Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madaniyatni tashkil etish



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/93
tarix19.04.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#106306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Oz-ozini-boshqaruv-tashkilotlarida-jismoniy-madaniyatni-tashkil-etish



0 ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY YA 0 ’RTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMLI TOSHKENT DAYLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
O z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
madaniyatni tashkil etish
CTquv qo'llanma
Tuzuvchi: Yarashev K. D.


I QISM.
O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI
TASHKIL QILISH
1. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING NAZARIY
ASOSLARI
1.Fanning maqsadi, vazifalari, ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
2.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hamda qarorlar boshqarishning 
asosiy manbalari.
3. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti.
4.Davlatni idora qilish bo’yicha barcha faoliyatlarda Prezidentlik tizimi, Oliy 
Majlis hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o’mi.
5.Boshqarishning asosiy tamoyillari.
6. «Jismoniy tarbiya harakati», «Boshqarish», «Boshqarish tizimlari», «Ilmiy 
boshqarish», «Boshqarish usullari», «Marketing», «Menejment», «Tadbirkorlik» 
tushunchalarining umumiy ta’rifi.
1. 
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o’quv hamda ilmiy fan 
sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi 
o’rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va 
sport 
tadbirlarining 
yo’llarini 
o’rganadi, 
shu 
sohadagi 
mutaxassislarni 
tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.SHu sababdan bu fan ^ P J T I va respublika 
oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulbtetlari, Olimpiya o’rinbosarlari 
kollejlari hamda pedagogika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya 
bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmog’i lozim.
Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport 
harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’llari 
bilan qurollantirishdan iboratdir.
SHu maqsadda u o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;
- davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
faoliyatlarini o’rganish;
- yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning 
usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;
- egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalarni o’quv 
amaliyoti jarayonida tajribadan o’tkazish;
- ilmiy-nazariy tadqiqotlar o’tkazishga da’vat etish;
- reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o’quv rejasidagi «Jismoniy tarbiya
va sport tarixi», «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», pedagogika, psi- 
xologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas 
bog’liqdir. CHunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport 
taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, 
sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda


moddiy-texnik ta’minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy 
bog’liqdir. SHu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati 
tug’iladi.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo’nalishlar tashkil etadi:
- jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari;
- boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;
- boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;
- jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;
- horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro 
sport va Olimpiya harakatlari.
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak 
mutaxassislarni tayyorlab etishtirishdagi barcha yo’l-yo’riqlar o’z ifodasini topadi. 
Eng muhimi, O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy 
natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish 
va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi.
«Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fani o’zining tarixiga ega. Bu hakda 
quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib, 
1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chikdi va taraqqiy qila boshladi.
1954-1958 yillarda «Organiza^iya fizicheskoy kulbturM» degan nom bilan 
birinchi o’quv qo’llanmasi vujudga keldi. 1961 yilda professorlar Nikiforov I.M. 
va Polbshanskiy V.S. (Moskva) tahririda «Organiza^iya fizicheskoy kulbturbi v 
SSSR» nomli qo’llanma jismoniy tarbiya o’quv yurtlari talabalari uchun nashr 
kilindi.
1965 yilda yana shu olimlar taqririda «Organiza^iya fizicheskoy kulbturbi» 
o’quv ko’llanmasi to’ldirilgan holda nashr etildi.
1977 yilda «Upravlenie fizkulbturnrnm dvijeniem» nomi bilan birinchi 
marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, 
professor Kulunkovich K.A. (Belorussiya Davlat jismoniy tarbiya instituta) 
rahbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning 
olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar, davlatni idora qilish, sport 
va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda taraqqiyot jarayonlari bu 
darslikning yangilanishini va takomillashishini taqozo qildi. SHu sababdan 1987 
yilda professor Pereverzin I.I. (Markaziy jismoniy tarbiya instituti) boshchiligida 
«Upravlenie fizicheskoy kulturoy i sportom» degan yangi darslik vujudga keldi. 
Bu darslik o’zining mazmuni, tuzilishi jihatidan avvalgi darslik va o’quv 
qo’llanmalaridan tubdan farq qilsada, jismoniy tarbiya harakatining barcha 
sohalarida erishilgan ilmiy-uslubiy xulosalarga tayangan bo’lsa-da, sobiq Ittifoq 
miqyosidagi ko’pgina jismoniy tarbiya tizimi olimlari, professor-o’qituvchilari 
tomonidan yaxshi baho olmadi. Buning sababi shundaki, darslikda boshqarish 
tizimlari, vazifalari (funk^iyalar) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport 
ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o’tkazish kabi muhim 
faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki alohida xududlargina nazarda tutilgan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya
2


fakulbtetlarining talabalari uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv 
qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqqan «Organiza^iya fizicheskoy kulbturM» 
va 1972 yilda Bunchuk M.B. (Ukraina) tomonidan tayyorlangan «Organiza^iya 
fizicheskoy kulbturbi» o’quv qo’llanmasi hisoblanadi.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari 
talabalari uchun «Istoriya i organiza^iya fizicheskoy kulbturbi i sporta» (Stolbov 
V.V., Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Fizkulbtura 
harakatini kengaytirish yo’llari» Abdumalikov R., YUnusov T.T., Akramov A.K. 
(Toshkent, 1988), «Sportivnaya postup Sovetskogo O’zbekistona» (Ibragimov 
M.I., Balakin S.S., 1985) o’quv qo’llanmalari tayyorlandi. O’zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya instituta tomonidan «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni 
boshqarishni tashkil etish yo’llari» (YUnusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv 
qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida do^ent R.Abdumalikovning «Jismoniy 
madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga 
tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasi (1994), «Jismoniy 
tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari» o’quv qo’llanmasi (1995) 
muhim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchilikdagi nazariy bilim 
va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E ’tirof etish kerakki, 
boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy- 
nazariy tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili 
sifatida xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo’ladi.
2. 
Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar 
kabi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, 
Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga tayanadi. SHu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat 
qiluvchi 
milliy, 
ma’naviy-ma’rifiy, 
madaniy 
qadriyatlar 
hamda 
xalq 
pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasi 
hisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liklarini yaxshilash, bilim va madaniy 
saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari 
kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi Qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik 
qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini 
belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash 
faoliyatida muhim omil hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni barcha turdagi 
o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy- 
sog’lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar 
ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog’i sifatida o’z 
o’rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga 
asosan «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom 
avlodni tarbiyalab etishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport 
tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qilinadigan ishlarning mazmuni 
va rahbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining
3


asoslaridan biriga aylandi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga 
bog’liq ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
kabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning 
ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi 
vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» 
va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. 
Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari 
zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifatida tan oladi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 
1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa 
sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.
M a’lumki, 1992 yilning yozida Barsеlоnada (Ispaniya) bo’lib o’tgan yozgi 
XXV Olimpiya o’yinlarida O,zbеkistоnning 17 nafar sportchisi sobiq SSSR 
tarkibida so’nggi Ь
ог
qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., CHusovitina О. 
/gimnastika/, SHmonina M. /engil atletika/ 
о
Ш
п
medal, Sir^ov S. /og’ir attetika/, 
Аsrabaеv /o’q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ branza medali 
sovrindorlari bo’lishdi. 1996 yil А йайа (AQSH)da o’tkazilgan XXVI Olimpiya 
o’yinlarida А.Bagdasarоv (dzyu-do) kumush, K.To’laganov (boks) bronza 
medaliga sazovor bo’lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya 
o’yinlarida M.Abdullaev boks bo’yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, 
Rustam Saidov, Sergey Mixaylov (boks) bronza medallarini qo’lga kiritdilar. O’z- 
bek kurashi bo’yicha Xalqaro kurash asso^ia^iyasi tuzildi va 3 marta ja to n
chеmpiоnati o’tkazildi. Umuman, Respublika sporta taraqqiyotning yangi 
bosqichga ko’tarildi.
3. M a’lumki, O,zbеkistоn Respublikasi siyosiy, ijtimоiy-iqtisоdiy va madaniy 
jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida (1991-2001) erishildi. 
Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport sohasi ham faqat shu yillarda rivoj 
topdi. Buni quyidagi ko’rsatkichlarga qarab ham bilsa bo’ladi (1-23 jadval).
4. Sobiq IttifDqning inqirazi uning tarkibida bo’lgan barcha respublikalarning, 
jumladan O,zbеkistоnning mustaqil davlat bo’lishiga olib keldi va birinchi bo’lib
O,zbеkistоnda 
Prezidentlik 
boshqaruvi 
joriy 
qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga egadir. Uning 
tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo’yicha 
qo’mita mavjud. Bu qo’mita o’z nufuzidagi sohalar bo’yicha qonunlarni tayyorlab, 
Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy 
tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni ham shu qo’mita tomonidan ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan 
qonunlarni amalda ijro etuvchi organ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi hisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish 
uchun qarorlar qabul kiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
4


O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 
dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
YUqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning 
faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida 
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federa^iyasi markaziy kengashi, «Xalq 
demokratik partiyasi», «Fidokorlar», Milliy tiklanish, «Adolat» so^ial-demokratik 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə