Nemis va o`zbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi



Yüklə 360,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix03.02.2023
ölçüsü360,68 Kb.
#100062
  1   2   3   4   5   6


NEMIS VA O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLAR TASNIFI 
 
Dildora Rakhmanova 
Dildora90@mail.ru 
Gulkhayo Zaripova 
gulhayo_zaripova@mail.ru 
O’zbekiston davlar jahon tillari universiteti 
Furkat Rakhmatov 
furkatrakhmatov2020@gmail.com 
Dilobar Abdukhalilova 
dilobar.abdukhalilova90@mail.ru 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqola leksikologiyaning bir bo`limi frazeologiya sohasiga 
bag`ishlangan bo`lib, unda asosan nemis va o`zbek tilshunosligidagi frazeologizmlar 
tasnif qilinadi. Tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi. Ularga umumiy xulosalar 
beriladi 
Tayanch so’zlar: 
fraza, frazeologizm, leksema, morfema, sintaktik bog`lanish, 
lisoniy birlik. 
CLASSIFICATION OF PHRASEOLOGISM IN GERMAN AND UZBEK 
LANGUAGE 
 
Dildora Rakhmanova 
Dildora90@mail.ru 
Gulkhayo Zaripova 
gulhayo_zaripova@mail.ru 
Uzbek state world languages university 
Furkat Rakhmatov 
furkatrakhmatov2020@gmail.com 
Dilobar Abdukhalilova 
dilobar.abdukhalilova90@mail.ru 
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region 
 
Abstract:
The article is devoted to the field of phraseology, which should be one 
of the lexicology, in which phraseological units in German and Uzbek linguistics are 
classified. Analyzing the views of linguists. They are given general conclusions 
Keywords
: phrase, phraseology, lexem, morpheme, syntactic connection, 
linguistic unit. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
330


Tilshunoslikda lug‘at zahirasining boyib borishi uchun turli xil imkoniyatlar 
mavjud. Tilning lug‘at boyligi asosan so‘zlardan iborat. Leksik birliklar deganda, 
nafaqat alohida so‘zlarni tushunamiz, balki turg‘un so‘z birikmalarini (fraza, turg‘un 
ibora, frazeologizmlar) ham tushunamiz.
Frazeologiya (yun. phrasis - ifoda, ibora va ...logiya) - 1) tilshunoslikning tilning 
frazeologik tarkibini uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi 
boʻlimi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. 
“Frazeologiyani kengroq ta`riflash uchun uning nazariy va amaliy jihatlariga 
e`tabor berish kerak. 
Frazeologiya
– bu til hodisalarining frazeologik jihatdan 
ifodalanishi uchun bugungi kunda turli xil baxs-munozaralarga sabab bo`lmoqda”
1

Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori 
frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek
frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. 
Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan 
(yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu 
asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idioma frazeologizmlar, 
frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa 
frazeologizmlar) oʻrtasidagi muayyan tafovutlarga qarab koʻplab tadqiqotchilar 
frazeologiyani 2 xil: tor va keng maʼnoda tushunadilar. Uni keng maʼnoda 
tushunilganda, frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror 
jumlalar, baʼzi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. 
Lekin bu masala, yaʼni frazeologiyani keng maʼnoda tushunish masalasi hanuz 
munozarali boʻlib qolmoqda. 
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning 
izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini 
oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va 
variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos 
maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari 
bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; 
frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va 
boshqa frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, 
tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab 
chiqilgan oʻziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: 
struktursemantik, grammatik, vazifaviy uslubiy asoslarga ko`ra tasnif etiladi. Struktur-
semantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi. 
Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida 
rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari 
1
Имяминова Ш. С. Немис тили фразеологияси. - Т.: Мумтоз сўз, 2011. 3 –б. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
331



Yüklə 360,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə