Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
MAVZU


MAVZU: NOVDA VA POYA

REJA:

  1. NOVDA VA UNING TUZILISHI

  2. NOVDANING SHOXLANISH TIPLARI

  3. POYANING XAYOT KECHIRISH DAVR TURLARI

  4. XULOSA

  5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Poya- o`simlikning barcha yer usti organlarini o`zaro bog`lab,ularni ildiz bilan birlashtirib turadigan markaziy tayanch organi.U ildiz bilan burglar orasidagi moddalarning harakatini ta’minlaydi va o`zida ozid moddalar to`playdi. Poyaning shakllanishi,bajaradigan vazifasi bir xil bo`lsada,daraxt poyasi,odatda tana,barcha o`tlarniki esa poya deb ataladi va ular,ayniqsa,ichki tuzilishi bilan farq qiladi Novda bilan poya tushunchasi bir-biriga juda o`xshab ketadi. Novda – daraxt,buta va yarimbutalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi.Novdalarning po`sti yashil va nafis bo`lib,hujayralarida yashil rang beruvchi xlorofill donachalari bor.Novdalarda burglar birikkan joy bo`g`im,ikkita barg oralig`idagi qismi bo`g`im oralig`i deb ataladi.Barglar qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan bo`lib kurtak joylashadi. Kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o`zgarib,qo`ng`ir va qizg`ish rangga kiradi.Chunki bu vaqtda ularning po`sti qalinlashadi va ostida po`kak qavat hosil bo`ladi.Kech kuzda burglar to`kilib ketib,ular qo`ltig`ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishlaydi. Novdalar ikki xil bo`ladi.Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo`lsa vegetativ novda deyiladi.Bordi-yu,novdadan gul paydo bo`lsa generativ yoki gulli novda deyiladi. Demak,barg va kurtaklari bo`lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug`idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.

Poya (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. P.ning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tUqima — prokambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima — kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay — tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning P.si fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan P., odatda, ildizpoya deyiladi.

Novda (cormus) — yuksak oʻsimliklar — daraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. N. ildiz sistemasi bilan birgalikda qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N.si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi N. oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) N.lar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda N. yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.

Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning mahsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bo’g’imlar, bo’g’im oraliqlari va kurtaklar.

Kurtaklar - murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya'ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya'ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba'zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro boqlanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba'zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda novdada bir necha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning bo’ylab takrorlanadi. Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə