Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar



Yüklə 13,98 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü13,98 Kb.
#159487
Novatsiya va innovatsiyalar


Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar


Asosiy farqlar


Novatsiya


Innovatsiya
  1. amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;


  2. ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;


  3. metodlar yangilanadi;


4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi


1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;


2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo‘naltirilgan jarayon majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko‘ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rao‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi.

Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’yektiv, mahalliy va shartli o‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olo‘a undovchi, bunyodkorlikka rao‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.

Shu bilan birga, shuni ham qayd etish kerakki, mutaxassisning kasbiy kompetentligini tarbiyalash masalalari tadqiqot obekti sifatida maktab o’qituvchisini yoki oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisini tayyorlash va malakasini oshirish doirasida qaraladi. Jumladan, o’qituvchini didaktik (M.Ochilov), psixologik-pedagogik (E.G’oziev), umumpedagogik (N.N.Azizxodjaeva, O.A.Abdul- lina), innovatsion (R.A.Mavlonova, V.A.Slastenin), ijodiy (V.A.Kan-Kalik) tayyorlashning ahamiyati va vazifalari o’rganilgan.N.A.Muslimov, N.S.Gaipova, M.M.Qodirovlarning texnologiya ta’limi o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi sifat darajaga o’tish to’g’risida: «Bugungi kunda texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlashda mutaxassislarning shunday sifatlari talab etiladiki, yuqori darajadagi bilim va kasbiy ko’nikmalar asosida, ularni pedagogik faoliyatga va ishlab chiqarish jarayonini tahlil qila oladigan, yangi nostandart g’oyalarni ilgari sura oladigan, ratsional, zamonaviy talablarga javob beradigan metod va vositalarni, kasbiy va ilmiy axborotlarni o’zlashtirishning yangi usullarini amaliyotda qo’llay oladigan bo’lishi lozim. Shuning uchun texnologiya fani o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashning xarakterini sezilarli darajada o’zgartirish kerak. Bu masalalarni hal etish, texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlashning yangi sifat darajasiga o’tishni talab etadi», - degan fikrlarni bildirib o’tganlar9.


Inglizcha «Competentse» tushunchasining lug’aviy ma’nosi «qobiliyat» demakdir, biroq kompetentsiya atamasi bilim, ko’nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi.
Innovatsiya o’z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o’z amaliy faoliyatida qo’llashni talab qiladi. Kompetentsiya egasi bo’lgan mutaxassis muammolarni yechishda o’zi o’zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo’lgan metodlarni tanlab olib qo’llashi, to’g’ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko’z bilan qarashi kabi ko’nikmalarni o’zida mujassamlashtiradi.
B.A.Nazarova o’zining ilmiy ishida D.Dyui, U.Uoller, M.Mid, K.Yung, P.Sorokin, F.Znanetskiylarning falsafasida kasbiy kompetentlik tushunchasiga shunday ta’rif berganliklarini ta’kidlaydi: «Bu muhitga o’rganish vositasi, chunki kasb odamni unga to’g’rilaydi, odamning qiziqishlarini aniqlaydi, bitta kasbda ishlagan odamlarning qiziqishlarini jamlaydi»10 .
D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik ishda kerak bo’lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig’indisidir», - deb ta’kidlaydilar.
I.V.Grishina kasbiy kompetentsiya shaxsning o’z professional faoliyatini qanchalik yuqoriligi haqida aytib,shu fikrlarni bildiradi .
Bu holatga bo’lgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, intilishlariqadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, o’zining ijtimoiy o’rnini tasavvur qilishi;
o’zining shaxsiy o’ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeyiga, kasbiy bilim, mahorat va ko’nikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;
shu asosda o’zini kasbiy jihatdan shakllanishini va o’sishini boshqara bilishi.
A.K.Markova o’qituvchini kasbiy kompetentlikka yega bo’lgan o’qituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o’qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga yerishsa. Kompetentli o’qituvchi o’zining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini o’z mehnatida qo’llashni bilishi kerak11 .
R.X.Tugeshevning ta’kidlashicha, kasbiy mahorat shaxs sifatining yuksalishi sari qo’yilgan qadamlar yordamida faqat bir faoliyat uchun yegallangan kompetentsiyadir. Kompetentsiya egasi deganda, olim shaxsning o’z ishining ustasi, mahorati bilangina cheklanmaydi, balki ishni tashkil etishi, o’z faoliyatiga aloqador barcha muammolarni tizimli ravishda tushunishi, vazifa qo’ya bilishi va aniq muammolarga yechim topish qobiliyatiga ega bo’lishi kabi fazilatlarni nazarda tutadi. Ana shunday inson ma’lum bir sohada kompetentsiya egasi degan nomga sazovor ekanligini qayd etadi 12.
Arap R.X.Tugeshev kompetentsiya tushunchasini kasbiy mahorat degan tushuncha bilan bir xil ekanligini qayd etsa, E.F.Zeer esa kasbiy yo’naltirilgan kompetentsiya va kasbiy qobiliyat oliy darajadagi kasbiy mahoratni ta’minlaydi, degan fikrni olg’a suradi13 .
Kasbiy kompetentsiya shaxsning sub’ektiv faoliyati tarkibidagi to’rt jihatning biri hisoblanib, E.F.Zeer ta’kidlaganidek, kasbiy kompetentsiya o’z kasbiga oid bilimlar, mahorat hamda kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari yig’indisidir.
Yüklə 13,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə