O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti «Tarix» fanidan mustaqil ishi mavzu



Yüklə 89 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü89 Kb.
#107989
  1   2
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TURON ZARMED UNIVERSITETI
«Tarix » fanidan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbekistonning MDHdagi ōrni va mavqeining oshib borishi

Bajardi: 4-6-IQTS-22 GURUH talabasi Yōldoshev Ismatullo
Tekshirdi:
Reja:

  1. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni

  2. . MDHning yoshlar bilan ishlash sohasi

  3. Rossiya Federatsiyasi bilan bo’layotgan hamkorliklar

1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13-dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o`tgan uchrashuvda MDH bitimini ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo`lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.


MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish,
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumyevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o`tkazish;
-bojxona siyosatini birga olib boorish;
-tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O‘zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. “Mustaqil davlatlar hamdo`stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko`p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, -degan edi I.A.Karimov,-tashqi siyosatimizning ustivor yo`nalishlaridan biridir”.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o`z asarlarida MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, O`zbekistonning MDH doirasidagi ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.
-Yangi mustaqil davlatlarning ko`p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;
-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo`lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bo`lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o`zaro aloqalarini uzib qo`yilishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
-MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o`ynashi;
-Yosh mustaqil davlatlarning o`zaro hamkorligi xalqaro maqomda o`z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo`lib hisoblanishi;
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo`lib o`tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo`lga qo`yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo`mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to`laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to`lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o`rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukrayina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
O`zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o`rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko`tarilishiga sabab bo`ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o`zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir ko`rsatdi.
Ayni vaqtda, O`zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o`ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo`ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo`lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo`lib, unda O`zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo`lib o`tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko`rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo`layotgan o`zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o`tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o`rtasidagi 1992 yil o`rnatilgan diplomatik aloqalardan so`ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo`lga qo`yishda, diniy eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi.
2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni I.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti.
V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir milliarddan ortiq rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratiladi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo`lga qo`yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O`zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o`rtasidagi o`zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo`jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o`zaro hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo`lgan masalalar asosiy o`rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo`lga qo`yildi. Leonid Kuchma o`zining O`zbekistonga tashrifi davomida O`zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo`ldi. O`z navbatida O`zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o`rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O`zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo`lsa, Ukrainadan O`zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O`zbekistonda 20 dan ortiq o`zbek-ukraina qo`shma korxonalari ishlab turibdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o`z ishini boshladi. Sammitda o`tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o`zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko`paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko`rsatuvchi muassasalar, xo`jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o`n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir bayonotga imzo chekdilar. O`zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o`z navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o`zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish toʻgʻrisida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan.
Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.
MDH Ijroiya Qoʻmitasi Hamdoʻstlikning ijro etuvchi, maʻmuriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va boʻlinmasi Moskvada joylashgan.
Oʻtgan yillar mobaynida MDH doirasida ishtirokchi davlatlar uchun savdo-iqtisodiy munosabatlar, kommunikatsiya va transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni taʻminlash hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi ustuvor yoʻnalishlarni oʻz ichiga oluvchi qator hayotiy muhim yoʻnalishlar boʻyicha keng koʻlamli huquqiy asos yaratildi va hamkorlikning vosita va mexanizmlari ishlab chiqildi.
Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlarning barqaror ruvojlanishi va xavfsizligiga toʻsqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga oʻz vaqtida munosib javob qaytarish borasida oʻzaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning oʻzaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.
Oʻzbekistonda MDHga koʻp rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish maydoni, shuningdek, koʻp tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor boʻlgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Hamdoʻstlik tashkil etilgandan boshlab uning doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asosda xoʻjalik aloqalarini jarayonlarga siyosiy tus bermagan holda amalga oshirish tarafdori boʻlgan davlatlar qatoriga kirgan.
Oʻzbekiston MDH doirasida amaldagi oʻzaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, toʻlaqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʻminlashda muhim omil boʻlmoqda.
Oʻzbekiston tomoni jahondagi jadal oʻzgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid koʻplab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi.
Hamdoʻstlik koʻp rejali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchisi boʻlishi va barcha ishtirokchi davlatlarning maksimal ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishishishlari maqsadida xoʻjalik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini oʻynaydi va uning faoliyati shunga yoʻnaltirilgan. MDH davlatlari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bu borada 2020 yil tariximizda muhim iz qoldirdi. Joriy yilda O'zbekiston MDHga raislik qilishdek mas'uliyatli vazifani ilk bor o'z zimmasiga oldi.
Shu o'rinda, O'zbekistonning MDHga raislik davri pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to'g'ri kelganini ta'kidlash joiz. Rejalashtirilgan tadbirlarning ko'p qismi yangi noodatiy sharoitlarda va onlayn formatlarda bo'lib o'tdi. Shunga qaramay, keskin vaziyatda, har qanday sharoitda ham O'zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o'ziga xos salohiyatni namoyish etdi. Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag'ishlangan 70 dan ortiq muhim ko'p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu davrdagi samarali faoliyatidan dalolat beradi. SHu bilan birga, ushbu yil davomida qabul qilingan hujjatlarning ko'p qismi dasturiy xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turdi. YA'ni, rejalashtirilgan tadbirlar aniq ko'rsatilgan holda dasturlar, strategiyalar va yo'l xaritalari shaklida qabul qilindi.
Yana bir jihat - O'zbekistonning savdo-sotiq doirasidagi alohida sheriklar bilan bu yilgi savdosi 20 foizdan oshdi. MDH doirasidagi O'zbekiston faoliyatining samarali ekanligi ekspertlarning yuqori bahosi bilan ham tasdiqlanadi.
Ushbu davr mobaynida O'zbekiston MDH doirasida ikkita shartnomaga qo'shildi. Bular -2006 yil 28 noyabrda Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining gumanitar hamkorlik bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim;
2008 yil 10 oktyabrda Bishkek shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim. MDH doirasidagi ushbu yangi kelishuvlarga qo'shilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, 20 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimiga O'zbekistonning qo'shilishi to'g'risida farmonni imzoladi. Ma'lumki, O'zbekiston BMTning 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.Joriy yilda ushbu konventsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan yoshlar huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi bo'lib o'tdi. MDHning yoshlar bilan ishlash sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimiga qo'shilish davlatimizning yoshlar huquqlarini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Ushbu davrning eng muhim natijasi MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun iqtisodiy rivojlanish strategiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 29 may kuni MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining videokonferentsiya orqali yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi, keyinchalik strategiya MDH hukumatlari rahbarlari tomonidan ma'qullandi.
Strategiya keng qamrovli hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjatda hozirgi paytda “global iqtisodiyot yuqori turbulentlik va noaniqlik bilan ajralib turishi” ta'kidlangan. Strategiya ishtirokchi davlatlar o'rtasida iqtisodiy o'zaro aloqalarning 30 dan ortiq yo'nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi va Hamdo'stlik mamlakatlari fuqarolari farovonligini oshirishni, uning ishtirokchi-davlatlarining jahon iqtisodiy aloqalarida mavqeini mustahkamlashni nazarda tutadi. Strategiyani amalga oshirish ikki bosqichga (2021–2025 va 2026–2030 yy.) bo'lingan rejalar asosida amalga oshiriladi. Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi borasida yagona yondashuv yo‘q, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bo‘lgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga ­xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda. 
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak.
Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. ­Qisqacha aytganda, ­rahbarlarga ­xalqning o‘zi baho ­beradi.
Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va ­istisnolar mavjud. Bu esa, ­oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq. Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z ­Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq. MDHga raislik nafaqat O'zbekistonning imiji va obro'sini mustahkamladi, davlatimizning ishonchli xalqaro sherik sifatida yuqori salohiyatini namoyish etdi, balki MDH maqomini mustahkamlashga ham hissa qo'shdi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishda muhim qadam bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'rtasidagi hamkorlik maxsus rezolyutsiyasi 2020 yil 23 noyabrda N`yu-Yorkdagi (AQSH) Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida 75-sessiya doirasida qabul qilindi. O'zbekistonning ushbu tashabbusi nafaqat MDH a'zolari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kuchaytirishga, balki, MDHni global darajada mustahkamlashga ham hissa qo'shdi.
18 dekabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida davlatimiz rahbari O'zbekistonning MDHdagi raisligi yakunlarini sarhisob qilib, kelajakja o'zaro hamkorlikning barcha yo'nalishlarini qamrab olgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, iqtisodiy sohada quyidagi chora-tadbirlarni taklif etdi:
- Hamdo'stlik doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo'laklar amaliyotini amalga oshirish, elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha yagona platformani ishga tushirish va “Yo'l xaritasi” ni qabul qilish;
- sanoat kooperatsiyasining keng qamrovli dasturini ishlab chiqish
ijtimoiy sohada:
- sanitariya-epidemiologiya tusdagi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning samarali tizimini shakllantirish;
- har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda “MDH salomatlik marafoni”ni o'tkazish.
huquqiy sohada:
- huquqiy axborot almashish uchun MDHning yagona elektron platformasini yaratish va radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish.
inson huquqlari sohasida:
- mehnat migrantlarining hujjatlarini o'zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish.
madaniyat sohasida:
2021 yilda Toshkentda “Hamdo'stlik mamlakatlari madaniy merosi” konferentsiyasini o'tkazish. Ushbu tashabbus BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida BMT doirasida ilgari surilgan - 2021 yilda Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro forumini o'tkazish to'g'risidagi yana bir tashabbusini mukammal tarzda to'ldiradi. Ikkala tashabbus ham xalqaro miqyosda O'zbekistonning madaniy aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shadi.
Shunday qilib, O'zbekiston COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qaramay, MDHga raislik qilish kontseptsiyasini to'liq amalga oshirdi. MDH doirasida ilgari surilgan O'zbekistonning yangi tashabbuslari mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.



Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə