O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish Asosiy savollar



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə1/5
tarix03.03.2022
ölçüsü25,55 Kb.
#84298
  1   2   3   4   5
9- maruza


O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
Asosiy savollar:

  1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish haqida tushuncha, mohiyati.

  2. Vaqtdan unumli foydalanish, o’qituvchiniig bo’sh vaqti.

  3. O’qituvchining kun tartibi va ish joyi.

  4. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning tomonlari va olish
    yo’llari.

Kimki shogirdligidan chin dildan shod,

Bir kun o’zi ham bulg’usi ustod.

Ilm ila yetish mumkin birodar,

Zarradan tortub to quyoshga qadar.



Nosir Xisrav

Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta’lim tarbiyadan ko’zda tutilayottan maqsadlarga yetishish, o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o’stirish o’quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kelajagi, mustaqil o’zbekistonning istiqdoli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Hozirda uzluksiz pedagogik ta’lim g’oyasi amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan o’qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik diqqat markaziga qo’yildi.

Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. SHuning uchun ham mustaqil o’zbekiston davlatining umumiy ta’lim maktabida ishlaydigan o’qituvchi

pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon;

milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;

o’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan e’tiqodli fuqaro;

ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, nazariy ishlarni mukammal egallagan bo’lishi kerak.

Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy hislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogik o’qituvchilik faoliyatini yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarni izzat- hypmatiga sazovor bo’lishi uchun ham kishida qobiliyag, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.

Yuksak mahoratli o’qituvchi bo’lish uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburon bo’lishi kerak. qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa iste’dod layoqat va zehn, ya’ni inson nerv tizimida anatomo fiziologik xususiyat ham bo’lishi zarur.

Mahoratli o’qituvchi o’quvchilarni fanlarni savodli o’zlashtirishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga o’tishlari, bo’shashish, lanjlik, layoqatlariga barham berish uchun vaqt ajratish zarurligini hicobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar ish boshlamaydi. Masalan darsning haddan tashqari zuriqish bilan va kuchli boshlanishi o’quvchilarga munozara qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatta sabab bo’ladi. Miya faoliyati tumanlashadi va o’qituvchining so’zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi.

Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan o’qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. Masalan: "Ota o’zining 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi va unga deydi: - Taqani ol - eski taqa uchun egilib o’tiramanmi - deb gap qaytaradi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi egilib taqani oladida, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshladi. Bir oz yo’l yurgandan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog’iga tugib oladi. o’qliga ko’z-ko’z qilib bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir donasini yerga tashladi. o’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqoqini bostirmoqchi bo’lib og’ziga soladi. Otasi olchani ketma-ket tashlaydi. o’g’li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib yegandan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga o’zata turib deydi: "Ko’rdingmi o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar yengil mehnat og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duch kelasan!”

Bu ertakning pedagogik ta’sirini salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda o’qituvchi quyidagi savollar orqali tarbiyaviy mahoratini oshiradi:


  • Otaning talabi to’g’rimi yoki yo’qmi? Sababini ochib bering.

  • Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to’g’rimi?

  • Bolaga dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi. Bu borada sizning fikr- mulohazalaringiz qanday?

Tarbiya jarayonida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: bolaga qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish, o’quv tarbiya jarayonida o’qituvchi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari bilan yondoshadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiadi, tanbeh beradi.

O’qituvchining pedagogik asosda qo’yilgan talablarni tushuntirish nojuya harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va jamoada moslashguncha ketma-ket talablar qo’yiladi. Yuqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obruyiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:



  • Tarbiyachi tomonidan talabni to’ppa-to’g’ri qo’yilishi. Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Ulug’ pedagog A.S.Makarenko "samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa jamoani tarbiyalashni boshlab bo’lmaydi" degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yo’liga boshlash uchun;

  • talabni ijobiy va bolani hatti-harakatlariga to’sqinlik qilmasligi;

  • talab aniq va tushunarli bo’lishi;

  • qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;

  • talab ochiq chehra, samimiy, bir ohangda berilishi, iltimos maslaxat yaxshi niyatga chorlash;

  • talab bolalarning yoshi, bilim saviyaiga mos bo’lishi;

  • talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalar.

Kishilik jamoasi paydo bo’lgan davrdan boshlab inson hech qachon og’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilishi va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va amaliy asoslari, mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganib, almiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:

sinf boshlang’ich jamosini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish;

o’quvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralari jamoada jipslashtirish;

shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;

jamoada bir-biriga mehr oqibatli, muruvvat va saxiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidan turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi.

o’qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashuv darsida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik talablarini to’g’ri qo’ya bilish bilan birga o’qituvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lish kerak.

o’quvchilar jamoasida yetakchi tayanch o’zagini tanlash.

Jamoa a’zalarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.

Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.

Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.

Kishikim bo’lsa donishmand oqil

Bular ilm va hunarla ko’ngli moyil.

Furqat.

Har bir o’qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o’stirishi kerak. o’qituvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab ularning ko’ngigi ozor yetkazmasdan muomala madaniyatini bilgan holda ish olib bormog’i lozim. Har bir o’qituvchining dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: “Bola shirin so’zning gadosi”. Bas shunday ekan, tarbiyachi o’z muomilasida juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. A.Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “SHirin so’z ko’ngillar uchun bamisli asaldir”.

Yana bu haqda Husayin Voiz Koshifiy shunday deydi: “Nasihatli shirin so’z-u muloyimlik birla ibtido qilday, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushruylik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas”.

Davlat ta’lim standartlarining muhim darajasi bo’lgan eksperimental tayanch o’quv rejasi va dasturlar har tomonlama puxta o’rganilishi zarur. Ushbu dastur va rejani yaratishda mamlakatimizdagi fan texnika ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi rivojlanishlar hisobga olingan. Undan avvalo o’quvchilarni psixologik fiziologik xususiyatlariga muhim o’rin berilgan.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari umumta’lim maktablari oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini qaytadan mukammal ishlab chiqishlari lozim.

ta’lim-tarbiya shaklari usuli vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish;

ta’lim madaniy-ma’rifiy muassasalarini yangi texnika va texnologiya asosida zamonaviy jihozlash;

o’qituvchi murabbiy ijodkorligini ta’minlash kasb mahoratlarini oshirishning samarali yo’llarini topish;

oila, mahalla, maktabda ta’lim-tarbiya mazmunini mukammal ishlab-chiqish amaliyotiga keng tadbiq etish.

SHunday qilib o’qituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, davlatning bu haqdagi g’amxurligi, barkamol avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifasini yorug’ yuz bilan ado etish uchun kuchli turtki bo’ladi.

Kishikim hayotdan olmasa ta’lim

Unga o’rgata almas hech bir muallim.


Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə