O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
UMUMIY PSIXOLOGIYA
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar
Ta`lim sohasi:
110000 – Pedagogika
Ta`lim yo‘nalishi:
5112000 – Jismoniy madaniyat
Toshkent – 2017
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan
maqsad
- talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs,
faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-
xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda
bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari,
davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy
bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.
Fanning
vazifasi
- talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong
tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning
o’ziga
xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli
bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar
bilan qurollantirishdan iborat.
Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar
“Umumiy psixologiya ” o’quv fanini o’zlashtirish natijasida bakalavr:
-psixologiya fanining mazmuni, mohiyati,
psixika va ongni taraqqiyoti,
bilish jarayonlari, psixik holatlar, shaxsning
hissiy-irodaviy sohasi, individual-
psixologik xususiyatlarini, psixik
taraqqiyot va uning omillari, ushbu omillarning
psixik rivojlanishga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari va qonuniyatlarini,
ontogenezning turli bosqichlarida psixik rivojlanishning
asosiy xususiyatlarini
bilishi
bilishi kerak
;
-talaba shaxs, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar yo’zasidan
tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`lim-tarbiya
jarayonlarining ta`sir xususiyatlarini
prognoz qila olish, ushbu jarayonni shu
asosida loyihalashtirish va amaliy faoliyatga tadbiq etish bo’yicha