O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.




O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА’LIM 
VАZIRLIGI 
 
 
GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI 
 
 
ОRGАNIK KIMYO fаni 
laboratoriya ishlari uchun 
 uslubiy qo`llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
GULISTОN- 2021 



Abdurahmanova U.K. Organik kimyo fаni laboratoriya ishlari 
uchun uslubiy qo`llanma 
 
 
Ushbu o`quv uslubiy qo`llanma (5140500- kimyo, 5420100-biologiya va 
tuproqshunoslik) bakalavriat ta`lim yo`nalishi uchun mo`ljallangan bo`lib, 
organic kimyo fanining boshlang`ich qismi bo`lgan organic moddalarni 
ajratish va tozalash usullaridan laboratoriya mashg`ulotlarini o`z ichiga oladi, 
shuningdek, har bir mavzysiga doir nazorat savollari kiritilgan. 
Uslubiy qo`llanma talabalarga organic kimyoning nazariy asoslarini 
o`rganishida hamda laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni mustaqil ravishda 
bajara olish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda katta 
yordam beradi. 
 
Taqrizchi:
Тlegenov R.T.- Qoraqalpoq davlat universiteti organic kimyo
kafedrasi dotsenti.
 

 
 
 
 
 
 
 
 

 
 

 
 
 
 
 © 
Universitet



KIRISH 
Organik moddalarning tarkibida boshqa elementlar bilan bir qatorda har 
doim uglerod bo`ladi. Organik kimyo fani uglerod birikmalarining tarkibi,
tuzilishi, xossalari va ularda boradigan kimyoviy o`zgarishlarni o`rganadi. 
Organik moddalar tarkibiga uglerod bilan bir qatorda, ko`pincha, vodorod, 
kislorod va azot bo`ladi, ayrim hollarda bu moddalar tarkibida oltingugurt
fosfor, galogen va boshqa elementlar ham kiradi. Xozirda organic 
birikmalarning soni anorganik moddalarga nisbatanancha ko`p ularning soni 
yanada ortib boryapti. Barcha kimyiviy elementlardan faqat uglerodgina 
shunday ko`p sonli birikmalar hosil qila oladi. Organik moddalarni biz har 
qadamda uchratamiz.Ular har bir o`simlik va hayvon organizmida uchraydi, 
oziq-ovqatimiz (non, go`sht, sabzavot va hakazo) tarkibiga kiradi, kiyimlar 
tayyorlash uchun material (gazmol, teri) sifatida ishlatiladi, har xil turdagi 
yoqilg`ilarni hosil qiladi, biz ularni dori-darmon, bo`yoq, hosilni himoya qilish 
vositalari sifatida ishlatamiz. Deyarli barcha organk moddalar yonuvchan va 
qizdirilganda ancha oson parchalanadi. Moddaning yonishi natijasida uglerod 
(IV)-oksid hosil bo`lishishidan yoki qizdirilganda ko`mirga aylanib qolishidan 
ayni modda organic birikmalarga mansub ekanligini oson bilib olish mumkin. 
Insonga organik moddalar qadim zamonlardan ma`lum. Rezavor-meva 
sharbatining bijg`ishidan spirt, vino achishidan sirka hosil bo`lishi ming 
yillardan beri ma`lum. Uzoq o`tmishda kishilar tabiiy bo`yoqlardan 
gazlamalarni bo`yashda foydalanganlar, qamish shakari, o`simlik moyi va 
hayvon yog`larini oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ishlatganlar. 
Ammo uglerod birikmalari haqidagi fan XIX asrning birinchi yarmidagina 
vujudga keldi. Shu davrgacha kimyoda moddalarni kelib chiqishiga qarab uch 
guruhga- mineral moddalar, o`simlik moddalari va hayvonlardan olinadigan 
moddalar guruhiga bo`lib, ularni alohida-alohida o`rganganlar. 
Kimyoviy analiz usullari rivojlanishi bilan o`simlik va hayvonlarda 
uchraydigan moddalar tarkibida uglerod bo`lishi aniqlandi. Shved kimyogari 
Berselius (1807 y) organizmlardan olinadigan moddalarni organic moddalar, 
ularni o`rganadigan fanni esa organik kimyo deb atashni taklif qildi. 
Ammo Berselius hamda o`sha davrdagi boshqa kimyogarlar anorganik 
moddalardan tubdan farq qiladi, ya`ni ularni anorganik moddalar singari 
laboratoriya usuli bilan olib bo`lmaydi, ular alohida “hayotiy kuch” ta`sirida 
faqat organizmlarda hosil bo`ladi, deb hisoblar edilar. “Hayotiy kuch” haqidagi, 
boshqacha aytganda, vitalistik bu ta`limot (lotincha “vita” so`zi “hayot” 
demakdir) idealistic ta`limot edi. 
Anorganik moddalardan organic moddalar hosil qilb bo`lmaydi, degan 
vitalistik ta`limot fanning rivojlanishini ancha sekinlatib qo`ydi. Ammo ta`limot 
tabiatni bilish yo`lida bo`layotgan dadil rivojlanishni to`xtatib qololmadi. 
Berseliusning shogirdi, nemis olimi Vyoler 1828 yilda anorganik 
moddalardan organic modda- mochevinani sintez qildi. 1845 yilda nemis 
kimyogari Kolbe sun`iy usulda sirka kislota hosil qildi. 1854 yilda fransuz 
kimyogari Bertlo yog`larni sintez qildi. Rus olimi A.M. Butlerov 1861 yilda 
birinchi bo`lib shakar modda sintez qildi.



Ilgari faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan moddalar 
birin-ketin sintez qilina boshlandi. “Hayotiy kuch” haqidagi ta`limot batamom 
mag`lubiyatga uchradi. 
Hozirgi vaqtda tabiatda uchraydigan ko`pgina organic moddalar sintez 
qilinibgina qolmasdan, balki tabiatda uchramaydigan moddalar, masalan: 
plastmassalar, kauchukning har xil turlari, turli bo`yoqlar, portlovchi moddalar 
va dori-darmonlar ham sintez qilindi. 
Hozirgi vaqtda tabiatda topilgan moddalarga qaraganda sintetik usulda 
olingan moddalar ko`proq, ularning soni yil sayin o`n minglab ortib bormoqda. 
Endilikda organik kimyoda eng murakkab organic modda-oqsilni sun`iy yo`l 
bilan olish ustida ish olib borilmoqda. Oqsilsimon eng oddiy moddalar 
hozirdayoq kimyoviy sintez yo`li bilan olingan. Ancha murakkab oqsillar ham 
olimlar tomonidan sintez qilinishiga hech qanday shak-shubha yo`q. 
“Organik modda” termini ilgarigidan ko`ra keng ma`noga ega bo`lib 
qoldi. Endi faqat organizmlar tarkibiga kiradigan moddalargina emas, balki 
organizmlarga hech qanday aloqasi bo`lmagan sintetik moddalar ham shu nom 
bilan atalmoqda. Ammo tarkibida uglerod bor, nihoyatda turli-tuman moddalar 
guruhlari hali ham shu tarixiy nom bilan ataladi. 
Organik moddalar kimyosini o`rganish bilan tabiat haqidagi bilimimiz 
yana ortadi. Moddalarning o`zaro aloqadorligini aniqlash eng oddiy-anorganik 
moddalardan organizmlarni tashkil qiluvchi eng murakkab moddalarga o`tish 
jarayonini kuzatib borish bilan bu fan bizga tyabiatning rivojlanish jarayonini 
bilib olishga, tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni hamda ularning asosida 
yotuvchi qonuniyatlarni yanada chuqut tushunib olishga imkon beradi. Bu bilan 
organik kimyo bizning ilmiy-materialistik dunyoqarashimizga katta hissa 
qo`shadi. 
Organik kimyo yutuqlaridan hozirgi zamon ishlab chiqarilishida keng 
foydalanilmoqda. Organik kimyo sanoati tabiiy moddalarni qayta ishlash 
jarayonlari va turli-tuman organik sintezlarni keng ko`lamda amalgam oshirish 
bilan sanoatning boshqa tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va 
turmush uchun zarur bo`lgan ko`p moddalar va materiallar yetkazib berilmoqda. 
Mamlakatimizda organic kimyo xalq xo`jaligini kimyolashtirishning, mamlakat 
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning muhim omilidir. 
Ushbu o`quv qo`llаnmа оrgаnik reaksiyalar mexanizmining zamonaviy 
nazariyalari asosida, organic sintezning hozirgi dasturiga muvofiq tayyorlangan 
bo`lib,organic birikmalarni tozalash usullariga doir laboratoriya mashg`ulotlari 
kiritilgan. 
Uslubiy qo`llanmaning boshlanishida zaharli organik moddalar bilan 
ishlash qoidalari, shuningdek talaba ishni bajarishi davomida amal qilishi kerak 
bo`lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari berilgan. 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə