O’zbekiston qadimiy memoriy yodgorliklaridagi bitiklardan namuna bajarish usullari



Yüklə 16,69 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü16,69 Kb.
#126473
O’zbekiston qadimiy memoriy yodgorliklaridagi bitiklardan namuna bajarish usullari.


O’zbekiston qadimiy memoriy yodgorliklaridagi bitiklardan namuna bajarish usullari.
Chizmachilikning rivojlanishi rasm solishdan boshlanadi. Qadimiy misrliklar turar joylarini, saroylarni, ibodatxonalarni qurishda eng oddiy usul bilan bo’lsada, bu inshootlarning shakl va o’lchamlarini ko’rsata olganlar. Qadimgi zamon papiruslari, granitga solingan rasmlar, saqlanib qolingan devoriy naqqoshlik san’ati qadimgi xalqlarning chizma sohasidagi tushunchalarni aks ettiradi, shaharlarning saqlanib qolgan planlari, binolarning plan va fasadlari hamda boshqa hujjatlar buning dalilidir. Grafika bo’yicha dastlabki ishlar bizning asrimizdan 300 yil muqaddam paydo bo’lgan. Masalan Evklidning “OPTIKA” degan asarida jismlarni “qurish” shartlari to’g’risida bir qator aksioma va teoremalar bor. O’rta asrning boshlanishi tasvirlash usullarining rivojlanishiga dalil bo’luvchi hech qanday hujjat qoldirmadi. Bu usullar uyg’onish davridagina takomillasha boshladi.
O’rta Osiyoda Temuriylar va uni nabirasi Ulug’bek davridagi binolar o’rganilsa naqsh va bino tuzilish loyixalari chizmalar asosida o’rganilsa naqsh va bino tuzilish loyixalari chizmalar asosida ko’rilganligidan dalolat beradi. Ammo yozma dalillar kam.
Sirkul 900-1050 yillar Ibn Sino asarlarida, Abu Rayhon ishlarida hamda Osiyo olimlarining ishlarida uchraydi.
XVII asrning boshlarida tasvir qilish metodlari rivojlana boshladi, bunga Pyotr I ning farmoniga muvofiq Semen Remezov tuzgan Sibir shaharlari va еrlarining chizmachilik kitobi atlasi dalil bo’la oladi.
1719 yilda shaxsan Pyotr I chizgan 22 eshkakli qayiqning chizmasi arxivlarda saqlangan. Chizmani tuzishda proyeksiyalarning bog’lanishiga rioya qilingan va ustiga qo’yib kesim berish usulidan foydalanilgan.
Mustaqil ravishda o’qib mexanik bo’lgan “Tuxumsimon” murakkab soati tufayli shuxrat qozongan mashhur olim va XVIII asrning fan hamda texnika navatori I.P.Kulibin preksiyalash vaqtlarida chizma va rasmlardan keng ravishda foydalangan.
Uning taklifiga binoan Neva daryosida solingan ko’priklarning loyixalari, semofor tulegrafning loyixasi va boshqalar hammaga ma’lumdir. 1791 yilda I.P.Klubin “o’zi yuradigan aravacha” ixtiro qildi, unda hozirgi zamon avtomobilining deyarli barcha elementlari mavjud edi. Fedor Borzovning “ko’tariladigan darvoza” chizmasi ham o’sha vaqtda chizilgan.
Chizmalar o’z tarixiga ega bo’lishi bilan birga, xalqlar madaniyatining taraqqiy etishiga oid bo’lgan tarixni ham saqlab qoladi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, kadimgi zamonda xalqlar yashaganligi to’g’risida ko’p ma’lumotlar olish, shuningdek, katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklarni qayta tiklash mumkin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda chizmalar xalq xo’jaligining barcha, masalan, zavod fabrika qurilish ob’yektlarida, qishloq xo’jalik va boshqa tarmoqlarida keng miyosida foydalanilmoqda. Mixail Ivanovich Kalinin: “Rasm va chizmani o’qiy bilish asbobni, stanokni, mashinani va turli murakkab agregatlarni o’rganishni ancha osonlashtiradi” degan edi. O’quv yurtlarida nazariy, texnik va maxsus fanlarni o’qish o’rganish davrida chizmalardan ko’p foydalaniladi. Kartalar, grafiklar va diagrammalardan geografiya va tarixni o’rganish vaqtida foydalanilsa, rasm va chizmalardan esa fizika, ximiya va geometriyani o’rganish vaqtida foydalaniladi. Chizma va rasmlar yozuvlarni kamaytiradi, kursning o’zini esa tushunarli va esda qoladigan qilib tushinishga imkon beradi. Ko’p mashinalarni va ular ichida sodir bo’ladigan protsesslarni grafik tasvirsiz tushintirib bo’lmaydi.
Texnika chizmalarini to’g’ri ko’rish usullari, shuningdek, chizmachilik xo’jaligining barcha sohasini to’g’ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.
Xalq xo’jaligining tarmog’iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Zavod hamda fabrikalarda stanoklar, mashinalar, teplovozlar, traktorlar, samolyotlar, elektrodvigatellar, o’lchash asboblari va instrumentlarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozliq chizmalar deyiladi. Mashinasozlik chizmalarini bajarish usullarini o’rgatadigan chizmachilikning qismi mashinasozlik chizmachiligi deb ataladi. Bino, ko’prik, to’g’on, yo’l, kanal va mudofaa inshootlarini qurishda ishlatilgan chizmalar injenerlik-qurilish chizmalari deyiladi. Bu chizmalarni bajarishning mohiyati injenerlik-qurilish chizmachiligi qismida o’rnatiladi. Yer satxini tasvir qilish chizmalari topografik chizmalari deyiladi. Topografik chizmalardan ba’zan injenerlik inshootlarini va loyihalashda va ularni berilgan ma’lum uchastkada to’g’ri joylashtirish maqsadda ham foydalaniladi. Sxemalar, grafiklar, diagrammalar illyustratsiya chizmachiligi qismini hosil qiladi.
Chizmachilik kursida eskizlarning, ya’ni chizma asboblaridan foydalanmasdan chamalab, chizma qoidalariga rioya qilib, qo’lda chizilgan tasvirlarning ahamiyati juda kattadir.
Me'morchilik xalq arxitekturasida bino va inshootlarning qurilish san'atini ifodalovchi atamadir. Me'morchilik bino va inshootlar qurishning o’ziga xos texnikasini, san'atini, xalq tarixini, uning ijtimoiy-siyosiy qudratini, diniy va dunyoviy qarashlarini, madaniy-maishiy hayotini ma'lum shaklda mujassam etadi. Me'mor — binokor usta; bino va inshootlarning loyihasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib boruvchi bosh mutaxassisdir.
Arxitektura (lot.) me'morchilik san'ati inson ijodiy faoliyatining qurilish bilan bog’liq bo’lgan alohida turidir, u me'morchilik san’ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi, binolarning turi va uslubi, kompozitsiyasi kabi qator masalalarni o’rganuvchi fandir. U jamiyatning ijtimoiy-maishiy va g’oyaviy-badiiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Turli-tuman binolar, ularni loyihalash va qurish, inshootlar, shahar va qishloqlar keng ma'noda arxitektura nomi bilan yuritiladi.
Arxitektura kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq paydo bo’lgan. Ibtidoiy odam tabiat kuchlaridan o’zini muhofaza qilish uchun hayotiy zarurat tufayli oddiy mag’ora va chaylalar yasagan. Inshootning ko’rkiga ham e'tibor berib, go’zallik qonunlari asosida ijod eta boshlagan.
Arxitektura quldorlik jamiyati davrida tez taraqqiy topgan. Jamiyatning sinfiy talablariga munosib uy-joy va jamoat binolari yaratilgan. Qadimiy Sharqda piramida, zikkurat kabi ulkan diniy inshootlar kompleksi, murakkab rejali saroylar va boshqa inshootlar barpo etilgan. Fanning ba'zi nazariy va amaliy masalalari ishlab chiqilgan. Qadimgi Yunonistonda maktab, stadion, teatr, ibodatxona, amfiteatr kabi turlari paydo bo’lgan.
Ellinizm davriga kelib order sistemasi arxitekturaning konstruktiv va badiiy asosiga aylangan. Qadimgi Rimda beton ishlatilishi davri ravoq va gumbazlar arxitekturasining rivojlanishiga olib kelgan. Forum, Zafar darvozasi kabi harbiy qudrat g’oyalarini namoyish etuvchi yangi inshootlar paydo bollgan. Binolar bezagiga e'tibor ortgan.
O’rta asrlar arxitekturasida roman (X - XII asrlar) uslubi, keyinroq gotika (XII-XVasrlar) uslubi alohida o’rin tutgan. Gotika arxitektura uslubiga xos bo’lgan cho’ziq ravoqlardan iborat konstruksiyali binolar ichida monumental ibodatxonalar diqqatga sazovor bo’lgan.
Uyg’onish davri - Renessans (XV asr oxiri - XVI asr boshlari) uslubi negizini qadimgi klassik arxitektura prinsiplarining yangi davr talablari asosida rivojlantirishni tashkil etgan. Bu davrda keng ko’lamdagi va murakkab ko’rinishdagi inshootlar yaratilgan. XVI asr o’rtalarida uslub o’zgargan. Binolar haddan tashqari bezakdor (barokko uslubi) qurilgan.
XVII-XIX asrlarda bu serahasham еchimdan voz kechishga intilish boshlangan. Klassik va Renessans arxiteturasining usul va prinsiplarini yangi zamonga tatbiq etish natijasida klassisizm uslubi paydo bo’lgan.
Markaziy Osiyo arxitekturasi ham o’ziga xos Uyg’onish davrini bosib o’tgan. Arxitektura uslubida naqsh va rangga alohida e'tibor berilgan, binolarnig yangi turlari va kompozitsiyalari ijod qilingan. Budda dini tarqalgan еrlarda Budda haykallari bilan bezatilgan ibodatxonalar bunyod etilgan. Rus arxitekturasida еtuk inshootlar, ularning komplekslari va ansabllari qurilgan.
Kapitalistik jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yangi tipdagi inshootlarni bunyod etishga olib kelgan. Fabrika, zavod, elektr stansiya, vokzal. avtovokzal, garaj, elevator, birja, firma singari bino va inshootlar qurila boshlangan. Temirbeton, metall konstruksiyalari va boshqa qurilish materiallari (oyna, plastmassa va hokazo) arxitektura uslubida tubdan o’zgarish yaratgan. Yangi texnika va uslublar yaratilgan. Bular hammasi ko'p qavatli binolar va inshootlar barpo etish imkoniyatini yaratgan. Namunaviy еchim va standartlar ishga tusha boshlagan. Yangi material, texnika, yangi tamoyil va talablar yangi arxitekturani yaratgan. Natijada fanda turli oqimlar paydo bo’la boshlagan.
Funksionalistlar binoning go’zalligi uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis va materiallarning tabiiy bo’lishiga bog’liq deb ta'kidlasalar, boshqa bir guruh arxitektorlar yangi arxitekturada bezatuvchilikka umuman o’rin yo’q deb aytganlar. Qurilish texnikasining yutuqlari va imkoniyatlariga asoslanib, faqat shakl bilan qiziqib, arxitekturaning g’oyaviy-badiiy sifatlarini inkor etish natijasida konstruktivizm oqimi paydo bo’lgan. Elektika va modernga qarshi chiqib, inshootlarning sodda, ehtiyojni qondiradigan, tejamli bo’lishini talab qilganlar. Bu oqim namoyandalari zamonaviy qurilish materiallarining (temirbeton, oyna) badiiyligini ko’rsatishga uringanlar, bezaklardan voz kechganlar, devorlarda derazalarning behad keng bo’lishiga ahamiyat berganlar.
Keyingi davr arxitekturasi har bir xalqning milliy arfanalari, turmush sharoiti, madaniyati, tabiiy sharoiti va mavjud qurilish materiallariga qarab bino va inshootlarning o’ziga xos shakl va turlarini yaratgan. Arxtekturada turar-joy, madaniy oqartuv binolari, teatr, muzey, maktab, stadion, mudofaa inshootlari, savdo rastalari, sanoat va transport inshootlari, diniy binolar va ko’plab boshqa inshootlar, ko’cha, maydon, bog’ kabi sahnlar orqali o’zaro bog’lanib, mahalla, guzar, daha, tuman, shahar kabi komplekslarni tashkil etgan.
Arxitektura inshootlari jamiyatning moddiy ehtiyojlaridan tashqari, o’sha davr ijtimoiy hayotidagi asosiy g’oyalarni ham ifoda etgan. Masalan, ulug’ bobo’liz Amir Temur ulkan arxitektura binolari va inshootlari orqali ham (masalan, Shahrsabzdagi Oq-saroy) o’z qudratini namoyish etgan.
Yüklə 16,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə