Oʻrta forscha: Xiyōn yoki Hiyōn; avestocha: Xiiaona; soʻgʻdcha xwn



Yüklə 149,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.03.2023
ölçüsü149,16 Kb.
#103789
  1   2
Xioniylar - Vikipediya



Xioniylar
Xioniylar
— (oʻrta forscha: Xiyōn yoki
Hiyōn; avestocha: Xiiaona; soʻgʻdcha xwn;
pahlaviy Xyon) — Movarounnahr va
Baqtriyadagi koʻchmanchi xalq. Baʼzi
tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy
togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning
1-yarmida janubi-gʻarbga siljib, Amudaryo
va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.


Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini
egallab, janubga harakat qilishgan va
ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga
qaram boʻlib qolgan 
Kushon podsholigi
oʻrnini egallaganlar hamda markazi
Toxariston boʻlgan Shimoliy Hindiston,
Afgʻoniston, Xurosonning bir qismini ham
oʻz ichiga olgan Xioniylar davlatini (4— 5-
asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh
tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab
Orol dengizi shimolida yashaganligi va
yirik massaget qabilalar ittifoqiga
mansub boʻlib, hunlar bilan
aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N.
Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever).
Xioniylar V asrda


Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi
asarlarda Xioniylar "oq hunlar" deb
atalgan. 4-asrning 70-yillarida Xioniylar
sosoniylar Eroniga qarshi hujum
uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar.
Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran
(418— 438), Yazdigard II (438—457)
davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga
aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom
etayotgan bir paytda yangi bir sulola —
kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy
togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan
janubi-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo
(Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh
qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni
boʻlib qolganlar.


Ularni birinchi marta milodiy 356-357
yillarda Baqtriyada bo'lgan Rim tarixchisi
Ammian Marcellin tasvirlagan; u
xioniylarni kushonlar bilan birga
yashaganini ta'riflagan.
[1]
 Ammian
xioniylar avvallari Movarounnahrda
yashab, Baqtriyaga kirgandan keyin
kushonlarning vassaliga aylanib, ular
madaniy taʼsirida boʻlib, baqtriya tilini
oʻzlashtirganliklarini koʻrsatadi. Ular
Sosoniylar imperiyasiga hujum qilishgan,
lekin keyinchalik (Grumbates ismli
boshliq boshchiligida) Sosoniylar
qoʻshinida yollanma askar boʻlib xizmat
qilgan.
Asl kelib chiqishi


Xioniylar ichida eron tillarida Karmir Xyon
va Spet Xyon kabi nomlar bilan ma'lum
bo'lgan ikkita asosiy kichik guruh mavjud
bo'lgan. Karmir ("qizil") va speta ("oq")
prefikslari, ehtimol, Markaziy Osiyo
an'analariga tegishli bo'lib, ularda ma'lum
ranglar asosiy nuqtalarni anglatadi.
Karmir Xyon Yevropa manbalarida
Kermichionlar yoki “Qizil Xunlar” nomi
bilan mashhur boʻlgan va baʼzi olimlar
ularni 
kidariylar
 va/yoki Alxonlar bilan
birlashtirgan. Spet Xyon yoki "Oq xunlar"
Hindistonda Sveta-huna nomi bilan
mashhur bo'lgan ko'rinadi va ular
ko'pincha eftaliylar bilan bog'liq.


Xioniylar, xunlar va turkiylar o‘rtasidagi
tafovutlarni britaniyalik sharqshunos olim
Karlil Aylmer Makartni (1944) ta’kidlagan
bo‘lib, u dastlab qarindosh bo‘lmagan
xalq nomi bo‘lgan “Xion” nomi “Xun" so'zi
bilan o'xshashligi sabab keyinchalik bu
xalqqa ko‘chirilgan” degan fikrni bildirgan.
IV asrda Eronning shimoli-sharqiy
chegarasidagi dashtlarda paydo bo'lgan
xioniylar, ehtimol, xunlarning bir tarmog'i
bo'lib, Yevropada birozdan keyin paydo
bo'lgan. Xunlar taxminan miloddan
avvalgi 360-yilda Ural va Volga oraligʻida
yashagan Alanlarga hujum qilib, ularni
bosib olgan va xioniylar haqida birinchi
eslatma milodiy 356 yilda boʻlgan.
[2]


Amerikalik sharqshunos tarixchi Richard
Nelson Frye (1991) fikricha, xioniylar
sharqiy eroniy xalqi boʻlishiga qaramay,
xioniylarning shakllanishida kam bo'lsa-
da baʼzi turkiy qabilalar ishtirok etgan.
Koʻchmanchi xalqlar tuzgan davlatlar
koʻp xalqlardan iborat konfederatsiyalar
boʻlgan, xususan, xioniylarning hukmron
guruhlari orasida qisman sharq va
shimoldan kelgan turkiyzabon qabila
vakillari boʻlgan, garchi Xioniylar
konfederatsiyasidagi xalqning katta
qismi, eroniy tillarda gaplashgan. Bu O‘rta
Osiyo tarixida oxirgi marta eroniyzabon
ko‘chmanchilar hukmronlik qilgan,
bundan keyin ko'chmanchilar tomonidan


tuzilgan barcha davlatlarni turkiylar
tuzgan”.
[3]
5-asrning 2-yarmida Xioniylar va
Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga
olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi
oʻrtaga chiqadi va 6-asrning 60-
yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik
davlatga aylanadi.
Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining
shakllanish jarayoni, Toshkent, 2001.
Adabiyot



Yüklə 149,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə