Oljas sulaymonov



Yüklə 46 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü46 Kb.
#97398
OLJAS SULAYMONOV







OLJAS SULAYMONOV

Qozoq xalqining buyuk shoiri Oljas Sulaymonov 20-asr she'riyatida katta sahifa to'ldirgan ijodkorlardan biridir.U 1936 yilda Olmaota shahrida tug'ilgan.Oljas Sulaymonovning birinchi yirik asari - 'Qoyilmisan insonga, zamin!' dostoni bir kunda shoirni mashhur qidi.Bu doston aeroplandan sochib tarqatilgani bilan tarixda qoldi.Ilk she'riy to'plami 'Arg'umoqlar' 1961 yilda chop etilgan.


Shundan buyon Oljas Sulaymonovning yigirmadan ortiq kitobi nashr etildi..Uning dunyo tarixchiligida etnotsentrizm mafkurasinig zo'ravonligiga qarshi qaratilgan 'AziYA' kitobi ayniqsa katta shov-shuv va bahslar keltirib chiqargan edi.
Shoirning she'rlari ko'plab tillarga tarjima qilingan,shu jumladan 1987 yilda 'Aylanayin' nomi bilan o'zbek tilida ham chop etilgan.



OLJAS SULAYMONOV SHE'RLARIDAN NAMUNALAR

QIZ QUVISH
Qani, quvib yet, yigit,
Otni ayab netarsan,
Oshiq bo'lsang chinakam,
Ot o'lsayam, yetarsan.
Seni sevaman, yigit,
Quvib yetgin,
Muchchi ol,
Sadolar girvatida
Ikki yuzim bo'ldi ol.
Qara,
Shamol yetib oib,
Yurak bag'rimni ezdi.
Oh,yana qolding, yigit.
Mazax qilar seni oy,
Bir o'zim
Cho'l bag'rida,
Qo'llarimda jon qolmadi,
Qon sizar ot yag'ridan.
Yomonlar-ey,
Yomonlar,
Siz-da oyga sheriksiz:
Eng dovyurak yigitga,
Kunday kerak yigitga
Otmas,
Eshshak beribsiz.

Shavkat Rahmon tarjimasi


ARG'UMOQ

Yilqisi bilan mashhur,


Qadim qipchoq yerida
Oqib boradi uyur
Kuygan o'tlar selida.
Tomirimda qaynar qon,
Tulporidan saylab ber.
Yeldiray misli bo'ron,
Ostin-ustin bo'lsin yer.
Yellar alanga solsin
Arg'umoqning qoniga.
Qiyoq,alaflar qolsin
Tuyoqlar to'zonida.
Hujum,yashash - bu nadir,
Arg'umoq bilib qo'ysin.
Jasorat bizga taqdir,
So'qmoqlar guldurasin!

Azim Suyun tarjimasi


SARATON

Oh,bir xotin,


Chang bosgan olma tagida
Uxlab yotar chalqancha,
Shildirar ariq,
O'ynaydi kun nurlari ko'kragida,
Ezilgan bedazorda g'o'ng'illar ari.

Otda og'ib boraman o'q ariqqa,


Vah, bir xotin,
Sochlari vayron xotin,
O'ynar kaftdek kun nuri ko'kragida,
Uyalib chetga qarar qarigan otim.
Shavkat Rahmon tarjimasi


SAMAD OQINNING AYTGANLARI
(19-asr)

Samad Ozarboy oqinning yosh,chiroyli zaifasini olib qochdi. Aytichlari-cha,ilgaritdan ahdu paymonlari bor ekan.Ushlab keldilar.Ikkalasining taqdiri Ozarboy qo'lida qoldi.


Chilvirda bo'g'langan Samadni o'tovga kiraverishda otdan tashladilar.Samad qiynalib o'rnidan turdi.Ozarboyning o'g'li Alibek esa kulimsirab bir siltovda arqonni ikki joyidan kesdi.Samad oyoqlari ostida kulcha bo'lib yotgan ikki bo'lak chilvirga ijirg'anib qaradi-yu tepvordi.
Qora terga botgan otlar pishqirgancha,o'tov atrofida bosilgan maysalarni iskar.
Samad uvishgan bilaklarini uqalab,o'tovning nimqorong'I ichkarisiga tikilib turib bir so'z aytar:

'...Aksimga tikildim


sovuq bodlardan
Jimirlagan ko'lda -
qayg'irmadim-a.
Har kimning yukini tortdim otlarday,
Och yotdim och cho'lda -
qayg'irmadim-a.
Yaxshi-la hamisha borim bo'lishdim,
Yomon-la o'lishdim -
qayg'irmadim-a.
Saharlar - qurumda,
qaro tunlari
Qorlarda cho'mildim -
qayg'irmadim-a.
Yo'l oldi xurjunga yovosh ayolim
nonu tuz solmadi -
qayg'irmadim-a.
Bir do'stim bo'lsa deb,ezildi jonim,
orzum ushalmadi -
qayg'irmadim-a.
Tizzamga o'tqizib,silab,suyunib
suymadim o'g'limni -
qayg'irmadim-a.
Quvib bo'lmadi baxt - uchqur bug'uni
hattoki burulda -
qayg'irmadim-a.
Har tosh panasida poyladi o'lim -
Egri pichoq bilan,
qayg'irmadim-a.
Faqat bir narsadan qayg'irar dilim,
mumkinmas umrni qayta boshlamoq.
Faqat bir narsadan qayg'irar dilim,
o'tarman yuzlardan sirg'algan yelday,
o'tarman, og'riqni sezmas vujudim,
hasrat-da,sog'inch-da qaytadan kelmas.
Faqat bir narsadan qayg'irar dilim,
seskanib turarkan o'lim sasidan,
hech qayda ko'rmadim suluvroq kelin
Ozarboy oqinning zaifasiday.

Samad buni bir nafasda kuyladi.Shoshilmay,zo'riqmay kuyladi. Qorong'ida gavdasi kelishganroq,yuzi ko'rkamroq tuyuldi.


Kunduzi u xunuk ko'rinar - qiyofasiga ovozi yetishmasdi.
Shundagina yig'inlarda uni ko'p ko'rganimizni,biroq ovozini eshitmaganimizni esladim.
Birdan o'tovga kirishdagi parda ko'tarildi.Ichkaridan past bo'yli Ozarboy qariya chiqdi.
- Alibek! - chaqirdi o'g'lini.
- Shu yerdaman,ota.
- Ikkita ot ber,ketishsin!
- Ota?!
- Eson-omon ketishsin!
Ozarboyning ortida yuzini guldor ro'molda qiya to'sgan Bayan ko'rindi.Samad burul otiga Bayanni o'tqazdi.O'zi Alibekning otini tutib,bir sapchib egarga mindi-yu,ikkalasi qorong'I cho'l qa'rida g'oyib bo'ldi.
- Ota! - qichqirdi Alibek cho'nqayib o'tirganicha alamidan yig'lamsirab.
- Quloq sol,bolam.Sizlaram eshiting! Yigit Samad meni sharmanda qildi.Biroq shoir Samad Ozarboy oqin dovrug'ini davom ettiradi.Go'sht pishdimi,aylanaylar?
- Pishub qoldi,ota, - javob berdi jaranglagan ovozda oq jovlik kiygan juvon.
- Kim ochiqqan bo'lsa,kirsin, - dedi-yu mo'tabar qariya o'tovga kirib ketdi.
www.ref.uz
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə