Nevaralar qo’shig’i



Yüklə 112,93 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü112,93 Kb.
#129265
planshet



“Nevaralar qo’shig’i”
Safar Barnoyev she’ri
Nadim Norxo’jayev musiqasi

Bolalarning sevimii shoiri va yozuvchisi Safar Bamoyev 1938-yil 6-mayda Buxoro shahrida Dilkusho mahallasida tug‘ilgan.
1949-59-yillarda o‘rta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga ketadi. Harbiy xizmatni o‘tab, 1960-61-yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi sho‘ro xo‘jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. 1961-66-yillarda ToshDUning (hozirgi 0“zbekiston Milliy universiteti) jumalistika bo‘limida tahsil oladi.
1959-yili uning birinchi she’ri hozirgi „Tong yulduzi“ gazetasida eion qilingan. Safar Bamoyev o‘qishni tugatmasidanoq, 1966-yilning mart oyida „Tong yulduzi“ gazetasi tahririyatiga ishga taklif qilingan. Shu yillardan boshlab uning she’r, hikoya, qissalari respublika gazeta va jumallarida muntazam ravishda chop etila boshlaydi.
Safar Barnoyevning birinchi she’rlar to‘plami 1970-yilda „Tog‘lardaman“ nomi bilan chop etildi. Shundan keyin „Birinchi tabassum“, „Nur yogilgan kun“ qissalari bosildi. Adibning „Birinchi tabassum“ (qissalar, 1972), „Dadamning qoilari“ (she’rlar va dostonlar, 1972), „Sog‘inch“ (she’rlar, balladalar, 1975), „Yulduzxon va Bahoijon“ (she’rlar va ertaklar, 1977), „Askar qaytgan kun“ (hikoyalar, qissalar, 1980), „Oq laylaklar“ (hikoya, qissalar, 1982), „Chehralar“ (balladalar, 1984), „Egizaklar“ (hikoyalar, qissalar, 1985), „Mukofot“ (hikoyalar, 1985), „Tinchlikni ulug‘laymiz“ (she’rlar, dostonlar, 1986), „Karimjon-karlson“ (hikoyalar, qissalar, 1988), „Dadam haqida qo‘shiq“ (she’rlar, ertaklar, 1989), „Yangi kunlar“ (qissa, 1990), „Nilufarning olmalari“ (hikoyalar, 1996), „Kichkina Xo‘ja Nasriddin“ (qissa, 1998) singari kitoblari nashr qilingan. Adibning ko‘pgina asarlari rus, tojik, qirg‘iz, ukrain, belorus, polyak, ingliz tillariga tarjima qilingan. Uning „47-yil hikoyaIari“, „Afg‘on bolalari“ hikoyalar turkumi adabiyjamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. 



Xalqimizning sevimli bastakori Nadim Norxo`jayev 1947 yil 24 dekabrda toshkent shaxrida tavallud topgan. Otasi G`ulomqodir aka Toshkent temir yo`l transport muhandislari institutida talabalarga dars bergan. Onasi Mavludaxon aya esa uy bekasi bo`lib, 6 farzandning tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lgan. Nadimjon juda yoshligidan san'atga mehr qo`yganligi bois, ota-onasi 1958 yilda Glier nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining tanbur sinfiga o`qishga berdi. Bu yerda unga tanbur sozidan Ahmadjon Jabborov ustozlik qildi. U maktabda o`tkaziladigan turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, murabbiylarning mehrini qozondi. Keyinchalik qaxramonimiz O`zbekiston davlat konservatoriyasiga kirib, o`qishni davom ettirdi. Bu ulug` dargoxda Nadim Norxo`jayev ustozi Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini puxta o`rgandi. Uning yozgan ilk asari bolalarga mo`ljallangan bo`lib, “Ola qanot xakkalar” nomli qo`shig`i kichik yoshdagi o`quvchilarning eng sevimli ashulasiga aylandi. Bastakor shundan so`ng, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar - Xurriyat Isroilova, Klara Jalilovalar bilan ijodiy xamkorlikda “Yoriltosh”, “Bir qiyo boqib o`t”, “Yor uzuk taqdi”, “qo`shiq kuylar qizlar”, “O`yladi u o`zini”, Shahboz Nizomiddinov, Abduqahhor Jalilov, Muhabbat G`ofurovalar bilan esa “Yoz kechasi”, “Gulmidi, rayhonmidi”, Assalom Toshkent“ nomli qo`shiqlarni yaratdi. Shuningdek, “Vaslingni qo`msayman”, “Shukrona”, “Ko`nglim parisi”, “Dilda bahor”, “Quvnoq raqs”, “Bahorni kuylayman”, “Navruz bugun”, “Jannat makon bu diyor”, “Gul saralayman”, “Onajonim qoshida”, “Yor yo`li” kabi ko`plab qo`shiqlari bilan san'at ixlosmandlari e'tiborini qozondi. Nadim Norxo`jayevning san'atdagi mehnati inobatga olinib, 1989 yil “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.



Yüklə 112,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə