Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti 303-guruh talabasi bobokalonov bobokalonning “biologiya o’qitish metodikasi” fanidan mustaqil ishi



Yüklə 8,09 Mb.
tarix23.05.2023
ölçüsü8,09 Mb.
#112243
6-BO\'M

303-GURUH TALABASI SALIYEV ISKANDARNING “BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Biologiya o’quv xonasini jihozlash va uning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni

Biologiya o’quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta’minlash asosiy vazifalaridan biridir. Biologiya o’quv fani asosan tirik organizmlar to’g’risida bilim beruvchi fan. Biologiya o’quv fanini DTS talablari asosida o’qitish, tirik organizmlar ustida ko’rgazmali va amaliy usullarni qo’llash asosida mashg’ulotlar o’tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar, jismlar, jadvallar saqlanadigan, “tirik tabiat burchagi” xonasidan iborat bo’ladi. 

O’quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi. O’quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to’liq qamrab olgan bo’lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o’ng tomonida televizor, chap tomoniga kompyuter qo’yiladi. Doskaning chap tomoniga o’simlik va hayvon hujayrasi stend yoki modeli o’ng tomonida organik olam rivojlanish evolyutsiyasi, oyna tomoniga xona gullari, orqa tomoniga biologiyaning bo’limlari bo’yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo’limga tegishli bo’lgan jihozlar qo’yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo’shgan olimlar jumladan, Ye.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov, Yo.X.To’raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning portretlari qo’yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o’tkazish uchun mo’ljallangan asboblar so’ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo’lishi, texnik estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigienasi talablariga javob berishi lozim. Shu sababli o’quv va laboratoriya xonalari o’quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo’lgan umumiy talablar mavjud.

Pedagogik talablar: O’quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda o’rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o’quvchilarning ob’ektlarning tuzilishini to’liq tasavvur etishlariga yo’naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va amaliyotda qo’llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida ko’rgazmaviylik printsipini amalga oshirish, shuningdek ilg’or pedagogik va axborot texnikalarini qo’llash orqali o’quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o’zalshtirishlari uchun, o’kuv va amaliy ko’nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim.

Biologiya xonasiga qo’yiladigan xavfsizlik va gigiena talablari: Xonadagi o’quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy vositalari va mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O’quv xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi (eslatmalar) bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga to’liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning ishonchli garovidir.

Estetik talablar: Xonaga qo’yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko’rinishi go’zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o’quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o’quvchida ham, o’qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak. Xonadagi ko’rgazmali manbalar: Optik asboblar – biologiya darslarida ko’proq optik asboblar, ya’ni mikroskop va lupadan foydalaniladi. Ular ko’zimizga ko’rinmaydigan xayvonot va o’simliklar organizmning anatomo– morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning tuzilishini o’rganish uchun foydalaniladi. Biologiya darslarida foydalaniladigan ko’rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy qurollarga bo’linadi.

Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: Botanikadan – gerbariylar, gerbariy tablitsalari va amaliy ishlar uchun quritilgan o’simlik uning organlaridan tayyorlangan tarqatma materillar kiradi; zoologiyadan – xasharotlar kollektsiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining fiksatsiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini ko’rsatuvchi xo’l preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari, baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari mikropreparatlar va boshqalar kiradi.

Tasviriy ko’rgazmali qurollar: Har bir kurs bo’yicha tablitsalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o’quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar o’tkazishda, jadvallar, video filьmlar, diapozitlarni o’z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig’ib olishga moslashgan bo’lishi kerak. O’quv qurollarni muayan tizimda saqlash ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Biologiya xonasida barcha buyumlarni to’g’ri va chiroyli joylashganligi o’quvchilarda estetik tuyg’ularni tarbiyalashga yordam beradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Yüklə 8,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə