Nemis va fransuz tili



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#88508
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashov Sardorbek


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


CHET TILLARIFAKULTETI

NEMIS VA FRANSUZ TILI” KAFEDRASI




- franusiz tili va xorijiy til adabiyoti yo’nalishi
3-KURS


Ergashev Sardorning

TO’M va TT ” FANIDAN




KURS ISHI


MAVZU: Pedagogik strategiya va Didaktika

Ilmiy rahbar: kat.o’qituvchi: Akbarova. Sh


Kurs ishi Nemis va fransuz tili kafedrasida 2022 yil ___iyunda himoya qilindi va ______foizga baholandi
Komissiya raisi:___________________________________ A’zolari:_________________________________________
FARG’ONA-2022


MUNDARIJA


Kirish


I. Bob:didaktik strategiya
1.1 O`quv materiallarini didaktik jihatdan qayta ishlash
1.2 Ta'limda integrasiya konsepsiyasi
II. Bob:pedagogik strategiya
2.1 interfaol metodlar
2.2pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2.3modul tizimi


III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining umumiy tavsifi.




Mavzuning dolzarbligi. Fransuz tili darslari fan o’qituvchilari tomonidan puxta o’ylangan, ma’lum tizimga solingan, o’quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo’lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko’zda tutilgan asosiy masala – O’zbekistonning kelajagi bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.

“O’n bir yillik(1-11- sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang’ich ta’limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi” 1


Kelajagimiz bo’lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang’ich ta’limda o’tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o’zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’limdagi fanlarni o’tishda jahon andozalariga mos va xos bo’lgan o’qitish usullaridan foydalanish muhimdir.


Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o’qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar qo’yilmoqda, chunki biz o’qituvchi-murabbiylar qo’liga farzandlarimiz taqdirini
ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.
Kurs ishining oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari. Maktab o’quvchilari, ayniqsa, 4-sinf o’quvchilari ma’lum darajada Fransuz tili va o’qish ko’nikmasini egallaganliklari uchun ularni mashqlar,shuningdek matn ustida mustaqil ishlashga ko’proq e’tibor berish lozim.
O’quvchilarning topshiriqni tez, to’g’ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi, ishga ijodiy yondashishi muhimdir. O’quvchilarni ishni bunday o’ylab, izchil bajarish ko’nikmalari o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi, albatta. Bunday ko’nikmalarni bolalar o’qituvchining alohida o’tkaziladigan mashqlari orqali egallaydilar. Faqatgina o’qituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashg’ulotlarni ijodiy bajarishga, yo’l qo’yilgan xatolarni topish va uni tuzatishga o’rganadilar.
Biz ushbu mavzuni yoritishda ,malakaviy amaliyotda o’tagan tajribamizga suyanib, 4-sinf maktab o’quvchilarida o’tkazilgan dars jarayoni grammatik mashqlarni bajarish va tashkil etishga oid fikrlarimizni bayon qilamiz.
Kurs ishini yozishda asoslangan materiallar. Ushbu ishni yozishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, singari asarlaridan, shuningdek, Yusupov M., Mahmudova M., Rahmonbekova S., Qosimova K., Matchonov S., G’ulomov M., Solihov O. singari olim va metodistlarning asarlaridan, ilmiy tadqiqot, monografiya va maqollaridan foydalanib ish ko’rdik.
Kursishning yozilishida qo’llanilgan metod. Albatta, ona tili darslari va mashg’ulotlar o’qituvchi tomonidan uning rahbarligida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum tizimga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
Biz mazkur bitiruv ishimizni olgan bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan Farg’ona shahridagi 3-umumta’lim maktabidagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishga harakat qildik.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. Darhaqiqat, fransuz tili darslari orqali o’quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’z navbatida yangilik sanaladi. Chunki, fransuz tili darslarida ilg’or pedagogik texnpologiyalardan foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangilik bo’lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo’lishiga erishish ko’p jihatdan sinf o’qituvchisining mahoratiga bog’liq.
Fransuz tilidan bilim samaradorligini oshirish o’quvchilar ongini rivojlantiradi, fikrlash qobiliyatini o’stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O’z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo’l ochib beradi.
Kursishning amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo’limlarining talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o’zbek adabiyoti tarixini o’rganishda, shuningdek, boshlang’ich sinf o’qituvchilari fakultativ mashg’ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o’qituvchilari esa, turli lingvistik mashqlarni bajarishda foydalanishlari mumkin.
Kursishning tuzilishi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kursishning mundarijasi.Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari haqida fikr yuritilgan.
Birinchi bob: Boshlang’ich sinflarda Fransuz ilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari, maktabda Fransuz tili o’rgatishning mazmuni va ahamiyatiga doir fikrlar bayon qilinadi.
Ikkinchi bob.strategik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta’minlaydigan metodik shartla, tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni, so’z turkumini o’rgatishning metodik shartlarihaqida ma’lumotlar berilgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə