O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maktabgacha ta`lim fakulteti kechki ta’lim



Yüklə 25,62 Kb.
tarix30.04.2023
ölçüsü25,62 Kb.
#107773
Ona tabiatni asraylik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Maktabgacha ta`lim fakulteti kechki ta’lim
1-kurs MMT-223 o’zbek talaba

Mustaqil ish

Bajardi : Xayrullayeva Hurriyat

Toshkent 2023


TEZIS
Ona tabiatni asraylik
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning goʻzal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini oʻziga maftun etadi. Mana shunday betakror goʻzallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.
5-iyun – Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun dunyo boʻylab har yili keng nishonlanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1972-yil Stokgolmda boʻlib oʻtgan Insoniyat muhiti mavzuidagi konferensiyada joriy etilgan.
Oʻtgan yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-yerimizni asrab qolishga oʻzining shaxsiy hissasini qoʻshish imkoniga ega boʻladi.
– Ona tabiat. Uning sofligi, tabiiyligini asrab-avaylash va kelajak avlodga butunligicha yetkazish uchun barchamiz masʼulmiz, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Gʻanisher Ibragimov. – Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida jami 490 ta reyd tadbirlari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan reyd davomida Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga oid qonun, qonunosti hujjutlari talablarini buzgan 516 nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.
Tabiatning oʻzi zargarga oʻxshaydi. Uning bagʻridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, oʻrmonlar, hayvonot olami oʻziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga mehr-muhabbatli boʻlaylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy goʻzalliklarga ziyon yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning davomiyligi uchun shunchalik koʻp qaygʻurgan boʻlamiz.
Tabiat — bu bizni o'rab turgan barcha narsalar, borliq, havyonot va o'simliklar dunyosi. Har qadamda tabiat unsurlaridan bo'lgan narsalarni ishlatamiz. Tug'ilganimizdan beri tabiat qo'ynida ungan ne'matlarni totib kelmoqdamiz. Uni asrab-avaylash zarur. Zarar etkazmay, uning unsurlaridan to'g'ri foydalanaylik. Tabiatda barcha narsa bir-biriga uyg'un. Unga ziyon qilsak — tabiat muvozanatini buzgan bo'lamiz. Qolaversa, tabiatga nima qilsak barchasi o'zimizga qaytadi. Chunki biz tabiatning ajralmas qismimiz. Onamizni asragandek asraylik ona-tabiatni.
Yüklə 25,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə