Oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib



Yüklə 107,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü107,04 Kb.
#144186
Portlash - Vikipediya



Portlash
Portlash
— oniy vaqtda chegaralangan
hajmda katta miqdorda energiya ajralib
chiqish jarayoni. Maʼlum xajmni egallab
turgan modda P. natijasida energiya
ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch
bilan harakatga kelti-ruvchi yuqori
bosimdagi qizigan gazga aylanadi. P.
qattiq jismda uning yemirilishi va
parchalanishi bilan kuzatiladi. Muhitningt-
rasi, zichligi, bosimining keskin
koʻtarilishidan yuzaga kelgan harakat P.


toʻlqini deyiladi. Bu toʻlqin muhitda juda
katta tezlik bilan harakatlanadi. P.
vakuumda yuz bersa, P. energiyasi turli
tomonga katta tezlik bilan uchib
chikadigan portlovchi moddalarning
kinetik energiyasiga aylanadi va atrofdagi
turli obʼyektlarga nisbatan mexanik
taʼsirni yuzaga keltiradi. P. joyidan
uzoklashgan sari P. toʻlqinining taʼsiri
kuchsizlana boradi. Energiya
manbainingtabiati va u qanday yoʻl bilan
ajralib chiqishiga qarab P. bir necha turga
boʻlinadi. Kimyoviy portlovchi moddalar
kimyoviy boʻlinish xossasiga ega; bunda
molekulalararo bogʻlanish energiyasi
issiqlik energiyasi sifatida ajralib chikali.
Portlovchi moddalar uchun temperatura


oshishi kimyoviy boʻlinish tezligini
ifodalaydi. Nisbatan past temperaturada
kimyoviy boʻlinish juda sekin yuz bera-di,
natijada portlovchi modda bilan atrof
muhit orasida issiklik muvoza-nati yuzaga
keladi. Agar ajralib chiquvchi issiklikning
moddadan tashqariga chiqib
ketmasligiga sharoit yaratilsa,
temperatura oshishi bilan kimyoviy
boʻlinish jarayoni tezlashadi, bunga
issiqlik ajratib portlash deyiladi. Yana
shunday P. jarayoni borki, bunda kimyoviy
oʻzgarish portlovchi modda boʻylab birin-
ketin qatlamdan qatlamgatoʻlqin
koʻrinishida tarqaladi. Moddaning ol-dingi
holatidan juda yuqori bosimli va
temperaturali holatga keskin oʻtishini


taʼminlovchi bunday toʻlqin zarba
toʻlqinidir (yana qarang 
Detonatsiya
).
Moddalarning fundamental oʻzgarishlari
bilan bogʻliq boʻlgan yadro P.lari ham
mavjud. Bu P. atom yadrosiningtarkibiga
kiruvchi elementar zarra (proton, neytron)
larning bogʻlanish energiyasi ajralib
chikishiga asoslangan. Modda ato-mi
yadrosining parchalanishi natijasida
nisbatan yengil yadroli elementlar hosil
boʻladi. Yadrolarning parchalanishi
natijasida hosil boʻlgan yangi neytronlar
boshqa yadrolarning parchalanishiga olib
keladi va, nixryat, parchalanish soni juda
tez usadi. Shunday oʻz-oʻzini tezlatuvchi
jarayonga zanjir reaksiyasi deyiladi.


100 kg uran yoki plutoniy yadrolarining
parchalanishi uchun kerakli vaqt 10~6 s
ni tashkil kiladi. Boshkariladigan zanjirli
yadro reaksiyasi yadro reak-torida
amalga oshiriladi.
Katta miqdordagi energiya ajralib
chikadigan yadro reaksiyasining yana
boshqa turi — yengil yadrolar sintezi
reaksiyasi. Yuqori temperaturada yuz
beruvchi sintez jarayeni termoyadro
reaksiyasi deyiladi. Deyteriy yadrosining
(vodorod izotopi 2N) sintezida shuncha
massadagi uranning parchalanishida
ajralib chiqadigan energiyadan 3-marta
koʻp energiya ajralib chiqadi. Sintezga
kerakli temperaturaga erishish uchun uran


va plutonning yadro reaksiyasidan
foydalaniladi. Yuqorida koʻrsatilgan P.
turlarida ajralib chiqadigan energiya
moddalarning molekulyar va yadro
bogʻlanish energiyasidir. P. ning yana
shunday turlari borki, ularda ajralib
chiqadigan energiya tashqi manbadan
yuboriladi. Shunday P.ga misol qilib
muhitning kuchli elektr razrya-dini olish
mumkin. Bunda elektr energiyasi razryadli
oraliqda muhitni yuqori temperatura va
bosimli ionlashgan gazga aylantiruvchi
issiqlik koʻrinishida ajralib chiqadi.
Fokuslantirilgan lazer nurini jismga taʼsir
qildirish yoʻli bilan ham P. hodisasini hrsil
qilish mumkin.


Tabiatda P.ni hosil qiladigan juda koʻp
hodisalar mavjud. Chaqmoq vaqtida
atmosferadagi elektr razryadlari,
vulqonlarning toʻsatdan otilishi, yirik
meteoritlarning yer yuziga tushishi turli
P.larga misol boʻla oladi. Tungus
meteoritining (1907) Yerga tushishi
natijasida yuz bergan portlashda ~107 t
trinitroluolning portlashida hosil
boʻladigan energiyaga teng energiya
ajralib chiqqan.
Kimyoviy portlovchi moddalar buzish
ishlarida asosiy vosita hisoblanadi. Yadro
P.larining buzish qobiliyati yuqori. Bitta
yadro bombasining P.idagi energiya 10


mln. t kimyoviy portlovchi moddaning
energiyasiga ekviva-lentdir.
P. ilmiy tadqiqot ishlarida ham keng
qoʻllaniladi. P. gaz, suyuqlik va qattiq
jismlarning yuqori bosim va
temperaturadagi xususiyatlarini
tekshirishda, fizikaning nomuvozanat
jarayonlarida — turli muhitlarda massa,
energiya va impulslarning uzatilishini,
moddalarning faza oʻtishlari
mexanizmlarini, kimyoviy reaksiya va
boshqa hodisalarni oʻrganishda juda
muhim. P. foy-dali qazilmalar joylashgan
yerni aniklash va ularni ochishda, yoʻl,
toʻgʻon va togʻlardagi tonnel qurilishlarini


bajarishda P. jarayonidan keng
foydalaniladi (qarang 
Portlatuv ishlari
).
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Portlash&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 25-Sentyabr 2022, 23:25
da tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Portlash&oldid=2905376
" dan 
olindi

Yüklə 107,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə