O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
Bakalavriatning O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi uchun 
 
 
« O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI» 
fanidan
 
 
 
 
MA'RUZALAR MATNI 
 

 
 
 
 
 
Tuzuvchi: H.Allambergenov 
 
 
NUKUS-2011 


2
1-mavzu: KIRISH: FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja: 
1.
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni. 
2.
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari. 
3.
Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot. 
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: xalq tarixi, xalq og`zaki ijodi, 
adabiyot tarixi, adabiy aloqalar, badiiy adabiyot, tarjima adabiyoti, mumtoz adabiyot, 
adabiyotni davrlashtirish, nazm, nasr, epos, o`zbek adabiyoti bosqichlari, 
davrlashtorish, B.To`xliyev, N.Mallayev, folklore, an’anviylik, variantlilik, 
badihaguylik, anonimlik 
1.
 
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni. 
O`zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O`tmishda yaratilgan mo`tabar 
og`zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o`rganish va bilish har bir 
o`quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug` burchidir. Bugungi kunda, 
yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so`ng, o`tmish merosimizga 
e`tibor yanada kuchaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov o`zlarining qator suhbatlari, nutq 
va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni o`rganishning ahamiyatini 
qayta-qayta ta`kidlamoqdalar. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so`nggina 
bizga noma`lum ko`pgina ulug` shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida 
ma`lumotga ega bo`ldik. Asarlarini o`rgana boshladik. 
O`zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot – jamiyat hayotining o`ziga xos 
ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o`zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli 
badiiy shakllarda aks ettiradi. Adabiyot, avvalo, so`z va ruhiyat san`atidir. U inson 
ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni aks ettirishga 
intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlariday, ularning qalb 
kechinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi 
shug`ullanadi.

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə