O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti tadqiqot Metodologiyasi fanidan esse



Yüklə 69,77 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü69,77 Kb.
#136818
Maxsudov Avazbek Tadqiqot metodologiyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Tadqiqot Metodologiyasi fanidan
ESSE
Mavzu. Tadqiqot haqida tushuncha va uni men uchun ahamiyati

Bajardi: Maxsudov Avazbek


Tekshirdi: Shernayev Akbar

2022-yil


ESSE
Mavzu: Tadqiqot haqida tushuncha va uni men uchun ahamiyati.
Ilmiy tekshirish. Tadqiqot juda muhim jarayon bu bosqichsiz biz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Hayotimizni har jabhasini tadqiqotga va ilmiy jarayonlarga bog`lasak hayotimiz ancha yaxshilanadi.
Men tadqiqot haqida shuni aytmoqchimanki, tadqiqot bu izlanish. Tadqiqotni quyidagi oddiy misol orqali ko`rishimiz mumkin: baliq suvsiz yashay olmagananidek odam ham tadqiqotsiz izlanishsiz yashamasligi kerak. Odam tadqiqot qilish orqali o`zida yangi yangi imkoniyatlarni sinovdan o`tkazadi yoqmaganidan vos kechadi va ularni o`zi uchun hayotga tadbiq qiladi. Bu nazariya inson hayotida ketadigan jarayonlar uchun. Tadqiqotni yana bir afzalligini biz mamlakatlar, zavod fabrikalar va korxonalar misolida ham ko`rsak bo`ladi. Masalan, mamlakat miqyosida oladigan bo`lsak, mamlakat uchun tadqiqot olib borish juda muhim hisoblanadi. Mamlakat bir yilda qancha daromad qilayotganini va qancha daromad sarflayotganini tashqi va ichki savdo ishlari masalalari qanday ketayotganini, qanday choralar ko`rsa ta`lim sohasida yutuqlarga erishishi qanday choralar ko`rsa tibbiyot, sport va ma`daniyat sohalarida muvaffaqiyat qozonishini tadqiqot qilish orqali bilib oladi. Zavod va fabrikalar ham huddi shunday tamoyilga asoslangan. Yana tadqiqot ko`plab olimlarimizi hayotini bir qismiga aylanib ulgurgan desak hech adashmagan bo`lamiz. Ular paxtani yangi navini olish uchun, bug’doyni, mevalarni poliz ekinlarini hosildor qilish uchun turli izlanishlar, tadqiqotlar olib borib ter to`kishayotgani hech kimga sir emas. Dasturchilarimiz ham tadqiqotdan kundalik hayotda juda ko`p foydalanishadi. Hammaga ma`lumki, raqamlashgan va ilf fan texnikaga asoslangan zamonda hayotimizni zamonaviy qurilmalalar aqilli gadjetlar va texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Dasturchilar yangi yangi texnologiyalar ishlab chiqarish uchun turli xil usullardan bilimlrdan va metodlardan keng foydalanishadi. Yuqorida sanab o`tilganlarni barchasi tadqiqot olib boradiki bizni hayotimiz farovon. Bu yutuqlarni hammasi o`z kasbini mutaxasisi bo`lgan kimsalar, o`z sohasi bo`yicha kun-u tun uxlamay mehnat qilib tadqiqot izlanish olib borishgani samarasi. Endi navbat meni hayotimdagi tadqiqotni o`rniga keladigan bo`lsak: tadqiqot meni hayotimda ham muhim hisoblanadi. men hozirgi kunda talabaman va o`zim uchun ko`plab izlanishlar olib boraman. Masalan, institutimiz kutubxonasida ko`plab ilmiy kitoblar orqali ma`lumotlar to`plab kelgusidagi kasbim uchun ko`plab ko`nikmalar shakillantirib boryapman. Va xulosa qilib shuni aytishim mumkinki odam tadqiqot qilmasdan yashamasligi kerak.
Yüklə 69,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə