Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 149,62 Kb.
səhifə1/14
tarix30.12.2022
ölçüsü149,62 Kb.
#98066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix f


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi 302-guruh talabasi Fayzanova Navbahor O'tkirovna
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA TARBIYA FANINI O’QITISH METODIKASI


Ilmiy rahbar : p.f.n. N.Saydalixodjayeva
TOSHKENT 2022





Mundarija:
KIRISH …………………………
I BOB. Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy- nazariy asoslari.
1.1. Ta’lim va tarbiya tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning o’zaro bog’liqligi…………………………
1.2. Sharq va G’arb mutafakkirlarining yosh avlod tarbiyasi borasidagi fikrlari…………………………….
1.3. Tarbiya fanining respublikamiz ta’lim tizimiga joriy etilishi va tarbiya fani Konsepsiyasining ahamiyati…………………………........
Birinchi bob bo’yicha xulosa…………..
II BOB. Tarbiya fanini o’qitishning metodik asoslari.
2.1.Tarbiyaning umumiy usullari, uning turlari va tarbiyalash metodlari…........
2.2. Tarbiya fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo’llash — ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili…………………………………
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa…………
Umumiy xulosa …………………….
Adabiyotlar ro’yxati ……………......

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalarida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, sohaga kiritilayotgan yangiliklarning ahamiyati beqiyos. Chunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Uchinchi Renessans davriga qadam qo’ymoqchi ekanmiz, bu borada avvalo ta’lim-tarbiya tizimi nihoyatda katta rol o’ynaydi. Ta’lim tizimidagi islohotlardan biri sifatida 2020-2021 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanining joriy etilishini misol qilib aytishimiz mumkin. Shiddat bilan o’zgarayotgan dunyoda o’quvchi-yoshlarni o’z Vataniga munosib farzand qilib voyaga yetkazishda ularning ham sifatli ta’lim olishlariga, ham yuksak axloqli, go’zal tarbiyali bo’lib yetishishlariga jiddiy e’tibor qaratmog’imiz lozim. Bolalarda yoshlikdan boshlab insonlarga hurmat va ehtirom bilan qarash, ular mehnati va zehni bilan yaratilgan boyliklarni avaylashga o’rgatish oila va maktab jamoatchiligining eng dolzarb masalasiga aylandi. Zero, ota nasihati, ona suti, ustoz o’giti bilan singgan tarbiya bir umr inson onida va qalbida muhrlanib qoladi. Odam yashash uchun doimo mehnatda bo’ladi va shaxs bo’lib shakllanadi. Odam ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida, ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, siyosiy g’oya, milliy mafkura omillari ta’sirida yashaydi va o’zlashtiradi hamda shu jarayonda ijtimoiylashadi. Shu munosabat bilan o’tmish allomalarimiz ham oila va bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, avvalo, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga e’tibor qaratganlar. Bugungi globallashuv jarayoni, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion rivojlanishga bo’lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo’lishdek hayotiy talablarni qo’ymoqda. Yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularni davlat jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo’llab-quvvatlash muhim vazifalarimizdan biridir. Tarbiya ijtimoiy, aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisadir. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o’rinda turadi. Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi va rivojlanadi.
Ushbu maqsadga erishish yo’lidagi asosiy vazifa – bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni shaxsning aqliy, axloqiy, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Shu asosda tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o’quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi.
Ma’lumki, tarbiya o’z mohiyat-e’tibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat o’z oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, o’zida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyasi og’ir, ma’naviyati qashshoq yoki ma’naviyatdan mahrum bo’lgan odamdan biror ezgulik kutish aslo mumkin bo’lmagan holatdir. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman o’ylamaydi. Ota-onasi, qarindosh-urug’lari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, ma’naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”[ ] buyuk maqsadiga erishuvida ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.

Yüklə 149,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə