«Oliy ma'lumotli hamshira» ta'lim yo’nalishi bo’yicha 3 kurs studentlari quyidagilarni bilishi lozim



Yüklə 8,1 Kb.
tarix21.03.2018
ölçüsü8,1 Kb.
#32896

«Oliy ma'lumotli hamshira» ta'lim yo’nalishi bo’yicha 3 kurs studentlari

quyidagilarni bilishi lozim:

• Reanimatsiya va intensiv terapiya bo’limi ish tartibini. Deontologiya va

Chuqur masalalarini. Anesteziologiya va reanimatsiya bo’limi jihozlanishini;

• Og’riqsizlantirish usuli va turlarining zamonaviy tasnifini;

• Zamonaviy ko’p komponentli anesteziologik qo’llanmani o’tkazish

uslublarini, narkoz vositalarini, anesteziyaning texnik ta'minlanishini;

• Amaliyot va amaliyotdan keyingi davrda organizm hayotiy muhim a'zolari

faoliyatini ob'ektiv nazorat qilish usullarini;

• O’tkir nafas yetishmovchiligi sabablari va rivojlanish mexanizmlarini.

O’NY klinik ko’rinishini. O”NY darajalarini baholashni. Kislorod terapiya

usullarini. O”NY ligida hamshiralik yordamini ko’rsatishni;

• o’tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabablari va rivojlanish

mexanizmlarini. O’YuQTY formalarini. Kollaps, o’tkir chap qorincha yetishmovchiligi,

Char chil etiologiyali shoklar. O’tkir yurak qon tomir yetishmovchiligida reanimatsiya va intensiv terapiya prinsiplari.

• Klinik o’lim. Yurak-o’pka reanimatsiyasi.

• Koma holatidagi bemorlarni parvarish qilish va kuzatishning o’ziga xos

xususiyatlari.

• Ekzogen zaharlanishlarda intensiv terapiya, reanimatsiya va parvarish

qilishning o’ziga xos xususiyatlari.

• Gipertermik sindrom bo’lgan bemorlarda intensiv terapiya, reanimatsiya va

parvarish qilish uslublari.

• Tutqanoq sindromi bo’lgan bemorlarda intensiv terapiya, reanimatsiya va

parvarish qilish uslublari.

• Turli xil amaliyotlar qilingan bemorlarga hamshiralik yordamini

ko’rsatish va kuzatishning o’ziga xosligi.

• Turli xil patologik sindrom va kritik holatlarda reanimatsiya va intensiv

terapiya qilish uslublari.

«Oliy ma’lumotli hamshira» ta'lim yo’nalishi bo’yicha 3 kurs talabasi quyidagi ko’nikmalarni bilishi shart:

• Anestezistka ish joyini tayyorlash.

• Anestezistka ish stolini jihozlash.

• Narkoz-nafas olish uskunalarini ishga tayyorlash.

• Narkoz, nafas olish, nazorat-diagnostika uskunalari bilan ishlaganda

texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

• Siqilgan gazlar bilan ishlash (kislorod, azot oksidi).

• Aseptika, antiseptika qoidalari, anesteziologik blokning sanitar

rejimi.

• Peridural va spinal anesteziyani ta'minlash.



• Periferik venalar.kateterizatsiyasining texnikasi.

• Markaziy vena kateterizatsiyasiga tayyorlanish.

• Organizm hayotiy muhim a'zolari holatining monitoringi.

• Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini ta'minlash.

• Geymlix usulini bilish.

• Sun'iy nafas o’tkazish («og’izdan og’izga», «Ambu» qopchasi bilan).

• Bilvosita yurak massajini qilish.

• Elektrodefibrillyatsiya qilish.

• Oshqozonni zondlash va yuvish.

• Anesteziyaning kechish kartasini yozish.



• Anesteziya va reanimatsiyada ishlatiladigan preparatlarning hisob-kitobi.
Yüklə 8,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə