O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/49
tarix26.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#84742
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
20. 5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

 



 

MUTAXASSISLIK FANLARI BO‘YICHA MAGISTRATURAGA  

KIRISH SINOVLARI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI 

 

 



5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)  

mutaxassisligi uchun  

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

Buxoro – 2021 

 

 


Annotatsiya

  

Dastur  5А120501  –  Kimyo  (fan  yo’nalishlari  bo’yicha)  magistratura 



mutaxassisligiga  kiruvchilar  uchun    5110300  –  Kimyo  ta’lim  yoʻnalishining 

2017/2018-o’quv yilida tasdiqlangan o’quv rejasidagi fanlar asosida tuzilgan. 

 

Tuzuvchilar:

 

 



 

Avezov H.T. - BuxDU Organik va fizkolloid kimyo 

kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi, dotsent 

 

Umarov B.B. - BuxDU Organik va fizkolloid kimyo 



kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori 

 

Nazarov S.I. - BuxDU Umumiy va noorganik kimyo 



kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent 

 

Sharipov M.S. - BuxDU Umumiy va noorganik kimyo 



kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi 

Taqrizchilar

 



 

Niyozov L.N. - Buxoro davlat tibbiyot instituti “Tibbiy 

kimyo” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari 

falsafa doktori 

 

Axmedov V.N. - Buxoro muhadislik texnalogiyasi 



instituti “Kimyo” kafedrasi mudiri, texnika fanlari 

nomzodi  

 

 

 



 

Dastur  Buxoro  davlat  universitetining  2021  yil  3  iyuldagi  19  sonli 

Kengashida ko’rib chiqilgan va maqullangan.

 



KIRISh 

Ushbu  dastur    “Noorganik  kimyo”,  “Analitik  kimyo”,  “Fizikaviy  kimyo”, 

“Organik  kimyo”  fanlarining  dasturlarida  belgilangan  talabalarga  kimyoviy 

elementlar  xossalarini  davriy  qonun  va  davriy  sistemasi  asosida  modda 

tuzilishining  hozirgi  zamon  ma’lumolariga  suyangan  holda,  nazariy  kimyo 

tushunchalarini  qo‘llab  tushuntirish,  kimyo  fanidan  professional  tayyorgarlikka 

asos  solish,  kimyodagi  fanning  sifat  tavsifidan  miqdoriy  tassavvurlarga  o‘tishni 

amalga  oshirish,  modda  tuzilishi  to‘g‘risidagi  hozirgi  zamon  tushunchalari, 

moddalarning  tuzilishi  va  tarkibini  ularni  tashkil  qilgan  elementlarning  davriy 

sistemada  joylashgan  o‘rniga  bog‘liqligini  talabalarga  o‘rgatish,  modda  va 

kimyoviy jarayonlar to‘g‘risidagi ta’limot nazariyasini o‘zlashtirish va amaliyotda 

qo‘llay  bilishni  o‘rgatish,  noorganik  kimyoning  nazariy  asoslarini  hozirgi  zamon 

rivojlanish yo‘llari, ularning fandagi va texnikadagi ahamiyati haqida chuqur bilim 

berish  va  shu  sohada  talabalarda  mantiqiy  xulosalar  chiqarishni  o‘rgatish, 

kimyoning  nazariy  qonunlaridan  turli  masalalarni  xal  qilishda  uddaburonlik  bilan 

foydalanish  qobiliyatini  rivojlantirish,  kimyoviy  reaksiyalar  mahsuldorligini  aniq 

hisoblash,  turli  hisoblash  ishlarida  ma’lumotnomalardan  unumli  foydalana  olish, 

termodinamik 

kattaliklarning 

taqribiy 

qiymatlarini 

topish, 


turli 

holat 


diarammalaridan to‘g‘ri foydalanish, kimyoviy jarayonlarning kinetik kattaliklarini 

aniqlash,  kimyoviy  jarayonlarning  berilgan  mexanizmlari  uchun  kinetik 

tenglamalarni  hisoblab  topish,  talabalarni  analizning  umumiy  va  nazariy  asoslari, 

kimyoviy,  fizik-kimyoviy  va  fizikaviy  metodlarning  asosiy  prinsiplari  bilan 

tanishtirish,  murakkab  moddalar  aralashmasi  analizini  zamonaviy  fan  yutuqlari 

asosida  talabalarga  tushuntirish,  kimyoviy  muvozanat  turlari  haqida  yetarli 

darajada bilim berish, analitik va metrologik tavsiflar haqida talabalarda yetarlicha 

ko‘nikma  hosil  qilish,  Arrenius  elektrolitik  dissotsiatsiya,  Lyuis,  Brensted-Louri 

kislota-asosli  nazariyalari  va  Ostvaldning  suyultirish,  bufer  eritmalar,  tuzlar 

gidrolizi qonuniyatlarini mukammal o‘rganish, elektrolit va noelektrolit eritmalari 

va  ularning  xossalari  haqida  yetarli  darajada  bilimlarga  ega  bo‘lish,  aralashmalar 

tarkibini  birin-ketin  va  sistematik  analiz  qilish  sxemalarini  tuzishni  talabalarga 

o‘rgatish, alohida olingan elementlar, kompleks birikmalarning tuzilishi xossalarini 

o‘rganish  va  mantiqiy  xulosalar  chiqarish,  organik  birikmalarning  kimyoviy 

tuzilish nazariyasi va sinflanishi, har bir sinf organik moddalariga mansub bo‘lgan 

muhim vakillarning fizikaviy, kimyoviy xossalari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, 

organik  moddalarning  xossalari  bilan  ularning  tuzilishi  o‘rtasidagi  o‘zaro 

bog‘liqlik,  yerda  organik  moddalarning  hosil  bo‘lishii  va  ularning  o‘simlik  va 

hayvonlar  dunyosining  paydo  bo‘lishi  hamda  rivojlanishidagi  roli,  hozirgi  zamon 

organik  kimyosining  yutuqlari,  O’zbekiston  va  jahonda  organik  kimyo  fani  va 

organik  sintez  sanoatining  yutuqlari, organik  moddalarning o‘rganishda kimyoviy 

bog‘lanishning hozirgi  zamon  nazariyalari  asosida  olingan  natijalardan  foydalana 

olish,  organik  moddalarning  xossalari  va  reaksiyaga  kirishish  qobiliyati 



to‘g‘risidagi  xulosalarni  tushunish,  organik  moddalarni  tozalash,  uning  sifat 

(elementar) tarkibini va molekulyar massasini aniqlashni, miqdoriy analiz qilishni, 

brutto  formula  chiqarishni,  unda  u  yoki  bu  funksional  guruhlarning  borligini, 

moddalarning  to‘yingan,  to‘yinmagan  yoki  aromatik  birikmalarga  mansubligini 

aniqlay  olish,  kristallash,  vakuumda  haydash,  suv  bug‘i  bilan  haydash  va 

ekstraksiya  qilish  usullarini  bilish,  yupqa  qavatli  va  kolonkali  xromatografiyadan 

foydalana olish, organik moddalarning xossalari bilan ularning tuzilishi o‘rtasidagi 

bog‘liqni,  tuzilishiga  asoslanib  reaksiyalarning  kechish  va  mexanizmlarini 

xarakterlay  bilish,  organik  kimyoning  yutuqlarini  (tabiiy  xomashyo  asosida  yangi 

materiallar yaratish, oziq-ovqat mahsulotlar o‘rnida sintetik ashyodan foydalanish, 

oziq-ovqat 

mahsulotlari, 

dorivor 

moddalar, 

vitaminlar 

va 


h.k.larni  sintezi)  vatanimiz 

fani 


yutuqlarini 

aniq 


misollarda  ko‘rsata 

bilish  kabi  vazifalarni  qamrab  olgan  bo‘lib,  bakalavriat  talabalarining  to‘rt  yil 

davomida  yuqoridagi  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  olgan  bilimlarini 

attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida tuzilgan. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə