Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 466,27 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2018
ölçüsü466,27 Kb.
#47114
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Ro’yxatga olindi

____TB-3.06____


«____»_______2015- yil


«Tasdiqlayman»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor ________D.U.Ergashev

«___» _________ 2015-yil



ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI

fanining ishchi o`quv dasturi


Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha


Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo`nalishi: 5110400 – Biologiyani o‘qitish metodikasi


Toshkent-2015


Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi
Tuzuvchilar: Biologiya fanlari nomzodi, dotsent D.A.Mamatqulov

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent P.B.Xaydarova

O’qituvchi R.M.Madatov
Taqrizchilar:TDPU Botanika kafedrasiningbiologiya fanlari nomzodi, dotsent R.I.Toshmuxamedov
Ushbu ishchi o`quv fan dasturi O’zbekistonstandartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidan (“O’zstandart” Agentligi)2013 yil 30 yanvardaO’zDSt 2746:2013 raqami bilan ro’yxatdan o’tgan 5110400 Biologiyani o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishining DTS hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 6martdagi 1-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va ¹1765 raqam bilan ro`yxatga olingan.Odam anatomiyasi va fiziologiyasi o`quv fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o’quv dasturi «Zoologiya va anatomiya» kafedrasining 2015 yil12- son yig’ilishdagi muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ______________ Mamatqulov D.A.

Fanning ishchi o’quv dasturi Tabiiy fanlar fakultetida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan (2015 yil iyul №-sonli bayonnoma)



Fakultet kengashi raisi:______________Yuzlikaeva E.R.

Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i________

Ishchi o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.

2015 yil «____» ___________ dagi «____» - sonli majlis bayoni.


Kirish

Pedagogika oliy o`quv yurtlarida Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani o`qitilishining asosiy maqsadi - talabalarga odam organizmining tuzilishi, organlarning faoliyatini tushuntirish orqali tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri, izchil shakllantirishdan iborat. Bu fanni o`qitish davomida talaba inson a`zolarining asosiy sistematik guruxlari, ularning inson hayotidagi ahamiyati, kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni oldini olish to`g`risidagi bilimlarga ega bo`lishadi.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanidan talabalar quyidagilarni bilishlari zarur: odamdagi sistemalar va ularning turlari; sistemalardagi organlarning tuzilishi; organlarning bir-biriga bog`liqligini uzviyligi; organlar faoliyatining fiziologik asoslari; qo`zg`alish, tormozlanish asoslari; organizmni o`z-o`zini yaratish funksiyalari; organlarning kasallanishi; organizmga har xil omillarni ta`siri; organizmni turli xil omillardan himoyalanishi.


    1. Odam anatomiyasi vafiziologiyasifanining maqsadi va vazifalari.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanni o’qitishdan maqsad: talabalarga odam organizmining tuzilishi, organlarning faoliyatini tushuntirish orqali tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri, izchil shakllantirishdan iborat.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanning vazifasi: Bu fanni o`qitish davomida talaba inson a`zolarining asosiy sistematik guruxlari, ularning inson hayotidagi ahamiyati, kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni oldini olish to`g`risidagi bilimlarga ega bo`lishadi.
1.2. Odam anatomiyasi vafiziologiyasifanini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.

Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi.

“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:

Odam fiziologiyasi fanidan talabalar quyidagilarni bilishlari zarur:



bilishi kerak;

- odamdagi sistemalar va ularning turlari; sistemalardagi organlarning tuzilishi; organlarning bir-biriga bog`liqligini uzviyligi; organlar faoliyatining fiziologik asoslari; qo`zg`alish, tormozlanish asoslari; organizmni o`z-o`zini yaratish funksiyalari; organlarning kasallanishi; organizmga har xil omillarni ta`siri; organizmni turli xil omillardan himoyalanishini

atlas, jadvallardagi rasmlarni taniy olishi, fiziologik jarayonlarni izohlash, ko`krak va qorin sohasidagi organlarni ajrata olish, faol harakatda organizmda kechadigan protseslarni ajrata olish ko`nikmasiga ega bo`lish kerak;

- odam organizmi tayanch – harakat sistemasining ishlashi va funksiyasini boshqarilishi, mashq qilishning organizm muskul va tayanch – harakat sistemasi rivojlanishiga ta`siri, jismoniy mashqning odam salomatligiga ta`siri bo`yicha malakalarga ega bo`lishi kerak.


1. 3. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining boshqa fanlar bilan o`zaro aloqasi.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o`rganish uchun talabalar gistologiya, sitologiya, embrologiya, biofizika, bioximiya fanlaridan ma`lumotga ega bo`lishlari lozim.


1.4. Fanning hajmi.



Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

100

5,6,7

2

Laboratoriya

118

5,6,7

3

Mustaqil ta’lim

200

5,6,7

4

Kurs ishi (loyihasi)

-

-




Jami:

418



Odam anatomiyasi





Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

20

5

24

6

2

Laboratoriya

18

5

28

6

3

Mustaqil ta’lim

100

5,6

4

Kurs ishi (loyihasi)

-

-




Jami:

190




Odam fiziologiyasi



Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

16

6

40

7

2

Laboratoriya

10

6

62

7

3

Mustaqil ta’lim

100

6,7

4

Kurs ishi (loyihasi)

-

-




Jami:

228





II. Asosiy qism

2.1. Nazariy mashg`ulotlar mavzulari maqsadi va ularga ajratilgan soatlar

1

Anatomiya faniga kirish.

Anatomiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, o’rganish usullari, biologiya fanlari sistemasida tutgan o’rni. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari. Anatomiyaning rivojlanish tarxiga oid ma`lumotlar. Qadimiy Yunonistonda anatomiyaning ilk rivojlanishi.

4

2


Tayanch-xarakat sistemasi.

Tayanch-harakat sistemasi organlari. Odam skeleti suyaklarining tuzilishi. Suyakning tig`iz, g`ovak moddalari va ularning ahamiyati. Suyaklarning organik anorganik moddalari suyakning shakllari ularning o’sishi, rivojlanishi, suyak ustligi va epifizar tog`ay to’qimasining ahamiyati. Suyaklarning birikishi. Biriktiruvchi to’qima, tog`ay. Bo’g`imlar va ularning turlari. Bir o’qli, ikki o’qli, ko’p o’qli, yassi, hamkor bo’g`imlar haqida tushuncha. Suyaklar birikishining xillari. Sindesmoz, sinxondroz va sinostoz

6

3

Muskul sistemasi

Muskullar va ularning funksiyasi. Organizm uchun muskullarning ahamiyati. Miofibrillar haqida tushuncha. Muskullarning tuzilishi, shakli. Ikki va ko’p patli muskullarning anatomik va fiziologik xususiyatlari. Silliq va ko’ndalang targ`il muskullarining tuzilishdagi farqi. Muskullarning ishlashi, charchashi va richaglar qonuni tushunchalari. Muskullarning rivojlanish etaplari, uning tana funksiyasining o’zgarishi bilan qo’l-oyoq va tana muskullarining o’ziga xos shakllanishi. Antogonist va sinergist muskullar

6

4

Bo’g`im va boylamlar

Sinostoz, sindesnos, sinxondroz bo’g`imlar. Diartroz bo’g`im hosil bo’lish shartlari. Bo’g`im yuzasini xillari: egarsimon, qayiqsimon, yarim oysimon, elipsimon, g`altaksimon, sharsimon. Bo’g`im turlari, ikki o’qli, uch o’qli, ko’p o’qli.

4

5

Ichki organlar

Ichki organlarning umumiy ta`rifi, ularning tasnifi. Tananing bo’yin, ko’krak va qorin bo’shlig`idagi organlari. Ovqat xazm kilish a`zolarining tuzilishi. Nafas olish a`zolarining tuzilishi

Ayiruv organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari. Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi. Nefron va uning tuzilishi. Siydik yo’llari, qovuq, siydik pufagi, ularning tuzilishi, yoshiga bog`liq xususiyatlari.



6

6

Yurak qon tomirlari sistemasi

Qon aylanish va limfa sistemasining ta`rifi. Qon tomirlari devorining tuzilishi. Tomirlarning tarmoqlanishi. qon aylanish doirasi. Aorta va uning tarmoqlari. Arteriya qon tomirlari. Katta va kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarning joylashishi va tasnifi. Limfa sistemasining ahamiyati, uning tarkibi, tomirlari va oqimlari.

4

7

Nerv sistemasi

Nerv sistemasi va uning ahamiyati. Neyronlarning tuzilishi, turlari, ahamiyati. Nerv tolasining tuzilishi. Miyaning oq va kulrang moddalari. Nerv sistemasining markaziy va periferik bo’limlarining tasnifi.

Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, sigmentlari. Orqa miyani o’rovchi pardalari. Orqa miyaning nervlarining tarqalishi va chiqish joylari. Orqa miya nervlarining shohlari.

Orqa miyaning bo’yin, elka, bel, dumg`aza chigallari, ularning asosiy tarmoqlari va tolalari. Bosh miya va uning rivojlanishi. Bosh miya bo’limlari : uzunchoq miya, Vorolev ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasini ta`rifi. To’rt tepalik haqida tushuncha. Oq va kul rang moddalarning joylashishi. Bosh miyaning nerv markazlari va o’tkazuvchi yo’llar.

Nerv sistemasining vegetativ avtonom qismi, uning asosiy anatomik xususiyatlari. Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo’limlari, simpatik stvoli, simpatik tugunlari va nervlari. Parasimpatik nervlar, ularning markaziy neyronlari. Parasimpatik tolalarning periferiyaga chiqish yo’llari, ularning tugunlari.



6

8

Analizatorlar.


Eshitish, ko’rish, ta`m bilish va teri analizatorlarning organizmdagi ahamiyati. Ta`m bilish organi, ta`m bilish boylamlari, ularning joylashishi, periferik, o’tkazuvchi va markaziy bo’limlari. Eshitish va vestibulyator analizatorlar. Tashqi, o’rta vaichki quloq. Eshitish naylari, ularning funktsional ahamiyati va tuzilishi. Suyak va pardali labirintlar. CHig`anoq uning tuzilishi va ahamiyati. Odam nutqining rivojlanib borishi bilan chig`anoqning takomillashib borishi.

Ko’rish analizatori. Ko’zning tuzilishi. Ko’z gavhari, yordamchi apparatlari. Ko’zning nur singdiruvchi apparatlari. Terining tuzilishi, ahamiyati. Soch, tirnoqlar, terining invertsiyasi.



4

9

Ichki sekretsiya bezlari.


Ichkisekretsiyabezlariningtuzilishixususiyatlari, ularningta`rifi. qalqonsimonvaqalqonoldibezlari, ayrisimonbez, me`daostibezi, buyrakustibezi, jinsiybezlar. Epifiz va gipofiz bezlarining tanada joylashishi, ularning ahamiyati va tuzilishi.

4




Fiziologiya

44

10

Fiziologiyaning asosiy qonuniyatlari va fiziologik tushunchalari

Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitiga moslanishi. Gomeostaz va uni saqlovchi vositalar. Moddalar va energiya almashinuvi. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya. Fiziologik reaktsiyalar: ta`sirlanish, ta`sirlovchilar va ularning turlari. Qo`zg`aluvchanlik va uning yuzaga kelishida hujayra membranasining ahamiyati. Reflektor reaktsiyalar. Organizmning funktsional sistemalari haqidagi ma`lumot.

4


11

Qon sistemasi fiziologiyasi.

Organizmning muhiti hakida tushuncha. Qon sistemasi, qonning miqdori va tarkibi. Qon hosil qiluvchi organlar va qon deposi. Qonning fiziologik vazifalari. Qonning yopishqoqligi va nisbiy zichligi. Qonning o`rnini bosuvchi eritmalar. Qon plazmasining tarkibi. Qonning shakli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar. Ularning tuzilish, miqdori. Odamning jismoniy ishi, mehnati va tinch holatidagi gemoglabin miqdori. eritrotsitlarning rezistentligi va gemolizi.

4


12

Qon va limfa aylanishi sistemalari fiziologiyasi

yurak-qon tomirlari sistemasi. Qon aylanishining ahamiyati. Katta,kichik va koranar qon aylanish doiralari. yurak muskullarining funktsional xususiyatlari. yurakni qon bilan ta`minlanishi. yurak avtomatiyasi. yurakning o`tkazuvchi sistemasi, uning ahamiyati. Qisqaruvchanligi, refrektarlik xususiyatlari. yurak-qon tomirlari sistemasi. Qon aylanishining ahamiyati. Katta,kichik va koranar qon aylanish doiralari. yurak muskullarining funktsional xususiyatlari. yurakni qon bilan ta`minlanishi. yurak avtomatiyasi. yurakning o`tkazuvchi sistemasi, uning ahamiyati. Qisqaruvchanligi, refrektarlik xususiyatlari

4


13

Yurak qon tomirlari sistemasi

Qon aylanish va limfa sistemasining ta`rifi. Qon tomirlari devorining tuzilishi. Tomirlarning tarmoqlanishi. qon aylanish doirasi. Aorta va uning tarmoqlari. Arteriya qon tomirlari. Katta va kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarning joylashishi va tasnifi. Limfa sistemasining ahamiyati, uning tarkibi, tomirlari va oqimlari. Qon tomirlari fiziologiyasi. Arteriya, vena va kapillyarlardagi qon bosimi. Arteriya pulsi. Kapillyar mikrotsirkulyatsiyasi. Venalarda qon oqishining xususiyatlari. Limfa sistemasi, uning tarkibi, funksiyasi. Limfaning hosil bo`lishi va organizm ahamiyati.

4


14

Nafas sistemasi fiziologiyasi.

Nafas ahamiyati. Nafas olish mexanizmi. Nafas jarayoning asosiy fazalari: tashqi nafas, alveolalar va to`qimalarda gaz almashinuvi. Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Nafas aktida diafragma va qovurg`alararo muskullarning ahamiyati. O`pkaning kengayish qobiliyati. Nafas vaqtida plevra bo`shligi bosimining o`zgarishi. Nafas sikli. O`pka hajmlari va o`pka ventilyatsiyasi. Pnevmotraks. O`pkaning tiriklik sigimi. Nafas olish koeffitsenti haqida tushuncha. Atmosfera, alveola va chiqarilgan nafas havosining gaz tarkibi. O`pkada gazlar almashinuvi mexanizmi. Alveolalar havosidagi gazlarning (O2 va SO2) portsial bosimi. Nafas markazining avtomatik va nerv-gumoral, reflektor boshqarilishi mexanizmlari.

4


15

Ovqat hazm qilish sistemasi fiziologiyasi

Ovqat hazm bo`lishi va uni o`rganish usullari. Hujayrada ovqat hazm bo`lishi. Ovqatning tarkibi va ahamiyati. Hazm shiralarining ahamiyati. Og`iz bo`shlig`da ovqatninghazm bo`lishi,so`lakning tarkibi va xossasi. So`lak ajralishi jarayonida shartli va shartsiz reflekslarning mohiyati. Me`dada ajraladigan xlor kislotasi va farmentlarining ovqatga ta`siri. Me`da harakati. Me`daning evakuator funksiyasi. Me`dada ovqatning saqlanishi va ovqatni hazm bo`lishi. Me`dada rezektsiya yo`li bilan, tajriba o`tkazish. Me`da osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayonining kashf etilishi. Odam me`dasining sekretor funksiyasini o`rganish metodlari.Toza me`da shirasini olish va ularni. Me`da sekretor funksiyasining nerv va gumoral boshqarilishi. Me`da sekretsiyasining tormozlanish mexanizmi. Me`da va o`n ikki barmoqli ichakda ovqat hazm bo`lishi. Me`da osti bezining sekretor funksiyasi. Me`da osti bezi shirasini. Tarkibi va xossasi, uning oqsillar, yog`lar, karbon suvlar va nuklein kislotalarga ta`siri. Uning boshqarilishi. Reflektor va gumoral fazalar. Me`da osti bezi shirasining ajralishiga ovqat sifatining ta`siri.

4


16

Modda va energiya almashinuvi fiziologiyasi.


Moddalar va energiya almashinuvi haqida tushuncha. Anabolizm va katabolizm. Oqsillar almashinuvi. Azot balansi. Oqsillarning biologik qiymati. Oqsil almashinuvining oxirgi mahsulotlari. Karbon suvlarining aerob va anaerob parchalanishi jarayonlari va ularning energiya hosil bo`lishida ahamiyati. Glyukozaning qondagi miqdori. Giper va gipoglikemiya. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi va uning muskullar ishida o`zgarishi. Yog` kislotalarining muskullar ishida energiya sifatida ishlatilishi. Moddalar almashinuvi jarayoning gumoral va reflektor boshqarilishi. Organizmdaenergiya almashinuvi. energiya almashinuvining moddalar almashinuvi bilan o`zaro munosabati: yog`lar, karbon suvlar va oqsillar energiya hosil qiluvchi manba ekani. energiya balansi. Ozuqa moddalarining kallorik qiymati. Asosiy almashinuv va uning ahamiyati. Turli ish jarayonida energiya sarfi. Organizmda energiyaning to`planishi va sarflanishi. Fiziologik ovqatlanish normalari. Sutkalik ratsionda hayvon va o`simlik yog`larining nisbati. Ovqat ratsionining kaloriyasi. Ovqatlanish rejimi va gigienasining fiziologik asoslanishi. Organizmning yoshiga, bajaradigan ishiga, holatiga tashqi haroratga va jinsiga qarab oqsilga sutkalik talabning o`zgarishi.

4


17

Issiqlik almashinuvi fiziologiyasi

Organizmning issiqlik balansi haqida tushuncha. Gomoyotermiya va poykolotermiya. Organizmda issiqlik ishlab chiqish va issiqlik ajratish jarayonlari. Uning markaziy va periferik mexanizmlari. Ichki organlarning termoretseptorlari. Tana sathining termoretseptorlari. Sovuqni va issiqni sezuvchi retseptorlar. Tashqi muhitning harorati o`zgarishida tana haroratining doimiyligini saqlovchi mexanizmlar. Tana sathidan issiqlikni chiqarish usullari: nurlanish, o`tkazish, konvektsiya. Odam tanasi haroratining boshqarilishi va uning markazlari. Termoregulyatsiyaning nerv va gumoral mexanizmlari. Ter ajratishning ahamiyati. Issiqlik almashinuvini boshqarish markazlari.

2


18


Ayiruv jarayonlari fiziologiyasi

Ayiruv organlarining asosiy vazifasi, ahamiyati. Ayiruv jarayoni organizmning ichki muhiti doimiyligini ta`minlovchi murakkab jarayon ekani. O`pka va me`da–ichak traktining ayiruv funksiyasi. Buyraklar strukturasi va funktsional birligi-nefron haqida tushuncha. Filtratsiya reabsorbtsiya, sekretsiya. Siydik hosil bo`lishi nazariyasi. Qonning kimyoviy tarkibining siydik hosil bo`lishiga ta`siri. Siydikning miqdori va tarkibi. Birlamchi va ikkilamchi burmalar, Genli qovuzloqlari haqida tushuncha. Majburiy va ixtiyoriy reabsorbtsiya. Buyrakda moddalarning sekretsiya jarayoni, oxirgi siydikning tarkibi va xossasi. Buyrakning ichki sekretor faoaliyati. Ayrishini reflektor va gumoral boshqarilishi. Siydik ajratish mexanizmi. Turli gormonlarning siydik hosil bo`lishi jarayoniga ta`siri (antidiuretik, andosteron, adrenalin, vazopresin). Sun`iy buyrakning ahamiyati.

4


19

Teri fiziologiyasi

Teri fiziologiyasi. Ter ajratishda tomir-harakat reaktsiyasining ahamiyati. Issiqva sovuqqa teri bezlarining reaktsiyasi. Organizmning chiniqishida terining ahamiyati.

2


20

Endokrin sistemasining fiziologiyasi

Ichki sekretsiya bezlarining tasmufa va funksiyasi. Gormonlar tushunchasi,ularning biologik xarakteristikasi. Ichki sekretsiya bezlarining fiziologikroli va o`rganish metodlari. Gipofiz bezining funksiyasi. Gipofiz bezi turli bo`lagining (oldingi, o`rta, orqa). Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi. Gormonlar va ularning moddalar almashinuviga ta`siri. Buyrak usti bezining po`stloq va mag`iz qismi gormonlari hamda ularining asab sistemasiga ta`siri. Po`stloq qavatining gormonlari: minerolokortikoidlar va glyukokortikoidlar. Me`da osti bezining endokrin vazifasi. epifiz va jinsiy bezlarining vazifalari. Jinsiy gormonlarning odam o`sishi va rivojlanishi hamda mehnat faoliyatiga ta`siri. Balog`atga yetishda jinsiy gormonlarning ahamiyati

4


21

Nerv-mushak apparatining fiziologiyasi

Harakat apparati haqidagi tushuncha. Nerv-mushak birligi harakat apparatining asosiy qismi ekanligi. Mushak turlari,tuzilishining xususiyatlari. Ko`ndalang targ`il va silliq muskul tolalarining vazifasi Muskul to`qimasining fiziologik xossalari. Qo`zg`aluvchanlik,o`tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik. Qo`zg`aluvchan to`qimalar haqida tushuncha. Mushak qisqarganda sodir bo`ladigan elektr hodisalar. Qo`zg`alishning tarqalish mexanizmi. Qo`zg`alishning fazalari: labillik, parabiozhaqida tushuncha. N.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiynazariyalari. Skelet muskullarining tonusi. Muskulning izotermik, izotonik va yakka qisqarishlari haqida tushuncha. Tabiiy sharoitda tetanius, pogona osti va pogona usti kuchlari haqida tushuncha. Muskulning tinch holati va qisqarish vaqtida kuzatiladigan bioelektrik, kimyoviy va issiqlik jarayonlari. Muskul qisqarishining kuchi. Muskul ishi. Muskulning charchashi. Simpatik nerv sistemasining muskul apparatiga trofik ta`siri. Silliq muskullar strukturasining funktsional xususiyatlari. Silliqmuskullarning ishlashi va avtomatiyasi. Nerv tolalarining tuzilish i qo`zg`alishning miyadagi tolalardan tarqalish mexanizmi. Periferiya nervlarning tuzilish. Afferent, efferent nerv tolalari. Periferik nervlardan qo`zg`alishning o`tish qonunlariva qo`zg`alishning tarqalish turlari. Nerv tolasining funktsional bir butunligi haqida tushuncha. Nerv-muskul sinapslarifiziologiyasi. Sinapslar ularning turlari. Nerv-muskul sinapsidan qo`zg`alishning o`tishi va tarqalish mexanizmi. Mediator nazariyasi.

4


22

Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi

Markaziy nerv tizimining umumiy vazifalari,periferik nerv tizimi. MNSning reflektor tamoyili. Refleks va uning turlari. Neyronlar vazifalari va ularning ta`rifi. Nerv hujayrasi membranasining xususiyatlari. Qo`zg`atuvchi va tormozlovchi sinapslar. Nerv tolasi bo`ylab impulslar o`tishi mexanizmi. Markaziy tormozlanishning mexanizmlari: uygunlashish va jarayonlarida tormozlanishning ahamiyati. Postsinaptik va presinaptik tormozlanish tushunchalari. MNS markazlarining funktsional tuzilish va lokalizatsiyasi haqida I.P.Pavlov ta`limoti. Konvergentsiya, divergentsiya, irradatsiya, summatsiya, umumiy oxirgi yo`l, teskari bog`lanish va dominanta tamoyillari haqida ta`limotlar. Orqa miyaning oldingi va orqa ildizlarivazifalari: orqa miyaning reflektor va o`tkazuvchanlik vazifasi. Orqa miya bilan bosh miyaning funktsional bog`lanishi. Uzunchoq miya fiziologiyasi. Uzunchoq miya reflektor markazlari va ularning vazifasi. Uzunchoq miyada chiqadigan bosh miya nervlarining vazifasi va o`z-o`zini boshqarishda tutgan o`rni. Nafas va tomirlar harakati markazlari. Uzunchoq miyaning muskul tonusini boshqarishda tutgan o`rni. Uzunchoq miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi, harakat va vegvtativ reaktsiyalarni hosil qilishdagi ahamiyati. O`rta miya fiziologiyasi. O`rta miyaning reflektor faoliyati. O`rta miyadan chiqadigan bosh miya nervlarning funksiyasi. O`rta miyaning qizil va vestibulyar moddalari funksiyalari. O`rta miyaning qizil yadrolari va qora moddasining muskul tonusini va gavda vaziyatini boshqarishi roli. Tana muvozanatini saqlovchi, o`z-o`zini idora etadigan mexanizmlar. To`rt tepalik bo`rtiqlarining funksiyasi

4


23

Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi

Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz refleks va instinktlar. I.P.Pavlovning reflektor nazariyasi printsiplari. Shartli reflekslarning hosil bo`lishi xususiyatlari va mexanizmlari. Organizmlarning yashash muhitiga moslashishidashartli reflekslarning ahamiyati. Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tashqi va ichki tormozlanish. Ijobiy va salbiy: I,II,III oliy tartibli shartli reflekslar. Shartli reflekslarning harakat malakalari hosil bo`lishida ahamiyati. Katta yarim sharlar po`stlog`i ishidagi tartiblilik (dinamik, sterestik avtomatlashgan harakat malakasining fiziologik mohiyati. emotsiyaning biologik ahamiyati Odamning oliy nerv faoliyati xususiyatlari. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari. Oliy nerv faoliyatining tiplari, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishda uning ahamiyati. Oliy nerv faoliyatining shikastlanishi. Nevrozlar. Xotira, uning ahamiyati va fiziologik mexanizmlari. Uyqu fiziologiyasi, uning fazalari. Xotira va fikrlashning fiziologik mexanizmlari.

4


24

Sezgi organlar (analizatorlar) fiziologiyasi

Sezgi organlari (analizatorlar) fiziolgiyasi. Sezgi organlarning fiziologik ahamiyati. I.P.Pavlovning analizator to`grisidagi ta`limoti. Retseptorlar klassifikatsiyasi. Retseptorlardan qo`zg`alishning paydo bo`lishi mexanizmlari. Sezgi organlari organizmning ichki va tashqi muhiti to`grisida ma`lumot beruvchi manba ekanligi. Informatsiyaning uzatilishi, qayta ishlanishi, saqlanish mexanizmlari. Sensor sistemalarining harakatlar boshqarilishidagi ahamiyati eshitish analizatorlari. Quloqning tuzilishi va fiziologiyasi. Ichki quloqning retseptor apparati tuzilishi. Tovush tebranishlarining o`tkazilishi va qo`zg`alishi, paydo bo`lishi. eshitish analizatorlarining adaptatsiyasi. Vestibulyar apparat. Vestibulyar apparat. Muskul tonusi boshqarilishida, apparatning roli. Hid, ta`m bilish, teri, taktil va termo, sensor sistemalarning funksiyalari. Bu sensor sistemalarning retseptorlari, ularni qo`zgatadigan adekvat ta`siri. ekstro va introtseptiv analizatorlarining o`zaro munosabati. Og`riqning biologik ahamiyati.

4


Jami: 100 s



2.2.Laboratoriya mashg’ulotlarning mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soat

1

Tayanch-xarakat sistemasi (Osteologiya)

Suyaklarni tuzilishi, xillari. Suyak tarkibidagi organik moddalarni laboratoriya sharoitida dekoltsinatsiya va yondirib ko’rish bilan tekshirish. Qo’l va elka kamari suyaklarining tuzilishi, o’mrov, ko’krak suyaklari va erkin harakat qismi suyaklari (elka, bilak, tirsak, bilakuzuk, kaft, barmoq suyaklari) ularning o’zaro birikishini va tuzilishini o’rganish. Bosh skeletining ichki, tashqi va ulardagi bo’shliqlar hamda miya qutisi va yuz suyaklarining tuzilishi, birikishi qonuniyatlarini o’rganish

8


2

Muskullar sistemasi (Miologiya)

Gavda muskullari: Orqa, ko’krak va qorin qismidagi barcha muskullarning fastsiyalari joylashishi va vazifasi. Odam tanasidagi yozuvchi, yaqinlashtiruvchi, bukuvchi va uzoqlashtiruvchi muskullarni o’rganish. Bo’yinning teri osti, o’rta va chuqur muskullarini tuzilishini aniqlash. Qo’lning erkin muskullarining tuzilishi, birikishi, funksiyasi va bukuvchi, yozuvchi muskullar haqida tushuncha. Erkin oyoq muskullari birikish, funksiyasi va fastsiyalarini joylashishi

8


3

Bo’gim va boylamlar (Artrologiya)

Sinartroz birlashmalarning xillari. Sindesmozlar, sinxondroz, sinostozlarning tuzilishi. Diartrozlar va ularning xillari. Ikki, uch va ko’p o’qli bo’g`imlarning tuzilish qonuniyatlari

2


4

Ichki a`zolar (Splanxnologiya)

Ovqat hazm qilish organlarini anatomik (og`iz, xalqum, qizilo’ngach, me`da, ingichka ichak, yo’g`on ichak va jigar) tuzilishi

2


5

Nafas sistemasi

Nafas olish va chiqarish organlarini tuzilishi, funksiyasi

2


6.

Ayirish organlari.

Buyrakning shakli, nefronni tuzilishi, siydik kanali, siydik pufagini tuzilishi. Teri va teri bezlarini tuzilishi

2


7.

Yurak-qon tomirlari sistemasi (Angiologiya)

Yurak devorlari, klapanlari va ularning tuzilishi. Yurakka kesuvchi va yurakdan chiquvchi qon tomirlar. Yurak anatomiyasini o’rganish. Arteriya qon tomirlarining tuzilishi, tarmoqlari. Aorta va uning bo’laklari. Vena qon tomirlari, ularning tarmoqlari. Yuqori va pastki kovak venalarini tuzilishi, Limfa sistemasi, limfa tugunlari va ularning rivojlanishi

6

8.

Nerv sistemasi (Nevrologiya)

Nerv hujayrasi, nerv tolalari va ularning tuzilishi. Nerv to’qimasi. Orqa miyaning joylashishi, tuzilishi va uni o’rab turuvchi pardalar. Bosh miyaning tuzilishi, uning bo’limlari (uzunchoq, miya ko’prigi, miyacha, to’rt tepalik, oraliq miya. Periferik nerv sistemasi. Bosh miya nervlarini tuzilishi. Orqa miya sigmentlari: bo’yin, elka, bel-dumg`aza chigallarini tuzilishi. Vegetativ nerv sistemasi. Simpatik nerv tolalarini tuzilishi va markazlari. Parasimpatik nerv tolalari, markazlari va vegetativ tugunlarni tuzilishi

8


9.

Sezgi analizatorlari

Ko’zni tuzilishi. Ko’z pardalari, gavhari, shishasimon tana, ko’z muskullari, optik qism, ko’z yoshi bezi, qovoqlarni tuzilishi. Eshitish organining tuzilishi, tashqi, o’rta, ichki quloqni joylashishini o’rganish. Teridagi sovuqni, issiqni, taktil retseptorlarini joylashishi

4


10.

Ichki sekretsiya bezlari

Qalqonsimon, ayrisimon (timus) gipofiz, epifiz, buyrak usti, oshqozon osti va jinsiy bezlarning tuzilishini o’rganish

4







Fiziologiya

11.

Laboratoriya asbob anjomlari bilan tanishish

Fiziologiya fanidan laboratoriyamashgulotlari uchun kerakli asbob uskunalar, datchiklar, apparatlar bilan tanishish va ishlashni urganish.

2

12.

Qon bilan umumiy tanishish. Qonning funksiyalari

Qon va uning xususiyatlari. Qonning tarkibi. Qon almashinishi (hosil bo’lishi va parchalanishi). Qonning organizmda bajaradigan funksiyalari, ahamiyati. Immunitet.

2

13.

Qonning fizik xossalari

Eritrotsitlarning cho`kish tezligini aniqlash.

Eritrotsitlarning osmotik chidamliligini aniqlash.


2


14.

Qonning kimyoviy xossalari

Qon zardobini pH va bufer xossalarini aniqlash.

Qonning yopishqoqligini aniqlash. Qon tarkibidagi kimyoviy moddalar.


2


15.

Qonning morfo-biologik xossalari

Odam qonidagi eritrotsitlar va leykotsitlar miqdorini aniqlash. Qonning ivish tezligini aniqlash.

2


16.

Qon guruhlarini va ivishini aniqlash

Qon guruxlari. Rezus faktor. Qon ivishi va uni ta’minlab beruvchi omillar.

2


17.

Yurak ishi va uning muskullarining fiziologik xossalari

Yurakning o`tkazuvchi sistemasini tahlil qilish (Stannius tajribasi). Yurakning reflektor davri va ekstrasistola. Yurak ishini o’rganish.

4


18.

Yurak qon tomirlari bosimini o`lchash

Organizmning nisbiy tinch holatida va jismoniy ishdan keyin yurakning qisqarish sonini (pulsini) va qon bosimini tekshirish. Yurak ishini xisoblash.

4


19.

Organ va to`qimalarda qon aylanishi

Qo`l-oyoqlarga qon oqib kelishining vaqtincha to`xtashi oqibatlari. Sfigmografiya (arteriya pulsini yozish).

2

20.


Nafas olish orga-nlari fiziologiyasi

Tinch holatda, ish bajarish vaqtida va undan keyin nafas sonini aniqlash. Nafas olish organlari fiziologiyasi va patologiyasi.

4


21.

O`pkaning tiriklik sig`imini o`lchash

O`pkaning tiriklik sig`imini o`rganish (spirometriya), nafas hajmi va o`pkaning maksimal ventilyatsiyasini aniqlash.O`pka orqali gazlarning diffuziyasi. Donders modeli.

2

19.

Og`izda ovqat hazmi

So`lak bezlari faoliyatini tekshirish. So`lak tarkibidagi amilaza ta`sirida kraxmalni parchalanishi. Xom va qovurilgan kraxmalning parchalanishdagi farqi.

2

20.


Oshqozon va ichaklarda ovqat hazmi

Me`da shirasi ta`sirida oqsilning parchalanishini kuzatish. Me`da shirasining xazm qilish xususiyatini aniqlash. Me`da shirasida baqa oyog`ining parchalanishi. Yog`larga o`t suyuqligining ta`siri.

4


21.


Ozuqa ratsionini tuzish (energiya almashinuvi)

Ovqat ratsioni tuzish asoslari, ratsionning energetik qiymatini xisoblash. Sutka davomida sarflangan energiya va iste`mol etilgan oziq moddalardan xosil bo`ladigan energiya miqdorini aniqlash. Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya.

4


22.

Ayirish organlari fiziologiyasi

Odam tanasining turli qismlarida teri haroratini o`lchash: (organizmning tinch holatida va jismoniy mashq jarayondan so`ng).O`tkir tajribada siydik (diurezini) tarkibini o`rganish.

4

23.


Nerv muskul preparatini tayyorlash

Nerv va muskullarning fiziologik xususiyatlarini o`rganish: Baqaning asab-muskul preparatini tayyorlash. Ajratilgan muskulning yakka, tishli va tekis tetanik qisqarishlarini o`rganish. Ajratib olingan skelet mushagining qisqarish (quyi, yuqori, eng yuqori) darajasini ta`sirlash kuchiga bog`liqligi.Izometrik va izotonik muskul qisqarishi.

2

24.

Bioelektrik xodisalar. Galvani-Matteuchi tajribasi

Bioelektrik xodisalar (Galvani tajribasi).

B) Muskullarning turli tok kuchiga qisqarishi.

V) Odam muskulining harakat potentsiallarini aniqlash. Parabioz.

4


25.

Reflektor yoyini tahlil qilish

Refleks vaqtini aniqlash va reflektor yoyining tahlili.

2

26.


Shartli reflekslar hosil bo`lishini o`rganish

Shartli reflekslarning hosil bo`lishi va uning tormozlanishi.Shartli reflekslarning so`nishi va differentsirovka hosil qilish. Odamning yurak- tomir ishiga shartli refleks hosil qilish. Odamda qo`ng`iroq tovushiga va «qo`ng`iroq» so`ziga ko`z qorachig`ini kengaytiruvchi shartli refleks hosil bo`lishi. Odamda emotsional holatni yaratishda og`zaki ta`sirlanishning roli.

4

27.


Orqa miya refleksi


Orqa miya refleksining reptseptiv maydoni. Orqa miya asab markazlari faoliyatining ayrim xossalari.

Markaziy nerv sistemasidagi qo`zg`alishlarning vaqtli va fazoviy yig`ilishi (summatsiyasi).


2


28.

Oliy nerv faoliyati. Xotirani aniqlash.

Oliy nerv faoliyati. Uzoq va qisqa muddatli xotirani aniqlash.

2

29.

Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash.

Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash. Gippokrat va Pavlov (nazariyasi bo’yicha).

4

30.

Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi.

Ichki sekretsiya bezlari turlarini aniqlash. Ichki, tashqi va aralash bezlar.

4

31.

Analizatorlar, ko`rish va eshitish analizatori

Ko`rish va eshitish sezgirligini aniqlash:

Ko`z qorachig`ining yorug`likka, akkomadatsiyasi va og`riq ta`sirotiga reflektor reaktsiyalari. Yaqinva uzoqdan buyumlarni ko`rish. Ko`zning ko`rish maydonini tekshirish.Ko`rish o`tkirligini aniqlash.Tovush yo`nalishini aniqlash.Teri analizatorlari termoesteziometriya issiqlik, sovuqlik va og`riqni sezish nuqtalarini aniqlash. Ko`rish va eshitish sezgirligini aniqlash.



6

Jami: 118


2.3. Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar.
Anatomiyavafiziologiyafanidan kurs ishi rajalashtirilmagan
2.4. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar.
Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

Darslik va o`quv qo`llanmalarning boblari va mavzularini o`rganish. Bunday tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo`ladi. Bunday ish natijalari laboratoriya mashg`ulotlarida, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo`yicha tekshiriladi.

Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruza qismlarini o`zlashtirish. Bunda o`qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo`ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma`ruza uchun 5-8 sahifa bo`lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.

O`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma`ruza mashg`ulotlari hamda laboratoriya mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish jarayonida qo`llanilinishi mumkin.

O`z –o`zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula yordamida o`z bilimni o`zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi.

Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar (monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.

Fanlar bo`yicha adabiyotlarni o`rganish va tahlil qilish, qo`shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o`rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.

Talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o`rganish. Mustaqil ta’limning bu shakli barcha semestr talabalariga tavsiya etiladi.

Faol o`qitish metodidan foydalaniladigan o`quv mashg`ulotlari. Talabalar tomonidan ta`lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo`yicha tayyorlangan faol o`qitish metodlarini (o`yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo`llagan dars mashg`ulotlari.

Avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma`ruza mashg`ulotlari doirasida ham amaliy mashg`ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil ta`limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo`llaniladigan OTM larida ham qo`llash mumkin.




    1. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar

Yüklə 466,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə