O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə1/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI
O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI” FANIDAN


MAVZU: O’zbek dostonchilik maktabi

Bajardi: 4–“M” guruh talabasi Ibodova Mehriniso


Tekshirdi: Norova Shoira Umrzoqovna
Buxoro - 2020
O’zbek dostonchilik maktabi

Reja:
KIRISH

  1. Dostonchilik xalq fol’klorining yirik janrlaridan biri sifatida.

  2. O‘zbek xalq dostonchilik san’ati tvrixi va an’anlari

  3. Dostonchilik maktabi va ularnining yetuk namoyondalari


XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

O‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganish Respublikamizdagi hamma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalariga bejiz tavsiya etilmayapti. Xalqimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘zbekona urf-odatlar, rasm - rusmlar, asrlar davomida yaratilgan dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar haqida alohida g‘urur bilan gapirila boshlandi. Har bir inson biron sohaning mutaxassisi bo‘lishdan tashqari o‘z xalqining farzandi bo‘lmog‘i lozim. Yaqin o‘tmishda alla bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni yoki askiya aytib ko‘ngil chigillarini yozmagan o‘zbeklarni uchratish mushkul bo‘lgan. Afsuski, endilikda biron odamni maqtaydigan bo‘lsak, alla ayta olishini, silliq so‘zlashini, askiyada qatnashishini fazilat qilib ko‘rsatamiz. Demak, bugungi kunda o‘zbek qadriyatlari bulog‘idan suv ichgan, o‘zbekona muomalani butun qalbiga singdirgan, to‘ylarda, azalarda, ishboshilik qiladigan, murosasi kelishmagan taraflar o‘rtasini totuvlashtiradigan o‘zbeklar bir oz kamayib qolibdida.


Ana shu fikrning o‘zida og‘zaki ijodimizni nima uchun o‘rganamiz, degan savolga javob berilgan. Xalq og‘zaki ijodini, qadriyatlarini bilmay turib, o‘zbekman, deyish mumkin emas. O‘zbek millatiga mansub insonning o‘zbekman deyishga haqqi yo‘q ekan, u odam xalqining yuziga oyoq qo‘ygan, ota - bobolari hurmatini haqoratlagan hisoblanadi.
Alohida ta’kidlash lozimki, o‘rta ma’lumot beruvchi ta’lim tizimida xalq og‘zaki ijodini alohida o‘rganish birinchi marta amalga oshirilmoqda. Shu paytgacha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham og‘zaki ijod asarlari o‘rganilgan va o‘rganilmoqda.
Doston o‘zbek fol’klorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axlokiy-estetik qarashlari, adolat va xaqqoniyat, ozodlik va tenglik, qaxramonlik va vatanparvarlik xaqidagi goyalari bilan chambarchas bogliqdir. Asrlar davomida xalqning turmush tarzi, orzu umidlari dostonlar mavzuini, syujet va kompozitsiyasi moxiyatini belgilab bordi. O‘zbek dostonlarining ulug‘vor poetik umumlashmalari, yuksak badiiy timsollari ularni dunyo fol’klorining tengsiz namunalari rus bilinalari, ukrain dumalari, qozoq botirlar jiri, qirgiz «Manas»i, qorakalpoq «qirq qizi», xind «Maxabxarata»si- qissasi, G‘arb va SHarqning ulkan eposlari qatoriga qo‘ydi
«Doston» so‘zi qissa, xikoya, sarguzasht, shonu shuxrat, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu nom xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik xajmli epik asarlarni anglatadi. Biroq ular xayotni tasvirlash vositalari va usullari jixatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Xalq og‘zaki ijodida doston o‘tmish zamonlar tug‘risida qaxramonlik idealizatsiyasi ko‘lamidagi xikoyalardir.
Dostonlardagi tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan timsollarda o‘z ifodasini topadi. Unda umumlashtirishning o‘ziga xos kurinishi - epik umumlashtirish xukmronlik kiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy adolat xaqidagi ideallari va orzu umidlari bilan yo‘g‘rilgan.
O‘zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy tarakkiyot bosqichini bosib o‘tgan. Uning qadimgi namunalari saqlanmagan. Ko‘p asrlar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib xalq baxshilari orqali bizgacha etib kelgan.



Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə