
  1   2   3   4   5
Naturol sonni miqdorlarini o\'lchash natijasi sifatida qaralishi


Naturol sonni miqdorlarini o'lchash natijasi sifatida qaralishi
Reja:
1. Naturol sonni miqdorlarini o'lchash natijasi sifatida qaralishi
2.Natural son va nol tushunchasining nazariy to’plam ma’nosi.
3.. Qo’shish, qo’shish qonunlari, “teng”, kichik, “katta” munosabatlari.

A={a,b,c,d} to’plam elementlarini sanab biz A to’plamda to’rtta element bor deymiz, ya’ni bu to’plamning miqdoriy xarakteristikasiga ega bo’lamiz. Biroq buni hosil qilish uchun tartibiy natural sonlar “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi”, “to’rtinchi” dan foydalandik. Boshqacha aytganda, biz natural qator kesmasi deb ataluvchi {1,2,3,4} to’plamdan foydalandik.


Ta’rif: Natural qatorning Na kesmasi deb, a natural sondan katta bo’lmagan natural sonlar to’plamiga aytiladi. Masalan: N4 kesma 1,2,3,4 natural sonlar to’plamining o’zidir.
Ta’rif: A to’plam elementlarini sanash deb, A to’plam bilan natural qatorning Na kesmasi orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishga aytiladi.
а soni deb A to’plamdagi elementlar soniga aytiladi va n(A) kabi yoziladi. Bu a soni yagona va u miqdoriy natural sondir.
“Mazkur to’plam nechta elementga ega?” degan savolga javob miqdoriy natural son bilan ifodalanadi; tartibiy son esa sanoqda u yoki bu predmet qaysi o’rinni egallashini ko’rsatadi va “Sanoqda berilgan predmet nechanchi o’rinda bo’ladi?” degan savolga javob beradi?
Nazariy to’plam nuqtai nazaridan miqdoriy natural songa chekli teng quvvatli to’plamlar sinfi mos keladi.
Har bir sinfga birgina va faqat birgina natural son mos keladi, har bir natural songa teng quvvatli chekli to’plamlarning birgina va faqat birgina sinfi mos keladi.
Ma’lumki, ekvivalentlikning har bir sinfi unga tegishli ixtiyoriy elementini bu sinfning vakilini berish bilan bir qiymati aniqlanadi. Demak, teng quvvatli to’plamning har bir sinfini uning vakilini ko’rsatish bilan berish mumkin. Masalan, to’rtburchakning uchlari to’plamini teng quvvatli bo’lgan va “to’rt” natural sonni aniqlovchi to’plamlar sinfini В= {a, b,c,d} to’plamni ko’rsatish bilan berishi mumkin. Demak В to’plam “to’rt” natural sonni aniqlaydi.
Umuman har bir chekli A to’plamga bitta va faqat bitta natural son a=n(A) mos keladi, biroq har bir a natural songa bir ekivivalentlik sinfining teng quvvatli turli to’plamlari mos keladi.
Shuning uchun “besh” soniga beshburchak tomonlari to’plami ham uning uchlari to’plami ham, “kitob” so’zidagi harflar to’plami ham mos keladi.
Nol soni ham nazariy to’plam talqiniga ega va u bo’sh to’plamga mos qo’yiladi: 0=n()



Yüklə 91,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə