Neftni qayta ishlash



Yüklə 78,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.06.2022
ölçüsü78,08 Kb.
#89192
  1   2
Neftni qayta ishlash - Vikipediya



Neftni qayta ishlash
Neftni qayta ishlash

Neftdan
neft mahsulotlari
(
benzin

kerosin

dizel
yonilgʻisi, 
mazut

moy
,
bitum

gudron

parafin
 va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni
qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi 
suv

tuz
va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni
stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar
qoʻshish va boshqalar bajariladi.
Neftni haydash
usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash
maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi 
Kassiy Feliks
va 
Abu Ali ibn Sino
neftni haydashga
oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) 
Boku
neftini haydash haqida birinchi
boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni
haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 
1823-yilda
aka-uka
Dubininlar 
Mozdok
shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga
quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash
zavodlari taraqqiy eta boshladi.
Neftni haydash usullari
Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi:
benzin
28—180°,
ligroin
110—230°,
kerosin
 120—315°;
Neftni haydash


gazoyil
230—330°;
solyar
 280—380°;
moy
320—500°.
Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon
hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib
bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga
oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya ustunining oʻrta
qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil
uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga
urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan
boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq
uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi.
Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki
yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum
qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari,
quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.
Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m
3
neftda 30-50 g gacha 
tuz
boʻladi.
Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzsizlantirish
qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan
emulsiyani 100—140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish taʼsirida emulsiya tezda
parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar cho'kadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan
tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) bo'ladi.
Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi. Neftni
tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash
qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi.
Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus
qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyasi neft-kimyo
sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Suv va tuzlarni yoʻqotish
Neftni stabillash


Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko'tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq
bugʻlanib havoga koʻtarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bugʻlangan
uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning
ogʻirroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq holatga oʻtadi. Neftni
bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni suyuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash
deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi.
Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun
gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda
katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy
distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga
tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilgʻi distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash
usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil
boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilgʻi va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular
parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib
olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami
ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va
ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni
ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash
jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turgʻunligini oshirish maqsadida
uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.
Ehson Umarov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Neftni tozalash
Manbalar



Yüklə 78,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə