O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati



Yüklə 371,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.04.2023
ölçüsü371,03 Kb.
#107568
  1   2   3   4   5
13-amaliy mavzu



13-mavzu. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashxis etish 
Reja: 
1. 
O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari 
2. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati 
Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv 
hamda tashxislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik.
Tashxis 
– bu didaktik jarayon kechadigan barcha Sharoitlarni 
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni 
samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin 
emas. 
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik 
ajratib olinadi. Shuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan 
maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning 
maqsadi 
o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq 
holda o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq 
ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi
biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish 
yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining 
shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi.tashxislash nazorat, tekshirish
baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, 
tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga 
oladi. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash 
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning 
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy 
hamrohi bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, 
texnologiyalari haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi 
pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular 
baho nimani ko‘rsatishi lozimligi: ta’lim oluvchi o‘zlashtirishning qat’iy 
belgilovchisi – sifat ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta’lim 
tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi degan 
masalada bahslashib kelmoqda. 
Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug‘ilishini buyuk pedagog 
Ya.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni o‘zlari ega bo‘lgan 
baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga 
nisbatan nazoratning ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida 
yotadi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) 
nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat o‘qitishning o‘ziga xos metodi sifatida 
aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo‘nalganlikga ega bo‘lishi, o‘z-
o‘zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun 
zarur va foydali bo‘lishi lozim. 


Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat 
va baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning eskirgan 
shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv mehnatini 
rag‘batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab 
borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. 
Tashxislash tizimida baho rag‘batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga 
ega bo‘ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin 
bo‘lgan tashxislash natijalari shaxsning o‘z darajasini belgilashga ko‘maklashadi, 
bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim 
(shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o‘tmishda 
ko‘plab o‘quvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting 
– insonning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. 

Yüklə 371,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə