O'quv- sport ishlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 21,6 Kb.
tarix24.02.2018
ölçüsü21,6 Kb.
#27911

Aim.uz

O'quv- sport ishlarini tashkil qilish.
Reja:
1. Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash.

2. Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish. ,

3. O'qituvchi- murabbiylar guruhini tuzish va uiarning ishini tashkil qilish.

4. Jamoa aktivi bilan ishlash.

Suzish bo'yicha o'quv sport ishlarini uyushtirish, rejalantirish, hisobga olish o'quv trenirovka jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydi. O'qituvchilar va jamiyat faollari ish faoliyatining, samaradorligi ko'p jihatdan o'quv sport ishlarining sifatli uyushtirilishiga va muntazam hisobga olib borilishiga bog'liq. O'quv-sport ishlarini uyushtirishga quyidagilar kiradi:

1. Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash.

2. Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish

3. O'qituvchi -murabbiylar uyushmasini tuzish va uiarning ishini tashkil qilish.

4. Jamoa faoli bilan ishlash.

Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash. Yozgi va qishgi tabiiy va sun'iy suv havzalari suzish bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini uyushtirish va o'tkazish joyi hisoblanadi. Bunday sport inshootlarida odatda turli harakterdagi mashg'ulotlar uchun maxsus xonalar bo'ladi. Jumladan nazariy darslar uchun maxsus adabiyotlar, ko'rgazmali qurollar, turli kinofilmlarni namoyish qilish uchun kino apparatlar bilan jihozlangan amaliyot xonasi, amaliy mashg'ulotlarning quruqlikda o'tkaziladigan qismi uchun xona, suzish texnikasini o'rgatish va umumiy hamda maxsus jismoniy mashg'ulot o'tkazish uchun zarur bo'lgan jihozlar va inventarlarga ega maxsus zal, suzishni bilmaydiganlar bilan mashg'ulot o'tkazish uchun sayoz cho'milish havzasi, shug'ullanuvchilarni sportcha suzishga o'rgatish va toifali suzuvchilar bilan trenirovka mashg'ulotlarini o'tkazish uchun har jihatdan standart cho'milish havzasi bo'ladi. Suzish uchun o'z imkoniyatiga ega bo'lmagan sport jamiyatlari mashg'ulot o'tkazish uchun joyni kerakli vaqtga ijaraga olib, undan maqsadga muvofiq foydalanishlari lozim.

Ochiq havoda turli sport mashg'ulotlaridan foydalanib, xususiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun sport jamiyatlari eshkakli sport turlari va chang'i bazasiga, stadion va hokazolarga ega bo'lishi yoki ularni ijoraga olishi kerak. Agar hovuz yoki yozgi suv bazasi bo'lmasa o'quv sport ishlarini tabiiy suv havzalarida o'tkazish mumkin. Umuman maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar jamoadan to'silgan, tozalanib jihozlangan har qanday suv havzasida o'tkazilishi mumkin.

Suzishni bilmaydiganlar bilan bo'ladigan darslar, toza, tobora chuqurlashib boradigan soy havzalarida o'tkaziladi. Suvning dars o'tiladigan qismi jamoadan to'silib, ustunlarga bog'langan arqon bilan chegaralangan bo'lishi kerak. Suzishni biladiganlar bilan trenirovka mashg'ulotlarini o'tkazish uchun chuqurligi 1,5-2 metr keladigan joy tanlanadi va eng oddiy suv bazasi barpo qilinadi.

Sportcha suzish usullarini o'rgatish uchun qirg'oq bo'ylab, suvdan 5-1 Osm balandlikda ramka o'rnatiladi. Trenirovka mashg'ulotlari o'tkaziladigan joy ikki tomonga 25-50m oraliqda, burilish uchun o'rnatilgan taxta shgit suv ostiga qoqilgan qoziqchalarga mahkamlanadi va shgitlar orasida bir- biridan 2- 2,25m uzoqlikda po'kak o'tkazilgan arqon bilan ajratilgan yo'laklar hosil qilinadi.

Burilish shgitning ustida start olish uchun supachalar bo'ladi.

Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish asosan o'quv yilining boshlanishida yoki yozgi suzish mavsumida amaiga oshiriiadi.

Bunda shug'ullanuvchilar yoshi, jinsi, suzish tayyorgarligiga qarab guruhlarga bo'linadi. Sportcha suzishni boshlovchilar uchun o'quv guruhlari, keksa yoshdagi kishilar uchun sog'lomlashtirish guruhlari tashkil qilinadi.



Tayyorgarlik buyicha-suzishni bilmaydiganlar, bo'sh suzadiganlar, o'zicha yaxshi suzadiganlarga bo'linadi.

O'quv; sport darajasiga ega butmagan cuzuvchilar III va II darajalilar; 1-darajalilar va sport ustalari sportni takomillashtirish gruppalariga jalb qilinadi.

Bitta o'qituvchiga quyidagi miqdorda shogirdlar bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi.

- suzishni bilmaydiganlar, yomon biladiganlar va o'zicha suza oladiganlar o'quv va o'quv sog'lomlashtirish guruhlarida 12-15 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.

Mashg'ulotlar haftasiga 2-3 marta, suvda 30-45 minut davomida o'tkaziladi.

- Sportcha suzish texnikasini o'zlashtirganlar o'smirlar va III darajalilardan iborat o'quv-trenirovka guruhi 8-10 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.

Mashg'ulot bir haftada 3-4 marta, suvda darslar 45-60 minut davom etadi.

- II darajali suzuvchilardan iborat o'quv trenirovka gruppasi 6-7 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.

Mashg'ulot bir haftada 4-5 marta o'tkazilib, ularning har biri 60-90 min davom etadi.

- I darajali va sport masterlaridan ibort takomiliashtirish guruhida 4-6 kishi shug'ullanadi.

Mashg'ulotlar haftasiga 6,9.12 marta o'tkazilib, suvdagi darslarning davom etishi 90-120 minutni tashkil etadi.

Ommaviy cho'milish joylarida aholi punktlarida shaharlarda, shahar chekkalarida, dam olish uylari joylashgan manzillarda yilning yoz faslida aholini suzishga o'rgatish o'quv punktlari uyushtiriladi. Oromgohlarda bolalarni suzishga otryadlar bo'yicha o'rgatiladi.

Sportcha suzish maktabida yoshiga qarab suza oladiganlardan tuzilgan o'quv guruhlari sportcha suzishga o'rgatiladi.

Ayrim sport maktablarida doimiy ishlaydigan o'rta guruh 11-12, 13- 14, 15-16 yoshlardan iborat terma komanda guruhlari fakultet va har bir kurs buyicha tuzilib ularga suzishni istovchi talabalar kiritiladi.

Shahar sport komiteti va tashkilotlari tomonidan uyushtiriladigan yoshlar sporti maktablarida suzish sporti dasturiga muvofiq kelajagi porloq bolalar va shaharning eng kuchli suzuvchilari bilan o'quv sport ishlari olib boriladi.
Jamoa faolini tuzish

Har bir guruhga o'qituvchilar biriktirilgandan so'ng guruh sardori va unga yordamchi saylanadi.Sardorlar guruhni o'tiladigan darsga tayyorlashda va o'qituvchiga o'quv- tarbiyaviy hamda o'quv sport ishlarini o'tkazishda ko'maklashishi kerak.

Barcha o'quv va sport guruhlarida tashkiliy ishlar tugab ular komplektlanib bo'lgandan keyin shug'ullanuvchilarning umumiy majlisi chaqiriladi xahda qo'mitaning shu'ba byurosi saylanadi. Uyushma sho'basining ish rejalarini tuzadi.
Rejaga ko'ra:

1. Siyosiy tarbiyaviy va madaniy ommaviy ishlar.

2. Tashkiliy ishlar

3. O'quv sport ishlari

4. Ommaviy sport ishlari

5. Tashkiliy xo'jalik ishlari bo'limlari ish olib boradi.


Rejalashtirish.

Suzish bo'yicha o'quv -mashg'ulot jarayonini rejalashtirish deyilganda butun o'quv materiallarini izchil taqsimlash tushuniladi. Unda dastur nazarda tutilgan hajmdagi nazariy va amaliy o'quv materialini o'tish izchilligi va muddati belgilab qo'yiladi.

Tematik ish rejasi dastur va o'quv materialini o'tish jadvali asosida tuziladi. Dastur materiallari darslarga taqsimlanadi har bir dars tematikasi aniqlashtiriladi, nazariy va amaliy darslarning mazmuni belgilanadi. Ish rejasi bir oy yoki bir yilga mo' ljallanadi.

Darsning reja-konspekti ish rejaga asosan shug'ullanuvchilarning o'tilgan materiallarni o'zlashtirishiga qarab tuziladi.


Mashg'ulotlarni rejalashtirish.

Katta darajali suzuvchilar sport mashgulotlari bir necha yillik va bir yillik rejaga ega boTadilar. Rejani 2-4 yilga tuzishda suzuvchi qatnashadigan asosiy musobaqalar va ularga tayyorgarlik albatta hisobga olinadi.

Suzuvchilar kichik .guruhlarining sport tayyorgarlik darajasi va asosiy maqsadi bir bo'lsa, bundaylar uchun ham alohida reja tuziladi. Alohida rejaga asosan har bir davr uchun mashg'ulotlarning haftalik yoki ikki haftalik sxcmasi tayyorlanadi.
O'quv-sport ishlarini hisobga olish.

Hisobga olish sodda, ko'rgazmali va imkoni boricha qisqa yozilgan hujjatlarda aks etishi kerak. Hisobga olish dastlabki, kundalik va yillik bo'ladi.

Dastlabki hisobga olishga quyidagilar kiradi:

1. Shug'ullanuvchilar haqida umumiy ma'lumot - ismi va familiyasi tug'ilgan yili va oyi, millati, ijtimoyi ahvoli, ish yoki o'qish joyi, lavozimi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish staji, suzish bilan shug'ullanish staji, uy adressi vatelefon nomeri.

2. Shug'ullanuvchining suzishga bo'lgan tayyorgarligiga tavsif. Sportcha suzish texnikasini egallash darajasi va sport darajasi, sportda qo' Iga kiritilgan shaxsiy yutug' lar.

3.Shug'ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ining umumiy holati hamda tavsifnoma, og'irligi, bo'yi, ko'krak qafasinmg kengligi, gavda kuchi, qo'l kuchi, qon bosimi, puis va boshqalar haqida hakim xulosasi.

4. Kundalik hisobga olishda o'quv rejasining holati, shug'ullanuvchilar texnik mahoratining o'sishi, sog'ligi va jismoniy rivojlanishi nazorat qilib boriladi.
Hisobga olishning asosiy hujjatlari:

Guruhga qabul qilish uchun ariza-anketa, iltimosnomadan tashqari shug'ullanuvchi o'z to'g'risida umumiy ma'lumotlar beradi.

Sportchining shaxsiy hisobga olish varaqasi hujjat hisoblanadi. Shunga asosan klassifikatsiya bileti va daraja nishoni beriladi.

Mashg'ulotni hisobga olish jurnali- asosiy hujjat bo'lib. Unda o'quv-sport ishlari o'z vaqtida muntazam hisobga olib boriladi.

Meditsina ko'rigi varaqasi joriy qilingan formada hakim to'ldiradi va o'z xonasida saqlaydi.

Trener jurnali - oddly umumiy daftar yoki idora kitobi jurnalda har bir suzuvchiga yil davomidagi mashqlar kuzatuvini yozib borishi uchun zarar miqdorda varaqlar ajratiladi. Sport kundaligi trenerga mashg'ulot samarasini tekshirishga yordam beradi, shugullanuvchini trenirovkasini tog'ri tashkil etishga o'rgatadi.


Tayanch iboralar

Ochiq havoda jismoniy tayyorgarlikni oshirish, chuqurlashib boradigan suv havzalari, I - 11 - III darajali suzuvchilar, dastur asosida darslarning taqsimlanishi, suzuvchining bo'yi, og'irligi, ko'krak qafasining kengligi, kuchi, qo'l kuchi, qon bosimi, puis.
Yüklə 21,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə